Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Metoklopramid tab. 10mg №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метоклопрамид
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
10 мг
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Metoklopramid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) metoklopramid/metoclopramide
Dori shakli
tabletkalar 10 mg.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda metoklopramid gidroxloridi - 10 mg;
yordamchi moddalar – laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kaltsiy stearati.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, faskali tabletkalar, marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Qusishga qarshi vositalar - D2-dopamin retseptorlarining blokatorlari. Me'da-ichak yo‘llarining motorikasini rag‘batlantiruvchilari.
ATX kodi A03FA01.
Qo‘llanilishi
Qusish, ko‘ngil aynishi, turli genezli hiqichoq (shu jumladan dori vositalari chaqirgan); me'da va ichakning atoniyasi va gipotoniyasi (shu jumladan operatsiyadan keyingi); safro chiqarish yo‘llarining diskineziyasi; reflyuks ezofagit; me'daning chiqish qismining funktsional stenozi; qandli diabetdagi me'daning parezi; me'da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi (majmuaviy davolashda); me'da-ichak yo‘llarining rentgenokontrast tekshirishlarini o‘tkazishda, duodenal zondlashda (me'daning bo‘shashini va ingichka ichakning motorikasini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi.
20 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda faqat quyidagi ko‘rsatmalarda qo‘llanadi
- og‘ir bartaraf etilmaydigan qusish (sababi aniqlanganida);
- nur bilan davolash va sitotoksik vositalarni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qusish;
- me'da-ichak yo‘llarini tekshirish;
- jarrohlik muolajalaridan oldingi premedikatsiya.
Qo‘llash usuli va dozalari
Metoklopramidni ovqat qabul qilishdan 30 minut oldin qabul qilish kerak, tabletkalar chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Dozani shifokor belgilaydi. Kattalar uchun odatdagi doza 10 mg dan kuniga uch marta.
15-19 yoshli shaxslarga tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lganida 10 mg dan kuniga uch marta; 30-59 kg bo‘lganida 5 mg dan kuniga uch marta.
Diagnostik muolajalarni bajarishdan 5-10 min oldin bir marta kattalar uchun 10-20 mg dan, o‘smirlarga – 10 mg dan buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan davolashni boshida qabziyat, diareya bo‘lishi mumkin; kam – og‘izni qurishi.
Markaziy nerv tizimi tomonidan davolashni boshida charchoqlik hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, depressiya, akatiziya bo‘lishi mumkin. Metoklopramid bilan davolashda mushak tonusini buzilishlari, qo‘l-oyoqlarning ixtiyorsiz harakatlari, yuz mushaklarini qisqarishi va qiyshiqbo‘yin ko‘rinishidagi ekstrapiramid simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlar ko‘pincha yoshlarda, shuningdek metoklopramid katta dozalarda qo‘llanganida paydo bo‘lishi mumkin. Bunday reaktsiyalar qabul qilish to‘xtatilganidan keyin 24-48 soat davomida o‘tib ketadi. Keksa yoshli shaxslarda (ayniqsa ayollarda) metoklopramidning katta dozalari ishlatilganida, ko‘pincha qaytmas kechki diskineziya (lablarni tishlash, lunjlarni shishirish, tilning tez yoki chuvalchangsimon harakatlari, nazorat qilinmaydigan chaynash harakatlari, qo‘l va oyoqlarning nazorat qilinmaydigan harakatlari) rivojlanishi mumkin. Bunday asorat rivojlanganida metoklopramid bilan davolashni darhol to‘xtatish kerak.
Qon yaratish tizimi tomonidan agranulotsitoz (davolashni boshida).
Endokrin tizimi tomonidan kam – galaktoreya, ginekomastiya, hayz ko‘rish siklining buzilishlari (uzoq vaqt katta dozalarda qo‘llanganida).
Allergik reaktsiyalar kam – teri toshmasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, me'da-ichakdan qon ketishi, me'daning chiqish qismini stenozi, mexanik ichak tutilishi, me'da yoki ichak perforatsiyasi, me'da va/yoki ichakdagi operatsiyalardan keyingi birinchi 3-4 kun, feoxromotsitoma, ekstrapiramid buzilishlar, tutqanoq, prolaktinga bog‘liq o‘smalar, homiladorlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar, laktatsiya davri, metoklopramidga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotkorlik choralari
Bronxial astmada, arterial gipertenziyada, Parkinson kasalligida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, keksa yoshlilarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Xolinesteraza ingibitorlari ta'sirini susaytirishi mumkin.
Tetratsiklin, ampitsillin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi, levodopa, etanolni so‘rilishini kuchaytiradi, bromokriptin va siklosporinning (uning qondagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak) biokiraolishligini oshiradi; digoksin va simetidinni so‘rilishini kamaytiradi. N2-gistamin retseptorlari blokatorlarining samarasini susaytiradi.
Metoklopramidni neyroleptiklar bilan birga buyurishga yo‘l qo‘yilmaydi (ekstrapiramid buzilishlarning paydo bo‘lishini xavfi oshadi).
Metoklopramid gepatotoksik vositalar bilan majmuada qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlarining xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Metoklopramid bilan davolash davrida alkogol va spirt saqlovchi dori vositalarini iste'mol qilish mumkin emas.
Jigar va buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi
Jigar va buyraklar faoliyatining klinik ahamiyatli buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dori vositasining dozasini kamaytirish lozim.
Bolalarda va keksa yoshli shaxslarda qo‘llashning o‘ziga xosligi
15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda metoklopramidni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
O‘smirlarda va yoshlarda (15-19 yosh), shuningdek keksa yoshli shaxslarda metoklopramid bilan davolashda ekstrapiramid reaktsiyalar paydo bo‘lishini xavfi yuqori.
Keksa yoshli shaxslarni metoklopramid bilan 12 haftadan ortiq davolash tavsiya etilmaydi. Agarda kutilgan terapevtik samara kechki diskineziyani rivojlanish xavfidan yuqori bo‘lsa, davolash 12 haftadan oshishi mumkin.
Homiladorlikda va emizishda qo‘llanishi
Metoklopramidni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Metoklopramid ko‘krak sutiga kiradi, shuning uchun uni qabul qilishda bolani ko‘krakdan ajratish kerak.
Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida avtotransportni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari gipersomniya, arterial bosimni o‘zgarishi, bradikardiya bilan kechuvchi yurak-tomir tizimining faoliyatini buzilishi, dezoriyentatsiya va ekstrapiramid buzilishlar. Simptomlar qabul qilinganidan so‘ng 24 soat saqlanib turadi.
Davolash og‘ir zaharlanishda va ekstrapiramid buzilishlarda siklodol (kattalar uchun dozasi 2-4 mg, bolalar uchun 0,04 mg/kg tana vazniga) buyuriladi.
Chiqarilish shakli
10 yoki 25 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; o‘ramda №10x1, №10x5, №25x1, №25x2.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning manzili
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64, tel/faks +375 (177) 735612, 731156.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.