В данный момент нет активных товаров
Organizmda leykopoezning stimulyatori sifatida nimalar buyuriladi?
Leykopoez bu leykotsitlar hosil bo‘ladigan fiziologik jarayon. U odatda qon hosil qilish uchun mas’ul bo‘lgan ilik to‘qimalaridan o‘tadi. Leykotsitlar odam organizmida juda qisqa muddat, odatda 8-12 sutkadan oshmaydigan vaqt davomida yashashi sababli, yangi hujayralar hosil bo‘lishi hisobiga ularning sonini doimiy ravishda to‘ldirib turish zarur.
Leykopoezning stimulyatorlari qanday bo‘ladi?
Turli kasalliklar qondagi leykotsitlar miqdoriga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Leykopeniya, agranulotsitozda leykotsitlar soni kamayadi, leykotsitoz va leykemiyada esa, aksincha, ko‘payadi. Shunga ko‘ra, leykopoezga ta’sir qiluvchi dori vositalari ikki turga bo‘linadi:
- leykopoezni oshirish uchun vositalar;
- leykopoezni susaytirish uchun vositalar.
Leykopeniyaning sabablari ko‘pincha og‘ir surunkali infeksiyalar va turli zaharli moddalar ta’siri tufayli suyak iligi faoliyatining buzilishi hisoblanadi. Shuningdek, pirazolon hosilalari guruhiga kiruvchi bir qator dori vositalari, blastomaga qarshi preparatlar va ayrim antibiotiklar uzoq muddat qabul qilinganda leykopeniya kasalligi yuzaga keladi. Ushbu kasallik qondagi leykotsitlar sonining sezilarli darajada kamayishi bilan ifodalanadi, buning natijasida inson organizmi infeksiyalarga chidamliligini yo‘qotadi.
Bu kasallik va leykotsitlar sintezini susaytiradigan boshqa kasalliklarni davolash uchun leykopoez stimulyatorlari buyuriladi. Ularga nuklein kislotalar almashinuvi mahsulotlari, hamda ularning hosilalari kiradi. Ularning davolash ta’siri, hujayralarning ko‘payish jarayonida muhim vazifani bajaradigan nuklein kislotalarning almashinuviga aralashish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Leykopoez stimulyatorlari nafaqat leykotsitlar sonining ko‘payishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki boshqa to‘qima va organlarda qayta tiklanishni kuchaytiradi.
Toshkentda leykopoezni rag‘batlantiruvchi dorilarni qayerdan xarid qilish mumkin?
Bizning PharmaClick.uz onlayn-dorixonamiz tibbiy mahsulotlarning keng assortimentini taklif etadi. Siz bir nechta oddiy qadamlarni bajarish orqali kerakli dori-darmonlarni xarid qilishingiz mumkin. Saytimizda qidirishdan foydalanib, o‘zingizga mos variantni tanlang va yetkazib berishni rasmiylashtiring yoki keyinroq olib ketish uchun dori vositasini band qiling. Biz buyurtmalarni Toshkent shahri bo‘ylab sizning manzilingizga va butun O‘zbekiston bo‘ylab hamkor dorixonalarga yetkazib beramiz. Savollaringiz bo‘lsa, har doim mutaxassislarimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.