Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аpilak Grindeks tab. 10 mg №25
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нативное пчелиное маточное молочко
Страна производитель
Латвия
Дозировка
10 мг
Производитель
Гриндекс, АО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки жевательные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalarda berish tartibi
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Apilak Grindeks
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) liofillangan apilak
Dori shakli
shimish uchun tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi.
faol modda liofillangan apilak 10 mg,
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, kaltsiy stearat.
Ta'rifi yassi silindrik, faskali, sindirilganda yuzasi oq yoki sarg‘imtir tusli rangdagi tabletkalar. Mayda sariq xolli dog‘larga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Biogen rag‘batlantiruvchilar
ATX kodi A13A
Farmakologik xususiyatlari
Apilak yoki asalarilarning ona suti yosh ishchi asalarilarning allotrofik bezlari tomonidan ishlab chiqariluvchi biologik faol moddalarning aralashmasidan iborat sekretidir. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi
• Vitaminlar (S, V1, V2, V5, V6, V8, V12, N, folat kislotasi, inozitol);
• Makroelementlar (K, Na, Ca, Mg, Fe, P) va mikroelementlar (Zn, Mn, Cu, Co, S, Si, Ni, Cr, As, Bi);
• 23 turli aminokislotalar, shu jumladan almashinmaydigan (masalan, gistidin, valin, metionin, triptofan);
• Boshqa biologik faol moddalar (masalan, xolinesteraza fermenti, atsetilxolin mediatori va boshqalar).
Umumiy tonusni oshiruvchi, antispastik ta'sirga ega, organizmni stresslarga nisbatan qarshiligini va chidamliligini oshiradi, moddalar almashinuvini rag‘batlantiradi.
Qo‘llanilishi
-O‘tkazilgan kasalliklardan keyingi sog‘ayish davri;
-Tug‘ruqdan keyingi davrda emizishni buzilishi;
-Bolalarda ishtahani yo‘qolishi;
-Nevrotik buzilishlar va arterial gipotenziya (yordamchi vosita sifatida)
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 tabletkadan sutkada 3 marta, 10-15 kun davomida.
3 yoshdan katta bolalarga 1 tabletkadan sutkada 2 marta, 10-15 kun davomida buyuriladi. Tabletkani til ostiga qo‘yish va to‘liq erib ketganigacha qoldirish kerak (ichga qabul qilinganda preparat me'da shirasini ta'siri ostida parchalanadi).
Agar Siz preparatni navbatdagi qabulini o‘tkazib yuborsangiz, uni darhol qabul qiling. O‘tkazib yuborilganni o‘rniga ikkibarobar dozani qabul qilmang. Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishni davom ettiring.
Nojo‘ya ta'sirlari
-Allergik reaktsiyalar,
-Og‘iz qurishi,
-Taxikardiya
-Uyquni buzilishi
Yuqorida qayd etilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Liofilizirlangan appilakka va asalarichilikning boshqa mahsulotlariga yoki preparatning biron-bir yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik,
-Addison kasalligi,
-3 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tabletkalar allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin. Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Og‘iz qurishi, yurak urishi yoki uyquni buzilishi paydo bo‘lganida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslikni kam uchraydigan nasliy shakli, Lapp-laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi bo‘lgan patsiyentlarga ushbu dozalarini qo‘llash mumkin emas. Uyquni buzilishida preparatni dozasini kamaytirish yoki bekor qilish lozim. Faqat liofilizirlangan apilakning oz miqdorigina davolovchi samara ko‘rsatadi.
Homiladorlik va emizish
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorni maslahatidan keyin qo‘llash mumkin.
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarda xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Ko‘p miqdorda qabul qilinganda moddalar almashinuvi jarayonlari sekinlashadi, masalan kuniga 2,5 g qabul qilish lohaslik chaqiradi.
Davolash
Preparatni bekor qilish. Simptomatik terapiya.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun tabletkalar 10 mg
25 tabletkadan polivinil xlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.
Dorixonalarda berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
“Grindeks” AJ, Krustpils ko‘ch., 53, Riga, LV-1057, Latviya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.