Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Muskomed krem 0.25% 30gr №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
20 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 2 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тиоколхикозид
Страна производитель
Турция
Дозировка
0,25% 30 г
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Muskomed
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Tiokolxikozid
Dori shakli
Krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 2,5 mg tiokolxikozid;
yordamchi moddalar polisorbat 80, gidrogenlangan lanolin, setil spirti, setilefir mumi, stearin kislotasi, metilparagidrosibenzoati, etilparagidroksibenzoati, natriy alginati, natriy laurilsulfati, jo‘ka daraxti essentsiyasi, tozalangan suv.
Ta'rifi och sariq rangli bir xil krem.
Farmakoterapevtik guruhi
Markaziy ta'sirga ega miorelaksant.
ATX kodi M03VX05
Farmakologik hususiyatlari
Farmadinamikasi
Muskomed faol modda sifatida kolxikozidning tabiiy glikozididan olinadigan yarim sintetik miorelaksant tiokolxikozid saqlaydi. Gamma-aminomoy kislotasi (GAMK) va glitsinergik retseptorlariga selektiv affinlik namoyon qiladi, bu preparatni nerv tizimining turli darajalarida, mahalliy xarakterga ega bo‘lgan spazmlarida ham, markaziy rivojlangan spazmlarda ham preparatning ta'siri bilan ifodalanadi. Markaziy nerv tizimining ta'siri bilan bog‘liq bo‘lgan mushak spazmlarini o‘rtacha darajada pasaytiradi yoki bartaraf qiladi. Spastik mushak gipertoniyasida bo‘g‘imlarni yozilishiga mushaklarning passiv qarshiligini pasaytiradi yoki og‘riqli ixtiyorsiz mushak spazmlarini kamaytiradi. Muskomed kuraresimon ta'sir ko‘rsatmaydi, mushaklar falajini chaqirmaydi va yurak qon-tomir va nafas tizimlariga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi. Faol moddaning taxminan 70% preparat surtilgan sohada qoladi. Oqsillar (asosan albuminlar) bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil etadi. Tiokolxikozid va uning metabolitlari asosan axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Og‘riqli mushak spazmlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Muskomed krem sirtga qo‘llanadi.
Muskomed krem kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga davolovchi shifokorning nazorati ostida sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Kremning kerakli qismi teriga qo‘yiladi va yengil surtiladi. Qo‘llanayotgan preparatning miqdori og‘riqli sohaning o‘lchamiga bog‘liq.
Preparat surtilganidan keyin qo‘llarni yuvish kerak.
Davolash davomiyligi ko‘rsatmalarga va davolash samaradorligiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta'sirlari
Uzoq muddat qo‘llanganida o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (kontakt dermatit, teri toshmalari, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish) rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-teri qoplamlarining butunligini buzilishi;
-mushaklar gipotoniyasi;
-mushaklarni yengil falaji;
-homiladorlik;
-laktatsiya davri;
-15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Biroq boshqa miorelaksantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Markaziy nerv tizimining faoliyatini susaytiruvchi preparatlar, shu jumladan alkogol, antigipertenziv vositalar, kuraresimon preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida miorelaksatsiyani kuchayishi va MNT faoliyatini susayishi, gipotoniya rivojlanishi mumkin.
Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon ketishini rivojlanish havfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Muskomed kremini faqat shikastlanmagan teriga surtish, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Surtilganidan so‘ng okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘yish kerak emas.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlikda va laktatsiya davrida Muskomed preparatini qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xaqida ma'lumotlar yo‘q.
Simptomlari nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkin.
Davolash simptomatik va tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Krem 30 g dan alyumin tubada.
1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.