Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
Nobel-Pharmsanoat
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Relaksa 8mg, tabletkalar №10 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Relaksa
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Tiokolxikozid
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Faol modda Tiokolxikozid 4,0 mg, 8,0 mg
Yordamchi moddalar kollidon, laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza,kolloid kremniy dioksidi, prejelatinlangankraxmal, natriy stearilfumarati
Farmakoterapevtik guruhi
Markaziy ta'sirga ega miorelaksantlar.
Farmakologik xususiyatlri
Preparat faol modda sifatida tabiiy glikozid kolxikozidning oltingugurt saqlagan yarimsintetik hosilasi tiokolxikozid saqlaydi.
Preparat ta'sir mexanizmi bo‘yicha markaziy ta'sirga ega miorelaksantlarga mansub. Markaziy asab tizimida (MAT) gamma-amino moy kislotasi (GAMK) va glitsin retseptorlariga nisbatan agonistik hususiyatlarni namoyon qiladi, bu esa uni asab tizimining turli funktsional pog‘onalaridagi ta'siri bilan bog‘liq. Bu revmatizm yoki jarohatlarda paydo bo‘ladigan reflektor mushak spazmlarida, serebral etiologiyali mushak spazmlarida muhim ahamiyatga ega.
Mushaklarning spastik gipertonusida mushaklarni cho‘zilishga nisbatan passiv qarshiligini pasaytiradi yoki og‘riqli ixtiyorsiz mushak spazmlarini paydo bo‘lishini kamaytiradi.
Preparat kuraresimon o‘xshash ta'sir ko‘rsatmaydi, falajlikni chaqirmaydi, nafasni susaytirmaydi. Harakatlanish, gavdani va holatni tutib turish uchun zarur bo‘lgan mushak kuchini ta'minlaydigan tonik impulsatsiyani susaytirmaydi.
Nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklamaydi.
Preparat yurak-tomir va nafas tizimiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda qonda tez taqsimlanadi. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Smax) 15-45 minutdan keyin erishiladi va bu 61 ng/ml ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari (asosan albuminlar) bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil qiladi.
Miorelaksatsiyalovchi ta'siri qabul qilingandan so‘ng 40-60 minutdan keyin boshlanadi, ta'sir davomiyligi – 24 soat, tiklanish davri (o‘tkazuvchanlikni 95% ga tiklanishi) – bir necha kunni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2 ) 7 soatni tashkil qiladi, metabolizmga uchramaydi. Tiokolxikozidning 20% o‘zgarmagan holda siydik bilan, 79% ahlat bilan chiqariladi. Moddaning ta'siri preparatni qabul qilish tugaganidan so‘ng bir necha kun davom etadi.
Qo‘llanilishi
Mushaklar gipertonusi, mushak spazmlari, suyak-mushak tizimining kasalliklari bilan kechuvchi mushak kontrakturasi spondilez, servikal va lyumbal sindromlar, qiyshiqbo‘yin (toricollis), ko‘ngdalang spastik xarakterli targ‘il mushaklar tonusini kuchayishi bilan kechadigan degenerativ nevrologik kasalliklardagi og‘riqlarni yengillashtirish uchun servikobraxial nevralgiya, ishialgiya, ortopedik va travmatologik operatsiyalardan keyingi mushak kontrakturasini bartaraf qilish uchun tiklovchi davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni ichga, ertalab va kechqurun, ovqatdan oldin chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv (1 stakan suv) bilan qabul qilinadi. Dozani kasallikning og‘irligiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Odatda 4 mg dozali tabletkani 2 tabletkadan 2 marta, 8 mg dozali tabletkalarni – 1 tabletkadan 2 marta buyuriladi.
Tavsiya qilinadigan davolash kursi 5-7 kunni tashkil qiladi.
Muolajadan 30-40 minut oldin og‘riqni bartaraf qiluvchi fizioterapiya bilan majmuada qo‘llash yanada yaqqol davolovchi samara ko‘rsatadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, me'dada og‘riq, kam hollarda - gipotoniya, vaqtinchalik ongni chalkashishi yoki qo‘zg‘alish, tiokolxikozidga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, dong qotib qolish, uyquchanlik, qichishishi, shish, teri toshmasi.
Bu nojo‘ya ta'sirlar doza kamaytirilganda yoki davolash bekor qilinganda yo‘qolishi mumkin.
Diareya paydo bo‘lganida dozani kuniga (4 mg li) ikkita, (8 mg li) bittatabletkagacha kamaytirish mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-15 yoshgacha bo‘lgan bolalar
-Tiokolxikozidga va preparatning boshqa komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik
-mushaklarni gipotoniyasi va bo‘shashgan falaj/nimfalaj
-antikoagulyantlar bilan davolash va qon quyilishlariga moyillik
-homiladorlik va laktatsiya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, fenilbutazon, analgetiklar va nevritlarni davolashda qo‘llanilayotgan preparatlar, anabolik steroidlar, sedativ vositalar, barbituratlar va suktsinilxolin bilan bir vaqtda qo‘llash preparatning samaradorligiga va xavfsizligiga ta'sir qilmagan. Ammo markaziy nerv tizimini susaytiruvchi preparatlar, shu jumladan alkogol, antigipertenziv preparatlar, kuraresimon preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda miorelaksatsiya kuchayishi va markaziy asab tizimi susayishi, gipotoniya rivojlanishi mumkin. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ketish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar faoliyatini buzilishida dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi, chunki preparat jigarda metabolizmga uchramaydi.
Buyraklar faoliyatini buzilishida preparatni kichik dozalari tavsiya qilinadi. Preparatni, ishi tezkor ruxiy va jismoniy reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslarga (xususan avtotransportni haydashda) buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatni qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi ketish hollari qayd etilmagan. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan bo‘lgan toksik samaralar dozani oshirib yuborilishi asosiy belgilari bo‘lishi mumkin deb taxmin qilish mumkin. Bunday hollarda asosan simptomatik davolash ko‘rsatilgan. Maxsus antidotlari yo‘q.
Chiqarilish shakli
«Relaksa» 4, tabletkalar 4,0 mg dan, №10, №20
«Relaksa» 8, tabletkalar 8,0 mg dan, №10, №20
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"NOBEL- PHARMSANOAT"CHEK, Toshkent sh., T.Shevchenko ko‘ch. 23, tel 256-13-60
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.