Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Yodomarin 200 №100
Nomi | Narx | |||||
Йодомарин 200 №100 (39136##2 196) |
UZS 64 100
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Йодомарин 200 №100 (49013##2 254) |
UZS 59 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Йодомарин 200 №100 (49013##2 266) |
UZS 59 800
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Калия йодид
Страна производитель
Германия
Дозировка
200 мкг
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlash oldidan ushbu ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma'lumot saqlanadi
Ushbu preparat retseptsiz beriladi. Shunga qaramay, yaxshiroq natijaga erishish uchun Yodomarin 200 preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni o‘qib chiqish kerak bo‘lib qolishi mumkin.
Agar Sizga qo‘shimcha ma'lumot yoki maslaxat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslaxatlashing.
Biron-bir nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan – shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan nojo‘ya samaralarga taalluqli.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
1.Yodomarin® 200 o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
2.Yodomarin® 200 ni qabul qilishdan oldin nimani bilish kerak
3.Yodomarin® 200 ni qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.Yodomarin® 200 ni qanday saqlash kerak
6.O‘ram ichidagisi va boshqa ma'lumotlar
1.YODOMARIN® 200 O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN ISHLATILADI
Yodomarin® 200 – qalqonsimon bez kasalliklarini davolash uchun vosita.
Yodomarin® 200 quyidagilarda qo‘llanadi
-yodning tanqisligi chaqirgan kasalliklarni oldini olish (masalan, tuproq va suvda yodning miqdori yetarli bo‘lmagan hududlarda, shuningdek yodning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoq rezektsiyasidan keyin bo‘qoqni oldini olish);
-yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar, o‘smirlarda, shuningdek yoshroq kattalarda bo‘qoqni davolash.
2.YODOMARIN® 200 NI QABUL QILIShDAN OLDIN NIMANI BILISH KERAK
Yodomarin® 200 ni qabul qilmang
-Agar Sizda kaliy yodidiga yoki ushbu preparatning har qanday boshqa komponentiga allergiya kuzatilsa (6.1 bo‘limida sanab o‘tilgan)
-Qalqonsimon bezining faoliyatini yaqqol oshishida (shikoyatlar mavjud)
-Yodning sutkada 150 mkg dan yuqori dozalarida qalqonsimon bezining faoliyatini yashirin oshishida (shikoyatlar yo‘q),
-Xavfsiz gormon hosil qiluvchi o‘sma, shuningdek yodni sutkada 300 dan 1000 mkg gacha dozalarida (operatsiyadan oldingi davrdagi davolashdan tashqari) qalqonsimon bezining nazorat qilinmaydigan gormon hosil qiluvchi sohalarining mavjudligi.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Yodomarin® 200 preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki dorixona ishchisiga maslahat uchun murojaat qiling.
Yodomarin® 200 bilan boshqa dori preparatlarini qabul qilish
Agar Siz xozirgi vaqtda har qanday dori vositalarini qabul qilayotgan, oldin qabul qilgan yoki qabul qilmoqchi bo‘lsangiz bu xaqida shifokorga yoki dorixona ishchisiga ma'lum qiling.
Yod tanqisligi gipertireozni (qalqonsimon bezining yuqori faoliyati) medikamentoz davolashga reaktsiyasini oshiradi, ayni vaqtda yodning oshiqchasi esa uni pasaytiradi. Shuning uchun gipertireozni davolashdan oldin yoki davolash vaqtida, iloji boricha, yodni har qanday qabul qilishdan saqlanish kerak.
Qalqonsimon bezi tomonidan yodid kabi mexanizm bo‘yicha (masalan, perxlorat) so‘riladigan moddalar, shuningdek o‘zlari so‘riladigan dori vositalari 5 ml/dl dan yuqori kontsentratsiyalarda tiotsianat, qalqonsimon bezi tomonidan yodni yutilishiga to‘sqinlik qiladilar.
Qalqonsimon bezi tomonidan yodni so‘rilishi va bezda yodning metabolizmi endogen va ekzogen tireotrop gormoni (TTG) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Qalqonsimon bezi gormonlarining sekretsiyasini susaytiruvchi yodning yuqori dozalari va odatda ruxiy buzilishlarni davolash uchun qo‘llanadigan litiy tuzlari bilan bir vaqtda davolash, bo‘qoq va gipotireozning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Kaliy yodidining yuqori dozalari kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga giperkaliyemiyani chaqirish qobiliyatiga ega.
Homiladorlik, emizish davri va bola tug‘ish faoliyati
Homiladorlik yoki emizish davrida, shuningdek homiladorlik bo‘lsa yoki rejalashtirilsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin shifokorga yoki dorixona ishchisiga maslaxat uchun murojaat qiling.
Homiladorlik va emizish davrida yodga ehtiyoj oshadi, shuning uchun bu davrda organizmga yetarli miqdorda yodni tushishini ta'minlash ayniqsa muhim. Lekin yod preparatlarini va yod saqlovchi dori vositalarini faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha “foyda/xavf”ni nisbatini baholaganda keyin qabul qilish kerak.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab qilinmaydi.
Yodomarin® 200 preparati laktoza saqlaydi
Agar Sizda qandning biron-bir turlarini o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
3.YODOMARIN® 200 NI QANDAY QABUL QILISH KERAK
Ushbu dori vositasini doim qat'iy ilova-varaqasidagi ko‘rsatmalariga muvofiq yoki davolovchi shifokor yoki dorixona ishchisi ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qilish kerak. Agar Sizda shubxangiz bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona ishchisi bilan maslaxatlashing.
Tavsiya etiladigan doza
Yod tanqisligida bo‘qoqni oldini olish
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalar
Sutkada bir marta ½ tabletkadan Yodomarin® 200 (100 mkg yodga mos keladi).
O‘smirlar va kattalar
Sutkada bir marta ½dan 1 tabletkagacha Yodomarin® 200 (100–200 mkg yodga mos keladi).
Homiladorlik va emizish davrida
Sutkada bir marta 1 tabletka Yodomarin® (200 mkg yodga mos keladi).
Medikamentoz davolashni yakunlanishi yoki yodning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘qoq bo‘yicha operatsiyadan keyin qalqonsimon bezini takroriy o‘sishini oldini olish
Sutkada bir marta ½ dan 1 tabletkagacha Yodomarin® 200 (100-200 mkg yodga mos keladi).
Yodning tanqisligi chaqirgan bo‘qoqni davolash
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlar
Sutkada bir marta ½ dan 1 tabletkagacha Yodomarin® 200 (100-200 mkg yodga mos keladi.
Yoshroq kattalar
Sutkada bir marta 1½ dan 2½ tabletkagacha Yodomarin® 200 (300-500 mkg yodga mos keladi) tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli
Ovqatdan keyin yetarli miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi (masalan, bir stakan suv).
Davolash davomiyligi
-Oldini olish maqsadlarda Yodomarin® 200 muntazam bir necha yil davomida, ko‘pincha esa butun hayoti davomida qabul qilinadi.
-Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi bo‘qoqni davolash uchun, odatda 2-4 hafta yetarli bo‘ladi. Bolalar, o‘smirlar va kattalardagi bo‘qoqni davolash uchun 6 dan 12 oygacha talab qilinadi.
Tabletkalarni bir xil dozali ikki qismga bo‘lish mumkin.
Agar Siz Yodomarin® 200 preparatini keragidan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Darxol shifokorga murojaat qiling. Shifokor kerakli choralar ko‘rish masalasini hal qiladi.
Agar Siz Yodomarin® 200 preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborgan dozani o‘rnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar Siz Yodomarin® 200 ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Agar Siz Yodomarin® 200 ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz, masalan nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishi sababli, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Ushbu dori preparatini qabul qilish bo‘yicha yana savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
4.BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA'SIRLARI
Barcha dori vositalari kabi Yodomarin® 200 ham nojo‘ya ta'sirlar ko‘rsatishi mumkin, lekin ular har bir patsiyentlarda ham kuzatilmaydi.
Har qanday yoshda yodid profilaktik qo‘llanganida, shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va o‘smirlarda davolash uchun qo‘llanganida, odatda noxush samaralari kuzatilmaydi. Lekin qalqonsimon bezida katta nazorat qilinmaydigan gormon hosil qiluvchi avtonom joylar bo‘lganida va yod 150 mkg dan yuqori sutkalik dozalarda buyurilganida, qalqonsimon bezining faoliyatini oshishini klinik ko‘rinishlarini butunlay istisno qilib bo‘lmaydi.
Juda kam xollarda (10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida kuzatiladi)
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Yod chaqirgan tumov, teri reaktsiyalari (bullyoz yoki tuberoz yododerma, eksfoliativ dermatit), teri yoki shilliq qavatlarni shishi, (angionevrotik shish), isitma, xusnbuzar va so‘lak bezlarini shishi kabi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Gormonal tizim tomonidan buzilishlar
Kattalarda bo‘qoqni davolashda (sutkalik doza 300 dan 1000 mkg gacha yod) alohida hollarda yod chaqirgan qalqonsimon bezining faoliyatini oshishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda bunga qalqonsimon bezida gormon hosil qiluvchi o‘choqlarining mavjudligi sabab bo‘ladi. Odatda xavfga uzoq muddat davomida bo‘qoq bilan kasallangan keksa yoshdagi patsiyentlar duchor bo‘ladilar.
Biron-bir nojo‘ya ta'sirlari paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga – shu jumladan ilova-varaqada ta'riflanmagan nojo‘ya samaralarga taalluqli.
5.Yodomarin® 200 NI QANDAY SAQLASH KERAK
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy.
Ushbu dori vositasini tashqi o‘ramida va blisterida «gacha yaroqli» so‘zlaridan keyin ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ni o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin!
Hech qanday dori preparatlarini kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Kerak bo‘lmagan dori preparatini qanday utilizatsiya qilish xaqida dorixona ishchisi bilan maslaxatlashing. Bu choralar atrof muxitni ximoya qilishga yordam beradi.
6.O‘RAM ICHIDAGISI VA BOSHQA MA'LUMOTLAR
Yodomarin® 200 da saqlovchi moddalar
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi kaliy yodididir.
Bir tabletka 262 mkg kaliy yodidi saqlaydi (200 mkg yodga mos keladi).
Boshqa komponentlar
Laktoza monogidrati, yengil magniy karbonati asosi, jelatin, karboksimetilkraxmalning natriyli tuzi (A turi), (Ph. Eur) suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Yodomarin® 200 preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Yassiparallel yuzali, oqdan to deyarli oq rangligacha bo‘lgan, chetlari qiya, bo‘lish uchun bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.
Alyumin folgaga yopishtirilgan PVX-plyonkali blisterda.
Original o‘ramida 25, 50 yoki 100 tabletka saqlanadi.
Sotuvda o‘ramlarining barcha o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.
Qayd etish guvohnomasining egasi
BERLIN-XEMI AG
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Ishlab chiqaruvchi
BERLIN-XEMI AG
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Menarini – Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtr. 7-13
01097 Drezden

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.