Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аskofer kapsulalar №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ферамид, аскорбиновая кислота
Страна производитель
Узбекистан
Производитель
BIOGEN,СП,ООО Узбекско-Британское для Citco Chemicals Ltd., Великобритания,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Askofer
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Feramid (temir (II) dixlordinikotinamid), askorbin kislotasi.
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Feramid (temir (II) dixlordinikotinamid)…..400 mg
Askorbin kislotasi………………………………30 mg
Ta'rifi To‘q sariq rangli, «0» o‘lchamli, och sariqdan sarg‘ish-jigarrang ranggacha bo‘lgan kukun bilan to‘ldirilgan qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi V03AA
Farmakologik xususiyatlari
Nikotinamid va askorbin kislotasi bilan temir xloridining ikki valentlik birikmasini saqlovchi anemiyaga qarshi majmuaviy preparat.
Temir – odam organizmining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U gemoglobin, mioglobin va shuningdek ko‘pchilik fermentlarning tarkibiga kiradi. Nikotinamid ko‘psonli oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida protonlarni aktseptorlaydi va olib o‘tadi, modda almashinuvining ko‘pchilik turlarini me'yorda kechishini ta'minlaydi, shuningdek eriropoezni rag‘batlantiradi.
Askorbin kislotasi – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, uglevodlar almashinuvida, qon ivishida, to‘qimalarni regeneratsiyasida boshqaruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Kortikosteroid, kollagen va prokollagen sintezida qatnashadi va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini me'yorlashtiradi, V1, V2, A, Ye vitaminlari, folat kislotasi, pantoten kislotasiga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, organizmning qarshiligini oshiradi, temirni ichakda so‘rilishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Temir - ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Temirning biokiraolishligi 5-35% ni tashkil qiladi. Plazmaning transferrini bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza, katalaza va peroksidazani hosil bo‘lishi jarayoniga kirishadi yoki organizmning to‘qimalarida ferritin ko‘rinishida to‘planadi. Axlat, siydik va ter bilan chiqariladi.
Askorbin kislotasi – ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llaridan (ingichka ichakda) to‘liq so‘riladi. Organizmning to‘qimalarida keng taqsimlanadi, to‘qimalarda, ayniqsa buyrak usti bezida qisman to‘planadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – taxminan 25%. Siydik bilan metabolitlar ko‘rinishida va qisman o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
-temir tanqisligi anemiyasini (temirni organizmga ovqat bilan yetarli darajada tushmaganida, organizmning temirga yuqori ehtiyoji bo‘lganida, o‘tkir va surunkali gemorragik anemiyada) davolash;
-temir tanqisligi anemiyasini (shu jumladan homiladorlik va laktatsiya davrida, tug‘ruq yoshidagi ayollarda, o‘smirlarning jadal o‘sish davrida, keksa yoshli shaxslarda) oldini olish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarga 1 kapsuladan kuniga 2 marta ovqatdan keyin buyuriladi. Davolash davomiyligi qon plazmasida temir miqdorining nazorati ostida shaxsiy ravishda aniqlanadi. Temir yetishmovchiligining yaqqol klinik ko‘rinishlarida davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil qiladi. Gemoglobinning ko‘rsatkichlari me'yorlashganida davolashni tahminan 2 oy, organizmda temir zahirasi to‘yingunga qadar davom ettirish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda yengil ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada og‘riqlar, diareya yoki qabziyat kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-qizilo‘ngachning torayishi va/yoki me'da-ichak yo‘llarining boshqa obstruktiv kasalliklari;
-organizmda temirni yuqori darajada to‘planishi keltirib chiqargan patologik holatlar;
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
-qonni yuqori ivuvchanligi, tromboflebitlar, trombozlarga moyillik,
-qandli diabetda preparatni katta dozalarda qo‘llash;
-suyak ko‘migi faoliyatini buzilishi, gemoxromatoz va gemosideroz,
-temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar.
-me'da va/yoki o‘nikkibarmoq ichakning peptik yarasi, yarali kolit, enterit;
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni tetratsiklinlar va D-penitsillinlar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya qilinmaydi, chunki xelatlar hosil bo‘lishi tufayli temirni so‘rilishi kamayadi.
Preparatni alyuminiy, magniy va kaltsiy tuzlarini saqlovchi antatsidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, temirni so‘rilishi kamayadi.
Askorbin kislotasini so‘rilishi, ichga qabul qilinadigan gormonal kontratseptivlar, yangi meva yoki sabzavot sharbatlari, ishqoriy ichimliklarni bir vaqtda iste'mol qilinganida kamayadi. Askorbin kislotasi temirni, penitsillinni so‘rilishini oshiradi; geparin, bilvosita antikoagulyantlarning ta'sirini kamaytiradi, salitsilatlar bilan davolanishda kristalluriyani paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me'daning shilliq qavatiga mahaliy ta'sirlovchi ta'sirini yo‘qligi, preparatni me'da-ichak yo‘llari tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari oqarish, sianoz, uyquchanlik, qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash me'dani yuvish, zardobda temirning kontsentratsiyasi 5 mkg/ml dan yuqori bo‘lganida deferoksamin buyuriladi.
Chiqarilish shakli
10, 20 yoki 30 ta kapsulalar kontur-uyali o‘ramlarda yoki №20, № 30 flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«BIOGEN» MChJ Uzbekiston-Buyuk BritaniyaQK
O‘zbekiston Respublikasi, 100069, Toshkent sh., Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch, 51. Tel./faks(99871) 248-04-99.
Citco Chemicals LTD, Angliya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.