Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ferrat-S in'ektsiya uchun eritma 100mg/2ml №3
Ferrat-S in'ektsiya uchun eritma 100mg/2ml №3
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Полимальтозный комплекс гидроокиси железа (III)
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
2 мл
Производитель
Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское,Узбекистан
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для внутримышечного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ferrat-S
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) Temir (III) gidroksidining polimaltoza kompleksi.
Chiqarilish shakli
Mushak ichiga in'ektsiya uchun eritma, ampulalarda 2 ml dan.
Tarkibi
har 2 ml ampula temir (III) gidroksidining polimaltoza kompleksi ko‘rinishida 100 mg elementar temir saqlaydi.
Farmakoterapevtik guruhi
Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vositalar.
Farmakologik xususiyatlari
Anemiyaga qarshi preparat. Mushak ichiga (m/i) yuborilganidan keyin temir, temir (III) gidroksidining polimaltoza kompleksidan faol ingrediyent ko‘rinishida asosan jigar tomonidan so‘riladi. U yerda gemoglobin, mioglobin va temir saqlovchi fermentlarning tarkibiga kiradi, shuningdek organizmda ferritin ko‘rinishida zahiralanadi. Temir parenteral yuborilganida qonning ko‘rsatkichlari tomonidan javob reaktsiyasi, ular samarali bo‘lgan bemorlarda temir tuzlari og‘iz orqali yuborilgandagiga qaraganda, tezroq kuzatilmaydi. Temirning boshqa preparatlari kabi u eritropoezga ta'sir ko‘rsatmaydi va temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalarda samarasiz.
Farmakokinetikasi
M/i yuborilganidan keyin kompleks limfa tizimi orqali qon oqimiga tushadi (dozaning 15% - 15 minutdan keyin, 44% - 30 minutdan keyin). In'ektsiya qilinganidan keyin, temirning maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) taxminan 24 soat o‘tgach erishiladi. Makromolekulyar kompleks plazmadan retikulo-entelial tizimiga o‘tadi, u yerda temir gidroksidi va polimaltozaga parchalanadi. Qonda oqimida temir transferrin bilan bog‘lanadi, to‘qimalarda ferritinning tarkibida saqlanadi, suyak ko‘migida gemoglobinga kiradi va eritropoez jarayonida ishlatiladi. Yarimchiqarilish davri (T1/2) – 3-4 sutka. Temirning faqat ko‘p bo‘lmagan miqdori organizmdan chiqariladi. Polimaltoza oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi yoki chiqariladi.
Temir tanqisligi bo‘lgan bemorlarda preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q. Temirning protoporfiringa kirishi temir tanqisligi anemiyasining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi yaxshi ma'lum. Gemoglobinning darajasi pasaygan holda, u jadalroq bo‘ladi va gemoglobinning darajasi normallashishi bilan kamayadi.
Qo‘llanishi
Preparat qon yo‘qotilishida, temir saqlovchi preparatlarni og‘iz orqali qabul qilishning iloji bo‘lmagan, samarasiz yoki samaradorligi yetarli darajada bo‘lmagan hollarda (masalan, og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlari bilan davolashga javob reaktsiyasi bo‘lmagan yoki o‘zlashtiraolmagan shaxslarda, kam so‘rilishi bo‘lgan yoki og‘iz orqali qabul qilinadigan temir preparatlarini uzoq muddat va muntazam qabul qilishga rozi bo‘lmagan, me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari (masalan, yarali kolit) bo‘lgan, ichga qabul qilish uchun temir preparatlari kasallikning zo‘rayishini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan bemorlarda) temir tanqisligini davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Eritma faqat mushak ichiga (m/i) yuboriladi. Preparatning davolovchi dozasini birinchi marta yuborishdan oldin m/i sinamasini o‘tkazish kerak. Kattalarga preparatning ¼ dan ½ gacha dozasi (25 mg dan 50 mg gacha temir), bolalarga sutkalik dozaning yarmi yuboriladi. Yuborilganidan so‘ng 15 minut davomida nojo‘ya reaktsiyalari bo‘lmaganida preparatning boshlang‘ich dozasining qolgan qismini yuborish mumkin. Anafilaktik shok rivojlanganida yordam ko‘rsatish uchun vositalar bo‘lishi kerak.
Dozani hisoblash
Preparatning dozasi shaxsiy hisoblanadi va quyidagi formula bo‘yicha temirning umumiy tanqisligiga muvofiq moslanadi
Temirning umumiy tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) × (Hb ning normal darajasi – bemorning Hb ni darajasi) (g/l × 0,24* + temirning zahirasi (mg)).
Tana vazni 35 kg dan kam bo‘lganida normal Hb = 130 g/l, bu temirning zahirasi = 15 mg/kg tana vazniga mos keladi.
Tana vazni 35 kg dan ko‘p bo‘lganida Hb ning normal darajasi = 150 g/l, bu temirning zahirasi = 500 mg mos keladi.
* 0,24 omili = 0,0034×0,07×1000 (Hbtemirning miqdori = 0,34%, qonning hajmi = tana vazning 7%, 1000 omili = g dan mg ga o‘tish)
Yuborish uchun ampulalarning umumiy miqdori =
Tana vazni va Hb darajasiga nisbatan bir bemor uchun preparatning umumiy ampulalar miqdorini hisoblash jadvali
Tana vazni, kgDavolash kursi uchun ampulalarining umumiy miqdori
Hb=60 g/lHb=75 g/lHb=90 g/lHb=150 g/l
51,51,51,51,0
103,03,02,52,0
155,04,53,53,0
206,55,55,04,0
258,07,06,05,5
309,58,57,56,5
3512,511,510,09,0
4013,512,011,09,5
4515,013,011,510,0
5016,014,012,010,5
5517,015,013,011,0
6018,016,013,511,5
6519,016,514,512,0
7020,017,515,012,5
7521,018,516,013,0
8022,519,516,513,5
8523,520,517,014,0
9024,521,518,014,5
Agarda kerakli doza maksimal sutkalik dozadan oshsa, preparatni bo‘lib-bo‘lib yuborish kerak.
Dozalash
Kattalar har kuni 1 ampuladan (2,0 ml = 100 mg temir)
Bolalar doza tana vazniga qarab aniqlanadi.
Yo‘l qo‘yiladigan maksimal sutkalik dozalari
Vazni 5 kg gacha bo‘lgan bolalar ampulaning 1/4 qismi (0,5 ml=25 mg temir)
Vazni 5 kg dan 10 kg gacha bo‘lgan bolalar ampulaning 1/2 qismi (1,0 ml=50 mg temir)
Kattalar 2 ampula (4,0 ml = 200 mg temir)
Agarda 1–2 haftadan keyin gematologik parametrlar tomonidan javob reaktsiyasi bo‘lmasa (masalan, Hb ning darajasi kuniga taxminan 0,1 g/dl ga oshishi), birlamchi qo‘yilgan tashxisni ko‘rib chiqish kerak. Davolash kursi uchun preparatning umumiy dozasi ampulalarning hisoblangan miqdoridan oshmasligi kerak.
In'ektsiya texnikasi
In'ektsiya texnikasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Preparatni noto‘g‘ri yuborish natijasida in'ektsiya joyida og‘riq va terining bo‘yalishi paydo bo‘lishi mumkin. Quyida umumiy qabul qilingan – katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga yuborish o‘rniga ventro-dumbaga tavsiya qilingan in'ektsiya usuli ta'riflangan
• Ignaning uzunligi 5-6 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ignaning teshigi juda keng bo‘lmasligi kerak. Bolalar, shuningdek tana vazni katta bo‘lmagan kattalar uchun, ignalar qisqaroq va yo‘g‘onroq bo‘lishi kerak.
• Hochstetter tavsiyalariga muvofiq, in'ektsiya joyi quyidagicha aniqlanadi umurtqa pog‘onasining yo‘li bo‘yicha bel-yonbosh birikmasiga mos keluvchi sathida A nuqtani belgilang. Agarda bemor o‘ng yonboshida yotgan bo‘lsa, chap qo‘lning o‘rta barmog‘ini A nuqtaga qo‘ying. O‘rta barmoqdan ko‘rsatgich barmoqni shundoq qo‘yingki, u yonbosh toji chizig‘i ostidagi V nuqtada bo‘lsin. Proksimal falanglar, o‘rta va ko‘rsatgich barmoq orasida joylashgan uchburchak in'ektsiya joyi bo‘ladi.
• Instrumentlar odatdagi usulda dezinfektsiyalanadi.
• Ignani kiritishdan oldin, igna chiqarilganidan keyin teshilish kanalini yaxshi bekilishi uchun terini taxminan 2 sm ga suring. Bu kiritilgan eritmani teri osti to‘qimalariga kirishi va terining bo‘yalishini oldini oladi.
• Ignani son bo‘g‘imi nuqtasiga qaraganda yonbosh birikmasi nuqtasiga katta burchak ostida teri yuzasiga nisbatan vertikal joylashtiring.
• In'ektsiyadan keyin darhol ignani chiqaring va taxminan 5 minut davomida in'ektsiya joyi yonidagi teri sohasini barmoq bilan bosing.
• In'ektsiyadan keyin bemor harakatlanishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish.
MNT tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Mahalliy reaktsiyalar preparatni noto‘g‘ri yuborish texnikasida terini bo‘yalishi, in'ektsiya joyida og‘riq va yallig‘lanish reaktsiyalarining paydo bo‘lishi.
Boshqalar arterial gipotenziya, artralgiya, limfa tugunlarining kattalashish, haroratni ko‘tarilishi, holsizlik, juda kam – allergik yoki anafilaktik reaktsiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (masalan, gemolitik anemiya, B12 vitaminining yetishmasligi chaqirgan megaloblast anemiya, eritropoezni buzilishi, suyak ko‘migining gipoplaziyasi); temirni ko‘payib ketishi (ya'ni gemoxromatoz, gemosideroz); temirning utilizatsiyasini buzilishi (masalan, sideroaxrestik anemiya, talassemiya, qo‘rg‘oshin anemiyasi, terini kechki porfiriyasi); Osler-Randyu-Veber sindromi; surunkali poliartrit; bronxial astma; o‘tkir bosqichdagi buyraklarning infektsion kasalliklari; nazorat qilib bo‘lmaydigan giperparatireoz; dekompensatsiyalangan jigar sirrozi; infektsion gepatit; homiladorlik (I uch oyligi),vena ichiga (v/i) yuborish uchun ishlatish, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Temirning boshqa barcha preparatlari kabi, Ferrat S ampulalarini og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki me'da-ichak yo‘llaridan oxirgilarning so‘rilishi kamayadi. Shuning uchun og‘iz orqali qabul qilinadigan temir saqlovchi preparatlar bilan davolashni oxirgi in'ektsiya qilinganidan so‘ng kamida 1 haftadan keyin boshlash kerak. AAF ingibitorlari (masalan, Enalapril) bilan bir vaqtda qabul qilish, temirning parenteral preparatlarini tizimli samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat temir tanqisligi holatiga tegishli tekshirishlar (masalan, zardobdagi ferritin, gemoglobin, gematokritning darajasi yoki eritrotsitlarning miqdori, shuningdek ularning parametrlari – eritrotsitning o‘rtacha hajmi, eritrotsitdagi Nb ning o‘rtacha miqdori yoki eritrotsitdagi Hb ning o‘rtacha kontsentratsiyasini o‘lchash bilan) bilan tasdiqlanganida yuboriladi.
Tajriba yo‘qligi sababli, 4 oylikkacha bo‘lgan bolalarga yuborish tavsiya qilinmaydi.
Ferrat S preparatini buyurishga aniq ko‘rsatmalari bo‘lgan bemorlarda, plazmada ferritinning darajasi va periferik qonda eritrotsitlarning miqdorini aniqlash sharti bilan qo‘llanadi. Temirning so‘rilishini buzilishiga taxmin qilingan holda temirni so‘rilishiga sinama o‘tkazish kerak.
Ishlatishdan oldin, ampulada cho‘kma va shikastlanish borligini ko‘rish kerak. Cho‘kmasiz va shikastlarsiz ampulani ishlatish mumkin. Ferrat S ampulasi ochilganidan so‘ng darhol yuborish kerak. Preparatni boshqa davolovchi preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Allergik reaktsiyalarning yaqqolligi o‘rtacha bo‘lgan holda antigistamin preparatlarni buyurish kerak; og‘ir anafilaktik reaktsiya rivojlanganida, darhol adrenalinni yuborish kerak. Yurak-o‘pka reanimatsiyasiga vositalar tayyor bo‘lishi kerak. Allergiyasi, hamda jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga preparat yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Yurak-tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda rivojlanuvchi nojo‘ya samaralari asosiy kasallikning kechishini yomonlashtirishi mumkin.
Bronxial astma yoki zardobning temirni bog‘lab olish xususiyati past bo‘lgan va/yoki folat kislotasining yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar allergik yoki anafilaktik reaktsiyalarning rivojlanishini yuqori xavfi guruhga kiradilar.
Bolalarda temirning parenteral preparatlari infektsion jarayonni kechishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Homiladorlikning II va III uch oyligida preparat faqat, hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha, agarda qo‘llashdan kutilgan samara, homila uchun mumkin bo‘lgan havfdan yuqori bo‘lgan hollarda buyuriladi.
Temir (III) gidroksidining polimaltoza bilan kompleksini katta bo‘lmagan miqdorda, o‘zgarmagan ko‘rinishda ko‘krak suti bilan chiqarilishi tufayli, laktatsiya davrida buyurilganida ehtiyotkorlik lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari temir preparatlarining dozasini oshirib yuborilishi o‘tkir yuklamaga va gemosiderozga olib kelishi mumkin.
Davolash simptomatik. Temirning maxsus antidoti deferoksamindir.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Haddan ziyod isitishdan va muzlatishdan asrang. Preparatni noto‘g‘ri saqlash, ko‘rinarli cho‘kma hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
"REMEDY GROUP" MChJ O‘zbek-Buyuk Britaniya QK,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100034, Olmazor tumani, Yangi Olmazor ko‘ch., 51. tel/faks (99871) 248 02 05
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.