Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fersinol in'ektsiya uchun eritma 100mg/2ml №5
Fersinol in'ektsiya uchun eritma 100mg/2ml №5
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Железа (III) гидроксид полимальтозат
Страна производитель
Турция
Дозировка
2 мл
Производитель
World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. Ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fersinol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) temir (III) gidroksidini polimaltozi kompleksi.
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma.
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda temir (III) gidroksidini polimaltozi kompleksi – 50 mg;
yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
1 ampula (2 ml) preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda temir (III) gidroksidini polimaltozi kompleksi – 100 mg;
yordamchi moddalar in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi mexanik kiritmalar bo‘lmagan to‘q qizg‘ish- jigarrang rangli gomogen suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi V03AS
Farmakologik xususiyatlari
Antianemik preparat. Plazmada temirning tashilishi jigarda sintezlanadigan transferin γ-globulini yordamida amalga oshiriladi. Uch valentli temir gemining hosil bo‘lishida ishtirok etadi, bu gemoglobinning darajasini oshishiga olib keladi. Preparat qabul qilinganida temir tanqisligining klinik (holsizlik, kuchli toliqish, bosh aylanishi, taxikardiya, teri qoplamalarining quruqligi) va laborator simptomlarining asta-sekin regressiyasi yuz beradi. Preparatning tarkibiga kiruvchi temir gemoglobinning bir qismi bo‘lib, temir tanqisligi holatlarida eritropoezni rag‘batlantiradi. Preparatdagi temir murakkab gidroksid polimaltoza kompleksi shaklida bo‘ladi. Bu kompleks uch valentli temir yadrolari bilan hosil bo‘lgan, ko‘p sonli polimaltoza molekulalari bilan o‘ralgan markaziy to‘rdan tashkil topgan. Ushbu kompleks prooksidant xususiyatlarga ega emas, bu PZLP (past zichlikdagi lipoproteidlar) va JPZLP (juda past zichlikdagi lipoproteidlar) ning oksidlanishini pasayishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng limfa tizimi orqali qon oqimiga tushadi. Maksimal kontsentratsiya (Smax) ga 24 soat keyin erishiladi. Retikuloendotelial tizimidan kompleks temir gidroksidi va polimaltozaga (oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi) parchalanadi. Qon oqimida temir transferrin bilan bog‘lanadi, to‘qimalarda ferritin tarkibida yig‘iladi, suyak ko‘migida gemoglobinni tarkibiga kiradi va eritropoez jarayonida ishlatiladi. Preparatning umumiy dozasini 1% dan kamroq qismi buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Fersinol quyidagi temir tanqisligi holatlarda qo‘llanadi
- og‘ir darajadagi postgemorragik anemiya;
- kattalar va bolalardagi peroral temir saqlovchi preparatlarni qabul qilish samarasiz bo‘lganida yoki qabul qilish mumkin bo‘lmaganida (shu jumladan, me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari va mal'absorbtsiya sindromi bilan xastalangan bemorlarda) turli genezli temir tanqisligi anemiyasini davolash uchun qo‘llanadi.
Fersinol faqat muvofiq laboratoriya tekshirishlari bilan tasdiqlangan temir tanqisligi holatlarida yuboriladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga chuqur yuborishga mo‘ljallangan
In'ektsiyani yuborilish texnikasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Preparatni noto‘g‘ri yuborish natijasida in'ektsiya joyida og‘riq hissi va terini bo‘yalishi paydo bo‘lishi mumkin. Quyida ta'riflangan ventro-dumbaga in'ektsiya qilish usuli umumiy qabul qilingan usul (dumba katta mushagining yuqori tashqi to‘rtburchagi) o‘rniga tavsiya qilingan
-ignaning uzunligi 5-6 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ignaning teshigi juda keng bo‘lmasligi kerak. Bolalar, shuningdek tana vazni katta bo‘lmagan kattalar uchun ignalar qisqaroq va ingichkaroq bo‘lishi kerak.
-in'ektsiya joyi quyidagicha aniqlanadi umurtqa pog‘onasi chizig‘i bo‘ylab bel yonbosh qo‘shilishiga to‘g‘ri keladigan joyda A nuqta belgilanadi. Agar bemor o‘n yonboshida yotgan bo‘lsa, chap qo‘lning o‘rta barmog‘i A nuqtaga qo‘yiladi. Ko‘rsatgich barmoq o‘rta barmoqqa nisbatan shunday qo‘yiladiki, yonbosh suyagi o‘sig‘i ostida V nuqtada bo‘lsin. Proksimal falangalar, o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlar orasida joylashgan uchburchak in'ektsiya joyi bo‘ladi.
-ignani kiritishdan oldin, igna chiqarib olinganidan so‘ng teshilgan joy yaxshi bekilishi uchun, teri taxminan 2 sm ga yig‘iladi. Bu yuborilgan eritmani teri osti to‘qimalariga kirishini va terining bo‘yalishini oldini oladi.
-igna son bo‘g‘imi nuqtasiga nisbatan yonbosh qo‘shilishining nuqtasiga katta burchak ostida, terining yuzasiga nisbatan vertikal yo‘naltiriladi.
-in'ektsiyadan keyin igna asta-sekin chiqariladi va in'ektsiya joyi va uning atrofi terisi barmoqlar bilan taxminan 5 minut davomida bosib turiladi.
-in'ektsiyadan keyin bemor harakatlanishi kerak.
Kattalar uchun sutkalik doza – 1 ampula (100 mg) ni tashkil etadi.
Bolalar uchun tana vazni va yoshiga qarab kichikroq dozalar tavsiya etiladi.
Preparat parenteral yuborilganida, temir preparati bilan davolanish davri gemoglobinning darajasini e'tiborga olib shifokor tomonidan belgilanadi.
Maksimal sutkalik doza
Vazni 5 kg gacha bo‘lgan bolalar0,5 ml (1/4 ampula, 25 mg elementar temir)
Vazni 5-10 kg bo‘lgan bolalar1 ml (1/2 ampula, 50 mg elementar temir)
Kattalar4 ml (2 ampula, 200 mg elementar temir)
Temirga bo‘lgan sutkalik talab quyidagi jadvalda berilgan
Yosh guruhiTemir (mg/sutka)Yosh guruhiTemir mg/sutka
0-6 oylik0,2731-50 yosh
7-12 oylik11erkaklar8
1-3 yosh7ayollar18
4-8 yosh1050-70 yosh
9-13 yosh8erkaklar8
14-18 yoshayollar8
o‘g‘il bolalar11>70 yosh
qiz bolalar15erkaklar8
19-30 yoshayollar8
erkaklar8
ayollar18
Homiladorlikda – sutkada 27 mg. Laktatsiya davrida – 18 yoshgacha – sutkada 10 mg; 18 yoshdan keyin – sutkada 9 mg.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovaqt hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish.
Markaziy nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Mahalliy reaktsiyalar preparat noto‘g‘ri yuborilganida - in'ektsiya joyida terini bo‘yalishi, og‘riq va yallig‘lanish reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
Boshqalar arterial gipotenziya, artralgiya, limfa tugunlarini kattalashishi, haroratni oshishi, lohaslik; juda kam hollarda – allergik yoki anafilaktik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (gemolitik, megaloblast, V12 vitaminini yetishmovchiligi oqibatidagi);
• eritropoezni buzilishlari, suyak ko‘migini gipoplaziyasi;
• organizmda temirning ortiqcha miqdori (gemoxromatoz, gemosideroz);
• temirni utilizatsiyasini buzilishi;
• Osler-Randyu-Veber sindromi;
• buyraklarning o‘tkir bosqichdagi infektsion kasalliklari;
• nazorat qilib bo‘lmaydigan giperparatireoz;
• jigarning dekompensatsiyalangan sirrozi;
• homiladorlik (I uch oyligi);
• infektsion gepatit (chunki preparat retikulo-endotelial tizimda to‘planadi).
Ehtiyotkorlik bilan jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yurak-tomir va allergik kasalliklar, surunkali poliartrit, bronxial astma, 4 oylikkacha bo‘lgan bolalarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari tizimli samaralarini kuchaytiradi. Peroral temir saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (me'da-ichak yo‘llaridan temirni so‘rilishi kamayadi), shuning uchun temir saqlovchi peroral preparatlar bilan davolashni oxirgi in'ektsiyadan so‘ng kamida 1 haftadan keyin boshlash kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Mushak ichiga yuborilganida, patsiyentda o‘ta yuqori sezuvchanlik chaqirgan anafilaktik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Shunday qilib, parenteral yuboriladigan temir bilan davolash, faqat ichga qabul qilish bilan davolash yetarli va/yoki mumkin bo‘lmagan patsiyentlarda qo‘llanishi kerak.
Qo‘llash oldidan sezuvchanlikka sinama o‘tkazish maqsadga muvofiqdir (sinama doza 0,5 ml mushak ichiga). Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lganida epinefrin va glyukokortikoidlarni buyurish mumkin. Allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Faqat shikastlanmagan ampulalarni ishlatish mumkin. Cho‘kma hosil bo‘lganida eritma ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi. Ampula ochilganidan so‘ng eritmani darhol yuborish kerak.
Havfli o‘smalar yoki infektsion kasalliklar fonida rivojlangan anemiyada temir retikulo-endotelial tizimda to‘planadi, faqat asosiy kasallik davolanganidan so‘ng u yerdan chiqishi va ishlatilishi mumkin.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas, II va III oyliklarida qo‘llash mumkin. Homiladorlik, S toifasi reproduktsiyani eksperimental o‘rganish, shuningdek homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatni davolash natijasi homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Polimaltoz kompleksdagi o‘zgarmagan temir ko‘krak sutiga juda kam miqdorlarda o‘tishi mumkin, biroq emizikli bolalarda noxush samaralarni paydo bo‘lish ehtimoli kam.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ushbu preparatni qo‘llash avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishi
temir bilan o‘tkir to‘yinishni chaqirishi mumkin, u gemosideroz simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Temirning surunkali ortishi gemoxromatozni rivojlanishiga olib keladi. Bu davolashga turg‘un bo‘lgan anemiyada, temir tanqisligi anemiyasi tashxisi noto‘g‘ri qo‘yilganida bo‘lishi mumkin. Gemoxromatozni talassemiyani davolagandek (vena ichiga deferoksamin yuborish bilan) davolash kerak.
Fersinol xaddan tashqari yuqori dozalarda yuborilganida kompleksning molekulyar massasi yuqori bo‘lganligi tufayli, organizmdan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin emas.
Doza oshirib yuborilganida davolash simptomatik, temirning spetsifik antidoti xelat agent - deferoksamindir.
Temirni organizmda to‘planishi zo‘rayib borishini o‘z vaqtida aniqlash uchun, zardobdagi ferritinning darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Eritma 2 ml dan to‘q shisha ampulalarda, 5 ampula plastik kontur uyali o‘ramda.
1 plastik kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
“Uorld Meditsin Limited”, Buyuk Britaniya
(“World Medicine Limited”, Great Britain)
Ishlab chiqarilgan
“Idol Ilach Dolum San. ve Tidj. A.Sh.”,
34020 Topkapi-Istambul, Turkiya
(“Idol Ilaç Dolum San. ve Tic. A.Ş.”,
34020 Topkapi-Istanbul/Turkey).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.