Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fersinol-Z kapsulalari № 30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфат железа, витамин B1, B2, B6, B9, PP
Страна производитель
Египет
Производитель
E.I.P.I.Co., Египет для World Medicine, Англия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fersinol-Z
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun qattiq jelatin spansulalar holidagi kapsulalar.
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
suvsiz temir sulьfati150 mg;
folat kislotasi (V9 vitamini)0,5 mg;
askorbin kislotasi (S vitamini)50 mg;
tiamin mononitrati (V1 vitamini)2 mg;
riboflavin (V2 vitamini)2 mg;
piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)1 mg;
nikotinamid (RR vitamini)10 mg;
rux (rux sulьfati shaklida)25 mg;
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talьk, kaolin, saxaroza, kalьtsiy sulьfati, titan dioksidi, etiltsellyuloza, povidon, glitserin monostearati, asalari mumi, temir III-oksidi (E172), jelatin.
Farmakoterapevtik guruhi
Metabolik jarayonlarni boshqaruvchi vositalar. Antianemik vositalar. Gemopoeni stimulyatorlari, temir preparatlari.
ATX kodi B03AE03
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Fersinol-Z – temir tanqisligi holatlarini davolash uchun mo‘ljallangan majmuaviy antianemik preparatdir.
Preparatning tarkibiga kiruvchi temir (II) sulьfati gemopoetik ta'sir ko‘rsatib, organizmda temir tanqisligini to‘ldiradi. Substrat holatida temir saqlovchi metabolitlarni sintezini ta'minlaydi. Mikrodializ granulalarida temirni S vitamini va V guruhi vitaminlari bilan kompleks holatida bo‘lishi gemsiz (ion holatidagi) temirni so‘rilishi va o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, uning prooksidant ta'sir qilishini oldini oladi, oqsillarni yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.
Askorbin kislotasi (S vitamini) qon ivishini, qondagi lipidlarning darajasini va oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi; folat kislotasini metabolizmida ishtirok etadi, shuningdek qon yaratilish jarayonlarini, immun tizimini rag‘batlantirib, organizmning himoya funktsiyalarini oshiradi.
Folat kislotasi (V9 vitamini) megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo‘lishi uchun zarur. Organizmda turli metabolik jarayonlarda ishtirok etuvchi, koenzim hisoblangan tetragidrofolat kislotasigacha qaytariladi. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar (shu jumladan, metionin, serin), nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.
Tiamin mononitrati (V1 vitamini) koferment sifatida uglevodlar almashinuvida, nerv tizimini funktsiyasida ishtirok etadi.
Riboflavin (V2 vitamini) hujayra nafasi va ko‘rishni katalizatori hisoblanadi; DNK shakllanishida muhim rolь o‘ynaydi, to‘qimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.
Piridoksin (V6 vitamini) koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metabolizmida, shuningdek neyromediatorlar sintezi jarayonlarida ishtirok etadi.
Nikotinamid (RR vitamini) to‘qima nafasi, yog‘lar va uglevodlar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi.
Rux, rux sulьfati shaklida, V guruhi vitaminlarini o‘zlashtirilishini yaxshilanishiga yordam beradi, suyak to‘qimasini normal rivojlanishi uchun zarur, qator gormonlarni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Ruxning biologik roli shuningdek uning qon yaratish, jarohatlarni reparatsiyasi jarayonlarini normalizatsiyasini ta'minlashda zaruriyati bilan aniqlanadi, ularning molekulyar ta'sir mexanizmi ko‘pchilik fermentlarni qurilishi va funktsiya ko‘rsatishida ruhning ishtiroki bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Fersinol-Z preparatining faol komponentlari, asosan ingichka ichakning yuqori qismida ularni so‘rilishini ta'minlaydigan maxsus neytral qobiq bilan qoplangan bo‘ladi. Kapsula peroral qabul qilinganidan so‘ng dori substantsiyasi granulalardan qatьiy optimal miqdorlarda ajralib chiqadi. Ajralib chiqishi tezligi rN qiymatiga va me'da-ichak yo‘llarining harakat faolligiga bog‘liq emas. Maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin yuzaga keladi. Ajralib chiqishi tezligi butun ta'sir qilish davomida doimiy hisoblanadi va dori vositasining plazmadagi kontsentratsiyasini 12 soat davomida “cho‘qqiga ko‘tarilish”siz va “tushib ketishlar”siz doimiy qiymatlarda turishini ta'minlaydi.
Qo‘llanilishi
—temir tanqisligi anemiyasini oldini olish va davolash;
—yashirin temir tanqisligi;
—turli ta'sirlar oqibatida rivojlangan anemiyalar (jarrohlik aralashuvlari, ionlashtiruvchi nurlanish va davomli gemodializ va boshq.);
—homiladorlik va laktatsiya davri;
—muntazam jismoniy yuklamalar;
—gipo- va avitaminozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga bevosita ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi.
Temir tanqisligi anemiyasi bo‘lgan bemorlarga 1-2 kapsuladan kuniga 2 marta, o‘rtacha 3 oy davomida (anemiyaning og‘irlik darajasiga qarab) buyuriladi.
Yashirin temir tanqisligida 1-2 kapsuladan kuniga 1 marta 3-4 hafta davomida qabul qilinadi.
Homilador ayollarga, homiladorlikning 14-haftasidan boshlab, 1 kapsuladan kuniga 1 marta 2 hafta davomida bir haftalik tanaffuslar bilan tug‘ruqqacha qabul qilinadi.
Laktatsiya davrida kuniga 1 kapsuladan buyuriladi. Davolashning davomiyligi plazmadagi temirning miqdorini nazorati ostida individual ravishda belgilanadi. Temir yetishmovchiligining yaqqol ifodalangan klinik ko‘rinishlarida davolash davomiyligi 3-6 oyni tashkil etadi. Gemoglobinning ko‘rsatkichi normallashganida davolashni organizmda temirning zahirasi to‘yingunicha yana taxinan 2 hafta davomida davom ettirish kerak.
Tibbiy abortdan oldin kuniga 1-2 kupsuladan 10 kun davomida qabul qilinadi.
Rejali operatsiyalardan oldin kuniga 1-2 kapsuladan 2-3 hafta davomida qabul qilinadi.
Hayz ko‘rish davrida 1 kapsuladan hayz ko‘rish sikli boshlanishidan 2 kun oldin, butun sikl davomida va tugaganidan so‘ng 2 kun davomida qabul qilinadi. Preparatni umumiy qabul qilish, jumladan hayz ko‘rish kunlarida qabul qilish davomiyligi 10 kundan oshmasligi lozim.
Muntazam jismoniy yuklamalarda, shuningdek gipo- va avitaminozlari bo‘lgan shaxslarda preparatni kuniga 1-2 kapsuladan qabul qilish tavsiya etiladi. Oldini olish va davolash kursi 10 kunni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan qabziyatlar yoki diareya, ko‘ngil aynishi, gastralgiya.
MNT tomonidan uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlik, depressiya.
Allergik reaktsiyalar kam hollarda – ekzematoz ko‘rinishlar, eshakemi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
—preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
—temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (aplastik, gemolitik, sideroxrestik, qo‘rg‘oshinli anemiya, V12 vitamini yoki folat kislotasini izolyatsiyalangan tanqisligi oqibatida chaqirilgan megaloblast anemiya);
—gemosideroz, gemoxromatoz;
—jigar yetishmovchiligida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Organik kislotalar, kalьtsiy tuzlari, fosfatlar, fitin, xolestiramin, shuningdek tarkibida alyuminiy, magniy, kalьtsiy saqlovchi antatsid preparatlar erimaydigan komplekslar hosil bo‘lishi oqibatida temirni so‘rilishini izdan chiqarmaydilar.
Me'da osti bezining fermentlarini saqlovchi preparatlar temirni so‘rilishini kamaytirishlari mumkin.
Fenobarbital, karbamazepin, valьproat, sulьfasalazin, gormonal kontratseptivlar, folat kislotasining antagonistlari, trimetoprim, pirimetamin va triamteron bir vaqtda qo‘llanganida folat kislotasining biokiraolishligi pasayadi.
Tetratsiklinlar guruhiga mansub antibiotiklar, shuningdek penitsillamin bilan bir vaqtda buyurilganida, temirni so‘rilishini pasaytiruvchi va antibiotiklarning mikroblarga qarshi faolligini kamaytiruvchi kompleks birikmalar hosil bo‘ladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Temirni so‘rilishini pasayishidan saqlanish maqsadida kapsulalarni achchiq choy, kofe, sut bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Axlatning rangini to‘qlashishi qolgan temirni chiqarilishi bilan bog‘liq va klinik ahamiyatga ega emas.
Avtomobilь va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat patsiyentning psixofizik holatini o‘zgartirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini izdan chiqarmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari epigastriyda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, uyquchanlik, teri qoplamlarini oqarishi.
Davolash zarurat bo‘lganida shifokorga murojaat qilish yoki patsiyentni klinikaga olib borish kerak.
Chiqarilish shakli
Qattiq jelatin spansulalar holidagi kapsulalar. 6 spansulalar holidagi kapsular blisterga joylangan.
5 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.