Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gino-Tardiferon tab. 80 mg №30
Nomi | Narx | |||||
Гино-тардиферон таб. 80 мг №30 (3GGF4##2 202) |
UZS 90 900
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфат железа двухвалентного, витамин В9
Страна производитель
Франция
Дозировка
80 мг
Производитель
Pierre Fabre Medicament Production
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gino-Tardiferon®
Ta'sir qiluvchi moddallar (XPN) temir sulfati+folat kislotasi
Dori shakli
ta'siri uzaytirilgan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 247,25 mg suvsiz temir (Fe2+) sulfati (80 mg temirga to‘g‘ri keladi), 0,35 mg folat kislotasi
Yordamchi moddalar
tabletka yadrosi maltodekstrin, mikrokristallik sellyuloza, ammoniy metakrilat sopolimeri V dispersion turi, ammoniy metakrilat sopolimeri A dispersion turi, talk, trietiltsitrat, glitserol dibegenati.
tabletka qobig‘i Sepifilm LP010, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi, titan dioksidi, trietiltsitrat.
Ta'rifi och-pushti rangli, dumaloq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antianemik preparatlar. Temir sulfati folat kislotasi bilan majmuada.
ATX kodi B03AD03
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Gino-Tardiferon® - organizmda temir va folat kislotasi yetishmovchiligida, ayniqsa temir tanqisligi anemiyasida temir va folat kislotasi to‘ldiruvchi temir va folat kislotasi saqlovchi antianemik va gemopoetik vositadir. Temir mikroelementi organizmning hayot faoliyati uchun muhim u gemlar (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) va gem bo‘lmagan fermentlar tarkibiga kiradi kislorodni qaytuvchan bog‘laydi va bir qator oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida ishtirok etadi, eritropoezni rag‘batlantiradi.
Folat kislotasi organizmda megaloblastlarni yetilishi va ularni normoblastlarga aylanishi uchun zarur bo‘lgan tetragidrofolat kislotasiga aylanadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida ayollarda folat kislotasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshadi.
Farmakokinetikasi
Temir ionlarini so‘rilishi – faol jarayon bo‘lib, asosan ingichka ichakning boshlang‘ich qismlarida ro‘y beradi. Ichga qabul qilingandan keyin qon plazmasida temir kontsentratsiyasining cho‘qqisiga 2 soatda erishiladi va uning miqdori temir sulfatining dozasiga proportsional bo‘ladi. Yarim parchalanish davri 6 soatni tashkil qiladi.
Normada ichga qabul qilingan dozaning taxminan 10-35% so‘riladi, ammo temir tanqisligi anemiyasida 80-95% gacha oshadi. Temirni asta-sekin ajralib chiqishi uzoq vaqt davomida so‘rilishiga yordam beradi.
Folat kislotasi me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi, bunda so‘rilishi asosan o‘n ikki barmoq va och ichakda ro‘y beradi.
Qo‘llanilishi
-folat- va temir tanqisligi anemiyasi, shu jumladan homiladorlik davrida temirni ovqat bilan adekvat miqdorda tushishini imkoniyati bo‘lmaganda anemiyalarni oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir martalik doza
1 tabletkadan buyuriladi.
Sutkalik doza
Temir va folat kislotasi tanqisligini oldini olish, homiladorlikdagi o‘rtacha yaqqollikdagi anemiyani davolashda – sutkada 1 tabletkadan buyuriladi.
Temir va folat kislotasi yaqqol tanqisligini davolash – 1 tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi.
Emizikli ayollar uchun – butun laktatsiya davri davomida 1 tabletkadan buyuriladi.
Tabletkani butunligicha yutish tavsiya etiladi. Shimilmasin, chaynalmasin va og‘iz bo‘shlig‘ida tabletka uzoq vaqt ushlanmasin.
Preparat peroral qabul qilinadi, me'da-ichak yo‘llaridan o‘zlashtirilishiga qarab, bir stakan suv bilan ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanish vaqtida qabul qilgan afzal.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi, Gino-tardiferon ham garchi u hammada namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi tez-tezligini ortib borishi bo‘yicha tasniflanadi
Tez-tez (>1/100 va <1/10)
Qabziyat,
Diareya,
Qorinni dam bo‘lishi,
Qorinda og‘riq,
Axlatni rangini o‘zgarishi,
Ko‘ngil aynishi.
Tez-tez emas (>1/1000 va <1/100)
Hiqildoqni shishi,
Anomal axlat,
Jig‘ildon qaynashi (dispepsiya),
Qusish,
Me'dani yallig‘lanishi (gastritlar),
Qichishish,
Qizil teri toshmasi (to‘satdan eritema).
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida bohalab bo‘lmaydi)
Tish rangini o‘zgarishi,
Og‘iz shilliq qavatini shikastlanishi (og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi),
Allergik reaktsiyalar,
Qichishish bilan kechuvchi teri toshmasi (eshakemi).
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar postmarketing kuzatuv jarayonida aniqlangan.
Ushbu reaktsiyalarning tez-tezligi noma'lum deb baholangan (mavjud ma'lumotlar asosida bohalab bo‘lmaydi).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi va tishlarni rangini qaytuvchan o‘zgarishi tabletkani chaynash, shimish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kabi noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan. Keksa patsiyentlar va yutishi buzilgan patsiyentlar qizilo‘ngach shilliq qavatini shikastlanishi yoki tabletkani noto‘g‘ri tushishi natijasida bronxial to‘qimani nobud bo‘lishi xavfi bo‘lishi mumkin.
Nojo‘ya samaralar bo‘yicha hisobot
Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa o‘z davolovchi, shifokoringiz yoki farmatsevt yoki tibbiyot hamshirasiga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik
- gemolitik anemiya
- gemosideroz
- gemoxromatoz
- aplastik anemiya
- V12 vitamini tanqisligi bilan bog‘liq megaloblast anemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Temir tuzlari (in'ektsion shakllari). Temir tuzlarining in'ektsion shakllarini bir vaqtda yuborish kompleks holatidan temirni tez ajralishi va transferrin bilan to‘yinish oqibatida hushdan ketish holatlari va hatto shok chaqirishi mumkin.
Tetratsiklin va uning hosilalari (peroral shakllari) – birga qabul qilish me'da-ichak yo‘llarida siklinlarni so‘rilishini kamaytiradi (komplekslarni hosil bo‘lishi) va temir tuzlarini so‘rilishini (50% gacha) kamayishini chaqiradi.
Siklinlar va temir tuzlarini qabul qilish orasidagi vaqt oralig‘i 2-3 soatni tashkil qilishi kerak.
Penitsillamin – bir vaqtda qabul qilish penitsillaminni so‘rilishini kamayishiga olib keladi. Qabul qilish orasidagi interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.
Metildopa, Levodopa, Karbidopa – birga qabul qilish dopa hosilalarining biokiraolishini kamaytiradi.
Xinolin qatori antibiotiklari (TSiprofloksatsin va boshqalar) – birga qabul qilinganda, siprofloksatsin kontsentratsiyasining cho‘qqisi pasayadi va uning biokiraolishi 60% ga kamayadi.
Xinolin antibiotigini temir tuzlarini qabul qilishdan to‘rt soat oldin yoki to‘rt-olti soat o‘tgach qabul qilish kerak.
Antatsidlar kaltsiy, alyuminiy va magniy saqlovchi mahsulotlar – me'da-ichak yo‘llarida temir tuzlarini so‘rilishini kamaytiradi.
Antatsidlar va temir tuzlarini qabul qilish orasidagi interval kamida 1-2 soatni tashkil qilishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Choy, qaxva, qizil vinoni ko‘p miqdorda bir vaqtda qabul qilish temirni so‘rilishini ingibirlashi mumkinligini e'tiborga olish kerak.
Sut mahsulotlari va tuxum shuningdek temir preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda temirni ahamiyatli darajada so‘rilishi pasaytirishi mumkin.
Og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi va tishlarni rangini o‘zgarishi xavfi sababli, tabletkalar shimilmasligi, chaynalmasligi yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlanmasligi kerak, balki bir stakan to‘la suv bilan butunligicha yutilishi kerak.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qo‘llash bo‘yicha savollar bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Hayvonlarda oziqlanish ratsioniga temir yuqori dozalarini saqlovchi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan o‘tkazilgan teratogenlikni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik vaqtida preparatni odam uchun terapevtik dozasidan 1100 marta yuqori dozada qabul qilgan sichqon va kalamushlarda rivojlanish nuqsonlarini tez-tezligini oshmasligini ko‘rsatdi.
Homilador ayollarda adekvat tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Shunga qaramasdan, bibliografik klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari ovqat ratsioniga qo‘shimcha sifatida preparatni qabul qilgan homilador ayollarda homilaning tug‘ma nuqsonlari yo‘qligini ko‘rsatdi.
Temir emizikli ayolning ko‘krak sutiga kiradi, lekin sutda mavjud bo‘lgan temirning bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari o‘rganilmagan.
Adabiy manbalardan ovqat ratsioniga qo‘shimcha sifatida temirni qabul qilish, normal laktatsiyada temir sutkada 0,25 mg miqdorda sutga ajraladi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Gino-Tardiferon® transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarni qabul qilish Gino-Tardiferon® ning dozasini oshirib yuborilishiga olib kelmaydi.
Temir tuzlari dozasini oshirib yuborilishi hollari 2 yoshdan kichik bolalarda ko‘p miqdorda preparatni bexosdan qabul qilgandan keyin kuzatilgan.
Simptomlari ko‘p hollarda qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va shok holati, shuningdek jigar va buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi me'da-ichak yo‘llari shilliq qavatini ta'sirlanishi va nekrozini o‘z ichiga oladi.
Davolash me'dani natriy bikarbonatining 1% eritmasi bilan yuvish yo‘li bilan iloji boricha ertaroq boshlanishi kerak.
Shuningdek xelat agentlarni qo‘llash samarali, ularning eng spetsifigi bo‘lib deferoksamin hisoblanadi, u qon zardobida temirning kontsentratsiyasi 5 mkg/ml dan yuqori bo‘lganda qo‘llanadi. Shok, suvsizlanish va kislota-ishqor disbalansi an'anaviy usullar yordamida davolanadi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan alyumin folga va PVX/PVDX plyonkali kontur uyali o‘ramda.
3 o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
30oS dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
P'er Fabr Medikament Prodakshn, Fransiya
(Progifarm) Liss ko‘ch., 45500 Jiyen, Fransiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.