Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Globekc kaps. №30
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Железа фумарат, витамин В9, сульфат цинка
Страна производитель
Индия
Дозировка
304 мг
Производитель
BioMedicare (India) Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Globeks
Dori shakli
Kapsulalar kontur uyali o‘ramlarda.
Tarkibi
Har bir kapsula saqlaydi
ta'sir etuvchi moddalar 304 mg - temir fumarati (100 mg ikkivalentli temirga ekv.), 1,5 mg - folat kislotasi, 2,0 mg sianokobalamin (jelatinda) (10,0 mkg vitamin V12 ekv.), 66,0 mg - rux sulfati (15 mg elementar ruxga ekvivalent) saqlaydi.
yordamchi moddalar kraxmal.
Ta'rifi Och sariq rangli dog‘lari bo‘lgan jigar rangli kristall kukun saqlagan qizil rangli qattiq jelatinli kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy antianemik preparat bo‘lib, ta'siri tarkibiga kiruvchi komponentlarini hususiyatiga bog‘liqdir.
Temir fumarati – temir tuzi, gemoglobin sintezi va samarali eritropoez uchun zarur mikroelementdir. Temir bir necha asosiy fermentlar kofaktori (mioglobin, sitoxromoksidaza, katalaza va pereoksidazalar) tarkibiga kiradi.
Temirni temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanilganda, u organizmdagi temir tanqisligini tezda to‘ldirilishiga yordam beradi.
Folat kislotasi – megaloblastlarni me'yoriy yetilishi va normablastlarni hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar, nuklein kislotasi, purin va pirimidin sintezida, xolin almashinuvida qatnashadi.
Sianokobalamin - eritrotsitlarni hosil bo‘lishi va yetilishida qatnashadi.
Preparat umuman temirni qondagi darajasini saqlab turishiga va tiklanishiga olib keladi.
Farmakokinetika
Temir me'da-ichak yo‘llaridan notekis va noto‘liq so‘riladi (15-15%). So‘rilishning asosiy sohalari o‘n ikki barmoq ichak va ingichka ichak hisoblanadi. So‘rilishga me'dada xlorid kislotasini ishlab chiqarilishi, hamda askorbin kislotasi yordam beradi. Temir uch valentli gemokompleks tarkibida bo‘lganida so‘rilish osonlashadi. So‘rilish temir tanqisligi holatida va atayin ochlikda qabul qilinganda ham kuchayadi.
So‘rilganidan so‘ng temirning katta qismi suyak ko‘migiga tushadi va u yerda gemoglobin sintezida qatnashadi; qolgan qismi zahirada ferritin, gemosiderin yoki mioglobin kabi bog‘langan holda, kam miqdorda gemfermentlarida yoki plazmada aniqlanadi.
Folat kislotasi – me'da-ichak yo‘llaridan, asosan o‘n ikki barmoq ichakda tez so‘riladi. Davolash maqsadida qabul qilinadigan Folat kislotasining katta qismi o‘zgarmagan holda qopqa venasi oqimiga tushadi. U jigar va plazmada metabolik faol 5-metiltetragidrofolat shakliga aylanadi. Folat kislotasining to‘planadigan asosiy joyi – jigar hisoblanadi. U orqa miya suyuqligida (OMS) ham faol to‘planadi. Folat kislotasi ichak jigar aylanish oqimiga uchraydi. Folat kislotasi va uning metabolitlari siydik orqali chiqariladi. Folat kislotasi ona sutiga tushadi. Folat kislotasi gemodializ orqali chiqariladi.
Sianokobalamin (Vitamin V12) – me'da shilliq qavati tomonidan ishlab chiqariladigan ichki omil - glikoprotein bilan bog‘lanadi va keyin me'da-ichak yo‘llaridan faol so‘riladi. Ichki omillari bo‘lmagan, so‘rilishi pasaygan sindromli, ichak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yoki me'da rezektsiyasidan keyin so‘rilish yomonlashgan bo‘ladi. So‘rilish passiv diffuziya yo‘li bilan ham yuz beradi. Vitamin V12 – plazma proteinlari - transkobalaminlar bilan bog‘lanadi, transkobalamin II esa kobalaminlarni to‘qimalarga tez o‘tkazilishi jarayoniga jalb qilingan. Vitamin V12 – jigarda to‘planadi, safro bilan chiqariladi va katta ichak jigar aylanishi oqimiga qayta tushadi; qabul qilingan dozaning bir qismi siydik bilan asosan birinchi 8 soat davomida chiqariladi. Vitamin V12 – yo‘ldoshda diffuz so‘riladi va ko‘krak sutiga o‘tadi.
Rux – me'da-ichak yo‘llarida to‘liq so‘rilmaydi; so‘rilish ayrim ozuqa elementlari - fitatlar ishtirokida kamayadi. Ovqat tarkibidagi ruxni biokirishaolishligi 20-30% ni tashkil qiladi. Ruxning eng yuqori kontsentratsiyasi mushaklar, suyaklar, teri va prostata bezi suyuqliklarida bo‘ladi. Asosan axlat bilan, oz miqdorda esa, siydik va ter orqali chiqariladi.
Qo‘llanishi
Anemiyani (oddiy, temir tanqisligi, megaloblast va alimentar), temir, folat kislotasi, vitamin V12, homiladorlik va emizish vaqtidagi mikroelementlar yetishmovchiligi; pellagrani, me'da-ichak yo‘llaridan (yara yoki rak bilan bog‘liq bo‘lgan) qon ketishini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi. o‘rta darajadagi asoratlanmagan anemiyani davolashda ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan keyin kuniga 1 kapsuladan tavsiya etiladi.
Homiladorlikda ham kuniga 1 kapsuladan buyuriladi. Ayrim homilador ayollarga parhez yoki boshqa omillar tufayli yuqori profilaktik doza talab qilinishi mumkin. Qizilo‘ngachni ta'sirlanishidan saqlanish uchun kapsulani to‘la stakan suv bilan ichiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni davolash dozasida qabul qilingandagi nojo‘ya ta'sirlari me'da-ichak buzilishlarini diareyani, qusishni, qabziyatni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, hamda gemoxromatoz (temirni birlamchi va ikkilamchi ichakda so‘rilishini kuchayishi va uning keyinchalik a'zolarda to‘planishi) va gemosiderozda (temirni a'zolarda yig‘ilib qolishi) qo‘llanilmaydi.
Dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Antatsid vositalar temirni so‘rilishini kamaytirishi mumkin, shuning uchun preparatlarni 2 soat farqi bilan alohida-alohida qabul qilgan afzal. Temir saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinishi mikrobga qarshi va tireotrop preparatlarni so‘rilishini yomonlashtirishi, fenitoin ta'sirini pasaytrishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni kuniga 1 kapsuladan ortiq dozada uzoq qabul qilish temir miqdorini ortishiga olib kelishi mumkin. Preparatni qo‘llashni boshlashdan avval anemiyani negizida yotuvchi turlari va sabablarini aniqlash lozim. Folat kislotasini kuniga buyurilgan 0,1 mg dan yuqori dozasi pernitsioz-anemiyasini kam darajada sezilarli qilishi mumkin, buni natijasida esa, gematologik remissiya paydo qilishi mumkin, ammo nevrologik belgilar progressivlashuvi (rivojlanib ko‘payishi) mumkin.
Temir tuzlarini yetishmovchiligi chaqirmagan anemiyasi bo‘lgan yoki qon quyish bilan davolanayotgan bemorlarga temir tuzlari qo‘llanmasligi kerak.
Gemoglobinopatiya yoki me'da-ichak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari o‘tkir epigastral og‘riq, gematemezis, (qon aralash qusish) va shok. Bir necha soatdan keyin diareya paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash bemorda (patsiyentni kuchli shok holatidan tashqari bo‘lgan hollarda) saqlab turuvchi va simptomatik davolash choralari bilan birgalikda qusishni rag‘batlantirish yoki me'dani yuvish lozim. Me'daga disferrioksaminni (10 g ni 50 ml suvda) yuborish; zarur bo‘lganda bu birikmani vena ichiga yoki mushak orasiga ham yuborish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 kapsuladan, kontur uyali o‘ramlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bilan.
Ishlab chiqarilgan
“Biomedicare Pvt. Ltd.”, Hindiston
O‘ramlangan
"Pharmed®"XK
O‘zbekiston Respublikasi, 100132, Toshkent sh., Ibrat k. 1, tel/faks 247-45-90
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.