Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tardiferon retard tab. 80mg №30
Nomi | Narx | |||||
Тардиферон ретард таб. 80мг №30 (3GH5E##2 214) |
UZS 69 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сульфат железа, аскорбиновая кислота
Страна производитель
Франция
Дозировка
80 мг
Производитель
Pierre Fabre Medicament Production,Франция
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tardiferon Ta'sir qiluvchi modda (XPN) temir sulfati
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan retard tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi Faol modda 256,30 mg temir sulfatining bir yarim gidrati (miqdor jihatidan 80 mg temirga ekvivalent). Yordamchi moddalar tabletka markazi Askorbin kislotasi, suvsiz mukoproteoza, kartoshka kraxmali, metakril kislotasining metilmetakrilat kopolimeri (Eudragit S), trietiltsitrat, polividon K30, tal'k, magniy stearati, gidrogenlangan kanakunjut moyi, magniy trisilikati tabletka qobig‘i metakril kopolimerining butillangan asosi (Eudragit Ye), talьk, titan dioksidi, guruch kraxmali, karnaub mumi, saxaroza. Ta'rifi oq yoki sarg‘ish rangli, silliq yuzali, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Antianemik preparatlar. ATX kodi V03AA07
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy tarkibga ega antianemik preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi temir sulьfati organizmda temir tanqisligini to‘ldiradi. Temir gemoglobin, mioglobin, sitoxrom S tarkibiga kiradi, gemning tarkibiy qismi bo‘lib, kislorodni qayta qamrab olinishida ishtirok etadi, eritropoezda ishtirok etadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi Temir asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichakda so‘riladi. Temirning biokiraolishligi 10-20% ni tashkil qiladi. Mukoproteoza-temir majmuasi ichakning shilliq qavatlaridagi kriptalarni to‘ldiradi, bu majmuani shilliq qavatning katta yuzasi bilan birikishini ta'minlaydi, shu tariqa temirni so‘rilishi kuchayadi. Taqsimlanishi va metabolizmi Temir plazma transferrinlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza hosil bo‘lishi jarayonida ishtirok etadi yoki ferritin shaklida organizm to‘qimalarida to‘planadi. Chiqarilishi Temir axlat, siydik va ter bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Temir tanqisligi (gipoxrom) anemiyalari, ayniqsa ovqat bilan yetarli darajada tushmasligi, fiziologik yuqori ehtiyoj bilan bog‘liq va surunkali qon ketishlari oqibatida temir tanqisligi anemiyalari. Temirni latent yetishmovchiligi, ayniqsa tug‘ruq yoshidagi ayollar, jadal o‘sish davridagi o‘smirlar va keksa yoshdagi shaxslarda yetishmovchiligi. Homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davr va emizish vaqtida temir tanqisligini oldini olish uchun temirga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan vaqtida profilaktik chora sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llanadi. Olti yoshdan oshgan bolalarga kuniga 1 tabletka buyuriladi. 10 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga kuniga 1-2 tabletka buyuriladi. Homiladorlarni profilaktik davolash yuzasidan odatda 1 tabletkadan har kuni yoki homiladorlikning oxirgi 2-ta uch oyligi davomida (yoki 4-oylikdan boshlanadi) 2 kunda bir marta buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sir
lari Barcha dori vositalari kabi, Tardiferon® 80 mg ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, garchi ular hammada ham namoyon bo‘lmasada Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi tez-tezligini ortib borishi bo‘yicha tasniflanadi Tez-tez (>1/100 va <1/10) Qabziyat, Diareya, Qorinni dam bo‘lishi, Axlatni qora kelishi, Ko‘ngil aynishi. Tez-tez emas (>1/1000 va <1/100) Hiqildoqni shishi, Diareya va qabziyatni almashinishi, Jig‘ildon qaynashi (dispepsiya), Qusish, Me'dani yallig‘lanishi (gastritlar), Qichishish, Qizil teri toshmasi (to‘satdan eritema). Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi) Tish rangini o‘zgarishi, Og‘iz shilliq qavatini shikastlanishi (og‘iz bo‘shlig‘ida yara paydo bo‘lishi), Toshma, eshakemi, nafas olishni qiyinlashishi, o‘zini yomon his qilishni o‘zi ichiga oluvchi allergik reaktsiyalar, Achishish hissi bilan o‘tuvchan teri toshmasi. Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralar postmarketing kuzatuv jarayonida aniqlangan. Ushbu reaktsiyalarning tez-tezligi noma'lum deb baholangan (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi). Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini shikastlanishi va tishlarni rangini qaytuvchan o‘zgarishi tabletkani chaynash, shimish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab turish kabi noto‘g‘ri foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan. Keksa patsiyentlar va yutishi buzilgan patsiyentlar qizilo‘ngach shilliq qavatini shikastlanishi yoki tabletkani noto‘g‘ri tushishi natijasida bronxial to‘qimani nobud bo‘lishi xavfi bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya samaralar bo‘yicha hisobot Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara, shu jumladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samara paydo bo‘lsa, o‘z davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt yoki tibbiyot hamshirasiga xabar bering. Shuningdek, Siz nojo‘ya samara haqida nojo‘ya samaralarning davlat hisobot tizimi bo‘yicha ham xabar berishingiz mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Organizmda temir miqdorini oshishi yoki uni utilizatsiyasini buzilishi bilan ifodalanuvchi holatlar (gemoxromatoz, gemosideroz, gemolitik anemiya) - Preparatning har qanday komponentiga allergiya. -
Tarkibi
da kanakunjut moyi borligi sababli ichak tutilishi. - 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Turli dori vositalari, ayniqsa temir tuzlari bilan o‘zaro ta'sirdan saqlanish maqsadida, Siz qabul qilayotgan boshqa preparatlar haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Noxush kombinatsiyalar Temir tuzlarining in'ektsion shakllari Kompleksdan temirni tez ajralib chiqishi va transferrin bilan tez to‘yinish natijasida lipotimiya yoki shok bo‘lishi mumkin. Maxsus ehtiyotkorlik choralarini talab etuvchi kombinatsiyalar Peroral tetratsiklinlar Me'da-ichak yo‘llarida tetratsiklinlarni so‘rilishi pasayadi (kompleks hosil bo‘ladi). Tetratsiklinlar va temir tuzlarini qabul qilish orasida intervalga (2 soat) rioya qilish kerak. Magniy trisilikati (antatsidlar) Temir tuzlarini so‘rilishi pasayadi. Antatsidlar va temir tuzlarini qabul qilish orasida intervalga (2 soat) rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
- Yallig‘lanish sindromi bilan bog‘liq giposideremiya temir bilan davolash yordamida to‘g‘rilanmaydi. - Temir bilan davolash, iloji boricha anemiya sababini davolash bilan birga olib borilishi kerak. - Preparatning tarkibida saxaroza mavjudligi sababli, ushbu preparatni fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza/galaktoza malьabsorbtsiyasi yoki sukraza-izomalьtaza fermentini tanqisligida qo‘llash mumkin emas. - Choy, qaxva, qizil vinoni katta miqdorini bir vaqtda qabul qilish temirni so‘rilishini ingibirlashi mumkin. - Sut mahsulotlari va tuxum temir preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda ular ham temirni so‘rilishini ahamiyatli darajada pasaytirishi mumkin. - Kanakunjut moyi mavjudligi sababli ayniqsa, 6 yoshdan kichik bolalarda allergik reaktsiyalar xavfi mavjud. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Davolash kursini o‘tgan bir necha ming ayollarda salbiy ta'sirni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlari temir sulьfatining salbiy ta'sirini inkor etadi. Shu tariqa, bu preparatni odatdagi qo‘llashda homiladorlik vaqtida buyurish mumkin. Temir sulьfatini ko‘krak sutiga kirishi baholanmagan, lekin muolajaning o‘ziga xosligi ushbu preparatni emizish davrida qabul qilish imkonini beradi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ta'sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, shok bilan kechuvchi me'da-ichak yo‘llarini ta'sirlanishi va nekrozi. Davolash xom tuxum va sut qabul qilish kerak, bu me'da-ichak yo‘llarida temirni erimaydigan birikmalarini hosil bo‘lishi va uni organizmdan chiqarilishiga olib keladi. Bemorda qusishni chaqirib, ko‘pincha me'dadan endigina ortiqcha qabul qilingan tabletkalarni bartaraf etish mumkin. Shifokor natriy karbonatining 1% eritmasi bilan me'dani yuvish yoki deferoksaminni buyurish yo‘li bilan ortiqcha temirni bartaraf etishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar blister (PVC/PVDC/Aluminium) o‘ramga joylangan; bir blisterda 10 tabletka; o‘ramda 3 blister (30 tabletka).
Saqlash sharoiti
30°C dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Pyer Fabr Medikament Prodakshn Progifarm, Liss ko‘ch., 45500 Jiyen, Fransiya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.