|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 56 000
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (2) Deksametazon-Аdjio r-r d/in. 4mg/ml 1 ml №25 |
от UZS 30 800
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 52 300
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 23 400
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 30 800
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (1) Mometop sprey nazalьnыy dozirovannыy po 50 mkg 100 doz 10 ml №1 |
от UZS 43 000
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 39 500
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 38 100
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 86 500
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 68 100
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (1) Lordes sirop 2,5 mg/5 ml fo flakonah 100 ml |
от UZS 59 600
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 6 400
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 28 600
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 50 200
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 57 900
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 62 200
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (1) Levosetil kapli d/priema vnutr' 5mg/ml 20ml №1 |
от UZS 40 200
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 40 700
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
|
от UZS 41 000
-
+
|
|
Быстрый просмотр
|
Stokda yetarli (1) Preparatning savdo nomi: Fenkarol® Ta'sir etuvchi modda (XPN): xifenadin (quifenadinum) Dori shakli: ichga qabul uchun tabletkalar. Tarkibi: Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25 mg xifenadin gidroxloridi; yordamchi moddalar: qand, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati. Ta'rifi: oq yoki deyarli oq rangli, yassi silindrik, faskali tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antigistamin vositalar, tizimli qo‘llash uchun boshqa antigistamin vositalar. ATX kodi: R06AX31. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Fenkarol® - antigistamin vositasi bo‘lib, gistaminning a'zolar va to‘qimalarga ta'sirini kamaytiradi. Bu guruhning boshqa klassik dori vositalaridan farqli ravishda, Fenkarol® alohida ta'sir mexanizmiga ega. Dori vositasi periferik to‘qimalarda N1- gistamin retseptorlarini bloklaydi, shuningdek diaminoksidaza (gistaminaza) fermentini faollashtiradi va shu tariqa gistaminni to‘qimalardagi miqdorini kamaytiradi. Boshqa gistaminga qarshi vositalari bilan davolash samarasiz bo‘lgan bemorlar uchun Fenkarol® ning samaradorligi shu bilan tushuntiriladi. Fenkarol® past lipofillikka ega, shuning uchun gematoentsefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi, bosh miya to‘qimalarida serotoninni dezaminlanish jarayonlariga va monoaminoksidaza fermentlari faolligiga kuchsiz ta'sir qiladi. Fenkarol® gistaminning toksik ta'sirini pasaytiradi, bronxokonstriktor ta'sirini va ichak silliq mushaklariga spazmogen ta'sirini bartaraf etadi yoki susaytiradi, gistaminning gipotenziv ta'sirini va va uni kapillyarlar o‘tkazuvchanligiga ta'sirini susaytiradi. Fenkarol® o‘rtacha serotoninga qarshi va kuchsiz xolinolitik faollikka ega, adrenolitik faollikka ega emas. Fenkarol® juda kuchli qichishishga qarshi va desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi. Farmakokinetikasi So‘rilishi Dori vositasining 45% me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va 30 minutdan keyinoq organizmning to‘qimalarida aniqlanadi. Faol modda (xifenadin gidroxloridi) ning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi. Taqsimlanishi Faol moddaning eng yuqori kontsentratsiyasi jigarda, o‘pkada va buyrakda, eng past kontsentratsiyasi – bosh miya to‘qimalarida aniqlanadi. Dori vositasi past lipofillikka ega bo‘lib, uning miya to‘qimalaridagi miqdori past (0,05% dan kam), bu markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta'sirini yo‘qligini anglatadi, lekin individual yuqori sezuvchanlikda kuchsiz sedativ samara bo‘lishi mumkin. Metabolizmi Fenkarol® jigarda metabolizmga uchraydi. Eliminatsiyasi (chiqarilishi) Dori vositasining metabolitlari va o‘zgarmagan qismi asosan siydik, safro bilan va o‘pka orqali chiqariladi. Ichakdan dori vositasining so‘rilmagan qismi chiqariladi. Dori vositasi va uning metabolitlarini asosiy qismi (taxminan 44%) siydik bilan 48 soat davomida va yana 1% keyingi 48 soat davomida chiqariladi. Qo‘llanilishi Pollinoz, o‘tkir va surunkali eshakemi, allergik rinit, allergik kon'yuktivit, angionevrotik shish, dermatozlar (ekzema, neyrodermit, terini qichishi va boshq.), dori vositalarini yoki oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan allergik reaktsiyalarda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Fenkarol® ichga ovqatdan keyin darhol qabul qilinadi. Kattalarga 25-50 mg dan kuniga 2-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza - 200 mg. 12 yoshdan katta bolalarga 25 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursining davomiyligi 10-20 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida kurs takrorlanadi. Agar preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, dori vositasini, bu haqida eslagan zahoti qabul qiling, lekin agar keyingi qabul qilish vaqti kelib qolgan bo‘lsa, dozani o‘tkazib yuboring. Hech qachon ikki barobar dozani qabul qilmang. Nojo‘ya ta'sirlari Boshqa dori vositalari kabi, Fenkarol® xam, garchi ular hamma patsiyentlarda namoyon bo‘lmasa-da, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish tezligi bo‘yicha tasnifi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); namoyon bo‘lish tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik. Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: og‘iz qurishi. Tez-tez emas: dispepsik holatlar (ko‘ngil aynishi, qusish), ular odatda doza pasaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida yo‘qoladi. Agar Sizda ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta'sirlar namoyon bo‘lsa, yoki eslatib o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Dori vositasining ta'sir etuvchi moddasiga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik. Dori vositasini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi, homiladorlikning birinchi 3 oyligida esa – qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta'siri Fenkarol® alkogol va uxlatuvchi vositalarining markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta'sirini kuchaytirmaydi. Fenkarol® kuchsiz M-xolinobloklovchi xususiyatlarga ega, ammo me'da-ichak yo‘llarining motorikatsiyasi pasayganida sekin so‘riladigan dori vositalarni (masalan, bilvosita ta'sir qiluvchi antikoagulyantlar - kumarinlar) so‘rilishi kuchayishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Fenkarol® markaziy nerv tizimiga yaqqol susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatmaydi, lekin alohida hollarda kuchsiz sedativ samara kuzatiladi. Ehtiyotkorlik choralari Yurak-qon tomir tizimi, me'da-ichak yo‘llari, jigar va/yoki buyrakning og‘ir kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dori vositasi qand saqlaydi Har qanday qandlarni o‘zlashtiraolmaslikda, ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Dori vositasini homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo‘llash mumkin emas. Dori vositasini homiladorlikning butun davri davomida qabul qilish tavsiya qilinmaydi, ta'sir etuvchi moddani ona sutiga kirishini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar yo‘q, shuning uchun emizish davrida dori vositasini emizish davrida buyurish tavsiya qilinmaydi. Transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri Ishi tezkor jismoniy yoki ruhiy reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslarga (transport haydovchilari va boshqalar) oldindan preparatni sedativ ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi yoki yo‘qligini (qisqa muddat buyurish yo‘li orqali) aniqlash lozim. Preparatning sedativ ta'siri namoyon bo‘ladigan shaxslarga transport vositalarini va xavfli mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi shubha tug‘ilganida zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar tushmagan. Simptomlari: dori vositasining katta dozalari shilliq qavatlarni qurishi, bosh og‘rig‘i, qusish, ovqat hazm bo‘lishin buzilishlari. Davolash: simptomatik davolashni va organizmning hayotiy muhim funktsiyalarini tutib turuvchi davolashni ta'minlash lozim. Spetsifik antidoti yo‘q. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda (blisterda). 2 kontur uyali o‘ram (20 tabletkadan) dan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retseptsiz. Ishlab chiqaruvchi va qayd etish guvohnomasining egasi “Olaynfarm” AJ Manzili: Rupnitsu ko‘ch. 5, Olayne, LV-2114, Latviya. |
от UZS 66 000
-
+
|
Allergiyaga qarshi qanday dorilar mavjud?
Allergiyaga qarshi samarali preparatlar allergik reaksiya va uning oqibatlarini bartaraf etishga yordam beradi. Ularning ta’sir mexanizmi gistamin retseptorlarini bloklash va gistamin ajralishini sekinlashtirishga asoslangan.
Ko‘plab allergiyaga qarshi dorilar uyquchanlik va qaramlik kabi nojo‘ya ta’sirlarga ega. Biroq, yangi avlod antihistamin preparatlari organizmga salbiy ta’sirlarsiz yordam berishga qodir. Ular allergik reaksiyalarga qarshi samarali bo‘lib, organizmda odatlanish hosil qilmaydi. Ayniqsa, bolalar uchun mo‘ljallangan zamonaviy allergiya dorilari avvalgi avlod vositalariga qaraganda samaraliroq hisoblanadi.
Allergiyaga qarshi qaysi dorilar samaraliroq?
Kattalar va bolalar uchun eng samarali allergiya dorilarini aniqlashdan oldin, ularning guruhlarini ko‘rib chiqish muhim.
Allergiyaga qarshi dorilar ta’sir mexanizmiga qarab ikki asosiy toifaga bo‘linadi:
-
Simptomatik vositalar – shish, toshma, teri ta’sirlanishi va boshqa allergik belgilarni kamaytiradi.
-
Antigistamin preparatlar – allergik reaksiyaning sababini bartaraf etadi.
Bundan tashqari, allergiyaga qarshi quyidagi vositalar ham qo‘llaniladi:
-
Glyukokortikosteroidlar (mahalliy) – yallig‘lanishga qarshi kuchli ta’sirga ega bo‘lib, allergik reaktsiyalarni bartaraf etishga yordam beradi.
Allergiyaga qarshi dori vositalari bir necha avlodlarga bo‘linadi:
-
Birinchi avlod – tez va qisqa muddatli ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, uyquchanlik va boshqa nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lishi mumkin. Homiladorlik davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Ikkinchi avlod – sedativ ta’sirga ega emas, uzoq muddat qabul qilish mumkin. Kuniga bir marta ichish kifoya. Homilador ayollar uchun bunday dorilar faqat istisno hollarda va shifokor nazorati ostida buyuriladi.
-
Uchinchi avlod – faqat antigistamin ta’sir bilan cheklanmay, yallig‘lanishga qarshi va simptomatik samaraga ham ega. Unga o‘rganib qolish ehtimoli yo‘q, uzoq muddatli terapiya uchun mos. Homiladorlik va emizish davrida faqat shifokor nazorati ostida qo‘llanadi.
Allergiyaga qarshi dorilar quyidagi farmasevtik shakllarda ishlab chiqariladi:
-
mazlar;
-
tabletkalar;
-
tomchilar;
-
spreylar;
-
ingalyatorlar;
-
inyeksiya uchun eritmalar;
-
kukunlar;
-
kapsulalar;
-
va boshqalar.
Allergiyaga qarshi eng yaxshi dorini tanlash uchun mutaxassisga murojaat qilish muhim. O‘z-o‘zini davolash tavsiya etilmaydi, chunki noto‘g‘ri tanlangan preparatlar kutilmagan nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shifokor diagnostika muolajalarini o‘tkazib, natijalarga ko‘ra sizga eng mos vositani tavsiya qiladi.
Toshkentda allergiyaga qarshi eng zamonaviy dorilarni eng yaxshi narxda xarid qiling
PharmaClick.uz internet-dorixonasida turli farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarining allergiyaga qarshi dori vositalari keng tanlovda taqdim etilgan. Bu yerda kattalar va bolalar uchun samarali va hamyonbop allergiyaga qarshi dorilarni topishingiz mumkin.
Tabletkalar, kapsulalar, kukunlar, inyeksiya eritmalari yoki spreylar shaklida kerakli dorilarni bron qiling yoki buyurtma bering. Bizning kuryerlarimiz Toshkent bo‘ylab istalgan manzilga yetkazib berishadi, shuningdek, O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi olib ketish punktlariga jo‘natish imkoniyati ham mavjud.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.