Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ekzoderil krem 15g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нафтифин
Страна производитель
Австрия
Дозировка
1% 15 г
Производитель
Sandoz GmbH, Австрия произведено: Merck KGaA and Co. lek
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ekzoderil® sirtga qo‘llash uchun 1% li krem.
TARKIBI
Faol modda naftifin gidroxloridi - 10 mg.
1 g krem 10 mg naftifin gidroxloridi saqlaydi
Yordamchi moddalar natriy gidroksid, benzil spirti, sorbitanstearat, setilpalmitat, setil spirti, stearil spirti, polisorbat 60, izopropilmiristat, tozalangan suv.
TA'RIFI
Oq rangli, bir xil yoki biroz tvorogga o‘xshash, kuchsiz o‘ziga xos hidli yaltiroq krem.
ChIQARILISh ShAKLI
15 g dan tubalarda; 1 tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
QO‘LLANILISHI
Ekzoderil zamburug‘li infektsiyalarda sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faol modda naftifin saqlaydi.
Ekzoderil dermatofitlarga qarshi samarali, achitqi, mog‘or va boshqa zamburug‘larga(e.g. Sporothrix schenkii) qarshi o‘rtacha faol.
U shuningdek ko‘pincha mikozlarga yo‘ldosh bo‘lgan turli mikroorganizmlarga qarshi ham antibakterial faollik nomoyon qiladi.
Klinik qo‘llanganida naftifinning yallig‘lanishga qarshi ta'siri aniqlangan, shu tufayli yallig‘lanish belgilari (qizarish, shish, kepaklanish) va, ayniqsa, qichishish tez yo‘qoladi.
Ekzoderil naftifinga sezgir qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan zamburug‘li infektsiyalarni maxalliy davolash uchun qo‘llanadi
-qichishish yoki usiz kechuvchi teri va teri burmalarining zamburug‘li infektsiyalari;
-tirnoqlarning zamburug‘li infektsiyalari;
-teri kandidozlari;
-kepaklanuvchi temiratki.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Naftifinga, benzil spirtiga yoki preparatning boshqa yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
MAXSUS OGOHLANTIRISHLAR VA EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Eritmani jarohat yuzalariga qo‘llash mumkin emas.
Ekzoderil krem oftalmologiyada qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Preparat tarkibida terida mahalliy reaktsiyalarni (masalan, kontaktli dermatit) chaqirishi mumkin bo‘lgan setil va stearil spirtlarini saqlaydi.
1 g krem shuningdek konservant sifatida 10 mg benzil spirti saqlaydi.
Ekzoderil kremi sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan boshqa preparatlar bilan aralashtirilmaydi, chunki kontsentratsiyasi past bo‘lganligi tufayli, faol moddaning samaradorligi yetarli darajada bo‘lmasligi mumkin.
Krem fototoksik tasirga ega emas va fotosensibilizatsiya chaqirmaydi.
HOMILADORLIK VA EMIZISH
Ehtiyotkorlik maqsadida homiladorlik vaqtida va emizish davrida Ekzoderilni qo‘llashdan saqlanish kerak.
TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH VA MEXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA'SIRI
Hozirgi vaqtgacha ta'siri xaqida xabarlar tushmagan.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Ekzoderil faqat teri yoki tirnoqlarda sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Bu dorini faqat shifokor yoki farmatsevt buyurganidek qo‘llang.
Dozalash
Terining zamburug‘li infektsiyalarini davolash uchun sutkada bir marta, tirnoqlarning infektsiyalarini davolash uchun esa – sutkada ikki marta qo‘llang.
Shikastlangan teri va unga tutash soxalarni quriting, so‘ngra yengil uqalab, kremni singdiring.
Ko‘zga yoki shilliq qavatlarga tushishidan saqlaning.
Bolalar va o‘smirlar bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda naftifinning xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan (qo‘llash tajribasi yetarli emas).
Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Keksa patsiyentlar dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Qo‘llash davomiyligi
Davolash davomiyligi dermatomikozlarda – 2-4 hafta (zarurat tug‘ilganida – 8 haftagacha), kandidozlarda - 4 hafta, tirnoqlarning infektsiyalarida – 6 oygacha davom etadi.
Infektsiyani qaytalanishini oldini olish uchun, klinik tuzalishdan keyin davolashni yana kamida ikki hafta davom ettiring.
Iloji boricha tezroq tuzalish va takroriy yuqishini oldini olish uchun quyidagi qoidaga amal qiling
Tezda sog‘ayish va kasallikni qayta yuqishini oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling
• kasal teriga tegib turadigan kiyim va choyshablarni har kuni almashtiring;
• havo o‘tkazmaydigan qattiq, zich kiyim va poyabzaldan (masalan, sintetik gazlamalardan paypoqlar, tor tuflilar) foydalanmang. Yuvgandan so‘ng, kasal terini yaxshilab quriting. Idish-tovoqlarni yuvish uchun mo‘ljallangan lattalar va sochiqlarni har kuni almashtiring;
• infektsiyani yana tarqalishini oldini olish uchun va, ayniqsa, taroriy zararlanishdan saqlanish uchun, o‘z uyingizda, vannaxonada, mexmonxonada, basseynda yalangoyoq yurmang;
• sauna va hammomga zamburug‘lar tufayli yuzaga kelgan yuqumli kasallikdan sog‘aygandan keyin borish mumkin.
Toza, sog‘lom va quruq teri – zamburug‘li infektsiyalardan eng yaxshi himoyadir.
DOZANI OShIRIB YuBORILIShI
Naftifin sirtga qo‘llanganida dozani o‘tkir oshirib yuborilishi va hayot uchun xavfli asoratlarni paydo bo‘lish ehtimoli kam.
Tasodifan ichga qabul qilingan holda shifokorga murojaat qiling. Muvofiq simptomatik davolash tavsiya qilinadi.
Agar Sizda bu preparatni ishlatish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, O‘zingizni shifokoringizga murojaat qiling yoki farmatsevtdan so‘rang.
NOJO‘YA TA'SIRI
Ayrim hollarda terini qurish hissi, achishish yoki qizarish paydo bo‘lishi mumkin.
BOSHQA DORI PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA'SIRI VA O‘ZARO TA'SIRNING BOSHQA TURLARI
Boshqa dori vositalari yoki alkogol bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
SAQLASh ShAROITI
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Ochilgan tuba 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 28 kundan ortiq saqlanmasin.
YAROQLILIK MUDDATI
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
BERISh TARTIBI
Retseptsiz beriladi.
QAYD QILISH GUVOXNOMASINING EGASIVA ISHLAB CHIQARUVCHI
Sandoz Gmbx, Bioxemishtrasse 10, A-6250 Kundl, Avstriya;
Avstriya, Merk KGaA va Ko da ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Sandoz Farmasyutikals d.d.» vakolatxonasi
100015, Toshkent sh., Oybek ko‘ch., 24 uy

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.