Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ekzoderil Lak tirnoqlar uchun lak 5% 2,5ml

'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нафтифин
Страна производитель
Австрия
Дозировка
5% 2,5 мл
Производитель
Sandoz GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Раствор для наружного применения
Ko'rsatmalar
DORI VOSITASINING NOMI
EKZODERIL® LAK
XALQARO PATENTLANMAGAN NOMI
Amorolfin
CHIQARILISH SHAKLI
Tirnoqlar uchun lak.
TA’RIFI
Tiniq eritma.
TARKIBI
Ta'sir etuvchi modda amorolfin (amorolfin gidroxlorid ko‘rinishida).
Ushbu dori vositasi 5% amorolfin (50 mg/ml) saqlovchi tirnoqlar uchun davolovchi lakdan iborat.
2,5 ml lak 125 mg amorolfin saqlaydi (125 mg/2,5 ml), bu 139,3 mg amorolfin gidroxloridiga mos keladi.
Yordamchi moddalar ammoniy-metakrilat sopolimeri (A tip), suvsiz etil spirti, etilatsetat, butilatsetat, triatsetin.
FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI
Sirtga qo‘llash uchun boshqa zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi D01AE16.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Farmakodinamika
si
Amorolfin sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vosita bo‘lib hisoblanadi. U morfolin hosilalari guruhiga mansub. Uning fungistatik va fungitsid ta'siri sterinlar biosintezini izdan chiqarish yo‘li orqali zamburug‘ xujayra membranasida o‘zgarishlarni chaqirish qobiliyati bilan bog‘liq.
Amorolfin quyidagi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan samarali
Dermatofitlar trixofitlar, mikrosporalar, epidermofitlar;
Achitqi zamburug‘lari Candida, Malassezia or Pityrosporum spp., Cryptococcus;
Mog‘or zamburug‘lari Alternaria, Hendersonula, Scopulariopsis, Scytalidium, Aspergillus;
Dematsiylar oilasiga mansub zamburug‘lar Cladosporium, Fonsecaea, Wangiella;
Dimorf zamburug‘lar Coccidiodes, Histoplasma, Sporothrix.
Actinomyces dan tashqari bakteriyalar amorolfinga sezgir emas.
Farmakokinetikasi
Amorolfin lak ko‘rinishida tirnoq plastinkasi ichiga kiradi va tirnoq o‘rnidagi zamburug‘ni bartaraf etadi
Sirtga qo‘llaganda ta'sir etuvchi moddaning tizimli so‘rilishi juda past.
Hatto uzoq vaqt qo‘llaganda ham dori vositasini organizmda to‘planishining belgilari aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
Kattalarda tirnoqlarning zamburug‘li infektsiyalarini davolash uchun qo‘llanadi. Faqat, agar infektsiya tirnoqning yuqori yarmi yoki yon qirralarini shikastlagan bo‘lsa qo‘llanilsin.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.
Lak shikastlangan qo‘l yoki oyoq tirnoqlariga xaftada 1 marta surtiladi.
Tirnoqni tayyorlash
Erituvchi yordamida avvalgi surtilgan lak qavatini olib tashlang. Yangi egovcha yordamida tirnoqning butun yuzasini, ayniqsa shikastlangan sohasini tozalang. Egovcha bilan tirnoq atrofidagi teriga tegib ketmaslikka harakat qiling.
OGOHLANTIRISh! Infektsiyani tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shikastlangan va sog‘lom tirnoqlarga bitta egovchadan foydalanmang. Sizning egovchangizdan Sizdan tashqari hech kim foydalanmasligini ta'minlang.
Tirnoqni tozalash
Lakni surtish
Ilova qilingan salfetkalardan biri bilan tirnoqlarni tozalang va uni yog‘sizlantiring. Keyinroq lopatka-applikatorni artish uchun salfetkani saqlang.
Ko‘p martalik lopatka-applikatorlardan birini lak saqlovchi flakonga tushiring. Lakning ortiqchasini flakon devoriga surtmang.
Tirnoqning butun yuzasiga yetarli miqdorda lak surting.
Lak qurishini (3–5 minut) kuting.
Surtilgandan keyin
Lakni har bir surtilgandan keyin lopatka-applikatorni ilova qilingan salfetka bilan sinchkovlik bilan artish juda muhim. Boshqa tirnoqlarni zararlanishini oldini olish uchun lakni har bir surtgandan keyin lopatkani artish sharti bilan uni bir necha marta ishlatish mumkin. Tirnoqlarni tozalagan salfetkani ishlating.
Shu salfetka bilan ishlov berilgan tirnoqlarga tegmang.
Agar qo‘llash vaqtida Siz lak bilan qalpoqchaning tashqi tomoniga tegib ketgan bo‘lsangiz, uni ilova qilinadigan salfetka bilan artish kerak.
Flakonni zich yoping.
Har bir shikastlangan tirnoq uchun yuqorida ta'riflangan muolajani takrorlang.
Muolaja yakunlangandan keyin qo‘llarning yuving. Agar lak qo‘l tirnoqlariga surtilgan bo‘lsa, avval uni to‘liq qurishini kuting. Qurigandan keyin lak na suv bilan, na sovun bilan yuvilmaydi, shuning uchun qo‘l va oyoqlarni odatdagidek yuvish mumkin.
Kosmetik lakni davolovchi lak surtilgandan keyin 24 soat o‘tgandan keyin ishlatish mumkin.
Keyingi surtishdan oldin lakning qoldiqlarini olib tashlangtva tirnoqqa egovcha bilan takroran ishlov bering, uni ilova qilinadigan salfetka yordamida tozalang va lakni yuqorida ta'riflangandek surting.
Shuningdek lakni olib tashlash uchun oddiy suyuqlik bilan namlangan salfetkalardan foydalanish mumkin.
Davolash davomiyligi
Davolash sog‘lom tirnoq to‘liq o‘sib chiqmaguncha uzluksiz davom ettiriladi.
Odatda davolash davomiyligi qo‘l barmoqlari tirnoqlari uchun 6 oyni va oyoq barmoqlari tirnoqlari uchun 9-12 oyni (infektsiya joylashgan joyi va shikastlangan soha maydoniga qarab) tashkil qiladi.
Agar lakni 3 oy qo‘llagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorgamurojaat eting.
Bolalar va o‘smirlar
Ekzoderil lakni qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli, uni bolalar va o‘smirlarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Keksa patsiyentlar
Dozalash bo‘yicha maxsus tavsiyalar mavjud emas.
O‘rnatilgan kuni lakni qo‘llash o‘tkazib yuborilganda uni yodga tushishi bilanoq surting. Keyinchalik lakni avvalgidek, aynan bir xafta interval bilan surtishda davom eting.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN XOLATLAR
Ta'sir etuvchi moddaga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
MAXSUS KO‘RSATMALAR
Ushbu vosita bilan davolash vaqtida o‘rnatiluvchi tirnoqlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Ekzoderil lakning yangi qavatini surtishdan oldin tirnoq uchun har qanday lak olib tashlanishi kerak.
Kosmetik lakni Ekzoderil lak surtilgandan keyin kamida 24 soat o‘tmasdan surtish tavsiya etilmaydi.
Organik erituvchilar bilan ishlaganda germetik qo‘lqoplarni taqish kerak, aks holda qo‘l tirnoqlariga surtilgan davolovchi lak ko‘chib ketishi mumkin.
Lakni ko‘zlarga, quloqlarga va shilliq qavatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Agar lak ko‘z, quloq yoki shilliq qavatlarga to‘satdan tushsa, ularni suv bilan yuving va shifokorga murojaat eting.
Periferik qon-tomirlar kasalliklari, qandli diabet, immun tizimi faoliyatini buzilishlari, tirnoqlar distrofiyasi yoki tirnoqlarning jiddiy shikastlanishlari (tirnoq plastinasi yuzasining uchdan ikki qismidan ko‘proq shikastlanishi) bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak. U davolashni va tirnoqlarni parvarish qilishni belgilaydi. Bunday xolatlarda tizimli davolash ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek davolashni boshlashdan oldin, agar tirnoqlarni shikastlanishi bo‘lsa yoki avval bo‘lgan bo‘lsa, psoriaz yoki terining boshqa surunkali kasalliklari kabi teri kasalliklari, shishlar, nafas olishni buzilishlari (sariq tirnoqlar sindromi), tirnoq sohasida og‘riq, qiyshayish (deformatsiya) yoki har qanday buzilishlar bo‘lsa, shifokorga murojaat etish kerak.
Ushbu preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llashdan saqlanish kerak.
DORILARNING O‘ZARO TA'SIRI
O‘zaro ta'sir bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
NOJO‘YA TA'SIRI
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas (≥ 1/1000 – < 1/100) o‘ta yuqori sezuvchanlik (allergik reaktsiya).
Teri teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kam xollarda (≥ 1/10 000 – < 1/1000) tirnoqlarni shikastlanishi, onixoklaziya (tirnoq plastinkalarini mo‘rtligi), tirnoq rangini o‘zgarishi, onixoreksis (tirnoq plastinkalarini qavatlarga ajralishi) va tirnoqlarni zaifligi.
Juda kam xollarda (< 1/10 000) terida achishish hissi.
Tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi) eritema, qichishish, kontakt dermatit, eshakemi, pufaklar.
DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI
Ushbu lakni sirtga surtgandan keyin dozani oshirib yuborilishining tizimli belgilarini rivojlanishi kutilmaydi.
Lakni to‘satdan ichga qabul qilinganda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
O‘RAMI
Teflon qoplamali yuqori zichlikdagi polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonlar.
2,5 ml lak saqlovchi 1 flakon maxsus buyumlari (10 lopatka-applikator, 30 tozalovchi salfetka, 30 tirnoq uchun egovcha) va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan qutida.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar ololmaydigan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
YAROQLILIK MUDDATI
3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Ochilgan flakon 6 oygacha saqlansin.
DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI
Retseptsiz beriladi.
RO‘YXATDAN O‘TKAZILGANLIK GUVOHNOMASINING EGASI
Sandoz Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1000 Lyublyana, Sloveniya.
ISHLAB CHIQARUVCHI
Lek Farmasyutikalz d. d., Verovshkova 57, 1526 Lyublyana, Sloveniya.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tiroz (taklif) larni qabul qiluvchi tashkilot nom iva manzili
«Sandoz Farmasyutikalz d. d.» vakolatxonasi
100015, Toshkent sh., Oybek ko‘ch., 24 uy.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.