Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Erbinol krem 1% 20g. №1
Erbinol krem 1% 20g. №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тербинафин
Страна производитель
Румыния
Дозировка
1% 20 г
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm SRL
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Erbinol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) terbinafin
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun krem
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda terbinafin gidroxloridi – 10 mg;
yordamchi moddalar setostearil spirti, oq rangli yumshoq parafin, suyuq yengil parafin, polisorbat 80, trolamin, benzil spirti, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli hidsiz, bir jinsli krem.
Farmakoterapevtik guruhi
Teri kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan zamburug‘larga qarshi vositalar. Mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan boshqa zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi D01AE15
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Erbinol preparatining faol moddasi terbinafin, zamburug‘larga qarshi keng faollik doirasiga ega bo‘lgan allilamin hisoblanadi. Kichik kontsentratsiyalarda terbinafin dermatofitlar, mog‘or va ayrim dimorf zamburug‘lariga nisbatan fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Achitqi zamburug‘lariga nisbatan faolligi turiga qarab, fungitsid yoki fungistatik bo‘lishi mumkin.
Terbinafin zamburug‘lardagi sterollar biosintezini erta bosqichlarda bostiradi. Bu holat ergosterolni tanqisligiga va skvalenni hujayralar ichida to‘planishiga olib keladi, bu zamburug‘ hujayralarini nobud bo‘lishiga olib keladi. Terbinafin zamburug‘ning hujayra membranasida skvalenepoksidazani ingibitsiya qiladi. Skvalenepoksidaza odamning sitoxrom R450 tizimiga kirmaydi. Shunday ekan, terbinafin sitoxrom R450 tizimiga, va muvofiq ravishda, gormonlar yoki boshqa dori preparatlarning metabolizmiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
Odamda terbinafin mahalliy qo‘llanganidan so‘ng dozaning 5% dan kamroq qismi so‘riladi, shuning uchun preparat biroz tizimli ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
• terining, Trichophyton (masalan, T. Rubrum, T. Mentagrophytes, T. Verrucosum, T. Violaceum), Microsporum canis va Epidermophyton floccosum kabi dermatofitlari tomonidan chaqirilgan zamburug‘li infektsiyalari;
• terining, asosan Candida teri achitqisimon zamburug‘lari (masalan, C. albicans) tomonidan chaqirilgan zamburug‘li infektsiyalari;
• Pityrosporum orbiculare tomonidan chaqirilgan rang-barang temiratki (shuningdek Malassezia furfur nomi bilan ham ma'lum).
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Preparat kasallikning ko‘rinishlarini yaqqollik darajasiga qarab sutkada 1 yoki 2 marta qo‘llanishi mumkin.
Davolash davomiyligi
O‘rtacha davolash davomiyligi
Kasallikning nomi
Davolash davomiyligi
Tana terisi dermatomikozi, chov dermatomikozi
1-2 hafta
Tovon dermatomikozi
1 hafta
Teri kandidozi
2 hafta
Rang-barang temiratki
2 hafta
Klinik simptomlarining yaqqoliligini kamayishi odatda davolashning dastlabki kunlarida kuzatiladi. Nomuntazam ravishda davolanganda yoki u muddatidan oldin to‘xtatilganida infektsiyani qaytadan zo‘rayish havfi mavjud. Agar ikki hafta davomida davolangandan so‘ng yaxshilanish belgilari kuzatilmasa, tashxisni verifikatsiya qilish kerak.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Bolalar populyatsiyasi
Terbinafinni bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan bo‘lganligi tufayli, preparatni ushbu yosh guruhida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagi patsiyentlar
Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Qo‘llash usuli
Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparatni surtishdan oldin terining shikastlangan sohalarini tozalash va quritish kerak. Krem shikastlangan teriga va atrofdagi sohalariga yupqa qavat qilib surtiladi va yengil ishqalanadi. Bichilishlar bilan kechuvchi infektsiyalarda (sut bezlari ostida, barmoqlar orasida, dumbalar orasida, chov sohasida), krem surtilgan sohani doka bilan, ayniqsa uyqu vaqtida yopish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat surtilgan joyda terini qichishishi, terini qipiqlanishi, og‘riq, ta'sirlanish, pigmentatsiyani buzilishi, terini achishishi hissi, terini qizarishi va qasmoqlarni hosil bo‘lishi kabi mahalliy simptomlar yuzaga kelishi mumkin.
Ushbu ahamiyatsiz simptomlarni, yagona holatlarda kuzatiladigan va preparatni bekor qilishni talab etadigan, tarqoq qichishish, toshma, bullyoz toshmalar va eshakemi kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalaridan farqlash kerak.
Preparat bexosdan ko‘zlarga tushganida terbinafin gidroxloridi ularni ta'sirlantirishi mumkin.
Kam holatlarda zamburug‘li infektsiyalar zo‘rayishi mumkin.
Nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas). Har bir uchrash tezligi guruhida nojo‘ya reaktsiyalar, og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.
Immun tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Ko‘rish a'zolari tomonidan kam hollarda – ko‘zlarni ta'sirlanishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez – terini qipiqlanishi, qichishish; tez-tez emas – terini shikastlanishi, qasmoqlarni hosil bo‘lishi, teri kasalliklari, pigmentatsiyani buzilishi, terini qizarishi, achishish hissi; kam hollarda – terini qurishi, kontakt dermatit, ekzema; uchrash tezligi noma'lum – toshma.
Umumiy buzilishlar va qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar tez-tez emas – og‘riq, surtilgan joyda og‘riq, ta'sirlanish; kam hollarda – kasallikning simptomlarini zo‘rayishi.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakologik nazorat tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Terbinafinga yoki preparatning yordamchi moddalaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Erbinol kremini dorilar bilan o‘zaro ta'siri ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Erbinol faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak, chunki u ko‘zlarni ta'sirlantirishi mumkin. Preparat ko‘zlarga bexosdan tushganida ularni oqar suvda yaxshilab yuvish kerak.
Yordamchi moddalar
Preparat tarkibida, mahalliy teri reaktsiyalari (masalan, kontakt dermatit) ni chaqirishi mumkin bo‘lgan, setostearil spirtini saqlaydi.
Preparat 1 g kremda 0,02 g benzil spirtini saqlaydi. Benzil spirti yengil mahalliy ta'sirlanish va allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlikda va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik
Homilador ayollarda terbinafinni krem ko‘rinishida klinik qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni, qo‘llashdan kutiladigan potentsial foyda kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holatlardagina qo‘llash kerak.
Hayvonlarda fetal toksiklikni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda nojo‘ya reaktsiyalar aniqlanmagan.
Laktatsiya davri
Terbinafin ko‘krak sutiga o‘tadi. Preparatni laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Go‘daklar preparat surtilgan teri bilan, jumladan sut bezi bilan kontaktda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Fertillik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda terbinafin fertillikka ta'sir ko‘rsatmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Sirtga qo‘llash uchun krem shaklida terbinafinni tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. 300 mg terbinafin gidroxloridini saqlovchi preparatning bir tubasi ichidagini (30 g) bexosdan yutib yuborish terbinafinning 250 mg li bir tabletkasini (kattalar uchun bir martalik peroral dozasi) qabul qilish bilan bir xil. Preparatning katta miqdori beixtiyor yutib yuborilganida terbinafin tabletkalarining dozasini oshirib yuborilishi simptomlari bilan o‘xshash bo‘ladi.
Simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq va bosh aylanishi.
Davolash faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, zarurat bo‘lganida – qo‘llab-quvvatlovchi simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun krem 30 g dan alyumin tubalarda.
1 alyumin tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
“Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.”, Turkiya
(15 Temmuz Max. Djami Yolu Djad. № 50 Gyuneshli Bagdjilar / Istambul)
"World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(15 Temmuz Mah. Cami Yolu Cad. No 50 Güneşli Bağcılar / İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
“Tar Pharm Alliance” MChJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch., 166
Tel. (+99871) 277-76-78, (+99871) 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.