Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Paklitaksel Ebeve eritmasi 100mg/16.67ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Паклитаксел
Страна производитель
Австрия
Дозировка
100 мг/16,7 мл
Производитель
Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
Форма выпуска
Концентрат для приготовления раствора для инфузий
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Paklitaksel Ebeve®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) paklitaksel
Dori shakli
eritma tayyorlash uchun kontsentrat
Tarkibi
1 ml da 6 mg paklitaksel saqlanadi
5 ml kontsentratli 1 flakon 30mg paklitakselni (6 mg/ml) saqlaydi.
16,7 ml kontsentratli 1 flakon 100 mg paklitakselni (6 mg/ml) saqlaydi.
25 ml kontsentratli 1 flakon 150 mg paklitakselni (6 mg/ml) saqlaydi.
35 ml kontsentratli 1 flakon 210 mg paklitakselni (6 mg/ml) saqlaydi.
50 ml kontsentratli 1 flakon 300 mg paklitakselni (6 mg/ml) saqlaydi.
yordamchi moddalar polioksietillangan kanakunjut moyi (makrogol glitserilritsinoleat), suvsiz etanol (401,66 mg/ml).
Ta'rifi kontsentrat yod zarrachalardan holi bo‘lgan rangsiz yoki och-sariq rangli tiniq eritma ko‘rinishiga ega.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘smalarga qarshi vosita, alkaloid.
ATX kodi L01CD01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Paklitaksel tubulin dimerlaridan mikronaychalar yig‘ishni rag‘batlantiradi va ularning depolimerizatsiyasini buzgan holda ular tuzilmasini barqarorlashtiradi. Bu esa interfazada va mitoz davrida hujayra funktsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mikronaychalar tarmog‘ini normada kechayotgan qayta tashkil etilishini so‘ndiradi. Bundan tashqari, paklitaksel hujayraning barcha sikli davomida mikronaychalar to‘pini va mitoz jarayonida mikronaychalarning ko‘plab yulduzsimon to‘planishlarini patologik yig‘ilishini induktsiyalaydi.
Farmakokinetikasi
Preparatni 3 va 24 soat davomida 135 va 175 mg/m2 dozalarda vena ichiga tomchilatib yuborilganidan keyin paklitakselning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 3,0–52,7 soatni, o‘rtacha umumiy klirens – 11,6–24,0 l/soat/m2 ni tashkil etadi. Preparatning o‘rtacha teng og‘irlikdagi tarqalishi hajmi – 198–688 l/m2. Farmakokinetika nochiziqli xarakterga ega bo‘lib, paklitaksel dozasi 30% ga (135 mg/m2 dan 175 mg/m2 gacha) oshganida uning qon plazmasidagi eng yuqori kontsentratsiyasi (Smax) 75% ga, qon plazmasidagi kontsentratsiyaning vaqtga bog‘liqligi egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC0-∞) esa – 81% ga oshadi.
Paklitakselni 3 soat davomida 100 mg/m2 dozalarda vena ichiga yuborilganidan keyin tizimli ekspozitsiyaning o‘rtacha qiymatlari minimal ichkiindividual variabelligida Smax ning o‘rtacha qiymati 1530 ng/ml, AUC – 5619 ng˟soat/ml, klirens – 2,60 l/soat/m2, taqsimlanish hajmi – 291 l/m2, yarim ajralib chiqishining o‘rtacha terminal davri esa – 23,7 soatni tashkil etadi. Terapiya sikllari ko‘p marta takrorlanganida kumulyatsiya belgilari qayd etilmagan.
In vitro tadqiqotlarining ma'lumotlariga ko‘ra preparatning qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 89-98% ni tashkil etadi.
Insonda o‘zgarmagan paklitakselni siydik bilan summar ajralib chiqishi kiritilgan dozaning o‘rtacha 1,3–12,6% ni tashkil etadi. Paklitaksel ko‘proq CYP450 izofermentlari bilan metabolizmga uchraydi va safro bilan eliminizatsiya bo‘ladi. Kiritilgan paklitaksel dozasining o‘rtacha 26% metabolitlar ko‘rinishida axlat bilan eliminizatsiya bo‘ladi. Paklitaksel gemodializ olayotgan patsiyentlarga 3 soatlik infuziya ko‘rinishida 135 mg/m2 dozada kiritilganida uning farmakokinetikasi parametrlari dializ terapiyasini olmagan patsiyentlardagi ko‘rsatkichlarga mos keladi.
Preparatning xavfsizligi to‘g‘risidagi klinika oldi ma'lumotlari
Paklitakselning ta'sir etish mexanizmini inobatga olgan holda u potentsial kantserogen va genotoksik preparat bo‘lib hisoblanadi. Paklitakselning mutagenligi in vitro va in vivo test-tizimlarida sut emizuvchilarda aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Tuxumdon raki
Preparat birlamchi laparotomiyadan keyin birinchi liniyadagi tarqalgan yoki rezidual (1 sm dan ortiq) tuxumdon rakining sisplatin bilan kombinatsiyada o‘tkaziladigan kimyo terapiyasi sifatida qo‘llaniladi.
Preparat standart terapiya muvaffaqiyatli bo‘lmaganidan keyin ikkinchi liniyadagi metastazali tuxumdon rakining platina preparati asosida o‘tkaziladigan kimyo terapiyasi sifatida qo‘llaniladi.
Ko‘krak bezi raki
Paklitaksel regionar limfa bo‘g‘imlarining metastazali asoratlari mavjud bo‘lgan ko‘krak bezi rakida antratsiklin va sisplatin (AS) bilan kombinatsiyada kimyo terapiyasidan keyin o‘tkaziladigan ad'yuvant kimyo terapiyasi sifatida qo‘llaniladi. Paklitaksel bilan o‘tkaziladigan ad'yuvant terapiya AS bilan o‘tkaziladigan kimyo terapiyaning uzaytirilgan kursiga alternativa sifatida ko‘rilishi kerak.
Paklitaksel birinchi liniyadagi tarqalgan yoki metastazali ko‘krak bezi rakining trastuzumab bilan kombinatsiyada, HER-2 giperekspressiyasi bilan
(+++ immunogistokimyoviy tadqiqotlar ma'lumotlariga ko‘ra) tavsiflanadigan patsiyentlarda, shuningdek antratsiklinlardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda trastuzumab bilan kombinatsiyada o‘tkaziladigan terapiya sifatida qo‘llaniladi.
Paklitaksel metastazali ko‘krak bezi rakining antratsiklinlar bilan o‘tkaziladigan standart terapiyaga adekvat javobga erishmagan patsiyentlarda yoki mazkur vositalardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda monoterapiya sifatida qo‘llaniladi.
Mayda hujayrali bo‘lmagan tarqalgan o‘pka raki
Paklitaksel potentsial radikal jarrohlik aralashuvini bajarish va/yoki nur terapiyasini o‘tkazish rejalashtirilmayotgan patsiyentlarda trastuzumab bilan kombinatsiyada qo‘llaniladi.
Ortirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) bilan bog‘liq Kaposhi sarkomasi
Paklitaksel ilgari liposomal antratsiklin bilan muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgan terapiyada qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kiritish rejimi va dozalarni tanlashda har bir alohida holatda maxsus adabiyot ma'lumotlariga asoslanish kerak.
Preparat eritilganidan keyin faqat vena ichiga tomchilatib kiritish uchun mo‘ljallangan.
Birinchi liniyadagi tuxumdon rakini kimyo terapiyasi
Paklitakselni sisplatin bilan kombinatsiyalangan holda qo‘llash tavsiya etiladi.
Paklitakseldan infuziya davom etishiga bog‘liq holda turli dozalarda foydalanish tavsiya etiladi
-175 mg/m2 tana yuzasi maydoniga, 3 soat davomida, so‘ngra – sisplatin (75 mg/m2) yoki
-135 mg/m2, 24 soat davomida, so‘ngra – sisplatin (75 mg/m2).
Terapiya sikllari 3 haftalik interval bilan takrorlanadi (5.1-bo‘limga qaralsin).
Ikkinchi liniyadagi tuxumdon rakini kimyo terapiyasi
Preparatning tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2, 3 soat davomida, terapiya sikllari 3 haftalik interval bilan takrorlanadi.
Ko‘krak bezi rakining ad'yuvant kimyo terapiyasi
Preparatning tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2, 3 soat davomida.
Hammasi bo‘lib har 3 haftada ad'yuvant kimyo terapiyasining 4 sikli o‘tkazilib, ular AS kimyo terapiyasi tugaganidan keyin boshlanadi.
Birinchi liniyadagi ko‘krak bezi rakini kimyo terapiyasi
Doksorubitsin (50 mg/m2) bilan kombinatsiyada paklitaksel faqat 24 soatdan keyin kiritiladi. Paklitakselning tavsiya etiladigan dozasi 220 mg/m2, 3 soat davomida, terapiya sikllari 3 haftalik intervallar bilan takrorlanadi.
Trastuzumab bilan kombinatsiyada paklitakselning tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2, 3 soat davomida, terapiya sikllari 3 haftalik intervallar bilan takrorlanadi. Infuziyani trastuzumabning birinchi dozasidan keyin ertasiga yoki agar trastuzumabning avvalgi dozasi yaxshi qabul qilingan bo‘lsa, trastuzumabning keyingi dozalari kiritilganidan bevosita keyin boshlash mumkin.
Ikkinchi liniyadagi ko‘krak bezi rakini kimyo terapiyasi
Preparatning tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2, 3 soat davomida, terapiya sikllari 3 haftalik intervallar bilan takrorlanadi.
Mayda hujayrali bo‘lmagan tarqalgan o‘pka rakini terapiyasi
Preparatning tavsiya etiladigan dozasi 175 mg/m2, 3 soat davomida, so‘ngra sisplatin kiritiladi. Terapiya sikllari 3 haftalik intervallar bilan takrorlanadi.
OITS bilan bog‘liq Kaposhi sarkomasi
Preparatning tavsiya etiladigan dozasi 100 mg/m2, 3 soat davomida, terapiya sikllari 2 haftalik intervallar bilan takrorlanadi. Keyingi kiritilishlarda paklitakselning dozasi terapiya yaxshi qabul qilinganligi bilan aniqlanadi.
Preparatning jigar faoliyati buzilgan patsiyentlarda qo‘llanilishi
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa III-IV darajali miyelosupressiyada zaharlilik xavfini oshishi ehtimoli bor. Paklitakselni o‘rta darajadan og‘ir darajagacha jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga 3 soatdan ortiq vaqt davomida kiritilganda miyelosupressiyani kuchayishi ehtimoli bor. Patsiyentlarni yaqqol ifodalangan miyelosupressiya predmetiga diqqat bilan kuzatib borish zarur. Og‘ir darajali jigar funktsiyasi buzilgan patsiyentlar paklitakselni qabul qilmasliklari kerak.
Premedikatsiya
Paklitaksel kiritilishidan avval barcha patsiyentlar kortikosteroid, antigistamin vositasi va N2-retseptorlarining antagonisti bilan premedikatsiyani bajarishlari kerak.
PreparatDozaPaklitaksel kiritilgunga qadar kiritilish muddatlari
Deksametazonog‘iz orqali 20 mg (KS da – 8-20 mg),
yoki vena ichigaog‘iz orqali 12 va 6 soat oldin;
yoki vena ichiga 30-60 minut oldin
Difengidramin
(yoki ekvivalent antigistamin vositasi, masalan, xlorfenamin)50 mg, vena ichiga30-60 minut oldin
Simetidin
yoki ranitidin300 mg, vena ichiga
50 mg, vena ichiga30-60 minut oldin
Nojo‘ya ta'sirlari
Quyida paklitakselni metastazali xavfli shishi bo‘lgan bemorlarda 3 soat davomida monoterapiyada vena ichiga tomchilatib kiritilganda qayd etilgan nojo‘ya ta'sirlar sanab o‘tilgan.
Nojo‘ya ta'sirlar uchrash tez-tezligini quyidagi toifalaridan foydalanilgan juda tez-tez (10 tadan 1 ta), tez-tez (100 tadan 1 ta), tez-tez emas (1000 tadan 1 ta, ammo 100 tadan 1 tadan kam), kam hollarda (10000 tadan 1 ta, ammo 1000 tadan 1 tadan kam), juda ham kam hollarda (10000 tadan 1 ta), noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar
Juda tez-tez infektsiyalar (asosan siydik chiqarish tizimi va yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari), shu jumladan o‘lim yuz bergan holat.
Te-tez emas septik shok.
Kam hollarda sepsis, peritonit, pnevmoniya.
Qon hosil qilish va limfa tizimlari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez miyelosupressiya, neytropeniya (og‘ir turi – terapiyaning birinchi sikli davomida 20% patsiyentlarda va terapiyaning butun davri davomida 39% patsiyentlarda;
≥7 kun davom etadigan 4 darajali neytropeniya – 22% patsiyentlarda), anemiya (61% patsiyentlarda; og‘ir turi – 10% patsiyentlarda), trombotsitopeniya (50% patsiyentlarda; og‘ir turi – 9% patsiyentlarda), leykopeniya, qon ketishlar.
Kam hollarda febril neytropeniya.
Juda kam hollarda o‘tkir miyeloleykoz, miyelodisplastik sindrom.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez o‘ta sezuvchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaktsiyalari (ayniqsa giperemiya va teri toshmalari).
Tez-tez emas davolash o‘tkazilishini talab qiladigan o‘ta sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari (masalan, arterial gipotenziya, angionevrotik shish, respiratorli distress-sindrom, tarqalgan eshakemi, isitma, belda og‘riqlar, ko‘krak qafasida og‘riqlar, taxikardiya, qorinda og‘riqlar, qo‘l-oyoqlardani og‘riqlar, diaforez va arterial gipertenziya; o‘lim yuz bergan holatlar – < 1% patsiyentlarda).
Kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar. Juda kam hollarda anafilaktik shok.
Ovqatlanish va modda almashinuvini buzilishlari
Juda kam hollarda anoreksiya.
Noma'lum o‘sma lizisi sindromi.
Ruhiy buzilishlar
Juda kam hollarda ongni chalkashishi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez qo‘l va oyoqlarda sanchiq va uvishishlar; neyrotoksikligi (ayniqsa perifirik neyropatiya).
Kam hollarda motorli neyropatiya (distal mushaklarning yaqqol ifodalanmagan kuchsizligiga olib keluvchi).
Juda kam hollarda avtonom neyropatiya (ichak tutilishiga va ortostatik gipotenziyaga olib keluvchi), katta tirishish xurujlari, tirishishlar, entsefalopatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ataksiya.
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar
Juda kam hollarda ko‘rish nervi va/yoki ko‘rish tomonidan buzilishlar (jimirlovchi skotoma), ayniqsa preparatni tavsiya etilganidan oshadigan dozalarda qabul qilgan patsiyentlarda.
Noma'lum sariq dog‘ shishi, fotopsiya, shishasimon tanani suzib yuruvchi xiralashishi.
Eshitish va muvozanat organlari tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam hollarda ototoksikligi, eshitish qobiliyatini yo‘qotish, quloqlarni shang‘illashi, bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez bradikardiya.
Tez-tez emas kardiomiopatiya, simptomsiz qorinchali taxikardiya, bigeminiyali taxikardiya, atrioventrikulyar blokada va hushdan ketish, miokard infarkti.
Kam hollarda yurak yetishmovchiligi.
Kamdan-kam hollarda yurak old fibrillyatsiyasi, supraventrikulyar taxikardiya.
Qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez arterial gipotenziya.
Tez-tez emas arterial gipertenziya, tromboz, tromboflebit. Kamdan-kam hollarda shok.
Noma'lum flebit.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Kam hollarda dispnoe, o‘pka pardasi suyuqligini ajralishi, interstitsial pnevmoniya, o‘pka fibrozi, o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, nafas yetishmovchiligi.
Kamdan-kam hollarda yo‘tal.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Kam hollarda ichak tutilishi, ichak teshilishi, ishemik kolit, pankreatit.
Juda kam hollarda ichak tutilishi tomirlarining trombozi, soxta membranozli kolit, ezofagit, qabziyat, astsit, neytropenik kolit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam hollarda jigar nekrozi, jigar entsefalopatiyasi (har ikkala holatlarda ham o‘lim holati qayd etilgan).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez alopetsiya.
Tez-tez tirnoq va terining tranzitor yaqqol ifodalanmagan o‘zgarishlari.
Kam xollarda teri qichimasi, teri toshmalari, eritema.
Kamdan-kam hollarda Stivens-Djonson sindromi, epidermal nekroliz, polimorf eritema, eksfoliativ dermatit, eshak yemi, onixoliz (preparatni qabul qilayotgan patsiyentlar bilak va tovonlarni quyosh nuridan saqlashi kerak).
Noma'lum sklerodermiya.
Suyak-mushak tizimi va birlashtiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez artralgiya i mialgiya (og‘ir turi – 13% patsiyentlarda). Noma'lum tizimli qizil yugurik.
Kiritilgan joyda tizimli buzilishlar va asoratlar
Tez-tez kiritilgan joyda reaktsiyalar – 7-10 kunga kechikish bilan rivojlanishi mumkin (shu jumladan lokal shish, og‘riq, eritema, induratsiya, ekstravazatsiya gipodermit, fibroz va teri nekroziga olib kelishi mumkin).
Kam hollarda asteniya, pireksiya, degidratatsiya, shishlar, holsizlik, mukozit, to‘qimalarga tasodifan kiritilganidan keyin ularni yallig‘lanishi, paklitaksel boshqa joyga kiritilganidan keyin ilgari qayd etilgan ekstravazatsiya joyida teri reaktsiyalarini takrorlanishi.
Laboratoriya va instrumental tadqiqotlarni o‘zgarishi
Tez-tez aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza faolligini sezilarli oshishi.
Tez-tez emas bilirubin kontsentratsiyasini sezilarli darajada oshishi.
Kam hollarda qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi.
Majmuaviy davolashdagi noxush samaralar
Paklitakselsisplatin
Paklitakselni sisplatin bilan majmuada ishlatilganida ko‘proq periferik neyropatiya ko‘rinishida kechuvchi neyrotoksiklikni rivojlanishi qayd etilgan. Mayda hujayrali bo‘lmagan o‘pka rakini va tuxumdon raki bo‘lgan bemorlar paklitakselni keyinchalik sisplatin kiritilgan holda 3 soat davomida qabul qilganida og‘ir neyrotoksiklik tez-tezligini oshishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, ayollar jinsiy a'zolarining o‘smalarida paklitaksel sisplatin bilan majmuada ishlatilganda sisplatinni monoterapiyada ishlatilishiga nisbatan buyrak yetishmovchiligi xavfi oshishi mumkin (“Dorilarning o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang).
Paklitaksel trastuzumab
Paklitakselni trastuzumab bilan majmuada birinchi qator metastazali ko‘krak bezi rakini davolashda ishlatilganida paklitakselni monoterapiyada ishlatilishiga nisbatan quyidagi nojo‘ya holatlar yurak yetishmovchiligi, infektsiyalar, isitma, tana haroratini oshishi, yo‘tal, teri toshmalari, artralgiya, taxikardiya, diareya, arterial gipertenziya, burundan qon ketishi, akne, oddiy gerpes, tasodifiy shikastlanish, insomniya, rinit, sinusit va kiritilish joyidagi reaktsiyalar tez-tezligini oshishi qayd etilgan. Paklitakselni trastuzumab bilan majmuada va monoterapiyada ishlatilganida og‘ir nojo‘ya holatlar tez-tezligi farqlanmagan.
Paklitakseldoksorubitsin
Metastazali ko‘krak bezi rakida doksorubitsinni paklitaksel bilan majmuada qo‘llanganida yurak qisqarishini buzilishlari (chap qorinchasini qon o‘tkazish fraktsiyasi ≥ 20% ga pasaygani) 15% patsiyentlarda qayd etilgan. Surunkali yurak yetishmovchiligi paklitaksel va doksorubitsin majmuasini qabul qilgan patsiyentlarning ˂ 1% da kuzatilgan. Ilgari antratsiklinlarni qabul qilgan patsiyentlarga trastuzumabni paklitaksel bilan kombinatsiyada kiritilishi paklitakselni monoterapiyada ishlatilishiga taqqoslanganda yurak faoliyatini buzilishlari tez-tezligi va og‘irlilik darajasini oshirgan.
Nur bilan davolash
Preparatni nur bilan davolash bilan bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda (davolash ketma-ketligidan qat'iy nazar) nur bilan davolashdan keyingi pnevmonit qayd etilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-anamnezda paklitakselga yoki istalgan yordamchi moddalarga, ayniqsa polioksietillangan kanakunjut moyiga (makrogol glitserilritsinoleatga) yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari.
-homiladorlik va emizish.
-terapiya boshlanishidan avval neytrofillar miqdori ˂ 1500/mm3 (KS da ˂ 1000/mm3). Paklitakselni shuningdek birga kechuvchi jiddiy va nazorat qilinmaydigan infektsiyalarda qo‘llash mumkin emas.
Paklitaksel neytrofillar miqdori eng kamida 1500/mm3 (KS da eng kamida 1000/mm3) va trombotsitlar miqdori eng kamida 100000/mm3 (KS da eng kamida 75000/mm3) ga oshganiga qadar takroran kiritilishi mumkin emas. Og‘ir neytropeniya (neytrofillarning kamida 7 kun davomida saqlanib qolgan miqdori 500/mm3 dan kam darajagacha pasayganida) yoki og‘ir periferik neyropatiya rivojlanganida preparatning dozasini keyingi kiritilishlar uchun 20% (KS da 25%) ga pasaytirish zarur.
Dorilarining o‘zaro ta'siri
Sisplatin. Birinchi liniyadagi tuxumdon rakining kimyo terapiyasi sifatida paklitakselni sisplatindan avval kiritish tavsiya etiladi. Sisplatindan avval kiritishda paklitakselning xavfsizligi uni monoterapiyada qo‘llanganiga mos keladi. Aksincha, paklitaksel sisplatindan keyin kiritilganida miyelosupressiya xavfi oshishi va paklitaksel klirensi 20% ga pasayishi qayd etilgan.
Ayollar jinsiy a'zolari o‘smalari bilan xastalangan patsiyentlarda va sisplatin bilan majmuada paklitakselni qabul qilgan patsiyentlarda sisplatinni monoterapiyada ishlatilganiga nisbatan taqqoslanganda buyrak yetishmovchiligini xavfi oshishi mumkin.
Doksorubitsin. Doksorubitsinni kiritilishi va paklitakselni kiritilishi orasidagi qisqa vaqt oralig‘ida doksorubitsin va uning faol metabolitlarining eliminatsiyasi sekinlashishi mumkin. Shu munosabat bilan paklitakselni birinchi liniyadagi metastazali ko‘krak bezi rakining terapiyasi vositasi sifatida qo‘llanilganida u doksorubitsin kiritilganidan so‘ng 24 soatdan keyin kiritilishi lozim (“
Farmakokinetikasi
” bo‘limiga qarang).
R450 sitoxrom izofermentlarining substratlari. Paklitakselning metabolizmi R450 sitoxrom izofermentlari (CYP450), aynan esa CYP2C8(ko‘proq darajada) va 3A4 bilan qisman katalizatsiyalanadi (“
Farmakokinetikasi
” bo‘limiga qarang). Ketokonazolni (CYP3A4 ning kuchli ingibitorini) bir vaqtda kiritilishi patsiyentlarda paklitakselni chiqarilishini susaytirmagan. Paklitaksel va CYP3A4 boshqa substratlari/ ingibitorlari orasida potentsial o‘zaro ta'siri to‘g‘risidagi ma'lumotlar cheklangan. Shu munosabat bilan paklitakselni CYP2C8 yoki 3A4 ingibitorlari (masalan, eritromitsin, fluoksetin, gemfibrozil) yoki ularning induktorlari (masalan, rifampitsin, karbamazepin, fenitoin, fenobarbital, efavirenz, nevirapin) bilan bir vaqtda ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilinish kerak.
Simetidin. Simetidin bilan premedikatsiya qilish paklitakselning klirensiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Proteaza ingibitorlari. Nelfinavir va ritonavir indinavirdan farqli o‘laroq paklitakselning tizimli klirensini ishonchli pasaytiradi. Paklitakselni proteazaning boshqa ingibitorlari bilan o‘zaro ta'siri to‘g‘risidagi ma'lumot cheklangan. Shuning uchun proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qiladigan patsiyentlarda paklitaksel ehtiyotkorlik bilan ishlatish zarur.
Polivinilxloridli konteyner va materiallar. Polivinilxloriddan (PVX) tayyorlangan qurilmalar va infuziya konteynerlaridan yordamchi modda (polioksietillangan kanakunjut moyi) ta'sirida dietilgeksilftalatning ajralib chiqishi ehtimoli bor.
Nomutanosibligi
Paklitaksel Ebeve, shuningdek uning eritmalarini tarkibida polivinilxlorid (PVX) bo‘lgan konteynerlar bilan ta'sirlashishmasligi va ularda saqlanmasligi kerak.
Yordamchi modda (polioksietillangan kanakunjut moyi) ta'sirida polivinilxloriddan dietilgeksilftalat ajralib chiqishi mumkin.
Infuziyalar uchun Paklitaksel Ebevening tayyorlangan eritmalari shishali, polipropilen yoki poliolefin konteynerlarida saqlanishi va polietilendan tayyorlangan infuziya tizimlari yordamida kiritilishi kerak. PVX dan tayyorlangan qisqa kirish va chiqish quvurchali filtrlardan foydalanish dietilgeksilftalatni sezilarli miqdorda ajralib chiqishiga olib kelmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Paklitaksel faqat sitostatiklardan foydalanish tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar tomonidan kiritilishi kerak. Preparatga yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘ta sezuvchanlik reaktsiyalarini bostirish uchun tegishli jixozlar mavjud bo‘lishi zarurdir.
Ekstravazatsiya imkoniyatini inobatga olgan holda preparatni kiritish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan infiltratsiyani oldini olish uchun infuziya sohasini diqqat bilan kuzatib borish tavsiya etiladi.
Sisplatin bilan birga ishlatilganida paklitakselni birinchi bo‘lib kiritish lozim.
Mos keluvchi premedikatsiyadan so‘ng paklitakselni qabul qilgan ˂ 1% patsiyentlarda preparatga o‘ta sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari qayd etilgan.
Preparatga o‘ta sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari rivojlangan hollarda paklitaksel infuziyasini darhol to‘xtatish va simptomatik terapiyani boshlash zarur. Preparatni mazkur patsiyentga takroran kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Miyelotoksikligi Suyak ko‘migi faoliyatini susaytirish (ko‘pincha neytropeniya) preparatning dozani belgilovchi nojo‘ya ta'siridir. Qon ko‘rsatkichlarini tez-tez nazorat qilish zarur. Klinik tadqiqotlarda Kaposhi sarkomasi bo‘lgan patsiyentlarning ko‘pchiligi granulotsitar koloniye rag‘batlantiruvchi omilni (G-CSF) qabul qilganlar.
Paklitaksel bilan o‘tkazilgan monoterapiya vaqtida o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari kamdan-kam holatlarda qayd etilgan. Paklitaksel infuziyasi vaqtida o‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari rivojlanib borganida tegishli terapiya o‘tkazilishi va preparat bilan o‘tkaziladigan keyingi terapiya davomida uzluksiz kardiomonitoring olib borilishi zarur. Hayotiy muhim faoliyatlar parametrlarini, ayniqsa paklitaksel infuziyasining birinchi soatlari davomida tez-tez monitoring olib borilishi tavsiya etiladi. Yurak-qon-tomir tizimi tomonidan og‘ir nojo‘ya holatlar ko‘krak bezi yoki tuxumdon raki bo‘lgan bemorlardan ko‘ra ko‘pincha mayda hujayrali bo‘lmagan tarqalgan o‘pka raki bo‘lgan bemorlarda qayd etilgan.
Paklitakselni doksorubitsin yoki trastuzumab bilan majmuasida birinchi liniyadagi ko‘krak bezining metastaza bergan rakini terapiyasi sifatida ishlatilganida yurak faoliyatining monitoringiga e'tiborni qaratish kerak. Paklitaksel bilan ushbu majmualarda davolashni boshlashdan oldin yurak holatini boshlang‘ich baholashni, shu jumladan anamnez yig‘ish, ob'ektiv ko‘rikdan o‘tkazish, elektrokardiogramma (EKG) olish va/yoki radionuklid ventrikulografiya (MUGA) o‘tkazishni amalga oshirilishi zarur. Undan keyin davolash jarayonida yurak faoliyatini doimiy (masalan, har 3 oyda) nazorat qilib borish kerak. Yurak faoliyatini buzilishi, hatto simptomsiz bo‘lganda ham, aniqlanganida davolovchi shifokor davolashni davom ettirishning klinik foydasini yurak shikastlanishining potentsial xavfi bilan, shu jumladan potentsial o‘zgarmas xavfi bilan sinchkovlik bilan solishtirishi kerak. Davalash davom ettirilgan taqdirda yurak faoliyatining monitoringi yana ham tez-tez (masalan, har 1-2 siklda) olib borilishi kerak.
Periferik neyropatiya ko‘pincha qayd etilsa-da, ammo kamdan-kam hollarda og‘ir bo‘ladi. Og‘ir holatlarda keyingi sikllar vaqtida paklitaksel dozasini 20% ga (KS da – 25% ga) pasaytirish tavsiya etiladi. Paklitakselni sisplatin bilan majmuada 3 soat davomida tomchilatib kiritish paklitakselni monoterapiyada yoki siklofosfamid va sisplatin bilan kombinatsiyada ishlatishga qaraganda og‘ir neyrotoksiklik tez-tezligini oshiradi.
Paklitaksel Ebeve tarkibida etanol (401,66 mg/ml) saqlaganligi sababli markaziy nerv tizimi va organizmning boshqa tizimlari tomonidan unga nisbatan ta'sirlar yuzaga kelishi mumkin.
Paklitakselni arteriya ichiga yuborilganda alohida ehtiyot choralariga rioya qilinishi lozim, chunki hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparat og‘ir mahalliy reaktsiyalarni chiqargan.
Paklitaksel bir vaqtning o‘zida antibiotiklarni qabul qilmagan patsiyentlarda ishlatilganida kamdan kam holatlarda soxtamembranozli kolit qayd etilgan.
O‘pkada o‘tkazilgan nur terapiyasini paklitaksel terapiyasi bilan birga o‘tkazish interstitsial pnevmonit rivojlanishiga turtki berishi mumkin.
Kaposhi sarkomasi bo‘lgan bemorlarda kamdan-kam holatlarda og‘ir mukozit qayd etilgan. Og‘ir reaktsiyalar rivojlanganida paklitaksel dozasini 25% ga pasaytirish zarur.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi, fertillikka ta'siri
Homiladorlik davrida paklitakseldan foydalanganligi to‘g‘risidagi adekvat ma'lumotlar mavjud emas. Barcha sitostatiklar kabi, paklitaksel homilaga zararli ta'sir ko‘rsatishi mumkin va shu sababli homiladorlik davrida qo‘llanilishiga ruxsat etilmaydi. Ayollar paklitaksel bilan davolanayotgan davrda homiladorlikni oldini olishlari, homiladorlik ro‘y berganida davolovchi shifokorni darhol xabardor qilishlari kerak.
Reproduktiv yoshdagi har ikkala jinsdagi patsiyentlar va/yoki ularning jinsiy sheriklari paklitaksel bilan butun davolash davri davomida va u tugagandan keyin eng kamida 6 oy davomida kontratseptsiyaning samarali usullarini qo‘llashlari kerak. Erkak patsiyentlarga paklitaksel bilan davolash o‘tkazilishi boshlangunga qadar bepushtlik rivojlanishi ehtimolini inobatga olgan holda urug‘lik suyuqligini kriokonservatsiya qilish yuzasidan maslahat olish tavsiya etiladi.
Insonda paklitakselning ona suti bilan ekskretsiyasi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas. Emizish davrida paklitaksel qo‘llanilishiga ruxsat etilmaydi (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang). Davolashning barcha davri davomida emizishni to‘xtatish kerak.
Preparatni transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Paklitaksel transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etmaydi. Biroq preparat tarkibida etanol mavjudligini e'tiborga olish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida miyelosupressiya, periferik neyropatiya va mukozit asosiy kutiladigan holatlar bo‘lib hisoblanadi. Doza oshirib yuborilgan taqdirda patsiyent sinchkovlik bilan kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Davolash zaharlilikning asosiy kutiladigan holatlariga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Antidoti noma'lum.
Bolalarda dozani oshirib yuborilishi etanolning o‘tkir zaharlilik holatlari bilan bog‘lash mumkin.
Chiqarilish shakli
Rezina tiqinlar bilan berkitilgan va rangli plastik qopqoq bilan siqib yopilgan alyumin qalpoqchali, tiniq shisha flakonlar.
1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi ilova qilingan karton qutida.
O‘ramlarining o‘lchamlari
1 x 5 ml/30 mg paklitaksel
1 x 16,7 ml/100 mg paklitaksel
1 x 25 ml/150 mg paklitaksel
1 x 35 ml/210 mg paklitaksel
1 x 50 ml/300 mg paklitaksel
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda (yorug‘likdan himoya qilish maqsadida), 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Birinchi marta ochilganidan keyin 28 kun.
Eritilganidan keyin 2-8oS haroratda 24 soat.
Mikrobiologik nuqtai nazaridan eritma bevosita tayyorlanganidan keyin ishlatilishi kerak, tiklanish/eritish nazorat qilinadigan va validatsiya qilingan aseptik sharoitlarda amalga oshirilgan holatlar bundan istisno. Preparatning kimyoviy va fizikaviy barqarorligi 14 kun davomida 2-8oS haroratda, yorug‘likdan himoya qilingan joyda hamda 5 kun davomida xona haroratida, yorug‘likdan himoya qilinmagan holda namoyon qilingan.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Preparat bilan muomila va uni utilizatsiya qilish chog‘ida maxsus ehtiyot choralari
Vena ichiga kiritishga tayyorgarlik infuziya qilishdan oldin Paklitaksel Ebeve aseptik sharoitlarda natriy xloridning 0,9% li eritmasi, glyukozaning 5% li eritmasi yoki glyukozaning 5% li eritmasi va natriy xloridning 0,9% li eritmasi aralashmasi bilan 0,3-1,2 mg/ml yakuniy kontsentratsiyagacha eritilishi kerak.
Eritilganidan keyin eritma loyqa ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ayrim hollarda Paklitaksel Ebeveni infuziya qilish jarayonida (odatda 24 soatlik infuziya yakunida) cho‘kma paydo bo‘lishi qayd etilgan. Cho‘kma xavfini kamaytirish maqsadida Paklitaksel Ebeve eritilganidan so‘ng eng qisqa mumkin bo‘lgan muddatlarda ishlatilishi kerak; shuningdek ortiqcha tebranish va chayqatishdan saqlanish lozim. Infuzion tizim ishlatilishidan avval yaxshilab yuvilishi kerak. Infuziya jarayonida eritmaning tashqi ko‘rinishini tez-tez nazorat qilish zarur; cho‘kma paydo bo‘lganida infuziyani to‘xtatish lozim.
Paklitaksel Ebeve g‘ovaklarining o‘lchami 0,22 mkm dan katta bo‘lmagan o‘rnatilgan filtri bo‘lgan tizim yordamida kiritilishi lozim.
Paklitaksel Ebeve infuziyalar uchun eritmasi shisha, polipropilen yoki poliolefin konteynerlarida saqlanishi hamda polietilendan (tarkibida PVX bo‘lmagan) tayyorlangan infuziya tizimlari yordamida kiritilishi kerak.
Kontsentratni eritish aseptik sharoitlarda faqat maxsus o‘rgatilgan xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
Xodimlar sitostatiklar bilan ishlash bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishi kerak.
Homilador ayollar paklitaksel bilan ishlamasliklari kerak.
Preparat zaharli bo‘lib, u bilan ishlashda va uni utilizatsiya qilish chog‘ida maxsus ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish talab etiladi.
Barcha boshqa sitostatiklar kabi paklitaksel alohida ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak, ya'ni u bilan ishlanganda himoya kiyimi, qo‘lqoplarni kiyish va niqob taqish zarur.
Paklitakselni teri va shilliq qavatlarga tushishini oldini olish lozim. Paklitaksel eritmasi teriga tushgan taqdirda o‘sha joyni darhol sovunlab suv bilan yuvish zarur. Mahalliy ta'sirdan so‘ng to‘qimalarni sanchishi, achishishi va qizarishi ehtimoli mavjud. Paklitaksel eritmasi shilliq qavatlarga tushganida o‘sha joy suv bilan yaxshilab chayilishi lozim. Preparat nafas olib hidlanganda dispnoe, ko‘krak qafasida og‘riq, bo‘g‘izda achishish va ko‘ngil aynish qayd etilgan.
Preparatning barcha ishlatilmagan qoldig‘i va u bilan ifloslangan materiallar mahalliy normativ aktlar talablariga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
EBEVE Farma Ges.m.b.X.Nfg.KG, A-4866 Unterax,
Avstriya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.