Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Og'iz orqali gomeopatik in'ektsiya uchun Anaferon bolalar tomchilari, 25 ml
Nomi | Narx | |||||
Анаферон детский капли для п/внутрь гомеопатич, 25мл (18371224##2 381) |
UZS 52 700
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Антитела к гамма - интерферону человека
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Дозировка
25 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Материа Медика Холдинг,НПФ,ООО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Капли для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Anaferon detskiy
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun gomeopatik tomchilar
Tarkibi
1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar odam gamma interferoniga affinno tozalangan antitelalar – 0,006 g.
muvofiq ravishda 10012, 10030, 10050 marta suyultirilgan substantsiyaning uch faol suvli aralashmalari ko‘rinishida chiqariladi.
yordamchi moddalar malьtitol, glitserol, kaliya sorbati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz yoki deyarli rangsiz tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
Immunomodulyatorlar. Viruslarga qarshi vosita.
ATX kodlari L03, J05AX.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Farmakologik ta'siri – immunomodulyator, viruslarga qarshi hisoblanadi.
Gripp, paragripp viruslariga, oddiy gerpesning 1 va 2 turlariga (labial gerpes, genital gerpes), boshqa gerpes-viruslariga (suvchechak, infektsion mononukleoz), enteroviruslar, kana entsefaliti virusi, rotavirus, koronavirus, kalitsivirus, adenovirus, respirator-sintsital (RS virusi) viruslariga nisbatan preparatning samaradorligi klinika oldi va klinik tadqiqotlarda aniqlangan.
Preparat shikastlangan to‘qimalarda virusning kontsentratsiyasini pasaytiradi, endogen interferonlar va ular bilan bilan bog‘liq bo‘lgan sitokinlarga ta'sir qiladi, endogen «erta» interferonlarni (IFN a/ß) va gamma-interferon (IFN ) hosil bo‘lishini induktsiyalaydi. Gumoral va hujayraviy immun javobni rag‘batlantiradi. Antitelalarni (shu jumladan sekretor IgA) hosil bo‘lishini oshiradi, T-effektorlar, T-xelperlar (Tx) faoliyatini faollashtiradi, ularning nisbatini normallashtiradi. Tx va immun javobda ishtirok etuvchi boshqa hujayralarning funktsional rezervini oshiradi. Aralash Tx1 va Tx2-tur immun javobning induktori ximoblanadi Tx1 (IFN γ, IL-2) va Tx2 (IL-4, 10) sitokinlarni ishlab chiqarilishini oshiradi, Tx1/Tx2 faolligining muvozanatini normallashtiradi (modullaydi). Fagotsitlarning va tabiiy killer-hujayralarning (EK hujayralar) funktsional faolligini oshiradi. Antimutagen xususiyatlarga ega.
Farmakokinetikasi
Zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarining (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) sezgirligi Anaferon detskiy preparatining faol komponentlarini biologik suyuqliklarda, a'zolar va to‘qimalarda aniqlash imkonini bermaydi, bu farmakokinetikasini texnik jihatdan o‘rganib bo‘lmasligini bildiradi.
Qo‘llanilishi
1 oylikdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir respirator infektsiyalarini davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqatlanishdan tashqari qabul qilinadi.
Bir qabulga 10 tomchidan (tomchilar qoshiqda o‘lchanadi). Davolanishning 1-chi kuni quyidagi sxema bo‘yicha 80 tomchi qabul qilinadi birinchi 2 soatda har 30 minutda 10 tomchidan (jami 50 tomchi), so‘ngra shu kun davomida teng vaqt oralig‘ida yana 10 tomchidan 3 marta qabul qilinadi. Ikkinchi kundan beshinchi kungacha kuniga 3 marta 10 tomchidan qabul qilinadi.
Davolanishning birinchi kunida preparatning birinchi besh qabulini ovqatlanishlar orasida yoxud bolani ovqatlantirishdan yoki suyuqlik qabul qilishidan 15 minut oldin qabul qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik, 1 oylikkacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar preparatning 10 tomchisi (0,5 ml) 0,002 non birligiga (NB) muvofiq keluvchi 0,03 g malьtitol saqlashini yodda tutishlari kerak.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlar va laktatsiya davrida Anaferon detskiy preparatini qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Anaferon detskiy preparatini transport vositalarini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza tasodifan oshirib yuborilganida preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq bo‘lgan dispeptik ko‘rinishlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
25 ml dan birinchi ochilishi nazoratli tomchilagichli qopqoqcha bilan berkitilgan, rangli shisha flakonlarda. Har bir flakon davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Flakon ochilgandan keyin 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 35 kun davomida saqlansin.
Muzlatilmasin!
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilgan yuridik shaxs va Rossiya Federatsiyasi hududida e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ,
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-nchi Samotechnыy per., 9 uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
«Ishonch» telefonlari +7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00.
E-mail hotline@materiamedica.ru
Dori preparatini ishlab chiqarish joyining manzili
Rossiya, 454139, Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘ch., 54 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.