Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Anaferon bolalar tab №20
Nomi | Narx | |||||
Анаферон детский таб №20 (3720424##2 278) |
UZS 48 400
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Материа Медика Холдинг,НПФ,ООО,Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки для рассасывания
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Anaferon detskiy
Dori shakli
shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
(1 tabletkaga)
faol moddalar affin tozalangan odam gamma interferoni antitelalari – 0,003 g.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
tas'ir etuvchi moddaning faol shaklini 10-16 ng/g gacha mikdorda suv-spirtli aralashma kurinishida laktoza monogidratiga kushiladi.
Ta'rifi oq dan deyarli oq rangacha, yassi silindrik shaklli riskasi va faskasi bo‘lgan tabletkalar. Riskasi bo‘lgan yassi tomonida MATERIA MEDICA yozuvi tushirilgan,boshqa yassi tomonida ANAFERON KID yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi va immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita
ATX kodi L03AX
Farmakologik xususiyatlari
Profilaktik va davolash maqsadida qo‘llanilganda preparat immunomodulyatsiya qiluvchi va viruslarga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Eksperimental va klinik tadqiqotlarda gripp virusi, gerpes-viruslar (suvchechak, infektsion mononukleoz), rotavirus nisbatan samaradorligi aniqlangan. Preparat shikastlangan to‘qimalarda virusning kontsentratsiyasini kamaytiradi, sitokinlar bilan bog‘liq va endogen tizimiga ta'sir qiladi, endogen “erta” inteferonlar (IFN a/β) va gamma-interferon (IFN γ) hosil qilishini induktsiya qiladi.
Gumoral va hujayra immun javobini rag‘batlantiradi. Antitelalar (shu jumladan sekretor IgA) ishlab chiqarilishini oshiradi,T-effektorlar, T-xelperlar (Tx) funktsiyalarni faollashtiradi, ularni nisbatini normallashtiradi. Immun javobida qatnashuvchi Tx va boshqa hujayralar funktsional zahirasini oshiradi. Aralash immun javobini Txl i Tx2-turli induktori hisoblanadi, sitokinlarni Txl (IFN γ, IL-2) va Tx2 (IL-4, 10) ishlab chiqishini oshiradi, Tx1/Tx2 faolliklarning muvozanatini normallashtiradi (modulyatsiya qiladi). fagotsitlar va tabiiy killer-hujayralar (EK hujayralar) ning funktsional faolligini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Tahlillarning zamonaviy fizik-kimyoviy usullarni sezuvchanligi (gaz-suyuqlik xromatografiya, yuqori samarali suyuq xromatografiya, xromato-mass-spektrometriya) biologik suyuqliklarda, a'zolarda va to‘qimalarda Anaferon detskiy preparatning faol moddalar miqdorini baholash yo‘l qo‘ymaydi, bu farmokinetikasining o‘rganishini texnik jihatdan qilish mumkin bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
1 oydan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda gripp va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni (O‘RVI) oldini olish va davolash.
1 yoshgacha 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kompleks davolash tarkibida gerpes-viruslar (suvchechak, infektsion mononukleoz) chaqirgan infektsiyalar davolash.
6 oydan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kompleks davolash tarkibiga rotavirus chaqirgan o‘tkir ichak infektsiyani davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Riska tabletkani qismlarga bo‘lish uchun mo‘ljallanmagan.
Ichga buyuriladi, ovqat qabul qilish vaqtida emas. Tabletkani to‘liq eriguncha og‘izda ushlash lozim.
Kichik yoshli bolalarga (1 oydan 3 yoshgacha) preparat buyurilganda tabletkani hona haroratidagi qaynatilgan suvda ko‘p bo‘lmagan miqdorida (1 osh qoshiq) eritish tavsiya qilinadi.
O‘RVI, gripp.
1 oydan va undan katta bolalarga.
Davolashni birinchi kunida quyidagi sxema bo‘yicha 8 tabletka qabul qilinadi birinchi 2 soat davomida 1 tabletkadan har 30 minut (hammasi bo‘lib 5 tabletka 2 soat davomida), keyinchalik shu kun davomida vaqtni teng oraliqda 1 tabletkadan 3 marta qabul qilish lozim. Ikkinchi kunida va keyinchalik to‘liq sog‘aib ketguncha kuniga 1 tabletkadan 3 marta qabul qilinadi.
Preparat bilan o‘tkir respirator virusli infektsiyalar va grippning davolashni uchinchi kunida yahshilanish bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish lozim.
Epidemik mavsumda profilaktik maqsadida preparatni har kuni 1 tabletkadan kuniga 1 marta 1-3 oy davomida qabul qilinadi.
Kompleks davolash tarkibida rotavirus chaqirgan o‘tkir ichak infektsiyalar
6 oydan va undan katta bolalarga.
Davolashni birinchi kunida quyidagi sxema bo‘yicha 8 tabletka qabul qilinadi birinchi 2 soat davomida 1 tabletkadan har 30 minut (hammasi bo‘lib 5 tabletka 2 soat davomida), keyinchalik shu kun davomida vaqtni teng oraliqda 1 tabletkadan 3 marta qabul qilish lozim. Ikkinchi kunida va keyinchalik to‘liq sog‘aib ketguncha kuniga 1 tabletkadan 3 marta qabul qilinadi.
Kompleks davolash tarkibida gerpes-virus chaqirgan infektsiyalar (infektsion mononukleoz, suvchechak) davolash.
1 yoshdan va undan katta bolalarga
Davolashni birinchi kunida quyidagi sxema bo‘yicha 8 tabletka qabul qilinadi birinchi 2 soat davomida 1 tabletkadan har 30 minut (hammasi bo‘lib 5 tabletka 2 soat davomida), keyinchalik shu kun davomida vaqtni teng oraliqda 1 tabletkadan 3 marta qabul qilish lozim. Ikkinchi kunida va keyinchalik kuniga 1 tabletkadan 3 marta qabul qilinadi. Suvchechak davolash davomiyligi 7 kunni tashkil qiladi. Infektsion mononukleozni davolash davomiyligi 14 kunni tashkil qiladi.
Zarur bo‘lganida preparatni boshqa viruslarga qarshi, antibakterial va simptomatik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar va preparatning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Prepartning komponentlariga yuqori individual sezuvchanlik.
1 oygacha bo‘lgan bolalar – bolalarda grippa va O‘RVI oldini olish va davolash uchun.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar – bolalarda gerpes-viruslar chaqirgan infektsiyalarni davolash uchun.
6 oygacha bo‘lgan bolalar – bolalarda rotavirus chaqirgan o‘tkir ichak infektsiyani davolash uchun.
Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmasligi, glyukozo-galaktoza malьabsorbtsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'sir
Bugungi kungcha boshqa dori vositalar bilan nomutanosiblik holatlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun tug‘ma galaktozemiyasi, glyukozaning malьabsorbtsiya sindromi va tug‘ma laktaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homilador ayollarda va laktatsiya davrida Anaferon detskiy preparatni xavfsizligi o‘rganilmagan. Preparani qabul qilish zarur bo‘lganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish lozim..
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siribo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganda preparatning tarkibiga kiruvchi yordamchi moddalar bilan bog‘liq dispepsik holatlar kuzatilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. Polivinil plyonkadan va alyumin folьgadan kontur uyali o‘ramda 20 tabletkadan. 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillarida tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton kutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Preparatni qo‘llash davrida ishlab chiqaruvchi nazarga olgan karton qutidagi kontur uyali o‘ramni saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro‘yhatga olish guvohnomasi berilgan yuridik shahse
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473,Moskva sh., 3-chi Samotechnыy per., 9 uy.
Tel./faks +7 (495) 684-43-33.
Telefonы «Goryachey linii» +7 (495) 681-09-30, +7 (495) 681-93-00.
E-mail hotline@materiamedica.ru
Dori preparatni ishlab chiqarish manzili
Rossiya, 454139,. Chelyabinsk sh., Buguruslanskaya ko‘chyu, 54 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.