Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Anvimax asal bilan limon kukuni 5g №12
Nomi | Narx | |||||
АнвиМакс порошок лимона с медом 5г №12 (771023##2 286) |
UZS 62 500
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Rossiya
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
ООО "АнвиЛаб"
Chiqarish shakli
Саше
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
AnviMaks
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limonli, asal- limonli, malinali, qora qorag‘atli).
Tarkibi
Ta'si etuvchi moddalar paratsetamol - 360 mg, askorbin kislotasi - 300 mg, kalьtsiy glyukonati monogidrata - 100 mg, rimantadin gidroxloridi - 50 mg, rutozid - 20 mg, loratadin - 3 mg;
yordamchi moddalar aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi (limon) yoki (asal va limon), yoki (malina), yoki (qora qorag‘at).
Ta'rifi
Paketcha ichidagisi - deyarli oq rangli granulalarning sarg‘ish-yashilsimon rangli o‘ziga xos hidli (limon, asal va limon, malina, qora qarag‘at) kukun bilan aralashmasi.
Kukun eritilganidan keyingi eritma - rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyka, o‘ziga xos hidli (limon, asal bilan limon, malina, kora qorag‘at) eritma. Sarik rangli erimagan zarrachalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK va «shamollash» simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita
ATX kodi R05X
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, viruslarga qarshi va interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga karshi, og‘rikni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektor ta'sirlarga ega.
Paratsetamol og‘riqni koldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega.
Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, qonning ivishini, to‘qimalarning regeneratsiyasini boshqarilishida ishtirok etadi, immun reaktsiyalarini faollashtiradi.
Kaltsiy glyukonati grippda va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarida (O‘RVI) gemorragii jarayonlar bilan bog‘liq kon tomirlarning yuqori o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligining rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyar qon aylanishini tiklaydi, allergiyaga karshi ta'sir ko‘rsatadi.
Rimantadin gidroxloridi grippning A turi virusiga (ayniqsa A2) nisbatan viruslarga qarshi faollikka ega, grippning boshka turlari va O‘RVI chaqirgan zaharlanish belgilarni kamaytiradi. Interferonlarning umumiy miqdorini va ayniksa qonda interferon-gammani oshirib, yaqqol interferonogen xususiyatlariga ega, nafas yo‘llarini shikastlovchi virus infektsiyalarda preparatning himoya xususiyatlarini kuchaytiradi.
Rutozid (rutin) angioprotektordir. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shishini va yalliglanishni kamaytiradi, qon tomirlarning devorini mustahkamlaydi. Eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi va deformatsiyalanish darajasini otpirali.
Loratadin yaqkol gistaminga karshi ta'sirga ega, gistaminni ajralib chikishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarning shishining rivojlanishini oldini oladi.
Qo‘llanilishi
Gripp, O‘RVI, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Qaynoq holda iste'mol qilinadi. Iste'mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan ko‘p emas) kasallikning simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya tasirlari
Tarkibi
ga kiruvchi komponentlariga muvofiq.
Markaziy nerv tizimi tomonidan. Kam hollarda - yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, giperkineziya.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan. Uzoq, 7 kundan ko‘proq qabul qilinganida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning shikastlanishi dispepsiya, og‘izni qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.
Qon tizimi tomonidan. Xususan, uzoq, 7 kundan ko‘proq qabul qilinganida, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, anemiya.
Allergikreaktsiyalar. Kam hollarda - tern toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta'sirining simptomlari paydo bo‘lgan holda, ushbu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri; tiretoksikoz, buyraklar, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir gepatit, yoki ushbu a'zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizmda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoqda, serebral aterosklerozda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogol bilan buyurish tavsiya qilinmaydi. Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin.
Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qo‘llashning davomiyligi - 5 kundan ko‘p emas. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan kup) yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda gemorragik insulьtning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga).
Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari birinchi 24 soatda rangni oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, modda almashinuvini buzilishi, yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayipsh mumkin. Davolash qusish refleksini chaqirish, me'dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchuy eritma tayyorlash uchuy kukuy 5 g dan (limonli yoki asal va limonli, yoki malinali, yoki qora qorag‘atli) issiqlik bilan kavsharlangan plyonka bilan majmualangan materialdan yoki plyonka bilan majmualangan buflen materialidan bo‘lgan paketchalarda.
3, 6, 8, 12 yoki 24 paketcha tibbiyotda qo‘llanilishiga doyr yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmproyekt» YoAJ
Rossiya, 192236, Sankt-Peterburg sh., Sofiyskaya ko‘ch., 14 uy, lit. A.
Tel./faks +7(812) 331-93-10.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.