Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ergoferon tab. №20
Nomi | Narx | |||||
Эргоферон таб. №20 (2520324##2 267) |
UZS 64 700
Stokda yetarli (13)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Эргоферон таб. №20 (2520324##2 274) |
UZS 64 700
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Антитела к гамма интерферону человека аффинно очищенные
Страна производитель
Россия
Производитель
Материа Медика Холдинг,НПФ,ООО,Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ergoferon
Dori shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidailarni saqlaydi
faol moddalar
odam gamma interferoniga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g,
gistaminga affin tozalangan antitelalar – 0,006 g,
CD4 affin tozalangan antitelalar – 0,006 g.
uchta faol suvli-spirt suyultirilgan substatsiyalar, 10012, 10030, 10050 marta muvofiq ravishda suyultirilgan aralashma holidagi laktoza monogidratiga biriktiriladi.
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.
Ta'rifi Yassi silindrik shaklli riskali va faskali, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan tabletkalar. Yassi tomoni riskali, MATERIA MEDICA yozuvi tushirilgan, boshqa yassi tomonida esa ERGOFERON yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi
Viruslarga qarshi vosita, antigistamin vosita.
ATX kodi J05AX, R06A.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ergoferonning farmakologik faolligi doirasi viruslarga qarshi, immunomodulyatorlik, gistaminga qarshi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari bilan ifodalanadi.
Virusli infektsion kasalliklarda A grippi va V grippi, o‘tkir respirator virusli infektsiyalar (paragripp, adenoviruslar, respirator-sintsitial viruslar, koronaviruslar chaqirgan), gerpes virusli infektsiyalar (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, o‘rab oluvchi gerpes, suvchechak, infektsion mononukleoz), virusli etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalari (kalitsiviruslar, koronaviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar chaqirgan), enterovirusli va meningokokkli meningitlar, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana entsefalitida Ergoferon komponentlarini qo‘llashning samaradorligi eksperimental va klinik jihatdan tasdiqlangan.
Preparat bakterial infektsiyalarni (soxta tuberkulyoz, ko‘kyo‘tal, iyersinioz, turli etiologiyali pnevmoniya, shu jumladan atipik qo‘zg‘atuvchilar (M.pneumoniae, C.Pneumoniae, Legionella spp)) majmuaviy davolashda qo‘llaniladi, virusli infektsiyalarning bakterial asoratlarini oldini olishda foydalaniladi, superinfektsiyalarni rivojlanishini oldini oladi. Preparat vaktsinatsiyadan oldin va vaktsinadan keyingi davrda qo‘llanganida vaktsinatsiyani samaradorligi ortadi, vaktsinadan keyingi immunitetni paydo bo‘lishi vaqtida O‘RVI va grippni nospetsifik profilaktikasini ta'minlaydi. Ergoferon etiologiyasi gripp bilan bog‘liq bo‘lmagan O‘RVIga nisbatan profilaktik samaradorlikka ega, vaktsinatsiyadan keyingi davrda interkurrent kasalliklarni rivojlanishini oldini oladi. Preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlar CD4 retseptori, gamma interferon (IFN-γ) retseptori va gistamin retseptorlarining funktsional faolligini oshishi shaklida yakka ta'sir mexanizmiga ega, bu muvofiq tarzda yaqqol immunotrop ta'siri bilan birga kechadi.
Gamma interferonga antitelalar
IFN-γ, IFN α/β, shuningdek ular bog‘liq kechadigan interleykinlarni (IL-2, IL-4, IL-10 va b.) ekspressiyasini oshiradi, IFN ning ligand-retseptor bilan o‘zaro ta'sirini yaxshilaydi; sitokinli holatni tiklaydi; organizmning tabiiy viruslarga qarshi chidamliligining asosiy omili hisoblangan IFN- γ ga tabiiy antitelalarning kontsentratsiyasi va funktsional faolligini normallashtiradi; interferonga bog‘liq bo‘lgan biologik jarayonlar gistomutanosiblikning I, II turlari va Fc-retseptorlarini asosiy kompleksining antigenlarini ekspressiyasini induktsiyasi, monotsitlarni faollashtirish, NK-hujayralarni funktsional faolligini rag‘batlantirish, aralash Th1 va Th2 immun javobni faollashtirib, immunoglobulinlar sintezini boshqarishni rag‘batlantirishi eksperimental isbotlangan.
CD4 ga nisbatan antitelalar, ehtimol ushbu retseptorning allosterik modulyatori hisoblanib, CD4 retseptorini funktsional faolligini boshqaradi, bu CD4 limfotsitlarni funktsional faolligini oshishiga, CD4/CD8 immunoregulyatorlik indeksini, shuningdek immunokompetent hujayralarni (CD3, CD4, CD8, CD16, CD20) subpopulyatsion tarkibini normallashishiga olib keladi.
Gistaminga antitelalar periferik va markaziy N1-retseptorlarni gistaminga bog‘liq faolligini modifikatsiya qiladi va shu tarzda bronxlarni silliq mushaklarining tonusini kamaytiradi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytiradi bu rinoreyani, burun shilliq qavati shishi, yo‘tal va aksirish davomiyligini va yaqqolligini qisqarishiga olib keladi, shuningdek allergen bilan kontakt reaktsiyasida semiz hujayralar va bazofillardan gistamin ajralib chiqishini, leykotriyenlar ishlab chiqilishi, adgeziya molekulalari sintezini, eozinofilliar xemotaksisini va trombotsitlar agregatsiyasini kamayishi hisobiga infektsion jarayonlar bilan birga kechuvchi allergik reaktsiyalarning yaqqolligini kamaytiradi.
Majmuaviy preparatning komponentlarini birga qo‘llash uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning viruslarga qarshi faolligini kuchayishi bilan birga kechadi.
Farmakokinetikasi
Tahlilning zamonaviy fizik-kimyoviy usullarining sezgirligi (gaz-suyuqlik xromatografiyasi, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, xromato-mass-spektrometriya) biologik suyuqliklarda, a'zo va to‘qimalardagi Ergoferon preparatining faol komponentlarining miqdorini baholashga yo‘l qo‘ymaydi, bu farmakokinetikani texnik jihatdan o‘rganishni iloji yo‘qligini ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
A va V grippini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Paragripp, adenovirus, respirator-sintsitial virusi, koronavirus tomonidan chaqirilgan o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Gerpes viruslari infektsiyalarini (labial gerpes, oftalmogerpes, genital gerpes, suvchechak, o‘rab oluvchi gerpes, infektsion mononukleoz) oldini olish va davolashda qo‘llanadi. Virus etiologiyali (kalitsivirus, adenovirus, koronavirus, rotavirus, enteroviruslar chaqirgan) o‘tkir ichak infektsiyalarini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Enterovirusli va meningokokkli meningitni, buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma, kana entsefalitini oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Bakterial infektsiyalarni (soxta tuberkulyoz, ko‘kyo‘tal, iyersinioz, turli etiologiyali pnevmoniya, shu jumladan atipik qo‘zg‘atuvchilar (M.pneumoniae, C.Pneumoniae, Legionella spp. chaqirgan)) majmuaviy davolashda qo‘llaniladi; virusli infektsiyalarning bakterial asoratlarini oldini olish, superinfektsiyalarni oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqat qabul qilishdan tashqari vaqtda ichga buyuriladi. Tabletkani yutmasdan, to to‘liq erigunigacha og‘izda tutib turish lozim.
6 oylikdan boshlab bolalarga. Kichik yoshdagi bolalarga (6 oylikdan 3 yoshgacha) preparatni buyurganda, tabletkani oz miqdordagi (1 osh qoshiq) xona haroratidagi qaynatilgan suvda eritish lozim.
Davolashning birinchi kuni 8 tabletka quyidagi sxema bo‘yicha qabul qilinadi birinchi 2 soatda preparatni har 30 minutda qo‘llanadi (xammasi bo‘lib 2 soatda 5 tabletka), so‘ngra shu kun davomida vaqtning teng oralig‘ida 3 marta qabul qilinadi. Ikkinchi kundan va keyin 1 tabletkadan kuniga 3 marta to‘liq sog‘aygunga qadar qo‘llanadi.
Virusli infektsion kasalliklarni oldini olish uchun – kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi. Profilaktik kursining tavsiya etilgan davomiyligi individual ravishda belgilanadi va 1-6 oyni tashkil qilishi mumkin.
Zarurati bo‘lganida, preparatni boshqa viruslarga qarshi va simptomatik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik holatlari qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shu sababli uni tug‘ma galaktozemiya, glyukoza yoki galaktozani malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Ergoferonni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llashningxavfsizligi o‘rganilmagan. Preparatni buyurishni zarurati bo‘lganida, xavf/foyda nisbatini hisobga olish lozim.
Ergoferon transport vositalarini yoki boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifiy dozani oshirib yuborish hollarida, preparatning tarkibiga kiruvchi to‘ldiruvchilar bilan bog‘liq dispeptik holatlar bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.
1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramlar davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilgan/iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi yuridik shaxs
«NPF «MATERIA MEDIKA XOLDING» MChJ;
Rossiya, 127473, Moskva sh., 3-y Samotechnыy tor ko‘ch., 9 uy.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.