Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
GripXot vishillovchi granulalar № 12
Nomi | Narx | |||||
ГрипХот шип гран № 12 (23K15211A##2 225) |
UZS 90 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
ГрипХот шип гран № 12 (23K15211A##2 254) |
UZS 90 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, фенилэфрин, хлорфенамин
Страна производитель
Турция
Производитель
"Drogsan ilaclari San." Турция
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гранулы шипучие
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gripxottm
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) paratsetamol, fenilefrin gidroxloridi, oksalamin sitrati, xlorfeniramin maleati;
Dori shakli
vishillovchi granulalar
Tarkibi
Har bir paket quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar paratsetamol - 500 mg, fenilefrin gidroxloridi - 10 mg, oksalamin sitrati - 100 mg, xlorfeniramin maleati - 2 mg;
yordamchi moddalar vino kislotasi, limon kislotasi, natriy bikarbonati, natriy karbonati, xinolin sarig‘i, limon aromatizatori, Kollidon K-30, saxarin, saxaroza.
Ta'rifi oq yoki sariq limon ta'mli va hidli bir hil granulalar oquvchan kukun.
Farmkoterapevtik guruhi analgetik-antipiretik (ftorxinolonlar guruhi)
ATX kodi N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Gripxot og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, antigistamin va dekongestiv samaralarga ega. Shamollash, tumov, gripp va yuqori nafas yo‘llarining nospetsifik infektsiyalarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
Farmakodinamika
si
Paratsetamol analgetik va antipiretik ta'sirlarga ega. Prostaglandinlar sintezini ingibirlab, ogriqqa bo‘lgan periferik retseptorlarning sezuvchanligini kamaytiradi.
Xlorfeniramin maleati antigistamin va antimuskarin ta'sirlarga ega. Gistamin N1-retseptorlarini raqobatli bloklab allergiya belgilarni kamaytiradi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, o‘rtacha bronxolitik ta'sir ko‘rsatadi, ko‘z yoshi oqishini, ko‘z va burunni qichishini bartaraf qiladi.
Fenilefrin NSl dekongestiv ta'sirga ega. Fenilefrin - kuchli tomir toraytiruvchi preparat bo‘lib, bevosita va bilvosita simpatomimetik ta'sir ko‘rsatadi. Post - adrenoretseptorlarning agonisti hisoblanadi. Fenilefrinni qo‘llanishi burun shilliq qavatining tomirlarini torayishga yordam beradi, bu burundan chiqadigan ajralmani kamayishiga olib keladi.
Oksalamin sitrati - periferik ta'sirga ega sintetik yo‘talga qarshi vosita. Nafas yo‘llarining afferent nerv oxirlarining sezuvchanligini kamaytirib, yo‘tal markaziga impulsni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol Og‘riq qoldiruvchi ta'siri 30 minutdan keyin boshlanadi. 1-2 soat davomida maksimal kontsentratsiyaga erishadi.Ta'siri 3-4 soat davom etadi. Paratsetamolning 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Axlat bilan chiqariladi.
Xlorfeniramin maleat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali yaxshi so‘riladi. Ta'siri 15-60 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. 3-6 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishadi. 24 soat davomida buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishda chiqariladi. Plazma oqsillari bilan 60% bog‘lanadi.
Fenilefrin gidroxloridi Peroral qabul qilinganidan 15-20 minutdan keyin ta'siri namoyon bo‘ladi va taxminan 4 soat davom etadi. Fenilefrin me'da-ichak yo‘llaridan so‘riladi va metabolizmga uchraydi. Ichakda qisman so‘rilishiga qaramay, fenilefrin og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati orqali to‘liq so‘riladi. Fenilefrin ichakdametabolizmga uchrab, MAO ta'sirida sulfatlangan kon'yugatlarga aylanadi. Metabolizmga uchramagan fenilefrin va uning kon'yugatlari siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
• tumov (o‘tkir virusli rinit);
• gripp;
• shamollash;
• rinitlar (mavsumiy va yil bo‘yi kechadigan allergik rinit, noallergik eozinofil rinit, vazomotor rinit);
• yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalarini simptomatik (faringit,sinusit, bronxit va laringit) davolash uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir paket ichidagisi 2/3 stakan issiq suvda eritiladi, aralashtiriladi va issiq holda qo‘llanadi.
Grippxot 6 soat tanaffus bilan qo‘llanadi,kuniga maksimum 4 doza.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, me'dada og‘riq, asabiylashish, og‘izni qurishi, teri toshmasi, havotirlanish, ishtaxani pasayishi, terlash, taxikardiya, quloqlarni shang‘illashi, fotosensibilizatsiya, siydik chiqarishni qiyinlashishi kuzatiladi.
Bunday holatlar doza kamaytirilganida yoki preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni uning ingrediyentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda, jigar, buyrak va yurak faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas. Xlorfeniramin 6 yoshdan kichik bolalarda MNTni paradoksal rag‘batlanishga olib kelishi mumkin. Preparatni prostataning giperplaziyasi, yopiq burchakli glaukoma, gipertireoidizm, gipertoniyaning og‘ir shakli, aritmiyalar, serebrovaskulyar buzilishlari bo‘lgan bemorlarda extiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Bolalarda oksalamin qabul qilinganida ko‘ngil aynashi, qusish va gallyutsinatsiyalar bo‘lishi mumkin. MAO ingibitorlarini birga qabul qilish mumkin emas yoki preparatni MAO ingibitorlarini qabul qilish to‘xtatilgandan kamida 3 xaftadan keyin buyurish lozim.
Pediatriyada ishlatilishi 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki preparatning yo‘talga qarshi va vazopressor samarasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanilishi
Homiladorlik (S toifasi)
Homiladorlik vaqtida qo‘llanilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan.
Laktatsiya
Emizikli ayollarda ishlatilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q. Shuning uchun emizish vaqtida qo‘llash ma'qul emas.
Transport vositalarini va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Haydovchilar va ishlari yuqori diqqatni talab qilinadigan shaxslarga buyurilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish hollarini erta davrida qusishni chaqirish va me'dani yuvish kerak. Bolalarda qusishni chaqirishda aspiratsiya ehtimolini hisobga olish kerak. Magniy gidroksidini qo‘llash mumkin. Kechki davrida dozani oshirib yuborilish belgilarining og‘irligiga ko‘ra, simptomatik davolash (vena ichiga eritmalar, kislorod) o‘tkaziladi. Gipotoniyada vazopressorlarni buyurish mumkin, ammo adrenalinni emas, chunki u AB ni
yanada tushirishi mumkin. Analeptiklar ham qo‘llanmaydi, chunki ular konvulsiyalarga olib kelishi mumkin. Og‘iz orqali N-atsetiltsistein paratsetamolning maxsus antidoti xisoblanadi.
Chiqarilish shakli
GrippXot vishillovchi granulalari bir dozali paketda, №12 o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°S dan past haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
Drogsan Ilachlarn San. Ve Tidj. A.Sh.
06760 Chubuk/Anqara/Turkiya
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«ASFARMA SAVDO» MChJ
O‘zbekiston, 100097, Toshkent sh., Chilonzor tumani, S Mavzesi, 4 A uy
Tel. (+998 71) 273 70 95
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.