Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Insti shakarsiz granulalar №5
Nomi | Narx | |||||
Инсти без сахара гранулы №5 (4523027##2 204) |
UZS 26 100
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Инсти без сахара гранулы №5 (4523027##2 222) |
UZS 26 100
Stokda yetarli (12)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Инсти без сахара гранулы №5 (4523027##2 266) |
UZS 26 100
Stokda yetarli (7)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Инсти без сахара гранулы №5 (4523027##2 274) |
UZS 26 100
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Растительный экстракт
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
5,6 г
Производитель
Herbion Pakistan (Pvt) Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гранулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Insti bez saxara
Dori shakli
Granulalar
Tarkibi
faol moddalar
Oq tol
750 mg
Tomirli adxatoda
300 mg
Qizilmiya
550 mg
Xitoy choyi
125 mg
Xushbo‘y binafsha
100 mg
Dorivor valeriana
100 mg
Oddiy ukrop
75 mg
Sharsimon evkalipt
35 mg
yordamchi moddalar makkajo‘xori kraxmali, mentol, saxaroza.
Ta'rifi jigarrang rangli, ishqalaganda mentol hidga ega granulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi R05X.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Shamollashga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, mukolitik, bronxolitik, yallig‘lanishga qarshi, isitma tushiruvchi, spazmolitik ta'sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat.
Insti bez saxara preparati yuqori va quyi nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan kechuvchi intoksikatsiya simptomlari (gipertermiya, ko‘p terlash, holsizlik) niyengillashtiradi, antiseptik ta'sirga ega, yo‘tal jadalligini kamaytiradi va balg‘am ajralishini oshiradi. O‘tkir davrining regressiyasi 3-4 kungacha qisqaradi.
Insti bez saxara bemorning holatini yaxshilaydi, oshgan tana haroratini va yo‘talning jadalligini pasaytiradi.
Preparat qo‘llangandan keyin 24 soat davomida rinit, faringit, traxeit simptomlarini tezda bartaraf etishga yodlam beradi. Uyquchanlikni va o‘rganib qolishni chaqirmaydi. Qaynoq suvda tez eriydi.
Oq tol salatsin glikozidi, tremulatsin saqlaydi.
Tana haroratini tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi ta'sirlarga ega.
Qizilmiya glitsirrizin glikozidi, flavonoid, asparagin saqlaydi. Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi, immunitetni rag‘batlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Yallig‘lanishning ekssudativ va proliferativ fazalariga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Xushbo‘y binafsha violin, fridelin, efir moylarini saqlaydi. Antigistamin, balg‘am ko‘chiruvchi, tana haroratini tushiruvchi, terlatuvchi xususiyatlarga ega.
Oddiy ukrop efir moylari, dipentin saqlaydi. Bronxlarning sekretor funktsiyasini kuchaytiradi, mukolitik ta'sir ko‘rsatadi, shuningdek, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga egadir.
Tomirli adxatoda vazitsin, vazitsinon alkoloidlarini, saqlaydi. Bronxlarni kengaytiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega, bronxlarning kipriksimon epiteliysini harakatini oshiradi va balg‘am ajralishini tezlashtiradi, gistamin ta'sirida chaqirilgan bronxospazmdan himoya qilib, astmaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Xitoy choyi tanin, kofein, teofillin saqlaydi. Burishtiruvchi, tonusni oshiruvchi, siydik haydovchi ta'sirlarga ega.
Dorivor valeriana efir moylari, valeriana kislotasi, katinin saqlaydi; markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, tinchlantiruvchi va spazmolitik xususiyatlarga ega, bosh og‘rig‘ining yaqqolligini kamaytiradi.
Sharsimon evkalipt efir moylari (tsineol, pinen, mirtenol) oshlovchi moddalar saqlaydi. Yaqqol antiseptik ta'sirga ega, ayniqsa, streptokkok, stafilokkoklarga nisbatan, kuchli yallig‘linishga qarshi samaraga ega.
Qo‘lanilishi
• Tomoqni ta'sirlanishi;
• Yo‘tal;
• Gripp;
• Burun bitishi;
• Isitma;
• Shamollash;
• Bosh va jismoniy og‘riqda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bitta sashe-paketdan kuniga ikki-uch marta buyuriladi.
Yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Qo‘llash uchun yo‘riqnoma
Bitta paketni issiq suvda yoki choyda eritiladi va oz-ozdan ichiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Insti bez saxara komponentlaridan birontasiga ma'lum allergiyasi bo‘lgan odamlarda allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yallig‘lanish bo‘lmaganida shifokorga murojat qilish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Noma'lum, ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
5,6 g dan uch qavat folgali sashelarda, 5/10 sashe tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.