Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rezistol og‘iz tomchilari 20ml
Nomi | Narx | |||||
Резистол капли оральн. 20мл (40623##2 197) |
UZS 61 400
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Резистол капли оральн. 20мл (60424##2 232) |
UZS 59 900
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Резистол капли оральн. 20мл (60424##2 233) |
UZS 59 900
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Пеларгонии корней экстракт жидкий
Страна производитель
Украина
Дозировка
20 мл
Производитель
Галичфарм,АО корпорация Артериум,Украина
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rezistol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Pelargoniya tomirlarini suyuq ekstrakti
Dori shakli
Og‘iz tomchilari
Tarkibi
1 g eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda pelargoniya tomirlarini suyuq ekstrakti (Pelargonii radix extractum liquidum) (ekstragentlar (18-10) etanol 40 h.%, etanol 10 h.% ) - 800 mg;
yordamchi modda 85% li glitserin.
Ta'rifi och-jigarrangdan to‘q-jigarrangacha rangli suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kma tushishi va xiralishishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
. Yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llaniladigan vositalar.
ATX kodi R05S
Farmakologik xususiyatlari
.
Farmakodinamika
si
Preparat Pelargonium sidoides tomirlarining ekstraktini saqlaydi.
Preparat shilliq qavatlarga bakteriya va viruslarni bog‘lanish mexanizmiga ta'sir qiladi, shu bilan birga organizmga virus va bakteriyalarni kirishini oldini oladi. Preparat yaqqol immunomodullovchi ta'sirga ega, bu virusli infektsiyalarni tez bostirilishini chaqiradi. Shuningdek u organizmda asoratlarning rivojlanishini oldini olish bilan birga kirishga ulgurgan bakteriyalarni ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. Preparat nafas yo‘llarining tozalash mexanizmlarini faollashtirish xususiyatiga ega, bu yopishqoq shilliqlarni chiqarilishini osonlashtiradi va kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar ko‘payishi uchun sharoitlarni yo‘qotadi.
Preparat bilan davolash yo‘tal, balg‘am chiqishini qiyinlashishi, umumiy lohaslik, isitma va tumov kabi simptomlarini tez yengillashtiradi, kasallik davomiyligini sezilarli darajada qisqartiradi, mikroorganizmlarni rezistentligini rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Preparat – to‘liq faol modda sifatida qaraladigan ko‘plab komponentlarni majmuaviy aralashmasidir.
Farmakokinetikasi
Preparatni farmakokinetikasi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.
Qo‘llanishi
Nafas yo‘llari va LOR-a'zolarining o‘tkir va surunkali infektsiyalari (bronxit, sinusit, tonzilyar angina, rinofaringit) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ertalab, kunduzi va kechqurun ovqatdan 30 minut oldin oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Kasallikni o‘tkir bosqichida odatda
kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – 30 tomchidan kunda 3 marta;
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 20 tomchidan kunda 3 marta;
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 10 tomchidan kunda 3 marta buyuriladi.
Preparat qaytalanishni oldini olish va keyinchalik surunkali kasalliklarni davolash uchun kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 10-20 tomchidan sutkada 3 marta buyuriladi.
Davolash kursini o‘rtacha davomiyligi o‘tkir kasallik va qaytalanishlarni oldini olish 7-10 kunni tashkil etadi. Jami davolash davomiyligi 3 haftadan oshmasligi kerak.
Flakon vertikal ushlanadi, zarurat bo‘lganida uni ostidan sekin chertib qo‘yish mumkin.
Bolalar
Preparatni emizish yoshidagi bolalar qo‘llash borasidagi ma'lumotlarni yo‘qligi sababli Rezistolni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Kichkina yoshdagi (1 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarni davolash uchun Rezistol preparatini shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash talab etiladi.
Nojo‘ya reaktsiyalari
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan me'da-ichak yo‘llarini buzilishlari (jumladan qorinda og‘riq, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, diareya), milklardan kuchsiz qon ketishi.
Nafas tizimi tomonidan burundan kuchsiz qon ketishi.
Teri qoplamalari va immun tizimi tomonidan o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (jumladan toshmalar, eshakemi, teri va shilliq qavatlarni qichishi). Yakka hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuz shishi, hansirash va arterial qon bosimini pasayishi bilan kechishi mumkin.
Gepatobiliar tizimi tomonidan jigar funktsiyasi ko‘rsatkichlarini oshishi. Bu ko‘rsatkichlarni oshishi va preparatni qabul qilish sabab-oqibatlari orasidagi bog‘liqlik isbotlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni har qanday moddasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik, qon ketishga moyillik, qon ivish jarayonini sekinlashtiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish, jigar yoki buyrakning og‘ir kasalliklarida (shunga o‘xshash hollarda ushbu dori vositasini qo‘llash tajribasi yetarli bo‘lmaganligi tufayli) qo‘llash mumkin emas..
Ehtiyotkorlik bilan. Rezistol preparatida 12 h.% li etanol saqlanadi.
Dorilarni o‘zaro ta'sirlari
O‘zaro ta'sirlari to‘g‘risida xabarlar mavjud emas.
Rezistol preparatini qon ivishi ko‘rsatkichlariga ta'sir qilishi mumkinligi tufayli, kumarin hosilalari va boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ivishiga to‘sqinlik qilishi, ularni antikoagulyat ta'sirini kuchaytirishi ehtimolini istisno qilish mumkin. Rezistol preparatini penitsillin V bilan hech qanana o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Homilador va emizish davridagi ayollarda Rezistol preparatini qo‘llash bo‘yicha tajriba yetarli bo‘lmaganligi sababli, homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati. Preparatni avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishdagi reaktsiya tezligiga ta'siri o‘rganilmagan, lekin preparat 12 h.% li enatol saqlashini hisobga olish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida xabarlar mavjud emas.
Nojo‘ya reaktsiyalar kuchayishi mumkin.
Chiqarilish shakli
20 ml dan yoki 50 ml dan tomchilagichi bo‘lgan tiqinli va birinchi ochish nazorati bo‘lgan qopqoqli flakonlarda; 1 flakonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil
O‘ram ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati – 3 oy
Saqlash sharoiti
Original o‘ramda, 25 oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Galichfarm» JAJ.
Ukraina, 79024, Lvov sh., Oprishkovskaya ko‘chasi, 6/8.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasida “Arterium” Korporatsiyasini vakolatxonasi, Tashkent sh., 100000, Mustakillik ko‘chasi, 59-uy.
tel. +99871 237 51 53
faks +99871 237 51 54
e-mail Tashkent@arterium.ua
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.