Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Парацетамол, кофеин, фенилэфрин, хлорфенамин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Shreya Life Sciences Pvt. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Ichishga mo‘ljallangan eritma tayyorlash uchun kukun
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- ATS kodi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rinikold
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 500 mg paratsetamol, 30 mg kofein, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, kraxmal, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolati, jelatin, polivinilpirrolidon, metilparaben, propilparaben.
Ta'rifi oq rangli, kapsula shaklidagi, qobiq bilan qoplanmagan, bir tomonida bo‘luvchi o‘yiqchasi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATS kodi
N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Paratsetamol isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Fenilefrin qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatib burun bitishini va burundan suyuqlik oqishini kamaytiradi. Xlorfeniramin allergiyaga va shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, burun shilliq qavatini shishini va giperemiyasini bartaraf qiladi allergik rinit simptomlarini bostiradi, nafas olishni osonlashtiradi. Kofein markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bu charchoqni va uyquchanlikni kamaytiradi, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol Paratsetamol me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. U organizmning ko‘pchilik to‘qimalariga tarqaladi. Terapevtik kontsentratsiyalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi minimal, lekin doza oshgan sari ortib boradi. U jigarda metabolizmga uchraydi va asosan faol bo‘lmagan glyukuronid va sulfat kon'yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi.
Kofein Kofein preparat qabul qilingandan keyin 45 minut davomida me'da va ingichka ichakda to‘liq so‘riladi. U organizmning barcha to‘qimalariga tarqaladi va birinchi qator kinetikasi orqali chiqariladi. U MNT va so‘lakka oson o‘tadi; shuningdek ko‘krak sutiga past kontsentratsiyalarda aniqlanadi. Kofein jigarda sitoxrom R450 oksidazalar tizimi yordamida uchta metabolik dimetilksantinlargacha metabolizmga uchraydi. Bu metabolitlarning har biri keyinchalik metabolizmga uchraydi va so‘ngra siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 3 soatdan 7 soatgachani tashkil qiladi.
Fenilefrin gidroxloridi Fenilefrin me'da-ichak yo‘llaridan notekis so‘riladi. U birinchi o‘tishda ichakda va jigarda oksidazalarning monoaminlari metabolizmi orqali o‘tadi. Shunday qilib, biokiraolishligi pasayadi. Metabolizmining asosiy yo‘llari sulfat kon'yugatlari (asosan ichak devorida) va oksidlanishli dezaminizatsiyani (monoaminoksidaza ta'siri ostida) o‘z ichiga oladi; shuningdek glyukuronizatsiya ham kam darajada amalga oshadi. Fenilefrin periferik to‘qimalarda tez taqsimlanishga uchraydi. U yerda ehtimol, bosh miyaga kirishi minimal, yo‘ldosh orqali kirmaydi va ko‘proq darajada ko‘krak sutiga kiradi. Fenilefrin va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Peroral yuborilgandan keyin dozaning taxminan 80% 48 soat davomida siydik bilan, asosan metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Peroral dozaning taxminan 2,5% o‘zgarmagan preparat ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Yarim chiqarilish davri peroral qo‘llanilgandan keyin o‘rtacha 2-3 soatni tashkil qiladi.
Xlorfeniramin maleati Xlorfeniramin me'da-ichak yo‘llaridan nisbatan sekin so‘riladi, plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyalariga peroral yuborilgandan keyin taxminan 2,5 soatdan 6 soatgacha vaqtda erishilgan. Kattalarga nisbatan bolalarda tezroq va kengroq so‘rilishi, klirensini tezligi va yarim parchalanish davrini qisqaroqligi qayd etilgan. Xlorfeniramin organizmda keng taqsimlanadi va markaziy nerv tizimiga kiradi. Biokiraolishligi past, 25% dan 50% gacha ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Qonda aylanib yurganda xlorfeniraminning taxminan 70% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Xlorferinaminning farmakokinetikasida keng individual farqlar mavjud; 2 soatdan 43 soatgacha diapazonda yarim parchalanish davri ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Xlorfeniramin maleati faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlari dismetil va didismetilxlorfeniraminni o‘z ichiga oladi. Preparat o‘zgarmagan va uning metabolitlari ko‘rinishida organizmdan asosan siydik orqali chiqariladi; chiqarilishi siydikning rN va tezligiga bog‘liq. Faqat juda kam miqdorlari axlatda aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Tumov, burun bitishi hissi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1-2 tabletkadan har 4-6 soat ichga tavsiya qilinadi. Maksimal sutkalik doza 8 tabletkani tashkil qiladi.
6 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletkadan har 4-6 soatda buyuriladi, ammo 5 kun davomida kuniga 4 martadan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llaganda nojo‘ya samaralar kam hollarda namoyon bo‘ladi.
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan hollarda, ular allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, Rinikold tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish, tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, beta-adrenoblokatorlar, homiladorlik, laktatsiya davri, bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalligi, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, yopiq burchakli glaukoma, prostata bezi adenomasi; Jilber sindromi, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezi kasalligida, qandli diabetda, bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat MAO ingibitorlari, sedativ preparat, etanolning samaralarini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi preparatlar, antipsixotik vositalari, fenotiazin xosilalari siydik tutilish, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furozolidon bilan birgada qo‘llanilganida gipertonik kriz, qo‘zg‘alish, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simpatomimetik ta'sirlarni, galotan esa qorinchalar artmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Preparat guanetidinni gipotenziv ta'sirini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida fenilefrinni alfa-adrenostimulyatsiya qiluvchi faolligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolanish davrida alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish kerak. Diqqatni yuqori jamlash, harakat va ruhiy reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Rinikold 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homilador va emizikli ayollarga qabul qilish tavsiya etilmaydi. Rinikoldni paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinishi kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
, odatda paratsetamol bilan bog‘liq. Bunda teri rangini oqarib ketishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; jigar transaminazalarni faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi kuzatilishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
ko‘rinishlarida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash me'dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
4, 10 tabletkadan PVX - alyumin folgali blisterda yoki alyumin folgali stripda.
1 blisterdan yokistripdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramga joylanadi.
25 o‘ramdan (№4 tabletka uchun) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
Shreya Layf Sayensiz Pvt. Ltd., Hindiston
Shreya Xaus, 301/A, Pereira Xil Roud, Anderi (Ist.), Mumbay – 400 099
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.