Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vraggripp Tab №100 (25*4)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Парацетамол, фенилэфрин, кофеин, хлорфенамин
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vraggripp
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
paratsetamol B.F.- 500 mg,
fenilefrin gidroxloridi B.F. - 5 mg,
kofein B.F.- 30 mg,
xlorfeniramin maleati B.F.- 2 mg;
yordamchi moddalar laktoza, ikki asosli kaltsiy fosfati, povidon (pvp k-30), magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan talk.
Ta'rifi sariq, kapsula shaklidagi, bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan boshqa tomoni silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.
ATX kodi N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir mexanizmi
Paratsetamol. Paratsetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida yaxshi ma'lum. Paratsetamol asosan isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyatsiyaning gipotalamik markazlariga bevosita ta'siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, tanadan issiqlikni ajralishi kuchayadi.
Fenilefrin gidroxloridi. Fenilefrin gidroxloridi adrenergik retseptorlarga bevosita ta'sir qiladigan adrenomimetik vosita hisoblanadi (asosan alfa-adrenergik faolligi), bu burun shishini kamayishiga olib keladi.
Kofein. Kofein markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishga nisbatan ksantinni faolroq hosilasi hisoblanadi, bu tetiklik holatiga va aqliy faolligini oshishiga olib keladi.
Xlorfeniramin maleati Xlorfeniramin maleati kuchli ta'sir qiluvchi antigistamin (N1-antagonisti) preparati hisoblanadi. Antigistamin preparatlar to‘qima sohasida gistaminni N1-retseptorlarini raqobatli qaytuvchan blokadasi orqali organizmda gistaminni ta'sirini kamaytiradi yoki neytralizatsiya qiladi. Shuningdek xlorfeniramin maleati antixolinergik faolikka ham ega.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol jigarning mikrosomal fermentlari orqali metabolizmga uchraydi. U me'da-ichak yo‘llaridan tez va to‘liq so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga yarim soatdan bir soatgacha erishiladi, plazmadagi yarim parchalanish davri bir soatdan uch soatgacha vaqtni tashkil qiladi, so‘ngra butun organizm bo‘ylab teng taqsimlanadi. Fenilefrin gidroxloridi me'da-ichak yo‘lidan notekis so‘riladi.
Kofein me'da-ichak yo‘llarida tez so‘riladi.
Xlorfeniramin peroral qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo‘lidan yaxshi so‘riladi. Samarasi 30 minut davomida, maksimum 1-2 soat davomida namoyon bo‘ladi va 4 soatdan 6 soatgacha davom etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri baholashga ko‘ra, 12 soatdan 15 soatgachani tashkil qiladi.
Xlorfeniramin metabolizmi natijasida monometil va dimetil hosilalari hosil bo‘ladi.
Peroral dozaning taxminan 22% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Faqat ozgina miqdorigina ahlatda aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Vraggripp oddiy shamollashni davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi. Shamollash, gripp, sinusitning turli belgilarini samarali yengillashtirish uchun qo‘llanadi, burun shilliq qavatini shishi, rinit, isitmalash, bosh og‘rig‘i, aksa urishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral buyuriladi.
Kattalarga Bir tabletkadan sutkada 3-4 marta, lekin sutka davomida 4 tabletkadan oshmasligi kerak yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Bolalarga 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashda dozani shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘pchilik hollarda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Paratsetamolning nojo‘ya ta'sirlari odatda kuchsiz namoyon bo‘ladi. Gematologik tizim tomonidan reaktsiyalar haqida xabarlar bor. Ba'zida toshmalar va boshqa allergik teri reaktsiyalari (toshma, eritema, eshakemi) paydo bo‘ladi.
Odatda kofein bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari me'da-ichak yo‘llarini ta'sirchanlik va markaziy nerv tizimini rag‘batlantirishidir (bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta'sirchanlik). Fenilefrinning nojo‘ya ta'sirlari - arterial gipertenziya, taxikardiya. Xlorfeniraminning nojo‘ya ta'sirlari - xlorfeniramin maleati qabul qilganidan keyingi ko‘ngil aynishi, qusish yoki qorin og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Preparatning komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
• Feoxromatsitoma;
• Paratsetamol yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
• Bolalar (12 yoshgacha);
• Homiladorlik, laktatsiya davri;
• Jigar yoki buyrak yetishmovchiligida;
• Gipertoniya;
• Gipertireoz;
• Diabet va yurak kasalligi;
• Tritsiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan, shuningdek monoaminoksidaza ingibitorlarni qabul qilayotgan yoki so‘nggi ikki haftada qabul qilgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Vraggripp monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin monoaminoksidaza ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik xuruj, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simptomatik ta'sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo‘llash yurak qorinchalari aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimulyatsiyalovchi faolligini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta'sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste'mol qilish mumkin emas.
Vraggripp tabletkalarini quyidagi kasalliklarda faqat shifokor nazorati ostida qo‘llash lozim
• Prostata bezini kattalashishi
• Vazopastik buzilishlar (masalan, Reyno Fenomeni)
• Yurak-qon tomir kasalliklari
• Ushbu preparat varfarin va boshqa simptomatik vositalarni (dimlanishga qarshi, ishtahani pasaytiruvchi vositalar va amfetamin kabi psixostimulyatorlar) qabul qilayotgan patsiyentlar qo‘llashi mumkin emas.
• Agar yuqorida ko‘rsatilgan sharoitlarda preparat qabul qilinsa, kofeinni (kofe, choy va boshqa) haddan ziyod qabul qilishdan saqlanish lozim, shuningdek paratsetamol saqlovchi preparatlarni bekor qilish kerak. Ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin.
Preparatni nojo‘ya ta'sirlaribelgilari yoki dozani oshirib yuborish hollari paydo bo‘lganda shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va laktatsiya
Fenilfrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati va kofenin saqlaganligi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya etilmaydi (bolani kam vazn bilan tug‘ilishi, homilani o‘z-o‘zidan tushishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tirishish xavfi oshadi).
Preparatni shifokor ruhsat bergan zarur holatlardan tashqari, emizish vaqtida qo‘llanilmasin.
(kofein gemato-yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tib va ko‘krak sutiga chiqarilib, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda so‘rilmaydi, organizmda to‘planib jizzakilik va bezovtalikni chaqirib nerv tizimi faoliyatini buzadi).
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Bosh aylanish holatlari bo‘lishi haqida patsiyentlarni ogohlantirish lozim, natijada – avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ruxsat etilmaydi.
Xlorfeniramin maleati uyquchanlik, bosh aylanishi, ko‘rishni xiralashuvi va psixomotor yomonlashuvni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda patsiyentlar uchun jiddiy to‘siqlarga olib keladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari allergik reaktsiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh
aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish.
Davolash me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
4 tabletka alyumin folgali blisterda.
Har bir strip karton konvertda.
25 konvertlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.