Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Aktinak tab. 100 mg № 20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацеклофенак
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 мг
Производитель
Ajanta Pharma Limited
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Aktinak 100
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atseklofenak
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda atseklofenak - 100 mg;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, kraxmal natriy glikolyati, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan suv, natriy kroskarmellozasi, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, Instakoat Sol (IC-S-168) ko‘ki, izopropil spirti, dixlormetan.
Ta'rifi oval, ikkiyoqlama qavariq, yorqin zarg‘aldoq rangdan och zarg‘aldoq ranggacha bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita
ATX kodi M01AV16
Farmakologik xususiyatlari
Atseklofenak – bu yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarga ega nosteroid vosita.
Atseklofenakning ta'sir mexanizmi asosan prostaglandlarning sintezini ingibirlashga asoslangan. Atseklofenak – bu prostaglandlarning ishlab chiqarilishiga javobgar siklo-oksigenaza enzimining kuchli ingibitoridir.
Farmakokinetikasi
Peroral qabul qilinganidan so‘ng, atseklofenak o‘zgarmagan dori ko‘rinishida tez va to‘liq so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga so‘rilganidan so‘ng taxminan2,25-3 soatdan keyin erishiladi. Atseklofenak sinovial suyuqlikka o‘tadi, u yerdagi kontsentratsiyasi plazmadagining taxminan 57% ga yetadi. Taqsimlanish xajmi taxminan 25 l. Yarim chiqarilish davri 4 soat.
Atseklofenak proteinlar bilan yuqori bog‘lanadi (>99%). Atseklofenak o‘zgarmagan dori ko‘rinishda taqsimlanadi. 4-gidroksiatseklofenak plazmada aniqlanadigan asosiy metabolitidir. Qabul qilingan dozaning taxminan uchdan ikki qismi asosan gidroksimetabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Ilgari atseklofenakning farmakokinetikasida o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Aktinak osteoartrit, revmatoid artrit va ankilozlovchi spondiloartritda og‘riq va yallig‘lanishni yengillatish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Atseklofenakning odatdagi dozasi 100 mg va kuniga 2 marta peroral qabl qilinadi. Bir tabletka ertalab va bir tabletka kechqurun. Buyraklarning faoliyati yengil yoki o‘rtacha buzilgan patsiyentlarda atseklofenakning dozasini o‘zgartirish kerakligi haqida aniqlik yo‘q, ammo boshqa NYaQV kabi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Buyraklarning faoliyati buzilgan patsiyentalarda atseklofenakning dozasini pasaytirish kerakligi haqida aniqlik bor va bu boshlang‘ich doza 100 mg bo‘lishi kerakligi ko‘rsatadi.
Atseklofenak tabletkalarini butunligicha yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Sog‘lom ko‘ngillilarga atseklofenak bo‘sh va to‘liq me'daga buyurilganida atseklofenakning faqat so‘rilish tezligi va davomiyligiga ta'sir qilgan, shuning uchun atseklofenakni ovqat bilan qabul qilish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Atseklofenak yaxshi o‘zlashtiriladi, ko‘pchilik MIY tizimi tomonidan kuzatiladigan noxush holatlar orqaga qaytuvchi va ahamiyatsiz.
Ko‘pchilik tarqalgan hollarga dispepsiya va qorin og‘rig‘i kiradi (>5% hollar) Atseklofenak bilan bog‘liq bo‘lgan bosh aylanishi, qichishish, toshma va dermatit xabar qilingan, lekin bu hollar kam kuzatilgan (<5%).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
NYaQV larni anamnezida faol yoki taxmin qilingan peptik yara yoki me'da-ichak qon ketishlari bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Aktinakni buyraklar faoliyatining o‘rtacha yoki og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida Aktinakni tavsiya qilish, buning uchun jiddiy sabablar bo‘lmasa mumkin emas.
Aktinakni atseklofenakka oldindan sezgir yoki aspirin yoki NYaQV lar astma xurujlari, o‘tkir rinit yoki urtikardiyalar chaqirgan yoki bu dori vositalarga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Aktinakni har qanday ingrediyentlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik choralari
Umumiy
• Sinchkov tibbiy nazorat me'da-ichak kasalliklari bo‘lgan, anamnezida me'da-ichak yarasi, yarali kolit yoki Kron kasalligi, gemorragik diatez yoki gematologik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga juda muxim.
• Me'da-ichakdan qon ketishlar, yoki yarani perforatsiya bo‘lishi, qon qusish va melayena, umuman olganda keksa odamlarda jiddiy oqibatlarga ega. Ular ogohlantiruvchi simptomlar bilan yoki ularsiz davolanishning xoxlagan vaqtida kuzatilishi mumkin. Atseklofenak qabul qilayotgan patsiyentlarda me'da-ichakdan qon ketishi yoki yarasi kuzatiladigan alohida xollarda davolash to‘xtatilishi kerak. Buyraklar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ham sinchkov tibbiy nazorat kerak.
• Atseklofenak shishlar, buyraklar yoki yurak-tomir buzilishlari bo‘lgan keksa patsiyentlar yoki boshqa dori vositalarini qabul qilayotganlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Eng past samarali doza ishlatilishi kerak va buyraklarning faoliyati muntazam tekshirilishi kerak.
• Boshqa NYaQV kabi, allergik reaktsiyalar, shuningdek anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar, ham preparatga erta kuzatilishi mumkin.
• Buyraklarda qon oqimini tutib turishida prostaglandinlarning muhimligini, buyraklar yoki jigar faoliyati buzilgan, jarroxlik muolajasidan keyingi tiklanuvchi yoki diuretiklar bilan davolangan patsiyentlarda xisobga olinishi kerak. Buyraklar faoliyatiga samarasi Atseklofenak bekor qilinganida odatda orqaga qaytadi.
• Anamnezdagi koaglyatsiyaning buzilishlari va jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar extiyotkorlikka rioya qilishlari kerak.
• Qon tahlili, buyraklar va jigar faoliyati uzoq muddatli davolash vaqtda kuzatilishi kerak. Jigar enzimlarning darajasini doimo yuqori bo‘lishi atseklofenakni bekor qilishni talab qiladi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Atseklofenak bilan bog‘liq dorilarni o‘zaro ta'siri, boshqa NYaQV bilan kuatiladigan dorilarni o‘zaro ta'siri bilan o‘xshash.
Atseklofenak plazmada litiy, digoksin va metotreksanning kontsentratsiyasini oshirishi, antikoagulyantlarning faolligini oshirishi, diuretiklarning faolligini ingibirlashi, siklosporinning nefrotoksikligini kuchaytirishi va xinolon antibiotiklari bilan bir vaqtda buyurilganida konvulsiyani tezlashtirilishi mumkin.
Kaliy tejovchi diuretiklar bilan birga buyurilganida zardobdagi kaliyni tekshirish kerak.
Bundan tashqari, gipo-yoki giperkaliyemiya atseklofenak va antidiabetik dori vositalarni birga qo‘llash sababli, garchi kam bo‘lsa ham kuzatilishi mumkin.
Agarda NYaQV va metotreksat bir-biridan taxminan 2-4 soat interval bilan buyurilsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki NYaQV plazmada metotreksatning darajasini oshirishi mumkin, bu toksiklikni oshishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik
Dori vositasi homilador ayollarga tavsiya qilinmaydi.
Emizish davri
Dori vositasi emizikli ayollarga tavsiya qilinmaydi.
Pediatriyada ishlatilishi
Bolalarda atseklofenakni qo‘llash bo‘yicha klinik ma'lumotlar yo‘q.
Avtomobilni va mashinalarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bosh aylanishi yoki MNT ni boshqa buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar NYaQV ni qabul qilayotgan vaqtda, avtomobilni yoki xavfli texnikalarni boshqarishdan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Har birida 10 tabletkadan 2 blister.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
36 oy
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
Adjanta Farma Limited
Adjanta Xaus, Charkop, Kandivli (3)
Bombey 400 067, Xindiston.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
100015, g. Tashkent, Mirabadskiy rayon, ul. Oybek, d. 44.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.