Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аrtoksan gel 1% 45 g №1
Nomi | Narx | |||||
Артоксан гель 1% 45г №1 (301880##2 218) |
UZS 64 200
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Теноксикам
Страна производитель
Турция
Дозировка
1% 45г
Производитель
Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Artoksan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tenoksikam
Dori shakli
gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda 10 mg tenoksikam;
yordamchi moddalar karbomer, 96% li etanol, trietanolamin, tozalangan suv.
Ta'rifi kuchsiz spirt hidli, bir xil, tiniq, biroz sarg‘ish tusli gel.
Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun nosteroid yalllig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi M01AS02
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
si
Artoksan – sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Yaqqol va uzoq vaqt davomida og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig‘lanish o‘chog‘ida SOG-1 va SOG-2 larni noselektiv susayishi, araxidon kislotasining metabolizmini buzilishi va prostaglandinlar biosintezini susayishi bilan bog‘liq.
Yallig‘lanishga qarshi samarasi kapillyar qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini kamayishi (ekssudatsiyani cheklaydi), lizosomalarning membranalarini barqarorlashuvi (lizosomalar tomonidan to‘qimalarni shikastlanishini keltirib chaqiradigan fermentlarni ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi), yallig‘lanish mediatorlari (prostaglandinlar, gistamin, bradikinin, limfokinlar, komplement omillari) ni sintezini susayishi yoki faolsizlanishi bilan ifodalanadi. Tenoksikam yallig‘lanish o‘chog‘ida erkin radikallarning miqdorini kamaytiradi, xemotaksis va fagotsitozni susaytiradi. Yallig‘lanishning proliferativ fazasini tormozlaydi, to‘qimalarda yallig‘lanishdan keyin skleroz rivojlanishini kamaytiradi; xondroprotektor ta'sir ko‘rsatadi.
Har qanday etiologiyali og‘riq sindromining jadalligini kamaytiradi yoki bartaraf qiladi, ertalabki tanglikni kamaytiradi, shikastlangan bo‘g‘imlarning harakatchanligini oshiradi. Uzoq muddat qo‘llanganida desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Uzoq vaqt davomida ta'sir qilish tenoksikamning o‘ziga xos hususiyati hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Yarim chiqarilish davri uzoq davom etadi – 60-75 soatni tashkil etadi. Gistogematik to‘siqlardan oson o‘tadi, sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi. Teri orqali so‘riladigan tenoksikamning miqdori u surtiladigan terining maydoniga proportsionaldir, shuningdek preparatning umumiy dozasiga va terining gidratatsiya darajasiga bog‘liq. Metabolizmi asosan gidroksillanish yo‘li bilan amalga oshadi. Metabolitlarining asosiy qismi siydik bilan nofaol metabolitlar holida, qolgan qismi – safro bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Artoksan geli mushaklar va bo‘g‘imlarning, quyidagilar kabi, kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq sindromini davolash uchun mo‘ljallangan
• revmatoid artrit, osteoartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias;
• yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to‘qimalarni shikastlanishi va boshqalar);
• yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarni jarohatdan keyingi yallig‘lanishi (cho‘zilishlari, haddan ziyod zo‘riqishlari va lat yeyishlari oqibatida) ni davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Artoksan geli sutkada 1-2 marta sirtga surtiladi. Uzunligi taxminan 2-5 sm (1-2 g gel) bo‘lgan gelning tasmasi teriga qo‘yiladi va yengil surtiladi.
Preparat surtilganidan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak.
Davolashning davomiyligi qo‘llash uchun ko‘rsatmalarga va davolash samaradorligiga bog‘liq. Preperat qo‘llangandan so‘ng 2 haftadan keyin davolashni davom ettirish maqsadga muvofiqligini shifokor bilan maslahatlashish kerak. Yumshoq to‘qimalarni shikastlanishida yoki yumshoq to‘qimalarni revmatik kasalliklarida preparatni to‘xtamasdan 14 kundan ortiq va artrit bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqda – 21 kundan ortiq (agar shifokor boshqa davolash sxemasini buyurmagan bo‘lsa) qo‘llash mumkin emas. Agar 7 kun davomida klinik dinamikani ijobiy tomonga o‘zgarishi kuzatilmasa yoki patsiyentning ahvoli og‘irlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Artoksan gel shaklida nojo‘ya reaktsiyalarni kam chaqiradi.
Nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), uchrash tezligi noma'lum (mavjud bo‘lgan ma'lumotlar asosida uchrash tezligini baholash imkoni yo‘q).
Immun tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – bronxial astma, anafilaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish kabi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar tez-tez emas – qichishish, eritema, ekzantema, toshma, eshakemi; kam hollarda – vezikulo-bullyoz reaktsiyalar; juda kam hollarda – terida og‘ir darajadagi noxush reaktsiyalar Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz; uchrash tezligi noma'lum – yorug‘likka sezuvchanlik reaktsiyasi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQV ga yuqori sezuvchanlikda;
• teri qoplamlarining butunligi buzilganida;
• homiladorlikni III uch oyligida;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sirlarni rivojlanishi ehtimoli kam, chunki tenoksikam sirtga qo‘llanganida uni tizimli so‘rilishi yuqori emas. Preparatni boshqa NYaQV bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Artoksan gelini mahallik kosmetik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Artoksan gelini faqat shikastlanmagan teriga surtish, ochiq jarohatlarga surtishdan saqlanish kerak. Gel surtilganidan so‘ng okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zlarga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Juda kam hollarda NYaQV qabul qilinganida terida jiddiy reaktsiyalar, ba'zida hayot uchun havf tug‘diruvchi reaktsiyalar, jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kuzatilishi mumkin. Ushbu noxush reaktsiyalarning belgilari va simptomlari xaqida patsiyentlarni ogohlantirish kerak, teri qoplamlari tomonidan noxush reaktsiyalarni aniqlash maqsadida patsiyentlarni kuzatish kerak. bunday reaktsiyalarni rivojlanish havfi davolashning boshlanishida eng yuqori bo‘ladi ko‘pchilik hollarda reaktsiyalar davolanishning birinchi oyida rivojlanadi. Teri toshmalari, shilliq qavatlarni shikastlanishining birinchi belgilari yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo‘lganida Artoksan preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Buyrak porfiriyasi (zo‘rayish bosqichi), me'da-ichak yo‘llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, pankreatit, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astmada, biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida Artoksan preparati ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda noxush reaktsiyalarni rivojlanish havfi oshadi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador va emizikli ayollarda Artoksan gelini qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, ushbu toifadagi patsiyentlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Artoksan avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam. Preparat bexosdan ichga qabul qilinganida tenoksikamning peroral shakli uchun xos bo‘lgan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanganida me'dani yuvish va adsorbent qabul qilish tavsiya etilgan. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Gel 45 g dan alyumin tubada.
1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Savdo belgisi va qayd etish sertifikatining egasi
«Rotafarm Ilachlarы Limited Shirketi», Turkiya
("Rotapharm Ilaçlari Limited Şirketi", Turkey).
Ishlab chiqarilgan
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjыlar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
"World Medicine İlaҫ San. ve Tic. A.Ş.", Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Tar Pharm Alliance» MChJ,
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Sayxun ko‘ch, 166 uy
Telefon 277-76-78, 277-76-48
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.