Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Artoksan tabletkalar 20mg. №10
Nomi | Narx | |||||
Артоксан таблетки 20мг. №10 (304001480##2 202) |
UZS 65 500
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Артоксан таблетки 20мг. №10 (304001480##2 232) |
UZS 63 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Теноксикам
Страна производитель
Египет
Дозировка
20 мг
Производитель
Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Global Napi Pharmaceuticals
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Artoksan
Ta'sir etuvchi modda (XPN) tenoksikam
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda tenoksikam – 20 mg;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, magniy stearati, oldindan jelatinlangan makkajo‘xori kraxmali, talk.
qobig‘ini tarkibi sariq Opadri II 85F220095 (polivinil spirti, titan dioksidi, polietilenglikol ,talk, temir II oksid bo‘yovchisi, sariq sanset FCF alyumin laki, tartrazin alyumin laki,).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. Oksikamlar.
ATX kodi M01AC02
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Tenoksikam nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV) guruhiga mansub bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi hususiyatlarga ega.
Tenoksikam siklooksigenaza 1 va 2 turlarini (TSOG-1 va SOG-2) ingibitsiya qiladi va ham in vitro (qo‘ylarning urug‘donlari), ham in vivo (sichqonlarda araxidon kislotasining toksik ta'siridan himoya qiladi) sharoitlarida prostaglandinlar biosintezini ahamiyatli darajada izdan chiqaradi, bundan tashqari trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi.
In vitro sharoitida COS-7 hujayralaridan olingan odamning rekombinant SOG izoshakllari yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, tenoksikam SOG-1 va SOG-2 larni taxminan bir xil darajada ingibitsiya qilishi aniqlangan, SOG-2/TSOG-1 nisbati 1,34 qiymatni tashkil etadi.
In vitro sharoitida leykotsitlar peroksidazalari yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, tenoksikam yallig‘lanish o‘chog‘ida kislorodning faol shakllarini hosil bo‘lishini pasaytirishi mumkin deb taxmin qilish imkonini beradi.
In vitro sharoitida tenoksikam odamda tog‘ayni shikastlaydigan metalloproteinazalar (stromelizin va kollagenaza) ning faolligini ahamiyatli darajada kamaytiradi.
Ehtimol, yuqorida sanab o‘tilgan farmakologik hususiyatlari, tayanch-harakat apparatining, og‘riq sindromi bilan kechuvchi, yallig‘lanish va degenerativ kasalliklarini davolashda tenoksikamning klinik samaradorligiga hech bo‘lmaganda qisman sababchi bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Peroral qabul qilinganidan tenoksikam to‘liq so‘riladi va tizimli qon oqimiga o‘zgarmagan holda o‘tadi, uning biokiraolishligi 100% ni tashkil etadi.
Tenoksikam och qoringa qabul qilinganidan so‘ng dori vositasi qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 1-2 soatdan keyin erishadi; ovqat bilan birga qabul qilinganida tenoksikamni so‘rilish tezligi ahamiyatsiz darajada pasayadi, biroq bunda so‘rilish darajasi o‘zgarmaydi.
Taqsimlanishi. Vena ichiga yuborilganidan so‘ng dastlabki uch soat davomida tenoksikamning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi tezda kamayadi.
Tenoksikam vena ichiga yuborilgandan keyin ham, peroral qabul qilinganidan keyin ham to‘rt soatdan keyin qon plazmasidagi kontsentratsiyalari o‘rtasidagi farq bo‘maydi. Dori vositasining taqsimlanish hajmi muvozanat holatida o‘rtacha 10-12 l ni tashkil etadi.
Qon plazmasida tenoksikam 99% dan ko‘proq darajada albumin bilan bog‘lanadi. Tenoksikam sinovial suyuqlikka yaxshi o‘tadi, biroq dori vositasining u yerda maksimal kontsentratsiyalarga qon plazmadagiga nisbatan kechrok erishadi.
20 mg dan sutkada 1 marta tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida tenoksikam qon plazmasida muvozanat kontsentratsiyasiga 10-15 kun davomida erishadi; bunda organizmda dori vositasini to‘planishi kuzatilmaydi. 20 mg dan sutkada 1 marta dozada peroral qabul qilinganida tenoksikamning qon plazmasidagi o‘rtacha muvozanat kontsentratsiyasi 11 mg/ml ni tashkil etadi, va u dori vositasi 4 yilgacha vaqt davomida ishlatilganida o‘zgarmaydi. Tenoksikamning qon plazmasidagi muvozanat kontsentratsiyasi bir marta qabul qilingandagi qiymatdan 6 barobar yuqori bo‘ladi (dori vositasi bir marta qabul qilingandan keyingi kinetikasiga asoslangan baholash).
Tenoksikam 20 mg dozada (qobiq bilan qoplangan tabletkalar) avval 7 kun davomida, so‘ngra esa 14 kun davomida har kuni peroral qabul qilinganidan so‘ng, muvozanat holatiga 10-15 kundan keyin erishilgan; bunda organizmda dori vositasini to‘planishi kuzatilmagan.
Tenoksikam bir marta qabul qilinganidan so‘ng faqat ahamiyatsiz miqdorlarda (dozaning 0,3% dan kamroq qismi) ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlangan.
Metabolizmi va chiqarilishi. Tenoksikamni yarim chiqarilish davri o‘rtacha 72 soat (42-98 soat) ni tashkil etadi, umumiy plazma klirensi minutiga 2 ml ni tashkil etadi. Tenoksikam deyarli butunlay metabolizmga uchraydi va organizmdan nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Peroral qabul qilinganidan so‘ng dozaning taxminan 2/3 qismi siydik bilan (asosan nofaol 5-gidroksitenoksikam metaboliti ko‘rinishida) chiqariladi, qolgan miqdori esa safro bilan (asosan glyukuron kislotasi bilan kon'yugatsiyalangan shaklda) chiqariladi; dozaning 1% dan kamroq qismi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Tenoksikam 10 mg dan 100 mg gacha bo‘lgan dozalar diapazonida proportsional farmakokinetikaga ega.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlarda va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki jigar sirrozi bilan xastalangan patsiyentlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning ma'lumotlari, ularda dori vositasining qon plazmasidagi kontsentratsiyasini, sog‘lom ko‘ngillilardagi kontsentratsiyalar bilan yaqin kontsentratsiyalarga erishishi uchun bunday patsiyentlarda tenoksikamning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo‘qligidan dalolat beradi.
Revmatik kasalliklar bilan xastalangan patsiyentlarda tenoksikamning farmakokinetik profili sog‘lom ko‘ngillilardagi profil bilan o‘xshash.
Tenoksikam plazma oqsillari bilan bog‘langanligi tufayli, dori vositasi qon plazmasida albuminning kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada past bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qo‘llanilishi
- tayanch-harakat apparatini, og‘riq sindromi bilan kechuvchi, quyidagi yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari (simptomatik davolash)
- revmatoid artrit;
- osteoartrozni zo‘rayishi (qisqa muddatli davolash);
- ankilozlanuvchi spondilit;
- bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka yoki chanoq-son bo‘g‘imi periartriti);
- podagrani zo‘rayishi;
- operatsiyadan keyingi og‘riq sindromi;
- birlamchi dismenoreyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfini minimal darajaga yetkazish maqsadida Artoksan preparatini kasallikning simptomlarini yengillashtirish uchun kerak bo‘ladigan maksimal qisqa vaqt davomida qo‘llash tavsiya etiladi.
Dozalash tartibi
Barcha ko‘rsatmalarda (operatsiyadan keyingi og‘riq sindromidan tashqari) tavsiya etilgan dozasi 20 mg tenoksikam (1 tabletka) ni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi (sutkaning aynan bir xil vaqtida qabul qilgan afzal).
Ko‘pchilik patsiyentlarda samarani bir maromda tutib turuvchi doza sifatida qo‘llash mumkin bo‘lgan tenoksikamning 20 mg sutkalik dozasini oshirish mumkin emas, chunki bunda har doim ham yanada yaqqol terapevtik samaraga erishilmaydi, nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi oshadi.
Uzoq muddat davolash kerak bo‘lgan patsiyentlarda tenoksikamning samarani bir maromda ushlab turuvchi 10 mg (1/2 tabletkasi) sutkalik dozasi samarali bo‘lishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlarda, uzoq muddat davolashda ham, qisqa muddat davolashda ham, tenoksikamni 10 mg dozada qo‘llash tavsiya etiladi.
Surunkali kasalliklarni davolashdagi terapevtik samarasi davolashni boshidanoq kuzatiladi, davolashga nisbatan kuzatilgan javob vaqt o‘tgan sayin oshib boradi.
Osteoartrozni zo‘rayishida davolash davomiyligi 15 kundan oshmasligi lozim.
Podagrani zo‘rayishida tavsiya etilgan dozasi 20 mg (1 tabletka) tenoksikamni tashkil etadi sutkada 1 marta qabul qilinadi; davolash davomiyligi 7 kunni tashkil etadi.
Operatsiyadan keyingi og‘riq sindromida tavsiya etilgan dozasi 40 mg (2 tabletka) tenoksikamni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi; davolash davomiyligi 5 kundan oshmasligi lozim.
Birlamchi dismenoreyada tavsiya etilgan dozasi 20 mg (1 tabletka) tenoksikamni tashkil etadi, sutkada 1 marta qabul qilinadi; davolash davomiyligi 2 kunni tashkil etadi, zarurat bo‘lganida u 1-3 kunga uzaytirilishi mumkin.
Patsiyentlarning maxsus guruhlari
Buyrak yoki jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Artoksan preparatini yuqorida ko‘rsatilgan tavsiya etilgan dozalarda qo‘llash mumkin (ushbu patsiyentlarning qon plazmasidagi tenoksikamning kontsentratsiyasi dozaga tuzatish kiritilmagan sog‘lom ko‘ngillilarning ko‘rsatkichlariga o‘xshash bo‘lgan).
Bolalar. 18 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda Artoksanni dozalash bo‘yicha tavsiyalar yo‘q, chunki ushbu toifadagi patsiyentlarda preparatni klinik qo‘llash tajribasi yo‘q.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. Nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir asoratlarni rivojlanish havfi keksa yoshdagi patsiyentlarda oshadi. NYaQVni qo‘llash zarur deb hisoblangan holatda, ularni minimal samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qo‘llash kerak. NYaQV bilan davolanish vaqtida me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi simptomlarini erta aniqlash maqsadida patsiyentlarni muntazam monitoringini o‘tkazish kerak.
Qo‘llash usuli
Tabletkalar ichga ovqatlanish vaqtida, bir stakan suv bilan qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klinik tadqiqotlarda ko‘pgina patsiyentlar tavsiya etilgan dozalarda tenoksikam bilan davolashni yaxshi o‘zlashtirganlar. Nojo‘ya reaktsiyalar asosan o‘rtacha yaqqollikda bo‘lgan va orqaga qaytuvchan hususiyatga ega bo‘lgan, patsiyentlarning faqatgina ko‘p bo‘lmagan miqdori ular rivojlanishi oqibatida tenoksikam bilan davolanishni to‘xtatishgan.
Nojo‘ya reaktsiyalar quyida MedDRA bo‘yicha a'zolar-tizimlarini tasnifiga muvofiq ravishda sanab o‘tilgan. Nojo‘ya reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, ammo <1/100); kam hollarda (≥1/10000, ammo <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Qon va limfa tizimlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – anemiya, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya.
Immun tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – hansirash, bronxial astma, anafilaksiya, angionevrotik shish kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Moddalar almashinuvchi va oziqlanish tomonidan tez-tez emas – ishtahani pasayishi.
Ruhiyatni buzilishlari tez-tez emas – uyquni buzilishi; uchrash tezligi noma'lum – ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; uchrash tezligi noma'lum – paresteziya, uyquchanlik.
Ko‘rish a'zolari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – ko‘rishni buzilishi (masalan, ko‘rish o‘tkirligini buzilishi).
Eshitish a'zolari tomonidan va labirint buzilishlari tez-tez emas – vertigo.
Yurak tomonidan tez-tez emas – palpitatsiya; uchrash tezligi noma'lum – yurak yetishmovchiligi.
Qon-tomirlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – arterial gipertenziya, vaskulit.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan tez-tez – epigastral va abdominal og‘riq, dispepsiya, ko‘ngil aynishi; tez-tez emas- me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi (jumladan qon aralash qusish va melena), me'da-ichak yaralari, qabziyat, diareya, qusish, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralarni hosil bo‘lishi, gastrit, og‘izni qurishi; juda kam hollarda – pankreatit; uchrash tezligi noma'lum – me'da-ichak yo‘llari (MIY) perforatsiyasi, kolitni zo‘rayishi va Kron kasalligi, meteorizm.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – qon plazmasida jigar fermentlarining darajasini oshishi; uchrash tezligi noma'lum – gepatit.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan tez-tez emas – qichishish, eritema, toshma, eshakemi; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (TEN); uchrash tezligi noma'lum – fotosensibilizatsiya reaktsiyalari.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan tez-tez emas – qon zardobida mochevina azoti va kreatininning darajalarini oshishi.
Jinsiy a'zolar va sut bezlari tomonidan uchrash tezligi noma'lum – ayollarda bepushtlik.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar tez-tez emas – toliqish, shishlar.
Postmarketing davrda olingan ma'lumotlar
Postmarketing davrda tenoksikamning havfsizlik profili klinik tadqiqotlardagi havfsizlik profili bilan o‘xshash.
SOG/prostaglandinlar sintezi ingibitorlari, jumladan tenoksikam bilan davolangan ayollarda bepushtlikni yagona holatlari xaqida xabarlar mavjud.
NYaQV qo‘llanganida yurak va qon-tomirlari tomonidan, shishlar, arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi, kabi nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish holatlari kuzatilgan.
Klinik va epidemiologik tadqiqotlarning natijalari, SOG-2 ning selektiv ingibitorlari va ayrim NYaQV bilan davolanganda (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida ishlatilganida) arterial trombozlarni (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanish havfini biroz oshishi mumkinligidan dalolat beradi.
Tenoksikam qo‘llanganida trombotik asoratlarni, masalan miokard infarktini rivojlanish tezligi oshmaganligiga qaramay, ushbu dori vositasi uchun bunday havfni butunlay istisno qilish imkonini beruvchi ma'lumotlar yetarli emas.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar haqida xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq ravishda xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning faol moddasiga, boshqa NYaQVga yoki yordamchi moddalaridan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- anamnezida salitsilatlar va boshqa NYaQVni qabul qilishga bronxial astma, rinit, eshakemi, angionevrotik shish yoki anafilaksiya (arterial gipotenziya, shok) kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari;
- NYaQV bilan oldindan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki perforatsiyasi, shu jumladan anamnezida kuzatilganligi;
- o‘tkir peptik yara yoki me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, qaytalanuvchi yara yoki anamnezida me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi (yara hosil bo‘lishi va qon ketishini ikki yoki undan ortiq isbotlangan holatlari);
- galaktozani o‘zlashtirolmaslik (galaktozemiya), laktaza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktoza malabsorbtsiyasi kabi kam uchraydigan naslik kasalliklar;
- og‘ir yurak yetishmovchiligi;
- og‘ir jigar yetishmovchiligi;
- og‘ir buyrak yetishmovchiligi;
- homiladorlikning uchinchi uch oyligida preparatni qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antikoagulyantlar. Tenoksikam tavsiya etilgan dozalarda past molekulyar geparinlar, varfarin yoki fenprokumon bilan bir vaqtda qo‘llanganida dorilarning o‘zaro ta'siri aniqlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, tenoksikamni antikoagulyantlar bilan majmuada qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Antiagregantlar va SQQSI (serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari). NYaQV antiagregant yoki SQQSI bilan majmuada qo‘llanganida me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi havfi oshadi.
Peroral gipoglikemik vositalar. Tenoksikam peroral gipoglikemik vositalar (glibornurid, glibenklamid, tolbutamid) ning klinik samaradorligiga ta'sir qilmaydi. Biroq, boshqa NYaQV bilan bo‘lgani kabi, Artoksan va peroral gipoglikemik vositalar bilan majmuaviy davolash olayotgan patsiyentlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Salitsilatlar va boshqa NYaQV. Tenoksikam, boshqa NYaQV singari, plazma oqsillari bilan bog‘langan joyidan salitsilatlar bilan raqobatlashadi, natijada uning klirensi va taqsimlanish hajmi oshadi, shuningdek qon plazmasida minimal muvozanat kontsentratsiyalarining o‘rtacha qiymati kamayadi. MIY tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi oshganligi tufayli, tenoksikamni salitsilatlar va boshqa NYaQV bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Yurak glikozidlari. Tenoksikam va yurak glikozidlari o‘rtasida dorilarning o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Atenolol. Tenoksikam va atenolol majmuada qo‘llanganida klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari aniqlanmagan.
Diuretiklar va/yoki antigipertenziv vositalar. Tenoksikam, boshqa NYaQV singari, kaliyni tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ma'lumki, bunday majmualar qo‘llanganida giperkaliyemiya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Ayrim holatlarda NYaQV organizmda natriyni ushlanib qolishini chaqirishi va shishlar yuzaga kelishi, buning natijasida diuretiklar yoki antigipertenziv vositalarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Tenoksikam va furosemid o‘rtasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan; bunda, tenoksikamni gidroxlorotiazidning gipotenziv ta'sirini kamaytirishi aniqlangan. Boshqa NYaQV singari, tenoksikam α-adrenoblokatorlar, β-adrenoblokatorlar va angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarining gipotenziv ta'sirini kamaytirishi aniqlangan. NYaQV va diuretiklar birga qo‘llanganida buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, shuning uchun patsiyentlarda shunday majmuada qo‘llanganida buyrak funktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Potentsial nefrotoksik ta'sirga ega bo‘lgan preparatlar. Tenoksikam va potentsial nefrotoksik ta'sirga ega bo‘lgan preparatlar bilan majmuaviy davolanayotgan patsiyentlarda buyrak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Tarkibi
da litiy saqlovchi preparatlar. Tenoksikam litiyning buyrak klirensini pasaytirishi, va shu orqali, qon plazmasida uning kontsentratsiyasini, hatto toksik darajagacha oshirishi mumkin; shuning uchun bunday majmualar qo‘llanganida patsiyentlarning qon plazmasidagi litiyning darajasini sinchiklab nazorat qilish lozim.
Antatsidlar va N2-gistamin retseptorlarining antagonistlari (tsimetidin). Tenoksikam tavsiya etilgan dozalarda antatsidlar va simetidin bilan birga qo‘llanganida dorilarning o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Oltin tuzlari va penitsillamin. Klinik tadqiqotlarda tenoksikamni oltin tuzlari va penitsillamin bilan bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarning ko‘p bo‘lmagan miqdorida dorilarning ahamiyatli o‘zaro ta'sirlari kuzatilmagan.
Metotreksat. Ayrim NYaQVni buyrak naychalarida metotreksatning sekretsiyasini kamaytirishi aniqlangan, bunda qon plazmasida uning kontsentratsiyasi oshadi va og‘ir toksik samaralari rivojlanadi. Shu sababli, tenoksikam va boshqa NYaQV metotreksat bilan birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Alkogol. Tenoksikam va alkogol o‘rtasida ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan.
Kolestiramin. Kolestiramin bilan birga qo‘llanganida tenoksikamning klirensi va taqsimlanish hajmi oshadi, shuningdek uning yarim chiqarilish davri qisqaradi.
Probenetsid. Probenetsid va tenoksikam majmuada qo‘llanganida qon plazmasida oxirgisining kontsentratsiyasi oshishi mumkin; ushbu ko‘rinishning klinik ahamiyati noma'lum.
Siklosporin. Tenoksikam va siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida nefrotoksik ta'sir qilish havfi oshadi.
Ovqat iste'mol qilish. Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida tenoksikamni so‘rilish tezligi (Cmax bo‘yicha baholanganda) och qoringa qabul qilingandagi so‘rilish tezligiga nisbatan pasayishi mumkin, biroq bunda tenoksikamni so‘rilish darajasini pasayish havfi past bo‘ladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tenoksikamni boshqa NYaQV bilan, jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Tenoksikam kasallikning simptomlarining nazorat qilish uchun kerak bo‘ladigan minimal samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qo‘llanganida nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfi minimal bo‘lishi mumkin (quyida qarang).
Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, yaralarni hosil bo‘lishi va perforatsiya
Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, yaralarni hosil bo‘lishi va perforatsiyani rivojlanish holatlari, ba'zida o‘lim bilan yakunlangan holatlar NYaQV guruhiga mansub dori vositalar, jumladan tenoksikam bilan davolashning turli bosqichlarida, oldindan darak beruvchi simptomlar borligidan yoki anamnezida MIY tomonidan og‘ir kasalliklar borligidan qat'iy nazar kuzatilgan. Hozirgi vaqtgacha hech bir tadqiqotda yaralarni hosil bo‘lishi va me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishini rivojlanish havfi kuzatilmagan patsiyentlarning kichik guruhi aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda NYaQV ishlatilganida o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalarni, ayniqsa me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforatsiyani rivojlanish tezligi oshadi.
Zaiflashgan patsiyentlar me'da-ichak yaralari va qon ketishi kabi nojo‘ya reaktsiyalarni yomon o‘zlashtiradilar. NYaQV qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan MIY dan o‘lim bilan yakunlangan nojo‘ya reaktsiyalar asosan keksa yoshdagi patsiyentlarda va/yoki zaiflashgan patsiyentlarda kuzatiladi.
Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, yaralar yoki perforatsiyani rivojlanish havfi anamnezida me'da-ichak yara kasalligi, ayniqsa qon ketishi yoki perforatsiya bilan asoratlangan patsiyentlarda, shuningdek keksa yoshdagi patsiyentlarda NYaQV ning dozasi oshishi bilan ko‘payib boradi; bunday holatlarda davolashni tenoksikamning minimal samarali dozalarini qo‘llash bilan boshlash kerak. Bunday patsiyentlarda, shuningdek atsetilsalitsil kislotasi (ASK) ni kichik dozalarda yoki MIY tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanish havfini oshiradigan boshqa dori vositalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda gastroprotektor davolash (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari (PPI)) masalasini qo‘rib chiqish kerak (quyiga qarang).
NYaQV anamnezida yallig‘lanish kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ular yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarni zo‘raytirishi mumkin.
Anamnezida MIY tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar bo‘lgan patsiyentlar, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar, shifokorga, ayniqsa Artoksan bilan davolash boshlanishida, odatda kuzatilmaydigan har qanday abdominal simptomlar (xususan, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari) xaqida shifokorga murojaat qilish kerak. Agar Artoksan bilan davolanish vaqtida patsiyentda me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari kuzatilsa yoki yara hosil bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Peroral qabul qilish uchun glyukokortikosteroidlar (GKS), antikoagulyantlar, masalan varfarin, serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQSI), yoki ASK kabi antiagregantlar kabi me'da-ichak yarasini hosil bo‘lish yoki qon ketishini rivojlanish havfini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda Artoksan ishlatilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Teri reaktsiyalari
Tenoksikam qo‘llanganida og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari, jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi (SDS) va toksik epidermal nekroliz (TEN) rivojlanganligi xaqida xabarlar berilgan, ba'zida ular o‘limga olib kelgan. Artoksan bilan davolanganda teri reaktsiyalarini aniqlash maqsadida patsiyentlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish, shuningdek shunday reaktsiyalarning belgilari va simptomlari xaqida patsiyentlarni xabardor qilish kerak. SDS va TEN ni eng ko‘p rivojlanish havfi davolashning dastlabki haftalari uchun xos. SDS yoki TEN ning belgilari yoki simptomlari (zo‘rayib boruvchi teri toshmalari, ko‘pincha po‘rsildoqlarni paydo bo‘lishi va shilliq qavatlarni shikastlanishi bilan birga) paydo bo‘lganida Artoksan bilan davolashni to‘xtatish kerak.
SDS va TEN ni eng yaxshi davolash natijalariga erta tashxis qo‘yilganida va shubha qilingan preparatni qo‘llash zudlik bilan to‘xtatilganida erishiladi; shubha qilingan preparatni qabul qilishni erta to‘xtatish yaxshi natija bilan bog‘liq bo‘ladi.
Anamnezida tenoksikam bilan davolanganda SDS yoki TEN ni rivojlanish holatlari kuzatilgan patsiyentlarda Artoksanni qo‘llash mumkin emas.
Gematologik samaralari
Tenoksikam trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi va gemostazga ta'sir qilishi mumkin. Tenoksikam qon ivishi faktorlariga, qon ivishi vaqtiga, protrombin vaqtiga va faollashgan qisman tromboplastin vaqtiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Artoksan bilan davolanganda qon ivishini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni, shuningdek gemostazga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan dori preparatlarini qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak.
Yurak qon-tomir va serebrovaskulyar samaralari
NYaQV ni qo‘llash organizmda suyuqlikni ushlanib qolishi va shishlarni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, Artoksan ishlatilganida arterial gipertenziyasi va/yoki yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni muvofiq monitoringini o‘tkazish va kerakli tavsiyalarni berish kerak.
Klinik va epidemiologik tadqiqotlarning natijalari, SOG-2 ning selektiv ingibitorlari va ayrim NYaQV bilan davolanganda (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida ishlatilganida) arterial trombozlarni (masalan, miokard infarkti yoki insultni) rivojlanish havfini biroz oshishi mumkinligidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda tenoksikam uchun bunday havfni butunlay istisno qilish imkonini beradigan ma'lumotlar yetarli emas.
Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, tashxis qo‘yilgan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, Artoksan preparatini foyda/havf nisbati yaxshilab baholangandan keyingina ishlatish kerak. Shuningdek foyda/havf nisbatini yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish havf omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet va chekish) bo‘lgan patsiyentlarda Artoksan preparati bilan uzoq muddatli davolashni boshlashdan avval baholash kerak.
Ko‘rish a'zolari tomonidan kuzatiladigan samaralar
NYaQV, shu jumladan tenoksikam qo‘llanganida, ko‘rish a'zolari tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilgan, shuning uchun ko‘rish faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar muvofiq oftalmologik tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Isitmani tushiruvchi samarasi
Boshqa NYaQV kabi, tenoksikam infektsion kasalliklarning umumiy simptomlarini yashirishi mumkin.
Boshqa NYaQV qo‘llanganida bo‘lgani kabi, tenoksikam qo‘llanganida muvofiq ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
NYaQV buyraklarda prostaglandinlarni hosil bo‘lishini pasaytiradilar va buyrak gemodinamikasiga va suv-elektrolitlar muvozanatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun Artoksan qo‘llanganida buyrak yetishmovchiligini rivojlanish havfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda, shu jumladan buyrak funktsiyasini buzilishlari oldindan mavjud bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek qandli diabet, jigar sirrozi, dekompensatsiyalangan dimlangan yurak yetishmovchiligi, gipovolemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda va potentsial nefrotoksik preparatlar, diuretiklar va GKS ni qabul qilayotgan patsiyentlarda yurak va buyrak funktsiyasini (qon plazmasidagi mochevina va kreatininning kontsentratsiyalari, shishlarni borligi, tana vaznini oshishi va boshqalar) nazorat qilish kerak. Bunday patsiyentlarda buyrak yetishmovchiligini rivojlanish havfi og‘ir jarrohlik aralashuvlari o‘tkazilganidan so‘ng katta miqdorda qon yo‘qotilganida peri- va postoperatsion davrda ahamiyatli darajada oshadi. Bunday holatlarda Artoksan bilan davolashni boshlashdan avval gipovolemiyani muvofiq ravishda korrektsiya qilish, tenoksikamning maksimal sutkalik dozasi esa 40 mg dan oshmasligi kerak; bunda ham operatsiyadan keyingi davrda, ham rekonvalestsentsiya davrida patsiyentlarni yaxshilab kuzatishni ta'minlash kerak.
Tenoksikam trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qiladi va gemostazga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Tenoksikam qon ivishi fktorlari, qon ivishi vaqti, protrombin vaqti va faollashtirilgan qisman tromboplastin vaqtiga ahamiyatli ta'sir qilmaydi, biroq Artoksan bilan davolanganda qon ivishi funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan yoki gemostazga salbiy ta'sir qiluvchi preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish kerak.
Tenoksikam plazma oqsillari bilan yuqori bog‘lanish darajasiga ega, shuning uchun Artoksan qon plazmasida albuminning kontsentratsiyasi ahamiyatli darajada pasaygan (masalan, nefrotik sindromda) yoki plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi yuqori bo‘lgan, ushbu pog‘onada tenoksikam bilan raqobatlashishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlar (peroral antikoagulyantlar, sulfonilmochevina hosilalari, salitsilatlar) ni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda qo‘llanganida alohida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak.
Shuningdek Artoksan ayrim boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanganida muvofiq ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.
Yordamchi moddalar
Artoksan tarkibida laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtirolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bilan xarakterlanadigan kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar ushbu dori preparatini qabul qilishlari mumkin emas.
Artoksan FCF sanset sarig‘i va tartrazin bo‘yovchilarini saqlaydi, ulardan har biri allergik reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik. Prostaglandinlar sintezini ingibitsiya bo‘lishi homiladorlikka va/yoki embrionni/homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Epidemilogik tadqiqotlarning ma'lumotlari, prostaglandinlar sintezi ingibitorlarini homiladorlikning erta muddatlarida qo‘llash homilani tushishi, yurak nuqsonlarini va gastroshizisni rivojlanishini oshishi bilan bog‘liqligidan dalolat beradi. Yurak-qon tizimining tug‘ma nuqsonlarini mutloq rivojlanish havfi 1% dan kamroqdan taxminan 1,5% gacha oshgan; preparatning dozasini oshishi va davolash davomiyligini uzayishi bilan rivojlanish havfi oshadi deb taxmin qilinadi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, prostaglandinlar sintezi ingibitorlari qo‘llanganida pre- hamda postimplantatsion davrlarda embriofetal o‘limni oshishi aniqlangan. Bundan tashqari, prostaglandinlar sintezi ingibitorlari gestatsiya davrida (homilaning organogenez davrida) yuborilganida turli rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan yurak-qon tomir tizimi tizimi nuqsonlarini rivojlanish tezligini oshishi kuzatilgan.
Homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyliklarida Artoksan preparatini ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash lozim. Homiladorlikni rejalashtirgan ayollarda, shuningdek homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyliklarida preparatni minimal dozalarda maksimal qisqa vaqt davomida qo‘llash kerak.
Prostaglandinlar sintezini barcha ingibitorlari homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llanganida quyidagilarni salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin
• homilaga – yurak-o‘pka toksikligi (arterial qon oqimini muddatidan oldin yopilishi va o‘pka gipertenziyasini rivojlanishi); buyrak funktsiyasini buzilishi, ba'zida buyrak yetishmovchiligi va oligogidramnionni rivojlanishi bilan birga;
• onaga va homilaga (homiladorlikning oxirida) – qon ketishi vaqti uzayishi mumkin (antiagregant samarasi hatto juda kichik dozalarda ishlatilganida ham namoyon bo‘lishi mumkin); bachadonning qisqaruvchanligini pasayishi, bu holat tug‘ruqni kechikishiga va davomiyligini uzayishiga olib kelishi mumkin.
Artoksan preparatini homiladorlikning uchinchi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Artoksan preparatini akusherlik amaliyotida og‘riqsizlantirish va jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Laktatsiya. Tenoksikam bir marta qo‘llanganidan so‘ng uni faqat ahamiyatsiz miqdorlarda (dozaning 0,3% dan kamroq qismi) ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlangan. Hozirgi vaqtda tenoksikam bilan davolanayotgan onalar emizadigan bolalarda nojo‘ya reaktsiyalar xaqidagi xabarlar mavjud emas. Biroq, bola uchun potentsial havfni istisno qilish mumkin emasligi tufayli, yo emizishni to‘xtatish kerak, yoki dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Fertillik. Tenoksikam, har qanday boshqa SOG/prostaglandinlar sintezi ingibitori kabi, fertillikka salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda Artoksanni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘la olmayotgan ayollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
SOG/prostaglandinlar sintezi ingibitorlari, jumladan tenoksikam bilan davolangan ayollarda bepushtlik holatlari xaqida yagona xabarlar mavjud.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dori preparati qo‘llanganida avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan uyquchanlik, bosh aylanishi va ko‘rishni buzilishi kabi nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin, shuning uchun ular rivojlanganida avtotransportni haydashdan va mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari. Tenoksikamning dozasini o‘tkir oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan. Bunday vaziyatlarda “Nojo‘ya ta'sirlari” bo‘limida ko‘rsatilgan nojo‘ya reaktsiyalarning og‘irligi va miqdorini oshishi kuzatiladi. NYaQVning dozasini oshirib yuborilishi patsiyentlarda ko‘pincha simptomsiz hususiyatga ega. NYaQVning dozasi oshirib yuborilganida markaziy nerv tizimi yoki MIY tomonidan biroz ifodalangan buzilishlar rivojlanadi.
Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yuz berishi mumkin. NYaQV katta dozalarda qabul qilinganidan so‘ng, kam holatlarda, tirishishlar, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, koma, nafas faoliyatini to‘xtashi va yurak urishini to‘xtashi rivojlanishi mumkin. Jigar yetishmovchiligi, gipoprotrombinemiya va metabolik atsidoz rivojlanganligi xaqida xabarlar mavjud.
NYaQV terapevtik dozalarda qabul qilinganida anafilaktoid reaktsiyalarni rivojlanish holatlari kuzatilgan; ular NYaQVning dozasi oshirib yuborilganida ham rivojlanishi mumkin.
Davolash. NYaQVning dozasi oshirib yuborilganida ularni qabul qilishni to‘xtatish va muofiq simptomatik va qo‘llab-quvvatlovchi davolash o‘tkazish kerak; shuningdek antatsidlar va PPI ni qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish kerak. Spetsifik antidoti yo‘q. Dializ o‘tkazilganida NYaQVning plazma klirensi ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
10 tabletkadan blisterda. 1 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.