Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аrtrokol in'ektsiya uchun eritma 100 mg № 10
Nomi | Narx | |||||
Артрокол супп. рект. 100 мг № 10 (307001380##2 405) |
UZS 63 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Артрокол супп. рект. 100 мг № 10 (307001380##2 407#) |
UZS 63 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Артрокол супп. рект. 100 мг № 10 (307001380##2 407##) |
UZS 64 800
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
Turkiya
Дозировка
100 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C&C S.r.l.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Суппозитории ректальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Artrokol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ketoprofen
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100 mg ketoprofen;
yordamchi moddalar arginin, limon kislotasi monogidrati, benzil spirti, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.
ATX kodi M01AE03
Farmakologik hususiyatlari
Artrokol – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larning faolligini susayishi va yallig‘lanish, og‘riq hamda isitmani patogenezida asosiy rol’ o‘ynaydigan prostaglandinlar biosintezini kamayishi bilan bog‘liq.
Ketoprofenning yaqqol og‘riq qoldiruvchi ta'siri ikkita mexanizm bilan bog‘liq periferik – prostaglandinlar sintezini susayishi bilan ifodalanadi, va markaziy – markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibitsiya bo‘lishi, shuningdek orqa miyada og‘riq mediatorlarini ajralib chiqishida muhim rol o‘ynaydigan boshqa neyrotrop substantsiyalarning biologik faolligiga ta'siri bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, ketoprofen antibradikinin faollikka ham ega, lizomal membranalarni barqarorlashtiradi, revmatoid artrit bilan xastalangan bemorlarda neytrofillarning faolligini ahamiyatli darajada tormozlanishini chaqiradi. Trombotsitlar agregatsiyasini susaytiradi.
Farmakokinetikasi
Biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi. Qonda maksimal kontsentratsiyasiga 30 minut davomida erishadi. Oqsillar bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanishi – 99%. Taqsimlanish hajmi 0,1-0,2 l/kg ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 2 soat.
Ketoprofen gematoentsefalik to‘siq orqali, sinovial suyuqlikka tez o‘tadi. Sinovial suyuqlikda ketoprofenning kontsentratsiyasi qondagiga nisbatan pastroq, ammo u yerda uzoqroq muddat saqlanib turadi, bu preparatning ta'siri uzoq vaqt davom etishi bilan ifodalanadi.
Organizmdan asosan siydik bilan (50% dan ko‘proq qismi metabolitlar ko‘rinishida), 1% axlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Turli genezli og‘riqli yallig‘lanish jarayonlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi
• revmatoid artrit;
• ankilozlanuvchi spondilit;
• psoriatik artrit;
• reaktiv artrit;
• podagra, soxta podagra;
• osteoartroz;
• bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka kapsuliti).
Og‘riq sindromi (shu jumladan, operatsiyadan keyingi hamda jarohatlardan keyingi og‘riqlar, algodismenoreya, o‘smalarni metastazlarida kuzatiladigan og‘riqlar) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Mushak ichiga yuborish uchun eritma.
Preparat 2 ml (100 mg) dan sutkada 1-2 marta yuboriladi.
Maksimal sutkalik dozasi 300 mg dan oshmasligi kerak.
Qo‘llash davomiyligi bir necha kunni tashkil etadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan me'dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm bo‘lishi mumkin; kam hollarda – MIYdan qon ketishi mumkin.
MNT tomonidan kam hollarda – asteniya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Boshqalar kam hollarda - tranzitor dizuriya, teri toshmalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• Ketoprofenga, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYAQVlarga yuqori sezuvchanlik;
• MIY kasalliklarini zo‘rayish bosqichi;
• jigar va buyrak faoliyatini yaqqol ifodalangan buzilishlari;
• qon tomonidan kuzatiladigan buzilishlar (leykopeniya, trombotsitopeniya, qon ivishi tizimini buzilishlari);
• kompensatsiyalanmagan yurak yetishmovchiligi;
• aortakoronar shuntlash o‘tkazilganidan so‘ng operatsiyadan keyingi davr;
• anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQVni qabul qilish oqibatida chaqirilgan bronxial astma, eshakemi va rinitni rivojlanganligiga ko‘rsatmalarni bo‘lishi;
• homiladorlikni III uch oyligi;
• laktatsiya;
• 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ketoprofen plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada bog‘langanligi tufayli, Artrokol bilan bir vaqtda qo‘llanadigan antikoagulyantlar, difenilgidantoin yoki oltingugurt saqlovchi preparatlarning dozalarini kamaytirish kerak.
Geparin, tiklopidin, kortikosteroidlar, peroral diabetga qarshi vositalar va alkogolning samarasini kuchaytiradi, spironolakton, periferik vazodilatatorlarning ta'sirini susaytiradi.
Artrokol metotreksatning toksikligini oshiradi.
Probenetsidni fonida qonda ketoprofenning kontsentratsiyasi oshadi (buyrak ekskretsiyasini susaytiradi).
Maxsus ko‘rsatmalar
Mushak ichiga yuborishni shifokorning nazorati ostida o‘tkazish kerak. Faqat kasalxona sharoitlarida preparatni uzoq muddat qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Artrokol preparatini atsetilsalitsil kislotasi va boshqa NYAQV, litiy preparatlari, antigipertenziv vositalar, diuretiklar, metotreksat va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat anamnezida buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari, MIYni kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga, bronxial astma, rinit, burun shilliq qavatini poliplarida, yurak-qon tomir tizimini kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga, keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishini rivojlanish havfi oshadi.
Artrokol preparatini qo‘llash fonida alkogol iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlikda va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlikni I va II uch oyliklarida preparatni, ona uchun kutilgan potentsial foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin. Homiladorlikni III uch oyligida va laktatsiya davrida Artrokolni qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda Artrokol preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Artrokol qo‘llanganida yuqori diqqat va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, mudrash, ko‘ngil aynishi va qusish bo‘lishi mumkin. Shuningdek gipotenziya, nafas faoliyatini susayishi va sianoz paydo bo‘lishi mumkin.
Davolash spetsifik antidoti yo‘q; zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
In'ektsiya uchun eritma 2 ml dan sariq rangli shisha ampulalarda. 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.