Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bolnol plyus susp. 60ml
Nomi | Narx | |||||
Болнол Плюс сусп. 60мл (FV2004##1582) |
UZS 17 600
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, ибупрофен
Страна производитель
Индия
Дозировка
60 мл
Производитель
Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суспензия
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bolnol plyus
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Paratsetamol, Ibuprofen
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya
Tarkibi
Har 5 ml suspenziya saqlaydi
Faol moddalar Paratsetamol 162,5 mg, Ibuprofen 100 mg
Yordamchi moddalar saxaroza, ksantan kamedi, suvsiz kolloidli kremniy, metilparaben, propilparaben, natriy benzoati, natriy saxarini, sorbitol, povidon K-30, Tvin-80, eritrozin supra bo‘yovchisi, apelsin ta'mli to‘ldiruvchi, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Bolnol plyus suspenziyasining tarkibiga kiruvchi paratsetamol asosan MNT da siklooksigenazani ingibirlaydi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi xususiyati prostaglandinlarni, ayniqsa Ye2 prostaglandinlari va gipotalamusdagi issiqlikni boshqarish markazining F2 mediatorlarining biosintezini bevosita bostirishi bilan bog‘liq. Ibuprofen og‘riqsizlantiruvchi va isitmani tushiruvchi xususiyatlariga qo‘shimcha sezilarli yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega. Ibuprofen siklooksigenaza fermentining samarali ingibitori hisoblanadi, bu og‘riq va yallig‘lanish patogenezida ishtirok qiluvchi prostaglandinlarning sintezini sezilarli bostirilishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Bolnol plyus suspenziyasi tarkibiga kiruvchi paratsetamol me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va uning plazmadagi kontsentratsiyasining cho‘qqisiga preparat qabul qilinganidan keyin 10-60 minut o‘tgach erishiladi. Paratsetamol organizmning ko‘pchilik suyuq muhitlarida bir me'yorda taqsimlanadi. Asosan jigarda metabolizmga uchraydi va buyraklar orqali chiqariladi. Paratsetamolning yarimchiqarilish davri 1 soatdan 3 soatgacha. Bolnol plyus suspenziyasi tarkibiga kiruvchi ibuprofen me'da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va uning plazmadagi kontsentratsiyasining cho‘qqisiga preparat qabul qilinganidan 1-2 soatdan keyin erishiladi. Ibuprofen plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Siydik bilan asosan metabolitlari va kon'yugatlari ko‘rinishida tez chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Bolnol plyus suspenziyasi og‘riq hislarida, isitmada, postimmunizatsion davrda, infektsion yallig‘lanishda, har qanday turdagi mushak-skelet og‘riqlarida, shu jumladan sport jarohatlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun.
Iste'mol qilishdan oldan chayqatilsin.
7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar 5 ml dan 15 ml gacha kuniga 3 marta; 4 yoshdan 6 yoshgacha 5 ml dan 10 ml gacha kuniga 3 marta; bir yoshdan 3 yoshgacha 5 ml kuniga 3 marta; 6 oylikdan bir yoshgacha 2,5 ml dan 5 ml gacha kuniga 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bronxospazm, astma, me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi, me'da-ichakdan qon ketishlar, buyraklar faoliyatini buzilishi, gipertoniya.
Nojo‘ya ta'sirlari
O‘ta yuqori sezuvchanlik, peptik yara yoki me'da-ichakdan qon ketishlar, teri toshmalari, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada diskomfort, bosh aylanishi, ba'zida turli allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalarning simptomlari odatda preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Simptomlar davomiy bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni antigipertenziv vositalar, diuretiklar, siklosporin qatori preparatlari, kortikosteroidlar, antikoagulyantlar, xloramfenikol va varfarin bilan birga ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat buyraklar va jigar faoliyatini jiddiy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qabul qilish mumkin emas.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni shifokor tavsiyalaridan tashqari homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Paratsetamol
10 g va ko‘proq paratsetamol qabul qilinganida kattalarda jigar shikastlanishi mumkin. 5 g va ko‘proq paratsetamol qabul qilinganida uzoq muddat karbamazepin, fenobarbiton, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini rag‘batlantiruvchi boshqa preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarda yoki alkogolni tavsiya qilingan miqdoridan ortiq muntazam iste'mol qiluvchi patsiyentlarda jigar shikastlanishi mumkin.
Faollashtirilgan ko‘mir bilan davolash preparat qabul qilinganidan keyin bir soat ichida asoslangan.
Ibuprofen
Dozani oshirib yuborilishi
ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riqlar yoki kamroq hollarda diareya, bosh og‘rig‘i, me'da-ichakdan qon ketish simptomlari bilan kechishi mumkin.
Chiqarilish shakli
60 ml li suspenziya plastmass flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan, quruq, salqin joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.