Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dekstanol gel 12,5mg/g tuba 60g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Декскетопрофен
Страна производитель
Турция
Дозировка
12,5 мг/г
Производитель
Nobel-Pharmsanoat,ИП, Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dekstanol®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) deksketoprofen
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
faol modda 1 g gel - 18,5 mg deksketoprofen trometamol (12,5 mg dekstoprofenga ekvivalent) saqlaydi;
yordamchi moddalar karbomer gomopolimer (karbopol 974R), dietilenglikolli monoetil efiri (transkutol R), makrogol (polietilenglikol 8000 R), lavanda essentsiyasi, etanol (96%), distillangan suv.
Ta'rifi lavanda hidli tiniq gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi M01AE17
Farmakologik xususiyatlari
Deksketoprofen trometamol propion kislotasining trometamin tuzi S-(+)-2-(3-benzoilfenil) va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning faol enantiomeridir.
Ta'sir mexanizmi siklooksigenazalar SOG1 va SOG2 fermentlarini tanlamasdan ingibitsiya qilishi va prostaglandinlar sintezini bloklashi bilan bog‘liq.
Deksketoprofen 3-benzoil-alfa-metilbenzolsirka kislotasining S(+)-enantiomeri bo‘lib, o‘tmishdoshi bo‘lgan ketoprofendan farqli ravishda, S(+) va R(-) izomerlarning ratsemik aralashmasidir.
Farmakokinetikasi
Preparat gel ko‘rinishida mahalliy qo‘llanganida sekin so‘riladi va organizmda deyarli akkumulyatsiya qilinmaydi (to‘planmaydi). Biokiraolinishi 5% ni tashkil etadi va bu uning mahalliy ta'sir etishini va tizimli samarasi yo‘qligini ko‘rsatadi.
Gel mahalliy qo‘llanganida qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga 4 soatdan keyin erishiladi. Preparat organizmdan 24 soatdan keyin to‘liq chiqariladi.
Sinovial suyuqlikda 2,5% deksketoprofen geliga to‘g‘ri keluvchi davolovchi darajasi kuzatiladi.
Qo‘llanilishi
Quyidagi kasalliklar va holatlardagi yengil va o‘rta jadallikdagi og‘riq sindromida
- tayanch-xarakat apparatining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish, yallig‘lanish-degenerativ va metabolik kasalliklarda (shu jumladan revmatoid artrit, spondiloartrit, artroz, osteoxondroz);
- yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklarida (tendovaginit, bursit va boshqalar)
- yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning jaroxatdan keyingi yallig‘lanishi (cho‘zilishi, zo‘r berishi, urib olish, chiqishi va boshqalar natijasida).
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llaniladi.
Gelning 4-5 sm li uzunlikdagi miqdori yengil silovchi xarakatlar bilan tananing yallig‘langan yoki og‘riqli sohalariga sutkada 2-3 marta surtiladi. Shifokor maslahatisiz qo‘llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
-qichishish, preparat surtilgan joyda achishish hissi, shish;
-allergik reaktsiyalar (teri giperemiyasi, fotosensibilizatsiya, teri ekzantemasi, purpura);
-fotosensibilizatsiya (yorug‘likga sezuvchanlik), terida suv bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘lishi, qizarishi;
-o‘tkir allergik rinit;
-burunda poliplar;
-yuzni allergik shishi va tomoqda allergik xarakterli shishlar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-deksketoprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
-atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NPVS larga yuqori sezuvchanlik;
-suvli dermatozlar;
-ekzema;
-infektsiyalangan shilingan yaralar;
-homiladorlik va emizikli davri;
-12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin.
Qichishish paydo bo‘lganda preparat bilan davolanishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Gel surtilgandan keyin tor kiyimda yurmaslik kerak yoki okklyuzion (havo o‘tkazmaydigan) bog‘lovlarni qo‘llamaslik kerak.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborish extimoli kam, chunki sirtga qo‘llanilganda deksketoprofenni tizimli so‘rilishi juda past.
Davolash asosan simptomatik davolash o‘tkaziladi. Deksketoprofen organizmdan dializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
«Dekstanol®» gel 12,5 mg/1 g dan 60 g li tubalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
"Nobel İlaç Sanayii ve Ticaret A.Ş.", Turkiya
Qadoqlangan
MChJ "NOBEL PHARMSANOAT" ChEK
Dori vositasining sifati bo‘yicha iste'molchilarning fikr-mulohazalari, e'tirozlari va dori preparatining nojo‘ya ta'sirlari yoki samarasini yo‘qligi haqidagi xabarlarni quyidagi manzilga yuborish mumkin
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuvbo‘yi ko‘ch., 5 "A"
Tel (99871) 265 90 99; Faks (99871) 265 91 99; E-mail pv@nobel.uz, www.nobel.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.