Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диклофенак
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Dozasi
1%
Производитель
Нижфарм
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Гель для наружного применения
Diklovit gel 1% 20g (tub.) (Nijfarm) haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- O‘rami
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Diklovit
Xalqaro patentlanmagan nomi
Diklofenak
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel
1 g tarkibi
ta'sir etuvchi modda - diklofenak natriy – 10 mg;
yordamchi moddalar - sut kislotasi – 0,44 mg (100% moddaga qayta hisoblanganda), izopropanol – 150 mg, etanol – 150 mg, natriy disulfiti – 0,5 mg, karbomer – 15 mg gacha, trolamin – 30 mg gacha (rN 7,0 dan 8,5 gacha gel olish uchun), suv – 1 g gacha.
Ta'rifi rangsiz yoki sarg‘ish yoki och-sarg‘ish tusli, yarim tiniq gel.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat
ATX kodi M02AA15.
Farmakologik ta'siri
Farmakodinamika
Diklofenak faol komponent – yaqqol og‘riqsizlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega bo‘lgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat. 1 va 2 tur siklooksigenazani tanlab susaytirib, yallig‘lanish rivojlanishini asosiy bosqichi bo‘lgan araxidon kislotasining metabolizmini va prostaglandinlar sintezini buzadi.
Diklovit yallig‘lanish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq sindromini yo‘qotish va shishni kamaytirish uchun qo‘llanadi. Sirtga qo‘llanganida bo‘g‘imlardagi tinch holatdagi va harakatdagi og‘riqlarni kuchsizlanishini yoki yo‘qolishini chaqiradi. Bo‘g‘imlarning ertalabki tangligini va shishini kamaytiradi, shikastlangan bo‘g‘imlarda harakat hajmini ko‘payishiga yordam beradi. Gelning suv-spirtli asosi qo‘shimcha mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Surtilganida tizimli so‘rilishi 6% dan ko‘p emas. Shikastlangan bo‘g‘im sohasiga qo‘yilganida sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi, plazmadagidan yuqori.
Qo‘llanilishi
Tayanch-harakat apparatining yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari (revmatoid artrit, psoriatik, yuvenil, surunkali artrit, ankilozlovchi spondilit, yumshoq to‘qimalarning revmatik shikastlanishlari, podagrik artrit).
Cho‘zilishlar, yuklanish va lat yeyishlar natijasidagi paylar, bog‘lamlar, mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riq sindromi va yallig‘lanishi.
Mushaklar va bo‘g‘imlarning kasalliklari (lyumbago, ishias, nevralgiya, mialgiya, tendovaginit, bursit; tayanch-harakat apparatining degenerativ kasalliklari; deformatsiyalovchi osteoartroz, osteoxondroz).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga, qo‘yish mo‘ljallangan joydagi teri qoplamalarining butunligini buzilishi, kichik bolalar (6 yoshgacha), homiladorlik (III uch oyligi).
Ehtiyotkorlik bilan
Jigar porfiriyasi (zo‘rayishi), me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichidagi), jigar va buyraklar faoliyatini og‘ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, eshakemi yoki o‘tkir rinit, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish qo‘zg‘atgan qon ivishini buzilishi (shu jumladan gemofiliya, qon ketishi vaqtini uzayishi, qon ketishiga moyillik), keksalar (80 yoshdan katta), homiladorlik (I-II uch oyligi), laktatsiya davri.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. I va II uch oyliklarida, agarda ona uchun taxmin qilingan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida qo‘llash mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat kuniga 3-4 marta yallig‘lanish o‘chog‘i ustiga yupqa qavat qilib qo‘yiladi va so‘rilib ketgunicha yengil ishqalanadi. Gelning tavsiya qilingan dozasi – 2-4 g (bu hajmi bo‘yicha katta olcha yoki grek yong‘og‘i o‘lchamiga to‘g‘ri keladi). 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 2 marta qo‘llanadi, preparatning bir martalik dozasi 2 g gacha.
Gel qo‘yilganidan keyin qo‘llarni yuvish kerak.
Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va aniqlanayotgan samaraga bog‘liq. Preparat 2 hafta qo‘llanganidan keyin shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Samarasini kuchaytirish uchun, shifokorning tavsiyasi bo‘yicha Diklovit® gelini tizimli nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin (masalan, Diklovit®ning boshqa dori shakllari bilan).
Nojo‘ya ta'siri
Mahalliy reaktsiyalar ekzema, fotosensibilizatsiya, kontakt dermatit (terining ishlov berilayotgan joylarini qichishishi, giperemiyasi, shishi, makulo-papulyoz toshmalar, kepaklanish).
Allergik reaktsiyalar (eshakemi, angionevrotik shish, bronxospastik reaktsiyalar, yoyilgan teri toshmasi, anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan shok).
Dozani oshirib yuborilishi
Gel surtilganida tizimli so‘rilishi past bo‘lganligi tufayli, dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.
Tasodifan ichga qabul qilinganida tizimli nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.
Tasodifan ichga qabul qilgandagi doza oshirib yuborilishini davolash me'dani yuvish, qusishni qo‘zg‘atish, faollashtirilgan ko‘mir, jadallangan diurez. Dikloferakni qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi (taxminan 99%) tufayli dializ samarasiz.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Diklovit fotosensibilizatsiya chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gel faqat terining shikastlangan joylariga qo‘yiladi. Qo‘yilganidan keyin okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin emas.
Preparatni qo‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak.
Preparat diklofenakning boshqa dori shakllari bilan birga qo‘llanganida maksimal sutkalik dozani hisobga olish kerak.
Terining katta yuzalariga va/yoki uzoq vaqt davomida qo‘yilganida, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar uchun xos bo‘lgan tizimli nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfi oshadi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 1% gel. 20, 30, 40 va 50 g dan alyumin yoki laminirlangan polietilen tubalarda. 1 tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O‘rami
da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.