Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dip rilif gel 100g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен
Страна производитель
Шотландия, Великобритания
Дозировка
100 г
Производитель
The Mentholatum Company Limited
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Faol moddalar
Preparatning savdo nomi
DIP RILIF
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ibuprofen/levomentol
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
ibuprofen - 50 mg, levomentol (mentol) - 30 mg
Yordamchi moddalar tozalangan suv - 445 mg, denaturatsiyalangan etanol - 300 mg, propilenglikol - 100 mg, diizopropanolamin - 55 mg, karbomer - 20 mg
Ta'rifi mentol hidli tiniq gel.
Farmakoterapevtik guruhi
. Bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida mahalliy qo‘llaniluvchi boshqa vositalar. Turli preparatlar.
ATX kodi M02AX10.
Farmakologik xususiyatlari
Ibuprofen prostaglandinlar sintezini susaytiradi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega.
Mentol mahalliy qo‘llanganda chalg‘ituvchi ta'sir ko‘rsatadi va teri giperemiyasini chaqiradi. U mushaklar, paylar va bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamayishiga yordam beradi. Mentol teridagi nerv oxirlariga ta'sir ko‘rsatadi.
Sirtga qo‘llash uchun gel shaklidagi ibuprofenning biokiraolishligi peroral qabul qilingandagiga nisbatan taxminan 5% ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Yengil travmatik shikastlanishlar paylarni cho‘zilishi, lat yeyishlar, sportda olingan jarohatlarda mushak va bo‘g‘im og‘riqlarini, shishlarni mahalliy simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.
Revmatizmda og‘riq sindromini kompleks davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun. Gelning ozgina miqdorini (3-5 sm) og‘riq sohaga yupqa qilib surtiladi va yengil ishqalanadi. Har bir qo‘llash orasida 4 soatdan kam bo‘lmagan intervalni saqlagan holda, zaruratga qarab, sutkada 3 martagacha takrorlanadi.
Preparatni shifokor maslahatisiz ishlatish davomiyligi ko‘pi bilan 10 kun. Uzoqroq qo‘llash zarurati tug‘ilganida shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llarni, agar ular davolash sohasi bo‘lmasa, DIP RILIFni qo‘llagandan so‘ng doimo yuvish lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Teri tomonidan mahalliy reaktsiyalar toshma, qichishish, eshakemi, terini qurishi, qizarish, achishish, kontaktli dermatit kuzatilishi mumkin.
Ibuprofen bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya samaralar
-nospetsifik allergik va anafilaktik reaktsiyalar;
-astma, bronxial astmani zo‘rayishi, bronxospazm va xansirashni o‘z ichiga olgan nafas yo‘llari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, ular dori vositasini qo‘llagan vaqtda bronxial astma yoki allergik kasalliklar bilan og‘rigan yoki anamnezida shunday kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda yuzaga kelishi mumkin;
-teri qoplamalari tomonidan turli buzilishlar (toshma, qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi, kam hollarda bullyoz dermatozlar (toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema)),fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin.
Boshqa tizimli reaktsiyalar ibuprofenni teri orqali kirib borishi bilan bog‘liq va gelning qo‘llanilayotgan miqdoriga, terining ishlov berilayotgan yuzasini kattaligiga, teri butunligining darajasiga, davolash davomiyligiga va okklyuzion bog‘lam ishlatilishiga bog‘liq. Juda kam hollarda ibuprofen mahalliy qo‘llanganda qorinda og‘riq, dispepsiya va buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ibuprofenga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQV ni qabul qilish oqibatida qo‘zg‘algan bronxial astma; ekssudativ dermatit, ekzema, terining infektsiyalangan shikastlanishlari, kuyishlarda; homiladorlik, laktatsiya davri, bolalar (15 yoshgacha), teri qoplamalarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Mahalliy qo‘llash uchun boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda terining bir sohasiga qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan. Jigar porfiriyasi (zo‘rayishi), me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astma, keksalik yoshida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir vaqtda aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish noxush nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi havfini oshirishi mumkin. Preparat fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Boshqa dorilar bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar Sizda buyrak kasalligi bo‘lsa, preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Gelni ochiq jarohatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymasdan, shikastlanmagan teriga surtish lozim. Surtilgandan so‘ng okklyuzion (havo o‘tkazmaydigan) bog‘lov qo‘yish mumkin emas!
Preparatni ko‘zga va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatning katta miqdori uzoq vaqt qabul qilinganida tizimli nojo‘ya samaralarning rivojlanishini xavfi paydo bo‘ladi.
Ibuprofen peroral qo‘llanganda mavjud buyrak yetishmovchiligini kuchaytirishi va me'da yara kasalligini zo‘rayishini chaqirishi mumkin. Anamnezida buyrak faoliyatini buzilishi yoki peptik yarasi bo‘lgan patsiyentlar DIP RILIF dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilishlari kerak.
DIP RILIF ta'sir etuvchi modda sifatida ibuprofen saqlaydi, u siklooksigenaza sintezining ingibitori hisoblanadi, va tizimli kirib borishida fertillikka ta'sir qilishi mumkin. Homilador bo‘lish bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan ayollarga yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarga DIP RILIF ni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya samaralar minimal samarali dozalarni maksimal qisqa davolash vaqtida qo‘llash yo‘li bilan kamaytirilishi mumkin.
Agar dori vositasini qo‘llash vaqtida holat yaxshilanmasa, yoki agar holat yomonlashsa, davolash qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
Dori vositasi propilenglikol saqlaydi, u terini ta'sirlanishini chaqirishi mumkin.
DIP RILIF ni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri.
Mahalliy qo‘llash uchun ibuprofenni qo‘llash avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llaganda dozani oshirib yuborilishining ehtimoli kam.
Ibuprofen bilan bog‘liq simptomlar ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, arterial gipotenziya.
Davolash simptomatik. Elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish buyuriladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel.
15 g, 50 g yoki 100 g dan alyumin tubalarda.
Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz.
Ishlab chiqaruvchi
Mentolatum Kompanii Limited/The Mentholatum Company Limited
1 Redvud, Avenyu. Piil Park Kampus, Ist Kilbrid G74 5PE. Shotlandiya, Buyukbritaniya/1 Redwood Avenue. Peel Park Campus, East Kilbrid, Scotland, UK.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.