Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fanigan Fast gel 100gr
Nomi | Narx | |||||
Фаниган Фаст гель 100г (1002972##2 232) |
UZS 65 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенак
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 г
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Fanigan Fast
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
Diklofenak dietilamin ekvivalent
Diklofenak natriyga........................................10 mg
Metilsalitsilat.................................................100 mg
Mentol.................................................................50 mg
Zig‘ir moyi…......................................................30 mg
Yordamchi moddalar propilenglikol, karbomer 940, natriy edetati, polisorbat 80, benzil spirti, natriy gidroksidi, tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangli, o‘ziga xos hidli, bir xil massali gel.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi M02AA15
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy qo‘llanganidaFanigan Fastgel og‘riqni qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Og‘riqni va bo‘g‘imlarning yallig‘lanishini bartaraf qiladi, ertalabki tanglik va bo‘g‘imlarning shishini kamaytiradi, harakat hajmini oshishiga yordam beradi.
Fanigan Fast gelning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog‘liq. Diklofenak nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar guruhiga mansub bo‘lib,siklooksigenazani sekinlashtiradi va isitma, yallig‘lanish, og‘riqning genezida muhim rol o‘ynaydigan endogen moddalar – prostaglandinlarning sintezini susaytiradi. Diklofenak og‘riqni oladi, yallig‘lanishni bartaraf qiladi.
Mentol sovuq sezuvchi retseptorlarning ta'sirlanishini chaqiradi. Bu u surtilgan joyda kapillyarlarning torayishi va o‘tkazuvchanligini kamayishi, salqinlik sezish bilan kechadi. Mahalliy qitiqlovchi va o‘rtacha namoyon bo‘ladigan og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, mentol deyarli so‘rilmaydi.
Mentol jigarda metabolizmga uchrab, glyukuronidlar ko‘rinishida buyrak va safro orqali chiqariladi.
Metilsalitsilat salitsil kislotasining hosilasi bo‘lib, mahalliy ta'sirlovchi samaraga ega. Terining retseptorlarini ta'sirlanishini chaqirib, metilsalitsilat og‘riqni kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, metilsalitsilat prostaglandinlarning sintezini tormozlaydi, bu yallig‘langan to‘qimalarning shishi va infiltratsiyasini kamaytiradi. Mahalliy qo‘llanilganda zararlanmagan teridan osongina yallig‘lanish o‘chog‘iga chuqur kirib, u yerda yuqori terapevtik kontsentratsiyani yuzaga keltiradi.
Yallig‘langan to‘qimalarda metilsalitsilat gidrolizlanadi va jigarda digidroksibenzoy kislotaga metabolizlanuvchi va buyraklar bilan chiqariluvchi anion salitsil kislotaga aylanadi. Yarim chiqarilish davri 2 soatni tashkil qiladi.
Zig‘ir moyi alfa-linolen kislotasini (to‘yinmagan yog‘ kislotasining etil efiri) asosiy komponenti bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi samaraga, antioksidant xususiyatlarga ega, surtilgan joyda qon aylanishini yaxshilaydi.
Fanigan Fast gelining ta'siri teriga surtilgandan so‘ng bir necha minutdan keyinoq boshlanadi. 20-30 minutdan keyin gelning ta'siri maksimumiga yetadi. Asosiy klinik simptomlarni yo‘qolishi odatda davolash boshlangandan keyingi birinchi kunlari qayd etiladi.
Farmakokinetika
Diklofenak gel ko‘rinishida qo‘llanilganda sekin so‘rilib, teri osti yog‘qatlamiga, mushak to‘qimasiga, bo‘g‘im kapsulasiga va sinovial suyuqlikkato‘g‘ri kirib borish yo‘li bilanchuqur kirib boradi. Uzoq vaqt mobaynida davolanganda yoki zararlangan sohani katta qismiga surtilganda, diklofenakasta-sekinlik bilan qon plazmasiga o‘tadi (teriga surtilgan dozaning 3-6%). Sxema bo‘yicha gelni uzoq vaqt kuniga uch mahaldan, 2.5 grammdan (10mg/sm3) 3 kun mobaynida qo‘llanilganda diklofenakning stabil kontsentratsiyasi 20-40 nmol/l, sinovial suyuqlikda 370 nmol/l, sinovial to‘qimada 410 nmol/l ni tashkil qiladi. Plazmadagi kontsentratsiya tez kamayayotgan bir vaqtda, sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiya stabil holatda qoladi.
Diklofenak glyukuron kislotasi bilan birga kon'yugatsiya yo‘li orqali jigarda metabolizga uchraydi. Diklofenakning 70 % siydik orqali, qolgan qismi axlat bilan chiqariladi.
Metilsalitsilatnimahalliy qo‘llanilganda teri ostiyog‘qatlamiga, mushak to‘qimasiga, bo‘g‘im kapsulasiga tez so‘riladi va gidroksillanish yo‘li bilan salitsil kislotasining anioniga aylanadi.
Qo‘llanilishi
Og‘riq va shish bilankechuvchitayanch-harakatapparatining yallig‘lanish va degenerativ xarakterdagiquyidagi kasalliklarda revmatoid artriti, ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi), o‘tkir podagrik, infektsion, psoriatik va posttravmatik artritlar, yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, miozit), bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklari (katta va kichik bo‘g‘imlarning osteoartrozlari), umurtqa pog‘onasining osteoxondrozi, mialgiyalar, nevralgiyalar, bel-dumg‘aza radikuliti, jarohatlardan keyingi og‘riqlar, boylamlar bo‘shligi, boylamlar, mushak va paylarni cho‘zilishlari, og‘ir jismoniy yuklamalar chaqirgan mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riq.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalari
Og‘riqli sohaning maydoniga qarab, 2-4 g gel (4-8 sm li tizimcha) teriga yupqa qilib sutkada 2-3 marta surtiladi va yengil ishqalanadi. O‘rtacha sutkalik doza 10 g gelni tashkil qiladi, bu 100 mg diklofenak natriyga to‘g‘ri keladi. Preparatni shikastlanmagan teriga surtish, ko‘z va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Gelni ochiq jarohatlarga surtish mumkin emas. Davolash kursining davomiyligi shifokor maslahatisiz 10 kundan oshmasligi kerak.
Qo‘llash usuli
Mahalliy- sirtga qo‘llash uchun.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kamdan-kam hollarda
• toshma, shish va qavariqlar, papulalar, tangachalar, qizarishlar
• terini qurishi;
• achishish yoki chimchilanish hissi;
• terini qichishishi,eshakemi;
Alohida hollarda
• yoyilgan toshmani paydo bo‘lishi;
• yuzni shishi (Kvinke shishi) ko‘rinishidagi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi;
• bo‘g‘ilish;
• yorug‘likka sezuvchanlik;
Fanigan® Fast gel ni tananing katta yuzasiga surtilganda tizimli nojo‘ya ta'sirlari yuzaga kelishi mumkin
• jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya;
• qorinda og‘riq;
• jigar transaminazalarini aktivligini oshishi;
• bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi;
• gematuriya
• anafilakticheskiy shok, teri toshmalari;
• anemiya, trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz
• uzoq muddat qon ketishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• diklofenakka yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• epidermisni shikastlanishi, qo‘llash sohasidagi ochiq jarohatlar;
• atsetilsalitsil kislotasini qabul qilish fonidagi astmatik status;
• qon yaratilishini aniqlanmagan etiologiyali buzilishlari;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (bu yoshda preparatni sirtga qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba yo‘q).
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, ko‘ruv buzilishlari, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastral sohada og‘riq, nafas buzilishlari, respirator alkaloz yoki metabolik atsidoz, gipertermiya, gipokaliyemiya, giperglikemiya, arterial bosimning oshishi, buyrak funktsiyasini buzilishi, tirishish, jigar yetishmovchiligi.
Transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda dori vositasining o‘ziga xos ta'siri
Fanigan Fast geltransportyokimexanizmlarni boshqarishda xech qanday ta'sirga ega emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrlari
Homiladorlikning oxirgi uch oyida va emizish davrlarida gelni tananing katta sohalariga surtish va uzoq vaqt davomida ishlatish mumkin emas, chunki hozirgi vaqtda preparatni homilaga va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Preparatni homiladorlik va emizish davrlarida buyurish masalasini faqat shifokor hal qiladi.
Preparatni yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fanigan Fast gelni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin, chunki bu preparatning komponentlarini ular bilan, shu jumladan diklofenak natriyni peroral qabul qilish bilan tizimli o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Biroq Fanigan Fast gel katta dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida, diklofenak antikoagulyantlar, glyukokortikosteroidlarning, litiy preparatlarining samarasini kuchaytirishi, shuningdek furosemid va tiazid diuretiklarning ta'sirini susaytirishi mumkin. Bu esa qon plazmasida digoksinning kontsentratsiyasini oshirishi, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning o‘zlashtirilishini pasaytirishi, me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga ularning ultserogen ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Mahalliy qo‘llaniluvchi, N - atsil - etanolamin – amidaza kislotasini saqlovchi ba'zi dori vositalarin bir vaqtda qo‘llanilganda eshakemi, qizarish, po‘st tashlash ko‘rinishidagi lokal ta'sirlanish rivojlanishi mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Chiqarilish shakli
30 yoki 100 g dan tubada, 1 shundaytuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, maxsus o‘ramda saqlansin. Muzlashiga yo‘l qo‘yilmasin.Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Ishlab chiqaruvchi
KUSUM HEALTHCAREPVT. LTD.
Manzil
SP 289 (A), RIIKO Indl. Area, Chopanki, Bxivadi (Radj.), Xindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.