Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fastum Gel 2.5% 30g
Nomi | Narx | |||||
Фастум-гель 2,5 % 30 г (3193A##2 182) |
UZS 54 100
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Фастум-гель 2,5% 30 г (4184A##2 274) |
UZS 46 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кетопрофен
Страна производитель
Италия
Дозировка
30 г
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group)
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель
Ko'rsatmalar
Fastum gel, 2,5% li gel
Ta'sir etuvchi modda 100 g gel 2,5 g ketoprofen saqlaydi.
Sirtga qo‘llash uchun gel.
Ushbu dori preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu ilova-varaqani diqqat bilan va to‘liq o‘qib chiqing.
Ushbu preparat retseptsiz beriladi. Lekin eng yaxshi natijaga erishish uchun, Fastum gelni yo‘riqnomasiga muvofiq qo‘llash kerak.
• Bu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Extimol, Sizga uni yana o‘qib chiqish talab etilishi mumkin.
• Agar Sizda yana savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
• Agar preparat biroz qo‘llagandan keyin yaxshilanish yuz bermasa, shifokorga murojaat qiling.
• Jiddiy nojo‘ya ta'sirlar yoki ushbu ilova-varvqada ta'riflanmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, bu haqida shifokoringiz yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Ilova-varaqaning mazmuni
1.Fastum gel o‘zi nima va u nima uchun mo‘ljallangan.
2.Fastum gel preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilish kerak.
3.Fastum gel preparati qanday qo‘llanadi.
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari.
5.Fastum gel preparatini qanday saqlash kerak.
6.Boshqa ma'lumotlar.
1. FASTUM GEL O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN MO‘LJALLANGAN.
Fastum gel ketoprofen deb nomlanadigan dori preparatini saqlaydi, va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) nomi ostidagi preparatlar guruhiga mansub. Bu preparatlar og‘riq va yallig‘lanishni kamaytiradi.
Fastum gel revmatik yoki jarohat kelib chiqishga ega bo‘lgan mushaklar, suyaklar yoki bo‘g‘imlardagi og‘riqlarni maxalliy davolash uchun qo‘llanadi. masalan, lat yeyishlardagi, boylamlarning cho‘zilishidagi, mushaklarning cho‘zilishidagi, bo‘yin mushaklarining rigidligi, lyumbago.
2. FASTUM GEL PREPARATINI QO‘LLASHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK.
Fastum gelni ishlatmang va shifokorga xabar bering
• Agar Sizda ilgari ketoprofenga, tiaprofen kislotasiga, fenofibratga, UF-blokatorlarga yoki parfyumeriya maxsulotlariga allergiyaning teri ko‘rinishlari bo‘lgan bo‘lsa.
• Agar Sizda ilgari fotosensibilizatsiya reaktsiyalari bo‘lgan bo‘lsa.
• Agar Sizda ta'sir etuvchi modda ketoprofenga yoki Fastum® gel preparatining boshqa komponentlariga (barcha komponentlarning ro‘yxatini 6 bo‘lim “Boshqa ma'lumotlar”dan qarang) yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa.
• Agar Sizda tioprofen kislotasiga, fenofibratga, atsetilsalitsil kislotasiga, boshqa NYaQV (masalan, ibuprofenga) yoki og‘riqni yengillashtirish yoki yallig‘lanishni yo‘qotish uchun har qanday dori preparatiga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa. Allergiya simptomlariga quyidagilar kiradi xushtaksimon nafas (astma), burundan ajralmalar (rinit) yoki qichishuvchi toshma (eshakemi).
• Gel bilan davolanish vaqtida va u to‘xtatilganidan keyin 2 xafta davomida terining preparat qo‘yiladigan soxalari quyosh nurlari yoki solyariylarning UF-nurlanishi ta'siriga duchor bo‘lmasliklari kerak.
• Shikastlanish belgilari bo‘lgan teri soxalariga, masalan, ekzema, akne, infektsion jarayon yoki ochiq jaroxatlarga gelni qo‘llash mumkin emas.
• Homiladorlikning uchinchi uch oyligi.
Biron-bir teri reaktsiyalari, shuningdek preparat va tarkibida oktokrilen saqlovchi mahsulotlar (oktokrilen – shampun, soqol olingandan so‘ng qo‘llanadigan gel, dush uchun gel, teri uchun krem, lab bo‘yoqlari, qarish jarayonini sekinlashtirish uchun qo‘llanadigan krem, makiyajni tozalovchi vositalar va sochlar uchun sprey kabi fotoqarishni sekinlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan ba'zi kosmetik va gigiyenik mahsulotlarning komponentidir) ni birga qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan teri reaktsiyalari rivojlanganida Fastum gel preparatini qo‘llashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Fastum gel qo‘llangandagi alohida extiyotkorlik choralari
• Agar Sizda yurak, jigar yoki buyrak faoliyatining susayishi bo‘lsa Fastum gelni qo‘llashdan oldin bu haqida shifokorga xabar bering Buyraklarning shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tizimli noxush reaktsiyalar rivojlanishini aloxida hollari haqida xabar berilgan.
• Toshma paydo bo‘lganida Fastum gelni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
• Agar biron-bir teri reaktsiyalari, shu jumladan oktokrilen saqlovchi maxsulotlar birga qo‘llangandan keyingi teri reaktsiyalarini paydo bo‘lsa, davolashni darxol to‘xtatish kerak.
• Fastum gelni yallig‘langan, shikastlangan yoki infektsiyalangan teriga qo‘yish mumkin emas.
• Fastum gelni ko‘zlar, og‘iz, burun, anal va jinsiy a'zolar yaqiniga qo‘yish mumkin emas.
• Xavo- va suv o‘tkazmaydigan bog‘lovlar bilan birga qo‘llash mumkin emas (ya'ni plastik ishlatilgan bog‘lov materiallari bilan bintlash, o‘rash yoki bog‘lovlar bilan yopish mumkin emas.
Surunkali rinit, surunkali sinusit bilan qo‘shilgan astmasi va/yoki burun poliplari bo‘lgan patsiyentlarda, boshqa odamlarga qaraganda, aspirin va/yoki NYaQV allergiya rivojlanishini xavfi yuqoriroq bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan kontakt dermatit va fotosensibilizatsiya reaktsiyasi rivojlanishini xavfi tufayli, davolashni tavsiya etilgan davomiyligini oshirish mumkin emas.
Maxsulotning katta miqdorlarini maxalliy qo‘llash, o‘ta yuqori sezuvchanlik va astma kabi tizimli samaralar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Bolalar bolalarda ketoprofenning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
Quyosh nurlari va solyariylardan ximoya qilish
Fastum gel qo‘yilayotgan teri soxalariga quyosh nurlari (xatto tarqalgan yorug‘lik) yoki ultrabinafsha nurlanish ta'sirida, potentsial xavfli teri reaktsiyalari (fotosensibilizatsiya) rivojlanishi mumkin. Shuning uchun kerak
-Gel bilan davolash davomida va u to‘xtatilganidan keyin ikki xafta davomida, terining fotosensibilizatsiyasi rivojlanishidan saqlanish uchun, shu soxalarni kiyim bilan berkitish kerak.
-Fastum gelni har bir qo‘yishdan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.
Davolash vaqtida va u to‘xtitilganidan keyin 2 xafta davomida preparat qo‘yilayotgan soxalar, quyosh nurlari yoki solyariylarning UF-nurlari ta'siriga duchor bo‘lmasliklari kerak.
Boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llash
Agar xozirgi vaqtda yoki yaqinda Siz boshqa dori vositalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, shu jumladan ichga qabul qilinadigan antikoagulyantlar (qonni suyultirish uchun dorilar), bu haqida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu shuningdek retseptsiz beriladigan dori vositalariga xam taalluqlidir. Bu talab Fastum® gelni boshqa preparatlarning samarasiga ta'sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, ayrim boshqa dori vositalari Fastum gelning samarasiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Bu bolaning sog‘lig‘ida aks etishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri.
Fastum gel avtotransportni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
3. FASTUM GEL PREPARATINI QANDAY QO‘LLASH KERAK.
Fastum gelni quydagi yo‘riqnomalarga muvofiq qo‘llash kerak
• Tuba qalpoqchani burab olish va qalpoqchaning orqa tomonidagi uchlik bilan alyumin membranani teshing.
• Nasos turdagi dozator birinchi marta ishlatganda dozator qalpoqchasi yoki idish asosiga gel paydo bo‘lgunicha bir necha marta bosish kerak. Ishlatganda dozatorni gorizontal holatda ushlab turish tavsiya etiladi.
Gel qancha miqdorda va qanday tez-tezlikda ishlatilishi kerak
Uzunligi 5-10 sm tasmasini siqib chiqaring yoki dozatorning qopqoqchasini 2 marta bosing (2 g).
Gelning bu miqdorini shikastlangan sohalarga kuniga 1-3 marta qo‘yish kerak.
Fastum gelni qanday va qaysi soxaga qo‘yish kerak
• Fastum gel faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
• Yengil uqalovchi xarakatlar bilan gelni shikastlangan soxaga taqsimlang.
• Qo‘ygandan keyin darhol qo‘llarni yuving.
• Bu dori vositasini juda katta miqdorini ishlatish mumkin emas.
Fastum gelni qanday muddat davomida qo‘llash kerak
Fastum gel faqat qisqa davolash kurslari bilan qo‘llanadi.
Agar kasallik vaqti-vaqti bilan zo‘raysa yoki Siz kasallikni kechishida biron-bir o‘zgarishlar sezsangiz, shifokorga murojaat qiling.
Agar Fastum gelni juda katta miqdori ishlatilgan bo‘lsa
Fastum gel sirtga qo‘llanganda (teriga) qonga uning juda kam miqdori tushadi. Shuning uchun dozani oshirib yuborilishini biron-bir ko‘rinishlar bilan birga kechishini extimoli kam.
Agar Sizda ushbu preparat bo‘yicha yana biron-bir savollar bo‘lsa, davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslaxatlashing.
4. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA'SIRLARI
Boshqa har qanday dori preparati kabi Fastum gel ham, garchi ular xamma patsiyentlarda kuzatilmasa xam, nojo‘ya ta'sirlarga ega bo‘lishi mumkin.
Har qanday dori preparatlarni maxalliy qo‘llash xolidagi kabi, teri allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda Fastum gel qo‘yilgan sohaga quyosh nurlari ta'sirida juda kam hollarda, yaqqol teri reaktsiyalari paydo bo‘lishi mumkin.
Lokal teri reaktsiyalari haqida xabar berilgan, ular keyinchalik preparat qo‘yilgan soxa chegaralaridan chiqishlari mumkin. Kam ko‘rinishlarga tarqalish qobiliyatiga yoki yoyilgan xarakterga o‘tishi mumkin bo‘lgan bullyoz yoki flikentulyoz ekzema kabi yaqqolroq reaktsiyalar hollari kiradi.
Yallig‘lanishga qarshi dori preparatlarning boshqa tizimli samaralari (o‘ta yuqori sezuvchanlik, me'da-ichak yo‘llari va buyraklar tomonidan ko‘rinishlar) ta'sir etuvchi komponentni teri orqali o‘tish qobiliyatiga va, demak, qo‘yilgan gelning miqdori, ishlov berilgan yuzaning maydoni, teri qoplamalarining butunligi, davolashning davomiyligi va okklyuzion bog‘lamlarni qo‘llashga bog‘liq.
Savdoga chiqarilgan vaqtdan boshlab quyidagi nojo‘ya ta'sirlari haqida xabar berilgan. Ular a'zolar va a'zolar tizimlari bo‘yicha ko‘rsatilgan va paydo bo‘lishining tez-tezligiga muvofiq tasniflangan juda tez-tez (10% va yuqori), tez-tez (1% dan 10% gacha), ba'zida (0,1% dan 1% gacha), kam hollarda (0,01% dan 0,1% gacha), juda kam hollarda (0,01% dan kam), shu jumladan alohida hollar.
Agar Siz quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlardan birontasini paydo bo‘lganini sezsangiz, Fastum® gelni ishlatishni to‘htating va bu haqida shifokorga xabar bering
Ba'zidaKamJuda kam
Immun tizimi tomo-nidan buzilishlarAnafilaktik reaktsiyalar, o‘ta yuqori sezuv chanlik reaktsiyalari
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilish-lar Peptik yara, me'da-ichakdan qon ketishi, diareya
Teri va teri osti kletchatkasi tomoni-dan buzilishlarEritema, qichishish, ekzema, achishish xissiFotosensibilizatsiya
reaktsiyalari, bullyoz dermatit, eshakemi Kontakt dermatit, angionevrotik shish
Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan
buzilishlarBuyrak yetishmovchiligi yoki buyrak yetish movchiligini yomonlashishi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning nojo‘ya reaktsiyalarini paydo bo‘lishiga ko‘proq keksa patsiyentlar moyilroq bo‘ladilar.
Ushbu ilova-varaqada ta'riflanganyo‘riqnomalarga rioya qilish, nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi. Umuman, nojo‘ya ta'sirlari vaqtinchalik xarakterga ega. Lekin ular paydo bo‘lganda shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganda shifokorga yoki dorixona xodimigaxabar berish kerak.
5. FASTUM GEL PREPARATINI QANDAY SAQLASH KERAK
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
30°C dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Fastum gelni o‘ramida va tubada/dozatorli tubada ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ning o‘tish sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni xisoblanadi.
Yaroqlilik muddati
60 oy.
Doimo preparat haqida ma'lumot bo‘lishi muhim, shuning uchun o‘ram va ushbu ilova-varaqni saqlash kerak.
Ushbu dori preparatini kanalizatsiyaga yoki maishiy axlat bilan tashlab yuborish mumkin emas. Kerak bo‘lmagan dori preparatlarini qanday utilizatsiya qilish haqida dorixona xodimi bilan maslahatlashing.Bu choralar atrof-muhitni ximoya qilish ishiga yordam beradi.
6.BOSHQA MA’LUMOTLAR
Fastum gel preparatida nima saqlanadi
Ta'sir etuvchi modda ketoprofen hisoblanadi.
Fastum geldagi ketoprofenning kontsentratsiyasi - 2,5%.
Bundan tashqari, unda quyidagi komponentlar saqlanadi karbomer, etanol, neroliy moyi, lavanda moyi, trietanolamin, tozalangan suv.
Fastum gel preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Fastum gel - bu rangsiz, deyarli tiniq gel.
Fastum gel alyuminiy tubalarga yoki polipropilen dozatorlarga qadoqlanadi.
Fastum gel preparatning quyidagi miqdorlarini saqlovchi o‘ramlarda taqdim qilingan 20, 30, 50 yoki 100 g dan tubalarda yoki 100 g nasos turdagi dozatorda.
Sotuvda o‘ramning xamma o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.
Qayd etish guvohnomasining egasi
A. MENARINI Industrie Farmacheutike Riunite s.r.l. (Menarini grupp)
Via Sette Santi, 3
50131 Florentsiya
ITALIYA
Ishlab chiqaruvchi
A. Menarini Menyufekchering Lodjistike end Servisiz s.r.l.
Via Sette Santi, 3
50131 Florentsiya
Mas'ul vakil
Berlin-Xemi AG (Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.