Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ibuprofen susp. 100mg/5ml Radiks
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
100 мг/5 мл 100 мл
Производитель
Radiks,НПП,Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суспензия для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ibuprofen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Ibuprofen
Dori shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya.
Tarkibi
5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi
faol modda ibuprofen 100 mg/5 ml.
yordamchi moddalar glitserin, polisorbat-80, suvsiz kolloid silikagel, ksantin kamedi, maltit siropi, limon kislotasi, ovqat aromatik essentsiyasi, natriy sitrati, nipagin, nipazol, tozalangan suv.
Ta'rifi Oqdan kremsimon rangligacha bo‘lgan, o‘ziga xos hushbo‘y xidga ega, shirin ta'mli suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ibuprofenning ta'sir mexanizmi og‘riq va yallig‘lanish mediatorlari - prostaglandinlarning biosintezini tormozlanishi bilan bog‘liq. Preparatning ta'siri 8 soatgacha davom etadi.
Qo‘llanilishi
Preparat bolalarda hayotining 3 oyligidan to 12 yoshigacha isitmani tushiruvchi vosita sifatida o‘tkir respirator kasalliklarda, grippda, bolalar infektsiyalarida, emlashdan keyingi reaktsiyalarda va tana haroratini oshishi bilan kechuvchi boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llanadi. Preparat og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida kuchsiz yoki o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromida, shu jumladan bosh va tish og‘rig‘ida, migrenda, nevralgiyalarda, quloq va tomoq og‘rig‘ida, pay cho‘zilishdagi og‘riqda va boshqa turdagi og‘riqlarda ishlatiladi.
Shifokor shuningdek bu preparatni boshqa holatlarda ham tavsiya qilishi mumkin (bunday hollarda dozalash va qo‘llash tartibi bo‘yicha shifokorning tavsiyalarini bajaring).
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat bolalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Preparatni qo‘llashdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqing. Preparat ichga qabul qilinadi. Ishlatishdan oldin flakonni yaxshilab chayqating. Preparatning dozasini aniq o‘lchash uchun o‘lchov stakani yoki qoshig‘i beriladi.
Isitma va og‘riq
Bolalar uchun dozalash bolaning yoshi va tana vazniga bog‘liq bo‘ladi. Bir martalik doza bolaning tana vazniga 5-10 mg/kg ni tashkil qiladi, sutkada 3-4 marta yuboriladi. Maksimal sutkalik doza bola tana vazni kg ga sutkada 30 mg dan oshmasligi lozim.
3-6 oylik bolalarga (bolaning vazni 5 kg dan ortiq) 2,5 ml (50 mg) dan 24 soat davomida 3 marta, sutkada 150 mg dan oshmasligi kerak.
6-12 oylik bolalar (bolaning vazni 6-10 kg) 2,5 ml dan 24 soat davomida 3-4 marta, sutkada 200 mg dan oshmasligi kerak.
1-3 yoshli bolalar (bolaning o‘rtacha vazni 10-15 kg) 5 ml dan 24 soat davomida 3 marta, sutkada 300 mg dan oshmasligi kerak.
4-6 yoshli bolalar (bolaning o‘rtacha vazni 15-20 kg) 7,5 ml dan 24 soat davomida 3 marta, sutkada 450 mg dan oshmasligi kerak.
7-9 yoshli bolalar (bolaning o‘rtacha vazni 21-29 kg) 10 ml dan 24 soat davomida 3 marta, sutkada 600 mg dan oshmasligi kerak.
10-12 yoshli bolalar (bolaning o‘rtacha vazni 30-40 kg) 15 ml dan 24 soat davomida 3 marta, sutkada 900 mg dan oshmasligi kerak.
Ogohlantirish ko‘rsatilgan dozani oshirmang.
Davolash davomiyligi
• Isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 - kundan ortiq;
• Og‘riqni qoldiruvchi sifatida 5 - kundan ortiq qo‘llash mumkin emas.
Agar isitma (harorat) tushmasa, shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas
• ibuprofenga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYAQV ga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
• atsetilsalitsil kislotasi (salisilatlar) yoki boshqa NYAQV ni qabul qilish natijasida, qo‘zg‘algan bronxial astmada, eshakemida, rinitda;
• bolada me'da-ichak yo‘llarining yarali shikastlanishlarida;
• me'da-ichakdan faol qon ketishida;
• ichakning yallig‘lanish kasalliklarida;
• tasdiqlangan gipokaliyemiyada;
• qon kasalliklarida gipokoagulyatsiyada, leykopeniyada, gemofiliyada;
• buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida;
• eshitishini pasayishida.
Ehtiyotkorlik choralari
Preparatni bolaga berishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak, agar bola
• boshqa og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilayotgan bo‘lsa;
• anamnezida me'da yara kasalligi, gastrit, yarali kolit, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari bo‘lsa;
• jigar yoki buyrak kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsa;
• Helicobacter pylori mavjudligida;
• bilvosita antikoagulyantlar (qon ivishini pasaytiradigan, ichga qabul qilish uchun preparatlar), arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlar, glyukokortikosteroidlar, antiagregantlar, diuretiklar (siydik chiqarilishini kuchaytiruvchi preparatlar), litiy preparatlari, metotreksat qabul qilayotgan bo‘lsa;
• bronxial astma, eshakemi bilan kasallangan bo‘lsa.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat qo‘llanganida nojo‘ya ta'sirlari kam kuzatiladi, ammo quyidagi nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishi mumkin
• me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyada diskomfort yoki og‘riq his qilish, surgi samarasi, eroziv-yarali shikastlanishlar, qon ketishlari paydo bo‘lishi mumkin.
• allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish, eshakemi, bronxial astmani zo‘rayishi, angionevrotik shish, anafilaktoid reaktsiyalar, anafilaktik shok, bronxospazm, isitma, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi);
• nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, psixomotor qo‘zg‘alish, uyqusizlik;
• yurak-tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial bosimni oshishi;
• qon yaratish a'zolari tomonidan anemiya, trombotsitopeniya, agranulotsitoz, leykopeniya;
• siydik chiqarish tizimi tomonidan buyraklar faoliyatini buzilishi, sistit.
Shu yoki boshqa nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojat qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatni (ibuprofen) antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash ularning ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Preparat digoksin, fenitoin, metotreksat, litiy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida ularning kontsentratsiyasini oshiradi. Preparat diuretiklar va antigipertenziv vositalar bilan birga ishlatilganida ularning samaradorligini pasaytiradi.
Mineralokortikosteroidlar va glyukokortikosteroidlarning nojo‘ya ta'sirlarini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborishning muammolari juda kam paydo bo‘ladi, ammo agar Siz tasodifan tavsiya qilingan dozani oshirib yuborgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojat qiling.
Dozani oshirib yuborish simptomlari qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, metabolik atsidoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimni pasayishi, bradikardiya, taxikardiya.
Davolash me'dani yuvish (faqat qabul qilingandan keyin 1 soat davomida), faollashtirilgan ko‘mir, ishqoriy suyuqliklar ichish, jadallangan diurez, simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun suspenziya 100 mg/5 ml 50, 90, 100 ml dan flakonlarda.
Har bir flakon qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“RADIKS” IIChK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., 100054, Lutfiy ko‘ch, 50.
tel 273-92-31, faks 273-80-58
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.