Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ichthyol rektal shamlar 200mg №10 (Nizhpharm)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ихтаммол
Страна производитель
Россия
Производитель
Нижфарм,АО,Россия
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ixtiol
Xalqaro patentlanmagan nomi
yoki guruhlash nomi ixtammol
Dori shakli
rektal suppozitoriy
1 suppozitoriy tarkibi
ta'sir qiluvchi modda ixtammol (ixtiol) – 200 mg (ammiak qayta hisoblanganda-5, 13 mg);
yordamchi moddalar tozalangan suv, emulьgator T-2, qattiq yog‘ (Vitepsol (N 15, W 35 markali), Supposir (NA 15, NAS 50 markali))
Ta'rifi to‘q-jigarrang to qora-jigarrangdan rangligacha bo‘lgan, xarakter hidli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Yuzasida marmarlik hamda kesimida havo sterjen va chuqurlik mavjud bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun yallig‘lanishga qarshi vosita
ATX kodi D10VX01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Yallig‘lanishga qarshi vosita, mahalliy og‘riqni qoldiruvchi, antiseptik ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanishga qarshi ta'siri yallig‘lanish mediatorlarining ajralib chiqishini ingibitsiya qilishi bilan bog‘liq. Rektal yuborilganida Ixtiol preparati to‘g‘ri ichakning shilliq qavatiga qo‘zg‘atuvchi ta'sir ko‘rsatadi, buning oqibatida kichik chanoq a'zolarida reflektor qon aylanishi kuchayadi, moddalar almashinuvi yaxshilanadi, bu erkaklarda prostata bezida, ayollarda tuxumdonlarda, bachadon naylarida, bachadonda yallig‘lanishni bartaraf qilinishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Tariflanmagan.
Qo‘llanilishi
Salьpingooforit, endometrit, prostatit-kompleks davolashning bir qismi sifatida qo‘llaniladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalik yoshi (18 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik paytida va emizish davrida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Shifakorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash usuli va dozalari
Rektal, 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta, ichak tozalovchi ho‘qnadan yoki ichakning o‘z-o‘zidan bo‘shalganidan keyin qo‘llaniladi. Davolash kursining davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.
Agar davolinishdan so‘ng yaxshilanish bo‘lmasa yoki alomatlar yomonlashib qolsa yoki yangi belgilar paydo bo‘lsa, shifakor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ko‘rsatmalarga, qo‘llash usuliga va ko‘rsatilgan dozalarga muvofiq qo‘llang.
Nojo‘ya ta'siri
Anus sohasida achishish hissi, mahalliy allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Agar sizda yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralar sodir bo‘lsa, yoki ular kuchaysa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya samarani payqasangiz, darhol bu haqida shifokorga xabar bering.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari haqida xabar berilmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Yodli tuzlar, alkaloidlar, og‘ir metallar tuzlari saqlovchi eritmalar bilan nomutanosib.
Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash psixomotor reaktsialarning tezligini va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyatni amalga oshirish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi (transport vositalarni boshqarish, harakatlanuvchi mexanizimlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi).
Chiqarilish shakli
Rektal suppozitoriylar 200 mg dan.
5 suppozitoriydan kontur uyali o‘ramda ikki qavatli plyonka aluminiyli-polietilendan.
2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
200S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.