Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Индометацин
Ishlab chiqarilgan mamlakat
O'zbekiston
Производитель
MERRYMED FARM, Узбекистан
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Indometatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Indometatsin
Dori shakli
Surtma
Tarkibi
Faol modda Indometatsin – 10,0 g.
Yordamchi moddalar propilenglikoli, dimeksid, yuqori molekulyar polietilenglikol (polietilenoksid), past molekulyar polietilenglikol (polietilenoksid), mochevina, ratsemik mentoli, tozalangan suv.
Ta'rifi Och sariq-sariq rangadan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan spetsifik hidli surtma. Yashil tusga kirishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
ATX kodi M02AA23
Farmakologik xususiyatlari
Indol sirka kislotasining hosilasi. Yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi prostaglandinlarning sintezini (yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning patogenezida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan), hamda boshqa yallig‘lanish omillarining susaytirilishi bilan bog‘liq. Trombotsitlarning agregatsiyasini bostiradi. Preparat surtma ko‘rinishida bo‘g‘imlarning ertalabki tangligini, shishini, eritemani kamaytiradi, harakat hajmining oshishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Preparat surtma ko‘rinishida sirtga qo‘llanganida indometatsin tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Bo‘g‘im sindromi (revmatoidli artrit, osteoartrit, ankilozlovchi spondilit, podagra), umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar, nevralgiyalar, mialgiyalar, yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarning jarohatli yallig‘lanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Surtma kasal bo‘g‘imlarga va tana sohasiga sutkada 2–3 marta surtiladi. Surtmaning kattalar uchun sutkalik umumiy miqdori tubadan siqib chiqariladigan 15 sm dan, bolalar uchun – 7,5 sm dan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar; terini qurishi, achishishi, qichishishi va qizarishi, aplikatsiya qilingan joyda toshma, uzoq qo‘llanganda – tizimli ko‘rinishi. Yakka hollarda – psoriazning zo‘rayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, surtish mo‘ljallangan joyda teri qoplamalari butunligining buzilishi, bolalik yoshi (1 yoshgacha), me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi, qon ivishining buzilishi (shu jumladan gemofiliya, qon ketish vaqtini uzayishi, qon ketishiga moyillik), homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat qo‘llanganida boshqa guruh dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni faqat terining intakt sohalariga surtish kerak, uni ko‘zga yoki shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.
Chiqarilish shakli
10% li surtma 25 g, 30 g yoki 40 g alyumin tubalarda. Xar bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 12°C dan 15°C gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«MERRYMED FARM» MChJ QK,
O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Namangan tumani, Bog‘ishamol KFY, Sherbuloq MFY, tel (8369) 224-67-22.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.