Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Indometatsin maz 10% 40gr Borisovskiy
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Индометацин
Страна производитель
Беларусь
Дозировка
10% 40 г
Производитель
Борисовский завод, Беларусь
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Indometatsin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) indometatsin/indometacin/
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma 100 mg/g.
Tarkibi
Har bir tuba (40 g) quyidagilarni saqlaydi
faol modda indometatsin – 4,0 g;
yordamchi moddalar dimetilsulfoksid, mochevina, makrogol 400, makrogol 1500, propilenglikol, levomentol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
Ta'rifi och-sariqdan to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan spetsifik mentol hidli, bir xil konsistentsiyaga ega surtma.
Farmakoterapevtik guruhi
Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar. Indometatsin.
ATX kodi M02AA23.
Qo‘llanilishi
Paylar, bog‘lamlar, mushaklar va bo‘g‘imlarning travma bilan bog‘liq (cho‘zilishi, chiqib ketishlari natijasidagi, yuklamalar va lat yeyishlardan keyin) bo‘lgan yallig‘lanishlari.
Yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanishini lokal shakllari tendovaginit, tendinit, «elka-qo‘l» sindromi, bursit.
Mialgiya, radikulit (ishias, lyumbago).
Tayanch-harakat tizimining, chanoq - son va mayda umurtqalararo bo‘g‘imlarning degenerativ kasalliklaridan tashqari, yallig‘lanish va degenerativ kasalliklari (deformatsiyalanuvchi osteoartroz, revmatik artrit, psoriatik artrit, revmatoid artrit, qo‘l-elka periartriti, ankilozlovchi spondiloartrit).
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Og‘riqli bo‘g‘imlarga yoki tananing sohalariga sutkada 3-4 marta qo‘yiladi, ishqalab teriga singdiriladi. Kattalar uchun tubadan siqib chiqariladigan surtmaning umumiy miqdori 15 sm dan, bolalar uchun – 7,5 sm dan oshmasligi kerak. Okklyuzion bog‘lovlarni ishlatish tavsiya qilinmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar terini qichishishi va giperemiyasi, applikatsiya qilingan joyda toshma, terini quruqligi, achishishi, uzoq muddat qo‘llanganida – tizimli ko‘rinishlar. Yakka xollarda – psoriazning zo‘rayishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (III uch oyligi – katta yuzalarga surtish uchun), surtish taxmin qilinayotgan joyda teri qoplamalarining butunligini buzilishi, bolalar (1 yoshgacha bo‘lgan).
Ehtiyotkorlik bilan
Bolalar (6 yoshgacha), bronxial astma, burun va burun oldi bo‘shliqlarining qaytalanuvchi polipozi va atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni o‘zlashtiraolmaslikni (shu jumladan anamnezdagi) to‘liq yoki noto‘liq birga qo‘shilishi, me'da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida), qon ivishini buzilishlari (shu jumladan gemofiliya, qon ketish vaqtini uzayishi, qon ketishlariga moyillik), homiladorlik (I va II oyliklari), laktatsiya davri.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ahamiyatsiz tizimli so‘rilishi tufayli, boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirining ehtimoli kam.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtmani faqat terining shikastlanmagan sohalariga surtish kerak, ko‘zga yoki shilliq qavatlariga tushishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishining ko‘rinishlari (asosan me'da-ichak yo‘llari tomonidan ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, og‘riq, qon quyilishi) faqat terining katta maydoniga uzoq muddat qo‘llanganida juda kam kuzatilishi mumkin.
Ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq jarohatlarga tushganida mahalliy ta'sirlanish – ko‘z yoshini oqishi, qizarishi, achishish, og‘riq kuzatiladi.
Choralar – shikastlangan sohani tozalangan suv yoki fiziologik eritma bilan shikoyatlar kamaygunicha yoki yo‘qolgunicha yaxshilab yuvish.
Chiqarilish shakli
40 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba ilova-varaqa bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«Borisovskiy zavod meditsinskix preparatov» ochiq aktsionerlik jamiyati,
Belarus Respublikasi, Borisov sh., Chapayev ko‘ch., 64/27
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.