Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Indovazin sirtga qo‘llash uchun gel 45 gr tuba
Nomi | Narx | |||||
Индовазин гель д/наруж прим. 45гр туба (140636##2 169) |
UZS 41 600
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Индометацин, троксерутин
Страна производитель
Болгария
Дозировка
45г
Производитель
Balkanpharma-Troyan AD
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Indovazin
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Indometatsin, trokserutin
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel.
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 30 mg indometatsin va 20 mg trokserutin;
yordamchi moddalar karbomer, dinatriy edetati, natriy benzoati, makrogol 400, izopropanol, dimetilsulfoksid, Fresco BM & GD R.08.0932.1 xushbo‘yi, tozalangan suv.
Ta'rifi sariqdan sariq-jigarrang rangligacha bo‘lgan, biroz tovlanvchi gel.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi va antirevmatik vositalar. Sirka kislotasi hosilalari. Indometatsin majmuada.
ATX kodi M01AV51.
Farmakologik xususiyatlari
Indovazin gel majmuaviy dori vositasi bo‘lib, uning tarkibiga indometatsin va trokserutin kiradi.
Indometatsin yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va shishga qarshi ta'sirga ega.
Trokserutin kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi va venalarning tonusini oshiruvchi ta'sir namoyon etadi.
Teriga ishqalab surtilgandan keyin gel teriga va teri osti to‘qimalariga oson kirib, yallig‘lanishni kamaytiradi va og‘riqni yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
• Surunkali venoz yetishmovchilikni (venalarni kengayishi) – shish, oyoqlardagi og‘irlik va og‘riq hissini simptomatik davolashda;
• yuzaki tromboflebit, flebit; flebitdan keyingi holatlarda;
• gemoroidal kasallikni majmuviy davolashda;
• yumshoq to‘qimalarning revmatizmi tendovaginit, bursit, fibrozit, periartritda;
• jarrohlik aralashuvlaridan keyingi shishlarda, kontuziyalarda, bo‘g‘imlarni chiqishlari, paylarni cho‘zilishida qo‘llanadi.
TO‘G‘RI QO‘LLASР BO‘YICРA MALUMOT
Qo‘llash usuli va dozalari
Indovazinni mazkur ilova-varaqaning yo‘riqnomalariga muvofiq qo‘llang. Agar biron-bir narsaga ishonch xosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Preparat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
4-5 sm gel shikastlangan sohaga kuniga 3-4 marta yupqa qilib yengil ishqalovchi harakatlar bilan surtiladi. Umumiy sutkalik miqdori 20 sm dan oshmasligi lozim. Davolash davomiyligi 10 kundan oshmasligi lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Barcha dori preparatlari kabi Indovazin gel, garchi hammada bo‘lmasa-da, nojo‘ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Mahalliy reaktsiyalar Teri tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari - kontakt dermatit, qichishish, qizarish, toshma, surtilgan joyda issiqlik va achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Tizimli reaktsiyalar Juda kam hollarda tananing katta sohalarida davomli qo‘llanganida nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin;
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – ko‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riqlar, jigar fermentlarining darajasini oshishi;
Immun tizimi tomonidan buzilishlar – o‘ta yuqori sezuvchanlik simptomlari (anafilaksiya, astmatik xuruj, angioedema).
Agar Sizda biron-bir nojo‘ya reaktsiyalar aniqlansa, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering. Ushbu ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan reaktsiyalarga taalluqli.
DORI VOSITASINI QO‘LLAShNI BOShLAShDAN OLDINGI ZARUR MALUMOTLAR
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Preparatning tarkibiga kiruvchi ta'sir etuvchi moddaga yoki biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
-NYaQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga) yuqori sezuvchanlik;
-Indovazinni ochiq jarohatlarga, shilliq qavatlarga, og‘iz bo‘shlig‘iga, ko‘z kon'yunktivasiga surtish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kortikosteroid vositalari bilan, ularning ultserogen ta'sirini kuchaytirishi mumkinligi tufayli, bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ogohlantirishlar
14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ularda qo‘llanilishi mumkinligi haqida yetarli to‘plangan klinik tajriba yo‘q.
Preparatni atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQV ga anamnezida yoki isbotlangan yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarga, bronxial astma, allergik rinit yoki boshqa atopik reaktsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Qonda faol moddalarning kontsentratsiyasini oshib ketishi xavfi tufayli, me'da va o‘n ikki barmoq ichak faol yarasi va jigar va buyrakning og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarda preparatni uzoq vaqt, ayniqsa terining katta sohalarida qo‘llashni cheklash lozim.
Gelni 10 kundan ortiq qo‘llangan xollarda leykotsitlar va trombotsitlar darajasini laborator nazoratini o‘tkazish lozim.
Patsiyentlarning ayrim guruhlari uchun ogohlantirishlar
Homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Nazoratlangan klinik tadqiqotlarning ma'lumotlarini yo‘qligi tufayli homilador va emizikli ayollarda Indovazin gelni qo‘llash mumkin emas. Uni faqat foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan baholanganidan keyingina qo‘llash mumkin.
Bolalar 14 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki ularda preparatning xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Mashinani boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Yordamchi moddalar to‘g‘risida ma'lumot
Indovazin geli yordamchi moddalar sifatida natriy benzoati va dimetilsulfoksid saqlaydi. Natriy benzoati teri, ko‘zlar va shilliq qavatlarga ta'sirlovchi samara ko‘rsatishi mumkin. Dimetilsulfoksid teriga ta'sirlovchi samara ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Uzoq muddatli (10 kundan ortiq) qo‘llanilganida patsiyentni kuzatish tavsiya etiladi, chunki gepatotoksiklik va qon quyilish belgilari rivojlanishi mumkin, leykotsitlar va trombotsitlar darajasini laborator nazoratini amalga oshirish lozim.
Behosdan yutib yuborilganida og‘izda achshish hissi, so‘lak oqishi, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar – og‘iz bo‘shlig‘i va me'dani yuvish, zarurati bo‘lganida – simptomatik davolash.
Ko‘zga, shilliq qavatlarga yoki ochiq yarali yuzalarga tushganida mahalliy ta'sirlanish – ko‘z yoshini oqishi, qizarish, achishish, og‘riq kuzatiladi.
Zarur chora-tadbirlar – shikastlangan sohani suv va fiziologik eritmaning katta miqdori bilan shikoyatlar yo‘qolguncha yoki kamayguncha yuvish.
Chiqarilish shakli
45 g dan membranali alyumin tubalarda. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Tuba birinchi marta ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 6 oy.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Balkanfarma–Troyan AD, Bolgariya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.