Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ибупрофен
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Ispaniya
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: ARAFARMA, ООО
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Izigel
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ibuprofen.
Dori shakli
Sirtga qo‘llash uchun gel.
Tarkibi
Bir gramm Izigel saqlaydi
Faol modda 50 mg faol modda – ibuprofen.
Yordamchi moddalar izopropil spirti, diizopropanolamin, poliztilenglikol', karbomer, mentol va tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
Sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita
ATX Kodi (MO2AA13).
Farmakologik xususiyatlari
Mahalliy og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'sir mexanizmi siklooksigenaza fermentini ingibirlash orqali prostaglandinlar biosintezini susaytirishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Preparat mahalliy qo‘llanganidan so‘ng preparatning yuqori kontsentratsiyasi teri osti to‘qimalariga so‘riladi. Ibuprofen tizimi qon oqimiga tushmay, bevosita teri osti to‘qimalariga o‘tadi.
Klinik xavfsizlik bo‘yicha ma'lumotlar
O‘tkazilgan klinik sinovlarning tajribalariga asoslanib, preparatning tavsiya etilgan dozalarini to‘g‘ri qo‘llash qoidalariga rioya qilinganida, preparatni xavfsizligi bo‘yicha muammolar extimoli kam.
Qo‘llanilishi
Shish, zarb, paylarni cho‘zilishi, mushaklar rigidligi yoki bo‘g‘imlarni boshqa kontrakturalari, lyumbago va bo‘g‘imlarni chiqishidan keyin paydo bo‘ladigan cho‘zilishlar bilan kechuvchi, bo‘g‘im va mushaklardagi og‘riqlarni davolash uchun mahalliy simptomatik vosita.
Qo‘llash usuli va dozasi
Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparatning yupqa qavati og‘riqli sohaga kuniga 3-4 marta qo‘yiladi va teriga yengil surtiladi.
Preparatni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar
- birinchi marta ishlatilganida, tyubikni ochish uchun qopqog‘idan foydalaning (qopqoqchasini aylantiring va qopqoqchasining tashqi yuzasidagi maxsus moslama yordamida tyubikning boshchasidagi himoya fol'gasini qopqoqchasi bilan bosib oching);
- gelni terining og‘riqli soxalariga yengil uqalash yordamida surting va oxirigacha so‘rilib ketgunicha ishqalang;
- preparat har safar ishlatilganidan keyin qo‘llarni yaxshilab yuving.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha preparatlar kabi, IzigelB 50 mi gel' nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, biroq bu nojo‘ya samaralar hamma patsiyentlarda ham namoyon bo‘lmaydi.
Eritema, dermatit, mahalliy ta'sirlanish, qichishish (terining ishlov berilgan sohalarida) kuzatilishi mumkin, ular preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoladi. Fotosensibilizatsiya ham bo‘lishi mumkin. Boshqa nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ibuprofen va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Gelni ochiq jarohatlar, shilliq qavatlar yoki ekzematoz teri, shuningdek teri quyosh nurlari ta'sirida shikastlangan yuzasiga surtish mumkin emas.
Preparatni astma xurujiga moyilligi bo‘lganda, eshakemi yoki anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa yallig‘lanishga qarshi vositalarni qabul qilgandan keyin allergik rinit kuzatilganda qo‘llash mumkin emas.
Dorilariing o‘zaro ta'siri
Preparatni boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan, xatto mahalliy qo‘llanganida ibuprofen tizimli ta'sir ko‘rsatadi va nazariy jihatdan olganda, gel boshqa NYaQV bilan bir vaktda qo‘llanganida nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin.
Nomutanosibligi noma'lum.
Maxsus ko‘rsatmalar
Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Preparatni faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak.
Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.
Terining ishlov berilgan sohalariga quyosh nurlari va ulvtrabinafsha nurlarini tushishidan saqlanish kerak.
Terining ishlov berilgan sohalariga boshka mahalliy preparatlar qo‘llanilmasin.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Uzoq vaqt davomida va yoki terining katta soxalarini davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
Agar og‘riq 7 kundan ortiq (bolalarda 5 kun) davom etsa, ta'sirlanish yoki xolatini yomonlashishi bilan namoyon bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi ishlarni bajarish qobilyatiga ta'sir kilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi minimal darajada ekanligini hisobga olib, homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, faqat qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Gel odam organizmiga bexosdan tushganida dozani oshirib yuborilishini quyidagi simptomlari bosh aylanishi, spazm, gipotenziya va ongni susayishi rivojlanishi mumkin.
Davolash me'dani tovish (qabul qilingandan so‘ng faqat birinchi soatni davomida) va faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Qabul qilgandan so‘ng 1 soatdan ko‘p vaqt o‘tganida ishqoriy vositalarni qo‘shish yordamida elektrolitlar muvozanatini to‘g‘rilash kerak, chunki ibuprofenning spetsifik antidoti mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Izigel 50 mg/g — mentol hidli tiniq gel.
Gel 60 g dan alyumin tubada.
Ikkilamchi o‘rami bir tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riknomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
30°C dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Agar tuba shikastlangan bo‘lsa, Izigel 50 mg/g preparatni ishlatish mumkin emas.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
ARFARMA GROUP, S.A.
C/Fray Gabriel de San Antonio, 6-10
Pol.Ind.del Henares
19180 Marchamalo (Guadalajara) Spain
Litsoyenziya va qayd etish egasi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.