Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ketonal forte 100 mg №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Кетопрофен
Страна производитель
Словения
Дозировка
100 мг
Производитель
Sandoz d.d., Словения произведено: Lek d.d.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ketonal® forte
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ketoprofen/ketoprofenum
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol modda 100 mg ketoprofen.
Yordamchi moddalar tabletka yadrosi magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, povidon, makkajo‘xori kraxmali, tozalangan talk, laktoza monogidrati. Tabletka qobig‘i gipromelloza Ye464, makrogol 400, ko‘k indigotin bo‘yovchisi Ye132, titan dioksidi Ye171, tozalangan talk, karnaub mumi.
Ta'rifi och-moviy rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi preparatlar.
ATX kodi M01AE03.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ketoprofen – preparatning ta'sir etuvchi moddasi – araxidon kislotasining metabolizmida prostaglandinlar sintezini kataliz qiluvchi siklooksigenaza (tsiklooksigenaza-1 (TSOG-1) va siklooksigenaza-2 (TSOG-2)) fermentini bloklab, prostaglandinlar va leykotriyenlar sintezini susaytiradi.
Ketoprofen in vitro va in vivo sharoitlarda liposomal membranalarni barqarorlashtiradi, yuqori kontsentratsiyalarda in vitro sharoitda leykotriyenlar sinteziga susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi va in vivo sharoitlarda antibradikinin faollikka ega.
Ketoprofenning isitmani tushiruvchi ta'sir mexanizmi noma'lum. Ehtimol, ketoprofen markaziy nerv tizimida (aniqrog‘i - gipotalamusda) prostaglandinlar sintezini susaytirsa kerak.
Ayrim ayollarda birlamchi dismenoreya simptomlarini, ketoprofen, ehtimol prostaglandinlarning sintezini va/yoki samaradorligini susaytirishi hisobiga kamaytirsa kerak.
Farmakokinetikasi
Ketoprofen me'da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. 100 mg ketoprofen ichga qabul qilinganidan keyin uning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga (10,4 mkg/ml) 1 soatu 22 minutdan keyin erishiladi. 50 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin ketoprofenning biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi va doza oshirilganida to‘g‘ri chiziqli oshadi. Ketoprofen ratsemik aralashma hisoblanadi, ammo ikkita enantiomerlarning farmakokinetikasi bir-biriga o‘xshash.
Ketoprofenning 99% plazma oqsillari, asosan albumin fraktsiyasi bilan bog‘lanadi. To‘qimalardagi taqsimlanish xajmi 0,1-0,2 l/kg ni tashkil etadi. Ketoprofen sinovial suyuqlikka o‘tadi. 100 mg ketoprofen buyurilganidan uch soatdan keyin uning plazmadagi kontsentratsiyasi taxminan 3 mkg/ml ni, sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi esa –
1,5 mkg/ml ni tashkil etadi. To‘qqiz soatdan keyin uning plazmadagi kontsentratsiyasi taxminan 0,3 mkg/ml ni, sinovial suyuqlikdagi kontsentratsiyasi esa – 0,8 mkg/ml ni tashkil etadi. Bu, ketoprofen sinovial suyuqlikka sekin o‘tishidan va shuningdek undan sekin chiqarilishidan dalolat beradi, ayni vaqtda uning plazmadagi kontsentratsiyasi pasayishda davom etadi. Agar ketoprofen ovqat bilan qabul qilinsa, so‘rilishi sekinlashadi va plazmadagi kontsentratsiyasi biroz pasayadi, lekin biokiraolishligi avvalgidek qoladi. 50 mg ketoprofen sutkada to‘rt marta ovqatlanish vaqtida qabul qilinganidan keyin 3,9 mkg/ml ga teng cho‘qqi kontsentratsiyasiga ketoprofenni och qoringa qabul qilingandagi ikki soatga erishiladigan cho‘qqi kontsentratsiyasiga qaraganda 1,5 soatda erishilgan.
Ketoprofenning muvozanat kontsentratsiyasiga buyurilgandan keyin 24 soat o‘tgach erishiladi. Keksa patsiyentlarda muvozanat kontsentratsiyasiga 8,7 soatdan keyin erishilgan va 6,3 mkg/ml ni tashkil etgan.
Ketoprofen jigar mikrosomal fermentlari tomonidan jadal metabolizmga uchraydi. U glyukuron kislotasi bilan bog‘lanadi va shu ko‘rinishda organizmdan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan keyin uning plazmadagi klirensi minutiga 1,16 ml/kg ni tashkil etadi. Tez metabolizmi tufayli, uning biologik yarim chiqarilish davri bor yo‘g‘i ikki soatni tashkil etadi. Ketoprofenning 80% gacha qismi siydik bilan, asosan (90% ko‘proq) ketoprofen glyukuronidi ko‘rinishida va taxminan 10% axlat bilan chiqariladi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Jigarni shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, ehtimol, gipoalbuminemiya oqibatida (erkin biologik faol ketoprofen) ketoprofenning kontsentratsiyasi deyarli ikki marta oshadi, bu yetarli darajadagi terapevtik samarani ta'minlovchi minimal sutkalik dozani buyurishni talab etadi.
Buyrakni shikastlanishi bo‘lgan patsiyentlar
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda ketoprofenning klirensi pasayadi. Shuning uchun og‘ir buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab etiladi.
Qo‘llanilishi
Ketonal forte yallig‘lanishga qarshi, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega nosteroid revmatizmga qarshi preparat hisoblanadi. U bir qator og‘riq sindromlarida og‘riqni yengillashtirish uchun va yallig‘lanish, degenerativ va metabolik revmatik kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadi.
Og‘riq
-posttravmatik;
-operatsiyadan keyingi;
-og‘riqli hayz ko‘rishlar;
-o‘smalari bo‘lgan patsiyentlarda suyak metastazlari oqibatidagi og‘riq.
Revmatik kasalliklar
-revmatoid artrit;
-spondiloartrit (ankilozlovchi spondilit, psoriatik artrit, reaktiv artrit);
-podagra, soxta podagra;
-osteoartrit;
-bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka bo‘g‘imi kapsuliti) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kamida 100 ml suv yoki sut bilan ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilinadi. Kapsulani tishlab ezish yoki chaynash mumkin emas.
Simptomlarni bartaraf etish uchun zarur eng past samarali dozada maksimal qisqa vaqt davomida qabul qilib, noxush samaralarni minimumga yetkazish mumkin.
Tavsiya etiladigan doza
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar
Odatdagi doza sutkada ko‘pi bilan ikki marta 1 tabletkani (100 mg) ni tashkil etadi.
Ketonal forteni Ketonal suppozitoriylari bilan birga qo‘llash mumkin. Masalan, ertalab Ketonal forte bir tabletkasi (100 mg) va kechqurun Ketonal bir suppozitoriysi (100 mg).
Ketoprofenning maksimal sutkalik dozasi – 200 mg ni tashkil etadi. Kuniga 200 mg dozada ketoprofen bilan davolashni boshida foyda va xavfni sinchkovlik bilan baholash kerak. Yuqoriroq dozalarni qo‘llash tavsiya etilmaydi (shuningdek “
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Ketonal fortening ovqat hazm qilish tizimiga noxush samaralari ehtimolini pasaytiruvchi antatsidlarni bir vaqtda qabul qilish mumkin.
Keksa patsiyentlar
Keksa odamlarda noxush samaralar ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar NYaQP larni qabul qilish zarur bo‘lsa, eng past doza buyuriladi va NYaQP lar bilan davolash boshlangandan keyin 4 xafta davomida patsiyentni me'da-ichakdan qon ketishiga nisbatan kuzatiladi.
Bolalar
Preparatni 15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
”ga qarang).
Nojo‘ya ta'sirlari
Noselektiv NYaQP lar bilan davolash oqibatidagi shish, yuqori arterial bosim va yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan.
Og‘ir nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida davolash to‘xtatilishi kerak.
Noxush samaralar a'zolar tizimlari sinflari, uchrash tez-tezligi va og‘irligini kamayishi bo‘yicha taqsimlangan juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda ( <1/10000), shu jumladan alohida xabarlar; tez-tezligi aniqlanmagan (mavjud ma'lumotlar asosida tez-tezligini aniqlab bo‘lmaydi).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
-Kam hollarda postgemorragik anemiya;
-Tez-tezligi aniqlanmagan agranulotsitoz, trombotsitopeniya, suyak ko‘migi yetishmovchiligi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
-Tez-tezligi noma'lum anafilaktik reaktsiyalar (shu jumladan, shok).
Ruhiyatni buzilishi
-Tez-tezligi aniqlanmagan kayfiyatni o‘zgaruvchanligi.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
-Tez-tez emas bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik;
-Kam hollarda paresteziya;
-Tez-tezligi aniqlanmagan tirishishlar, disgevziya.
Ko‘rish a'zosi tomonidan buzilishlar
-Kam hollarda ko‘rishni noaniqligi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Eshitish a'zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari
-Kam hollarda quloqlarni jaranglashi.
Yurak tomonidan buzilishlar
-Tez-tezligi aniqlanmagan yurak yetishmovchiligi.
Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar
-Tez-tezligi aniqlanmagan arterial gipertenziya, vazodilatatsiya (qon tomirlarni kengayishi).
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar
-Kam hollarda bronxial astma;
-Tez-tezligi aniqlanmagan bronxospazm (ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa NYaQP larga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma'lum patsiyentlarda), rinit.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
-Tez-tez dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qusish;
-Tez-tez emas qabziyat, diareya, meteorizm, gastrit;
-Kam hollarda stomatit, peptik yara;
-Tez-tezligi aniqlanmagan yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi, me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi va perforatsiya, melena, qon aralash qusish.
Ko‘p uchraydigan noxush samaralarga me'da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan reaktsiyalar kiradi. Me'da-ichak yo‘llarida peptik yaralar, perforatsiya va qon ketishlari rivojlanishi mumkin, ular ba'zida, ayniqsa keksa patsiyentlarda o‘lim bilan yakunlanishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
-Kam hollarda gepatit, transaminazalar darajasini oshishi, jigar tomonidan buzilishlar tufayli zardobda bilirubin darajasini oshishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
-Tez-tez emas toshma, qichishish
-Tez-tezligi aniqlanmagan fotosensibilizatsiya reaktsiyalari, alopetsiya, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz reaktsiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
-Tez-tezligi aniqlanmagan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, tubulointerstitsial nefrit, nefritik sindrom, buyrak funktsional holatini buzilishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
-Tez-tez emas shish;
-Tez-tezligi noma'lum toliqish.
Laborator va instrumental ma'lumotlar
-Kam hollarda tana vaznini oshishi.
Ma'lumotlar bir qator NYaQP larni qo‘llaganda (ayniqsa yuqori dozada va uzoq vaqt davomida) arterial tromboz (masalan, miokard infarkti yoki insult) ning yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-Ketoprofenga yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
-anamnezida ketoprofen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) yoki salitsilatlar (masalan, atsetilsalitsil kislotasi) kabi shunga o‘xshash ta'sir etuvchi moddalar qo‘llanilganidan keyin bronxial astma, eshakemi, bronxospazm, rinit yoki allergik turdagi reaktsiyalar; bunday patsiyentlarda og‘ir (kam hollarda o‘lim bilan yakunlanuvchi) anafilaktik reaktsiyalar ta'riflangan (“Nojo‘ya ta'sirlari” ga qarang);
-og‘ir yurak yetishmovchiligi;
-aortokoronar shuntlash (AKSh) operatsiyasi bajarilgandan keyin operatsiyadan keyingi davrda og‘riqni davolash;
-anamnezida surunkali dispepsiya;
-o‘tkir peptik yara, shuningdek anamnezida me'da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforatsiya;
-qon ketishiga moyillik;
-buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi;
-jigar faoliyatini og‘ir buzilishi;
-homiladorlikning so‘ngi uch oyligi (“Homiladorlik va emizish”ga qarang);
-15 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparatlarning tavsiya etilmaydigan majmualari
Yuqori dozalarda boshqa NYaQP lar (shu jumladan siklooksigenaza-2 selektiv ingibitorlari) va salitsilatlar me'da-ichak yo‘llarida yara rivojlanishi va qon ketish-
lari xavfi oshadi.
Antikoagulyantlar (geparin va varfarin) va trombotsitlar agregatsiyasi ingibitorlari (masalan, tiklopidin, klopidogrel) qon ketishini yuqori xavfi oshadi (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang). Birga qo‘llash zarurati bo‘lganida diqqat bilan tibbiy kuzatuv talab etiladi.
Litiy litiyni buyrak tomonidan chiqarilishini kamayishi tufayli, ba'zida toksik darajaga yetishi mumkin bo‘lgan plazmada litiy darajasini oshishi xavfi. Zarurati bo‘lganida, NYaQP lar bilan davolash vaqtida va undan keyin plazmada litiy kontsentratsiyasini sinchkovlik bilan nazorat qilish va litiyning dozasini muvofiqlashtirish lozim.
Xaftasiga 15 mg dan yuqori dozalarda metotreksat metotreksatning gematotoksikligi xavfi oshadi, ayniqsa agar u yuqori dozalarda (>15 mg/xafta) qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ehtimol metotreksatni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqarilishi va uning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘liqdir.
Ehtiyotkorlikni talab etuvchi majmualar
Diuretiklar diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, ayniqsa degidratatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda prostaglandinlarning sintezini susayishi oqibatida buyrakda qon aylanishini kamayini tufayli buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi mavjud. Bunday patsiyentlarda bunday preparatlarni birga qo‘llashni boshlashdan oldin suyuqlik tanqisligini adekvat o‘rnini to‘ldirish, davolashni boshida esa buyrak faoliyatini esa nazorat qilish kerak (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari antagonistlari. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, degidratatsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki keksa odamlarda) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II retseptorlari antagonistlari va siklooksigenazani susaytiruvchi preparatlarni birga qo‘llash buyrak faoliyatini qo‘shimcha yomonlashishini, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.
Xaftasiga 15 mg dan past dozalarda metotreksat majmuaviy davolashning birinchi xaftasida qon manzarasini bir xaftada bir marta nazorat qilish lozim. Buyrak faoliyatini biron-bir buzilishida va keksa patsiyentlarda nazorat ko‘proq amalga oshirilishi lozim.
Kortikosteroidlar me'da-ichak yo‘llarida yara paydo bo‘lishi yoki qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Pentoksifillin qon ketishini yuqori xavfi mavjud. Tez-tez klinik tekshirish va qon ivish vaqtini nazorat qilish talab etiladi.
E'tiborga olish lozim bo‘lgan majmualar
Antigipertenziv preparatlar (beta-blokatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar)
Ketoprofen antigipertenziv vositalarning ta'sirini pasaytiradi (qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlar sintezini susayishi).
Trombolitiklar qon ketishi xavfi oshadi.
Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari me'da-ichakdan qon ketishini yuqori xavfi mavjud (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang).
Probenetsid probenetsid bilan birga buyurilganda ketoprofenning plazmadagi klirensi sezilarli darajada pasayishi mumkin.
Ma'lumot uchun qabul qilish lozim bo‘lgan majmualar
Siklosporin, takrolimus nefrotoksiklikning additiv samarasi rivojlanish xavfi mavjud, ayniqsa keksa patsiyentlarda.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni NYaQP, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.
Keksa odamlarda NYaQP larga noxush reaktsiyalar, ayniqsa o‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me'da-ichakdan qon ketishi va perforatsiya ko‘proq yuz beradi (“
Qo‘llash usuli va dozalari
”ga qarang).
Me'da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi va perforatsiya.
O‘lim bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan me'da-ichakdan qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforatsiya barcha NYaQP uchun ta'riflangan va davolashning istalgan vaqtida darakchi simptomlar yoki anamnezida me'da-ichak yo‘llarining og‘ir kasalliklarini mavjudligida yoki yo‘qligida rivojlanishi mumkin.
Ketonal forte ba'zi boshqa NYaQP ga nisbatan, ayniqsa yuqori dozalarda qabul qilinganda, og‘ir me'da-ichak toksikligi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin (“
Qo‘llash usuli va dozalari
” va “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
”ga ham qarang).
Anamnezida me'da-ichak yarasi bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforatsiya bilan asoratlangan patsiyentlarda (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
”ga qarang), shuningdek keksa yoshdagi shaxslarda NYaQP dozasi oshirilganda me'da-ichak qon ketishi, yara paydo bo‘lishi yoki perforatsiya xavfi oshadi. Bu patsiyentlarni davolashni, iloji boricha mumkin bo‘lgan eng past dozadan boshlash kerak.
Bu patsiyentlar uchun, shuningdek atsetilsalitsil kislotasining past dozalarini yoki me'da-ichakdan qon ketishi xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni (“Dorilarning o‘zaro ta'siri”ga qarang) qabul qilayotgan patsiyentlarga himoya dori vositalari (masalan, mizoprostol yoki proton pompasi blokatorlari) bilan majmuaviy davolashni buyurishni ko‘rib chiqish kerak.
Anamnezida me'da-ichak toksikligining ko‘rinishlari bo‘lgan patsiyentlar, ayniqsa keksa odamlar me'da-ichak yo‘llari tomonidan har qanday o‘zgacha ko‘rinishlar (ayniqsa me'da-ichakdan qon ketishi) haqida, ayniqsa davolashni boshida xabar berishlari kerak.
Me'da-ichak yarasi paydo bo‘lishi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan preparatlar, masalan ichga qabul qilinadigan kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (masalan, varfarin), serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI) yoki atsetilsalitsil kislotasi kabi antiagregantlar bilan bir vaqtda buyurilganda o‘ziga xos ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta'siri”ga qarang).
Agar Ketonal forte bilan davolash fonida patsiyentlarda me'da-ichakdan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qabul qilish to‘xtatilishi kerak.
NYaQP larni anamnezida me'da-ichak yo‘llari kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ushbu kasalliklarni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin (“Nojo‘ya ta'sirlari”ga qarang).
Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralar. Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki kuchsiz yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda tegishli kuzatuv va maslahat berish talab etiladi, chunki NYaQP qo‘llanganda suyuqlikni tutilishi yoki shishlar to‘g‘risida xabar berilgan.
Ba'zi NYaQP larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davomida davolanishda) arterial trombozni (masalan, miokard infarkti yoki insult) yuqori xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (“
Maxsus ko‘rsatmalar
”ga qarang). Ketoprofen uchun bunday xavfni inkor etish uchun yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziyasi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, aniqlangan yurak ishemik kasalligi tashhisi bilan, periferik arteriyalarning kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda Ketonal forte bilan davolash faqat foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholagandan keyingina o‘tkazilishi lozim. Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari (masalan, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan patsiyentlarni uzoq muddat davolashdan oldin ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak.
Boshqa patsiyentlarga nisbatan surunkali rinit, surunkali sinusit va/yoki burun polipozi bilan kechuvchi bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda atsetilsalitsil kislotasi va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori. Ketonal forteni buyurish, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi yoki NYaQP larga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilganida bronxial astma yoki bronxospazm xurujini chaqirishi mumkin (“
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
”ga qarang).
Yurak yetishmovchiligi, sirrozi va nefrotoksik sindromi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek diuretiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa keksa patsiyentlarda davolashni boshida buyrakning funktsional holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish kerak. Bunday patsiyentlarga Ketonal DUO ni buyurish prostaglandinlar sintezini susayishi natijasida buyrakda qon aylanishini pasayishini chaqirishi va buyrak faoliyatini dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Jigar funktsional holatining testlari ko‘rsatkichlarini normadan farq qilgan yoki anamnezida jigar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa uzoq muddatli davolash davomida qondagi transaminazalar darajasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Ketoprofen bilan bog‘liq sariqlik va gepatitning kam hollari ta'riflangan.
Ko‘rishni noaniqligi kabi, ko‘rishni buzilishi namoyon bo‘lganida davolashni bekor qilish kerak.
Preparatni alkogolga qaramligi bo‘lgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
NYaQP larni qo‘llash bilan bog‘liq eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi og‘ir teri reaktsiyalari (ularning ba'zilari o‘lim bilan yakunlangan) juda kam ta'riflangan (“Nojo‘ya ta'sirlari”ga qarang). Bu reaktsiyalarning eng yuqori xavfi davolashning boshida o‘rin tutadi; ko‘pchilik xollarda reaktsiyalarni yuz berishi davolashning birinchi oyida aniqlanadi. Teri toshmasi, shilliq qavatlarda o‘zgarish yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida Ketonal forte bekor qilinishi kerak.
Ketonal forte tana haroratini oshishi kabi infektsion kasalliklarning belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin.
Katta jarroxlik aralashuvlaridan oldin preparat bekor qilinishi kerak.
Ketonal forteni qo‘llash fertillikni pasaytirishi mumkin, shuning uchun uni homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘la olmayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollarda Ketonal forteni bekor qilishni ko‘rib chiqish kerak.
Ketonal forte tabletkalari laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar qabul qilmasliklari kerak.
Homiladorlik va emizish
Prostaglandinlar sintezining susayishi homiladorlik va/yoki embrion/homilani rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi uch oyligida juda zarur holatlardan tashqari, buyurish mumkin emas. Agar Ketonal forteni homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan yoki homiladorlikning birinchi yoki ikkinchi uch oyligi bo‘lgan ayol qo‘llayotgan bo‘lsa, doza iloji boricha pastroq, davolash davomiyligi esa – iloji boricha qisqa bo‘lishi kerak.
Homiladorlikning uchinchi uch oyligida Ketonal forteni qo‘llash mumkin emas.
Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Emizikli onalarga Ketonal forteni buyurish tavsiya etilmaydi.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Preparat markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquchanlik yoki tirishishlar kabi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin; bunday hollarda transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
2,5 g gacha dozada ketoprofenning dozasini oshirib yuborilishi holatlari ta'riflangan. Ko‘pchilik hollarda kuzatilgan simptomlar xavfsiz xarakterga ega bo‘lgan va tormozlanish, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastriyda og‘riq bilan cheklangan.
Ketoprofenning dozasini oshirib yuborilganda maxsus antidoti mavjud emas. Dozani sezilarli oshirib yuborilishiga shubha tug‘ilganda me'dani yuvish va simptomatik va degidratatsiyani bartaraf etish maqsadida bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek diurezni nazorat qilish va atsidozni muvofiqlashtirish (u rivojlangan hollarda) lozim.
Buyrak yetishmovchiligida qonda aylanib yurgan preparatni chiqarish uchun gemodializ samarali bo‘lishi mumkin.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan flakonda, flakon qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Original o‘ramida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Lek d.d., Verovshkova 57, Lyublyana, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.