Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Klodifen gel 5% 45 gr. № 1
Nomi | Narx | |||||
Клодифен гель 5% 45гр. № 1 (400470##2 218) |
UZS 46 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Диклофенак
Страна производитель
Румыния
Дозировка
5%
Производитель
World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm S.R.L.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Klodifen
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Diklofenak
Dori shakli
Gel
Tarkibi
Klodifen gel 1%
100 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,0 g diklofenak natriy;
yordamchi moddalar karbomer 980, propilenglikol, trolamin, 96% li etanol, metilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
Klodifen 5% li gel
100 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol modda 5,0 g diklofenak natriy;
yordamchi moddalar gidroksietiltsellyuloza, propilenglikol, 96% li etanol, metilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, sarg‘ish, bir xil, pufakchalar saqlamaydigan, kuchsiz spirt hidli gel.
Farmakoterapevtik guruhi
sirtga qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar.
ATX kodi M02AA15
Farmakologik hususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYaQV). Yaqqol yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi yallig‘lanish o‘chog‘ida SOG-1 va SOG-2 larni noselektiv susaytirishi, araxidon kislotasining metabolizmini buzilishi va prostaglandinlar biosintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Yallig‘lanish jarayonida Klodifenni qo‘llash og‘riq sindromini va to‘qimalarning shishini kamayishiga yoki bartaraf bo‘lishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Diklofenakning teri orqali so‘riladigan miqdori u surtiladigan maydonga proportsional, shuningdek preparatning umumiy dozasi va terining gidratatsiyasi darajasiga bog‘liq. Preparat sirtga qo‘llanganida diklofenakning 6% dan ko‘p bo‘lmagan qismi so‘riladi.
Metabolizmi asosan gidroksidlanish orqali bir necha hosilalarni hosil bo‘lishi bilan amalga oshadi, ulardan ikkitasi farmakologik jihatdan faol, lekin diklofenakka nisbatan ahamiyatli darajada kam. Diklofenak va uning metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Qon plazmasidagi diklofenakning umumiy tizimli klirensi minutiga o‘rtacha 263 ± 56 ml, yakuniy yarim chiqarilish davri esa – 1-3 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
• yumshoq to‘qimalar va bo‘g‘imlarni jarohatdan keyingi yallig‘lanishi (cho‘zilishi, zo‘riqishi va lat yeyishi oqibatida);
• yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklari (tendovaginit, bursit, periartikulyar to‘qimalarni shikastlanishi va boshqalar);
• mushaklar va bo‘g‘imlarning kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riq sindromi va shish (revmatoid artrid, osteoartroz, radikulitlar, lyumbago, ishias va boshqalar)da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Klodifen geli sirtga qo‘llanadi. Klodifen gelining kontsentratsiyasi yallig‘lanish jarayoni va og‘riq sindromining yaqqolligiga qarab aniqlanadi.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Klodifen 1% li geli sutkada 3-4 marta qo‘llanadi. Uzunligi taxminan 5-10 sm (2-4 g gel) gel tasmasi teriga qo‘yiladi va asta-sekin ishqalanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori og‘riqli sohaning maydoniga bog‘liq.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga Klodifen 5% geli sutkada 2-3 marta qo‘llanadi. Qo‘llanadigan preparatning miqdori -2 g gacha (4 sm gacha gel) bo‘ladi.
Preparat surtilganidan so‘ng qo‘lni yuvish kerak.
Davolash davomiyligi preparatni qo‘llash uchun ko‘rsatmalarga va davolashning samaradorligiga bog‘liq. Preparatni qo‘llash boshlanganidan so‘ng 2 hafta o‘tgach davolashni davom ettirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan shifokor bilan maslahatlashish kerak. Yumshoq to‘qimalarni shikastlanishi yoki yumshoq to‘qimalarning revmatik kasalliklarida preparatni uzluksiz 14 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas va artrit bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqda preparatni uzluksiz 21 kundan ortiq qo‘llash (agar shifokor boshqa davolash tartibini buyurmagan bo‘lsa) mumkin emas. Agar 7 kun davomida ijobiy klinik dinamika kuzatilmasa yoki patsiyentning ahvoli yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Klodifen geli kam hollarda nojo‘ya reaktsiyalar chaqiradi. Ba'zida gel surtilgan sohada qizarish, qichishish yoki achishish hissi paydo bo‘ladi. Alohida patsiyentlarda fotosensibilizatsiya kuzatilishi mumkin.
Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (toshma, eshakemi, bronxial astma, angionevrotik shish) kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• teri qoplamalarining butunligini buzilishi;
• homiladorlikni III uch oyligi;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
• preparatning komponentlariga, atsetilsalitsil kislotasiga yoki boshqa NYaQV yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sir qilish ehtimoli ahamiyatsiz darajada, chunki diklofenak sirtga qo‘llanganida tizimli so‘rilishi juda kam. Preparatni boshqa NYaQV bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Klodifen geli fotosensibilizatsiyani chaqiruvchi preparatlarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Klodifen gelini mahalliy kosmetik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Klodifen gelini faqat shikastlanmagan teriga surtish kerak, ochiq jarohatlarga tushishidan saqlanish kerak. Preparat surtilganidan so‘ng okklyuzion bog‘lov qo‘yish mumkin emas. Preparatni ko‘zga va shilliq qavatlariga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Klodifen geli jigar porfiriyasi (zo‘rayish bosqichida), me'da-ichak yo‘llari (MIY) ni eroziv-yarali shikastlanishlari, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari, surunkali yurak yetishmovchiligi, bronxial astmada, keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Klodifenni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning I va II uch oyliklarida, ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Diklofenak va uning metabolitlari ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Preparat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Klodifen avtomobilni boshqarish va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam, chunki diklofenak sirtga qo‘llanganida uning tizimli so‘rilishi juda kam. Preparat tasodifan ichga qabul qilinganida diklofenakning peroral shakllari uchun xos bo‘lgan nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin. Tizimli nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida me'dani yuvish va adsorbentni qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Klodifen 1% li gel
45 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Klodifen 5% li gel
45 g gel alyumin tubada. 1 alyumin tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.