Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kyupen gel' 20 g
Nomi | Narx | |||||
Кюпен Гель 20 гр (UQ152##2 387) |
UZS 36 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Кюпен Гель 20 гр (UQ152##2 391) |
UZS 36 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Диклофенак, метилсалицилат, льняное масло, ментол
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kyupen gel'
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) diklofenak, metilsalitsilat, mentol, zig‘ir moyi.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel'
Tarkibi
Har bir tuba quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar zig‘ir moyi (tarkibida α-zig‘ir kislotasi ustunlik qiladi) 3,00% v/v, diklofenak diztilamin 1,16% v/v (1,00% v/v diklofenak natriy miqdoriga to‘g‘ri keladi), metil salitsilat BF 10,00% v/v, mentol 5,00% v/v.
yordamchi moddalar benzil spirti, karbomer 940, triztanolamin, propilenglikol', polioksil 40 gidrogenlangan kanakunjut moyi (Akrizol k-140), izopropil spirti, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, suyuq tozalangan parafin, yumshoq oq parafin, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos hidli gomogen gel'.
Farmakoterapevtik guruhi
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita
ATX kodi MO2AA
Farmakologik xususiyatlari
Kyupen gel' yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatuvchi nosteroid tuzilishga ega bo‘lgan modda diklofenak natriy saqlaydi.
Diklofenakning eksperimental sharoitlarda aniqlangan asosiy ta'sir mexanizmi, prostaglandinlarning biosintezini tormozlanishi hisoblanadi. Prostaglandinlar yallig‘lanish, og‘riq va isitmaning genezida muhim rolv o‘ynaydi. Revmatik kasalliklarda diklofenakning yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi xususiyatlari, tinch holatdagi va harakatdagi og‘riq, bo‘g‘imlarning ertalabki tangligi va shishi kabi simptomlar va shikoyatlarning yaqqolligini ahamiyatli kamayishi bilan ifodalanuvchi klinik samarasini, shuningdek faoliyatini yaxshilanishini ta'minlaydi. In vitro diklofenak natriy, patsiyentlarni davolashda erishiladigan kontsentratsiyalariga ekvivalent kontsentratsiyalarda tog‘ay to‘qimasining proteoglikanlarining biosintezini bostirmaydi.
Postravmatik va operatsiyadan keyingi yallig‘lanish ko‘rinishlarida diklofenak tez ogriqni yo‘qotadi (ham spontan, ham harakatda paydo bo‘luvchi), yallig‘lanish shishi va operatsiyadan keyin jarohatni shishini kamaytiradi.
Qo‘llanilishi
Kyupen gel' – bu mahalliy ta'sir etuvchi og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi gel', shishlar, cho‘zilish, beldagi og‘riqlar, bo‘g‘im va mushaklardagi ogriklarni tez koldiradi. Muskul-skelet shikastlanish bilan bog‘liq bo‘lgan yallig‘lanishlarda tendenit, bursit, qo‘llar, bo‘yin, yelkalardagi og‘riqlar, ishialgiya, bo‘g‘imlarni qiyin harakatlanishi, belda og‘riq, revmatizm va lyumbagoda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kyupen gel shikastlangan joylarga kuniga 3-4 marta qo‘yiladi, dori massasi singib ketgunicha ishqalab uqalanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Toshma, kichishish va qizarish kabi nojo‘ya ta'sirlari bo‘lishi mumkin, Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin odatda nojo‘ya ta'sirlari yo‘qoladi. Agar simptomlari saqlansa, iltimos, shifokor bilan maslahatlashing.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Kyupen gelini diklofenakka, aspiringa, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilarga va preparatning boshqa ingrediyentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Diklofenakni mahalliy qo‘llashda preparatning tizimli so‘rilishi pastligi sababli o‘zaro ta'sirni paydo bo‘lish ehtimoli juda past. Preparatni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYaQV) bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Diklofenak fotosensibilizatsiya chaqiruvchi vositalarning ta'sirini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diklofenakni mahalliy qo‘llashda uni ichki qabul qilishga nisbatan tizimli nojo‘ya samaralari rivojlanishi ehtimoli kam, ammo Kyupen gelni uzoq vaqt davomida terining nisbatan katta yuzalariga surtishda ehtimoli ortadi.
Kyupen gelni shikastlangan, yallig‘langan yoki infektsiyalangan va ochiq yaralarga tushishini oldini olib, faqat terining intakt soxalariga yuborish tavsiya etiladi. Uni ko‘z va boshqa shilliq qavatlariga tushishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Preparatni ichga qabul qilish mumkin emas.
Biron bir teri toshmasi paydo bo‘lishida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Kyupen gelni namlikni o‘tkazmaydigan okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash mumkin emas.
Paylarni cho‘zilishi hollarida shikastlangan sohaga bintli bog‘lam qo‘yish mumkin.
Kyunen gel' ochiq yaralarda qo‘llanmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashdan avval shifokor bilan maslahatlashing. Homilador yoki emizikli ayollarda preparatni qo‘llashni klinik tajribasi cheklanganligi sababli uni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Miometriyaning qisqaruvchanlik qobiliyatiga ta'siri va kuchsiz tug‘ruq faoliyati va yoki arterial yo‘lni muddatidan oldin yopilishi ehtimoli sababli bu ayniqsa homiladorlikning III uch oyligiga taaluqli.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homidorlik daavri, homilani rivojlanishi, tug‘ruq davri va postnatal rivojlanishga salbiy ta'sirining tasdiqlari aniqlanmagan.
Emizish davrida preparatni qo‘llashni o‘ta zarurati bo‘lganida kutilgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida, preparatni ko‘krak sohasiga yoki terining katta yuzasiga surtish, uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Komponenlarining past tizimli so‘rilishi sababli dozani oshirilib yuborilish extimoli kam. Bexosdan ichga qabul qilinganida tez me'dani yuvish va adsorbent qabul qilish kerak. Davolash simptomatik, NYaQV bilan zaharlanishda qo‘llanadigan umumiy quvvatlantiruvchi vositalar qo‘llanadi.
Chiqarilish shakli
Kyupen gel' 20 g, 30 g va 50 g dan tyubiklarda chiqariladi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, qorong‘u va quruq joyda saqlansin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqarilgan
“CORAL LABORATORIES LTD”, Xindiston
27/28 DEHRADUN UTRANCHAL 248001.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.