Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
MIG 400mg №10
Nomi | Narx | |||||
МИГ 400мг №10 (33507A##2 243) |
UZS 23 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
МИГ 400мг №10 (33507A##2 252) |
UZS 23 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
МИГ 400мг №10 (33507A##2 253) |
UZS 23 500
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
МИГ 400мг №10 (33511A##2 276) |
UZS 24 800
Stokda yetarli (10)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ибупрофен
Страна производитель
Германия
Дозировка
400 мг
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
MIG 400
400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Ta'sir etuvchi modda ibuprofen
6 yoshdan oshgan (vazni 20 kg dan ko‘proq) bolalar va kattalarda qo‘llash uchun
Ushbu ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma'lumotlar bor.
Ushbu dori preparati retseptsiz beriladi. Biroq, MIG 400 preparati bilan davolashning eng yaxshi natijalarni olish uchun, Siz uni qo‘llayotganda ehtiyotkorlikka rioya qilishingiz kerak.
- Ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqishga kerak bo‘lib qolishi mumkin.
- Agar Sizga qo‘shimcha ma'lumot yoki davolash bo‘yicha maslahat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
- Agar kasallikning belgilari yomonlashsa yoki 4 kun ichida yaxshilanish bo‘lmasa Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
- Nojo‘ya ta'sirlar kuchayganda, shuningdek ushbu ilova-varaqada ta'riflangan nojo‘yata'sirlar paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qiling.
Ilova-varaqadagi ma'lumotlar
1.MIG 400 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.MIG 400 ni qabul qilishdan oldin
3.MIG 400 ni qanday qabul qilish kerak
4.Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.MIG 400 ni qanday saqlash kerak
6.Qo‘shimcha ma'lumotlar
1. MIG 400 O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI
MIG 400 isitmani tushiruvchi ta'sirga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositasidir (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, NYAQP).
MIG 400
- yengildan to o‘rtacha og‘irlik darajasidagi og‘riqlar
- isitmani simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.
2. MIG 400 NI QABUL QILISHDAN OLDIN
MIG 400 preparatini quyidagilarda qabul qilmang
-ibuprofenga yoki preparatning har qanday ingrediyentiga ma'lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikda;
-agar Sizda, ilgari atsetilsalitsil kislotasini yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin quyidagi allergik reaktsiyalar kuzatilgan bo‘lsa
-astma xurujlari
-burun shilliq qavatini shishi
-teri reaktsiyalari (qizarish, toshma va boshqalar)
-kelib chiqishi aniqlanmagan qon yaratilishini buzilishlarida;
-hozirgi vaqtda yoki o‘tmishda me'da yoki o‘n ikki barmoq ichakning qaytalanuvchi yaralari (peptik yaralar) yoki qon ketishlari (tasdiqlangan yara hosil bo‘lishi yoki qon ketishining ikki yoki undan ortiq epizodi bo‘lganida);
-o‘tmishda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me'da-ichak qon ketishlari yoki teshilishi (perforatsiya) bo‘lganida;
-bosh miyaga qon quyilishlarida (tserebral qon ketishlar) yoki hozirgi vaqtda bo‘lgan boshqa faol qon ketishlarda;
-jigar yoki buyraklarning faoliyatini og‘ir buzilishlarida;
-og‘ir yurak yetishmovchiligida;
-homiladorlikning oxirgi uch oyligida.
Bolalar
MIG 400 ni 6 yoshgacha yoki vazni 20 kg dan
kam
bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas, chunki mavjud bo‘lgan doza, odatda ularga to‘g‘ri kelmaydi.
MIG 400 ni qabul qilishdagi alohida ehtiyotkorlik choralari.
Patsiyentning holatini yaxshilash uchun lozim bo‘lgan eng
kam
samarali dozani eng
kam
vaqt qo‘llash davomida ishlatib, nojo‘ya ta'sirlarni paydo bo‘lishini minimumga yetkazish mumkin.
Anamnezda sanab o‘tilgan har qanday ko‘rinishlar bo‘lganida MIG 400 preparatini qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.
Me'da-ichak yo‘llariga nisbatan ehtiyotkorlik choralari
MIG 400 ni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari (tsiklooksigenaza-2 ingibitorlari) deb nomlanadigan vositalar bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.
Keksa yoshli patsiyentlar
Keksa yoshdagi patsiyentlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyingi nojo‘ya reaktsiyalar, ayniqsa hayot uchun xavf tug‘diruvchi me'da-ichakdan qon ketishlari yoki teshilishlar kabi nojo‘ya reaktsiyalarni ro‘y berish chastotasi oshadi. Shuning uchun keksa patsiyentlarda shifokorning alohida sinchikov kuzatuvi talab qilinadi.
NYaQP ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, davolashning butun davri davomida ham oldindan simptomlarni paydo bo‘lishi bilan, ham usiz kechuvchi, shuningdek anamnezda me'da-ichak yo‘llari tomonidan og‘ir buzilishlarni bo‘lishidan qat'iy nazar, patsiyentning hayotiga xavf tug‘dirish xususiyatiga ega bo‘lgan me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, yaralar yoki yaralarni teshilishi to‘g‘risida xabar berilgan.
Me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlarni, yara va perforatsiyani paydo bo‘lishining xavfi NYaQP dozasini oshishi bilan, ayniqsa anamnezida gemorragiyalar yoki perforatsiyalar bilan asoratlangan yarasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek keksa patsiyentlarda oshadi (“MIG 400 preparatini qabul qilmang” 2 bo‘limga qarang). Bunday bemorlarni davolashni minimal dozalardan boshlash tavsiya qilinadi.
Bunday patsiyentlar uchun, shuningdek atsetilsalitsil kislotasining (ASA) kichik dozalarini birga qabul qilish yoki me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni ro‘y berish xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni birga qo‘llanishiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga, me'da shilliq qavatining himoyasini ta'minlaydigan (masalan, misoprostol yoki protonon nasosi ingibitorlari) preparatlarni ishlatish bilan majmuaviy davolashni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.
Anamnezida me'da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta'sirlar o‘rin tutgan patsiyentlar, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichlarida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq barcha g‘ayritabiiy simptomlar (xususan me'da-ichakdan qon ketishlari) to‘g‘risida xabar berishlari lozim. Me'da-ichak yaralarini hosil bo‘lishi va qon ketishini rivojlanish xavfini oshiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda alohida ehtiyotkorlikni namoyon etish kerak. Bunday preparatlarga peroral kortikosteroidlar, varfarin kabi antikoagulyantlar, depressiyani davolash uchun ishlatiladigan serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi kabi antiagregantlar kiradi («Boshqa dorilar bilan qabul qilishi» 2 bo‘limiga qarang).
MIG 400 preparatini qo‘llayotganda me'da-ichak qon ketishlari yoki yaralar paydo bo‘lgan hollarda, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Anamnezida me'da-ichak kasalliklari (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarga nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ularning holatini yomonlashishi mumkin («Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari» 4 bo‘limiga qarang).
Yurak-qon tomir tizimiga ta'siri
MIG 400 preparatiga o‘xshash preparatlar, ehtimol, yurak xurujlari (miokard infakti) yoki insultni rivojlanish xavfini biroz oshirish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Har qanday asoratlarni rivojlanish xavfi preparatning dozasini va ushbu preparatbilan davolash davomiyligini oshishi tufayli oshishi mumkin. Tavsiya etilgan dozani va qabul qilishning davomiyligini oshirmang (maksimal 4 kun).
Agar Sizda yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar bo‘lsa, Sizda ilgari insult o‘rin tutgan bo‘lsa yoki Siz, Sizda ushbu holatlarni rivojlanish xavfi mavjud bo‘lsa (masalan, Siz arterial gipertoniya, qandli diabeti bilan xastalangan bo‘lsangiz, Sizda qonda xolesterin darajasi yuqori bo‘lsa yoki Siz cheksangiz), ushbu preparat bilan davolanish yuzasidan o‘zingizning davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashishingiz kerak.
Teri reaktsiyalari
NYaQP preparatlari bilan davolashda juda
kam
terini qizarishi va pufaklarni hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘lgan og‘ir teri reaktsiyalari kuzatilgan, ularni ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz Layell sindromi) («Mumkin bo‘lgan ta'sirlari» 4 bo‘limga qarang).
Nojo‘ya reaktsiyalarini eng yuqori xavfi davolanishni boshida bo‘lishi mumkin, chunki ko‘rsatilgan reaktsiyalar ko‘pchilik hollarda davolashning birinchi oyi davomida namoyon bo‘lgan. Teri toshmasining birinchi belgilarida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlanishlarida yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilarida MIG 400 ni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Boshqa ko‘rsatmalar
- Ayrim autoimmun kasalliklarida (tizimli qizil yugurik va aralash kollagenozda) MIG 400 ni faqat foyda/xavf nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash mumkin. Bu miya qobig‘ini noinfektsion yallig‘lanishi (aseptik meningit) belgilarini paydo bo‘lish xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi (4 bo‘limga qarang).
- Ayniqsa shifokorning sinchkov nazorati quyidagilarda talab qilinadi
- me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarda yoki anamnezida ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklari (nospetsifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lganida;
- yuqori arterial bosimda yoki yurak yetishmovchiligida;
- jigar va buyraklar faoliyatini buzilishlarida;
- bevosita yirik jarrohlik aralashuvlaridan keyin;
- allergiyalarda (masalan, boshqa preparatlarga teri reaktsiyalarida, astmada, changga allergiyada), burun shilliq qavatining surunkali shishida yoki nafas yo‘llarini torayishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining surunkali kasalliklarida.
- Juda
kam
hollarda MIG 400 preparati qo‘llanganda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari (masalan, anafilaktik shok) rivojlanishi mumkin. MIG 400 preparati qabul qilinganidan keyingi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarning birinchi belgilarida davolashni to‘xtatish kerak.
- Ibuprofen, MIG 400 ning faol moddasi, trombotsitlarning faoliyatini vaqtincha bostirishi mumkin (trombotsitlar agregatsiyasi). Shu boisdan, qon ivishining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni sinchkov kuzatuv ostiga olish kerak.
- Ibuprofen saqlovchi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash, atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini trombotsitlar agregatsiyasiga qarshi (qon laxtalarining hosil bo‘lishini oldini oluvchi) ta'sirini susaytirishi mumkin. Bunday holatlarda Ibuprofen saqlovchi preparatlarini faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
- Agar Siz bir vaqtda qon ivishini susaytiruvchi yoki qonda qand miqdorini
kam
aytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, unda Sizda, ehtiyotkorlik chorasi sifatida qon ivishi va qondagi qand ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
- MIG 400 preparatini uzoq muddat qabul qilinganda jigar va buyraklar faoliyati ko‘rsatkichlarini, va shuningdek klinik qon tahlilini muntazam nazorat qilish kerak.
- MIG 400 preparatini xirurgik aralashuvlar oldidan qabul qilinganda Siz tegishli shifokorni yoki tish shifokorini bu haqida xabardor qilish kerak.
- Og‘riq qoldiruvchi vositalari uzoq muddat qo‘llanganida bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin, lekin ularni ushbu preparatlarning dozasini oshirish bilan davolash mumkin emas. Agar MIG 400 preparatini qabul qilishga qaramasdan, Siz ko‘pincha bosh og‘rig‘idan aziyat cheksangiz, Siz bu haqida o‘zingizning shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.
- Umuman odat bo‘lib qolgan analgetiklarni, ayniqsa bir necha og‘riq qoldiruvchi vositalarni majmualarini qabul qilish, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi xavfi bilan bo‘lgan buyrakni qaytmas shikastlanishiga (“analgetik” nefropatiyaga) olib kelishi mumkin.
- Suvchechakda MIG 400 preparatini qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Boshqa dori preparatlarini qabul qilish
Boshqa dori preparatlarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, u holda bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qilish kerak.
Ibuprofenning ta'siriga ayrim antikoagulyantlar (qonning ivishiga to‘sqinlik qiladigan) masalan, atsetilsalitsil kislotasi/aspirin, varfarin, tiklopidin, qon bosimini tushiruvchi preparatlar (AAF ingibitorlari, kaptopril, beta-blokatorlar, angiotenzin II antagonistlari kabilar) ta'sir qilishi mumkin. O‘z navbatida ibuprofen ham sanab o‘tilgan preparatlarni ta'siriga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ibuprofenni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilishini boshlashdan oldin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Quyida ta'riflangan dori moddalarining yoki guruh preparatlarining ta'siri MIG 400 preparati bir vaqtda qabul qilinganida o‘zgarishi mumkin.
Ta'sirini va/yoki nojo‘ya ta'sirlarni kuchayishi
- Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda ularning qondagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin
-digoksin (yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini oshiruvchi vosita)
-fenitoin (tutqanoqni davolash uchun vosita)
-litiy (ruhiy buzilishlarni davolash uchun vosita).
Litiy, digoksin va fenitoinning plazmadagi kontsentratsiyasini to‘g‘ri qo‘llanganda, odatda nazorat qilish talab etilmaydi (ko‘pi bilan 4 kun davomida).
- qon ivishini susaytiruchi vositalar
- metotreksat (rakni va revmatik tabiatli ayrim kasalliklarni davolash uchun vosita) MIG 400 ni metotreksatni qabul qilishdan oldin yoki keyin 24 soat davomida qabul qilmang. Aks holda qonda metotreksatning kontsentratsiyasi oshishi mumkin, bu uning toksik ta'sirini kuchayish xavfiga olib kelishi mumkin.
- atsetilsalitsil kislotasi, boshqa yallig‘lanishga qarshi og‘riq qoldiruvchi vositalar, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari (NYaQP), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (depressiv holatni davolash uchun vositalar), shuningdek kortizon (glyukokortikoidlar) preparatlari - me'da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi.
- probentsid yoki sulfinpirazon saqlovchi dori vositalari (podagrani davolash uchun vositalar) ibuprofenning organizmdan chiqarilishi kechiktirishi mumkin. Buning natijasida ibuprofenni organizmda uning noxush ta'sirlarini muvofiq kuchayishi bilan kechuvchi to‘planishi uni ro‘y berishi mumkin.
Ta'sirini susayishi
- siydik chiqarilishini kuchaytiruvchi preparatlar (diuretiklar) va arterial bosimni pasaytiruvchi vositalar (antigipertenziv preparatlar).
- AAF ingibitorlari (yurak yetishmovchiligini va gipertoniyani davolash uchun preparatlar) buyraklar faoliyatini buzilishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
- atsetilsalitsil kislotasini kichik dozalari atsetilsalitsil kislotasining kichik dozalarini qon ivishiga javob beruvchi xujayralariga ta'siri susayishi mumkin («MIG 400 preparatini qo‘llaganda maxsus ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).
Mumkin bo‘lgan boshqa o‘zaro ta'sirlar
- Zidovudin (OITS ni davolash uchun vosita) gemofiliya bilan xastalangan OITV bilan infektsiyalangan bemorlarda bo‘g‘imlarga qon quyilishi va gematomalar xavfi oshadi.
- Siklosporin (immun javobini pasaytiradigan, masalan, transplantatsiyadan keyin yoki revmatizmni davolash uchun ishlatiladigan vosita) buyraklar faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfi oshadi.
- Takrolimus buyraklar faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfi oshadi.
- Kaliyni tejovchi siydik haydovchi vositalar (ayrim diuretilar) bir vaqtda qabul qilish kaliyning qondagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
- Sulfonilmochevina preparatlari (qonda qand darajasini tushiruvchi vositalar) ibuprofenni NYaQP dan farqli ravishda sulfonilmochevina preparatlari bilan o‘zaro ta'siri to‘g‘risida muvofiq ma'lumotlarning yo‘qligiga qaramay, bu dori vositalari bir vaqtda qabul qilinganida, profilaktika maqsadlarida qonda qand miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
- Antikoagulyantlar ibuprofenning antikoagulyantlar bilan o‘zaro ta'siri to‘g‘risida alohida ma'lumotlar mavjud. Bir vaqtda qo‘llanganida qonni ivishini nazorat qilish tavsiya qilinadi.
MIG 400 preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
MIG 400 preparatini qabul qilishda iloji boricha, alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish mumkin emas, chunki bu, xususan me'da-ichak yo‘llari yoki markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlarni namoyon bo‘lish xavfi oshishiga olib keladi.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Agar MIG 400 preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa, u holda bu haqida davolovchi shifokorga xabar qilish kerak.
Ibuprofenni homiladorlikning birinchi olti oyida faqat shifokorni maslahatidan keyin qo‘llashga ruxsat etiladi.
Ona va bola uchun yuqori xavfi tufayli, MIG 400 ni homiladorlikni oxirgi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
MIG 400 ayollarning reproduktiv qobiliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) guruhiga kiradi, ular. Bu ta'siri preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin qaytuvchan xarakterga egadir.
Emizish davri
Ta'sir etuvchi modda ibuprofen va uni parchalanishining mahsulotlari ona sutiga faqat oz miqdorda tushadi. Hozirgacha chaqaloq uchun salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabarlar tushmaganligi tufayli, ibuprofenni qisqa muddat davomida qo‘llanganda, emizishni to‘xtatish zarurati, odatda yuz bermaydi. Biroq, yuqori dozalarda yoki uzoq muddat davomida buyurilgan hollarda, emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal etish lozim.
Har qanday dorilarni qabul qilishdan oldin o‘zingizning shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
MIG 400 preparati yuqori dozalarda markaziy nerv tizimiga uyquchanlik va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta'sirlar ko‘rsatishi mumkinligi tufayli, alohida hollarda reaktsiyalarni sekinlashishi va muvofiq ko‘cha harakatida faol ishtirok etish yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati yomonlashishi mumkin. Bunday reaktsiyalar alkogol bilan birga qo‘llanganda kuchayadi. Siz kutilmagan vaziyatlar yuz bergan hollarga yetarli darajada tez va aqlan javob qaytaraolmasligingiz mumkin. Bunday hollarda avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarishdan saqlaning! Mexanizmlar yoki priborlar bilan ishlamang! Oyoq uchun ishonchli tayanchsiz ishlamang!
3. MIG 400 NI QANDAY QABUL QILISH KERAK
MIG 400 ni har doim ushbu ilova-varaqadagi yo‘riqnomaga qat'iy amal qilgan holda qabul qiling. Qo‘shimcha savollar tug‘ilganda shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Dozalash
Odatdagi dozalari
Tana vazni (yoshi)Bir martalik doza (tabletkalar soni)Maks. umumiy sutkalik doza
(tabletkalar soni)
20-29 kg
6-9 yosh1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (200 mg ibuprofenga mos keladi)1 1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (600 mg ibuprofenga mos keladi)
30-39 kg
10-12 yosh1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (200 mg ibuprofenga mos keladi)2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (800 mg ibuprofenga mos keladi)
≥40 kg
(bolalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar, kattalar)1/2–1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka
(200–400 mg ibuprofenga mos keladi)3 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (1200 mg ibuprofenga mos keladi)
Agar Siz maksimal bir martalik dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, u holda keyingi dozani qabul qilishgacha
kam
ida 6 soat kuting.
Keksa bemorlar va anamnezida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlar
Ushbu guruh patsiyentlari minimal dozadan boshlashlari kerak (2 bo‘lim «MIG 400 preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari»ga qarang).
Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi
Buyrak yoki jigar faoliyatini yengildan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha buzilishida dozani pasaytirish talab qilinmaydi.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul uchun vosita.
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini chaynamasdan, ko‘p suyuqlik bilan birga (masalan 1 stakan suv bilan) ovqat vaqtida yoki undan keyin qabul qiling.
Tabletkani bo‘lish bo‘yicha ko‘rsatma
Ikkala qo‘lning ko‘rsatkich va bosh barmoqlari bilan tabletkani pastga bo‘lish o‘yiqchasidan ushlang va bosh barmoqlar bilan o‘yiqcha bo‘ylab bosib, tabletkani sindiring.
Qo‘llash davomiyligi
Faqat qisqa muddatli davolash uchun.
MIG 400 ni shifokor bilan maslahatlashmasdan to‘rt kundan ortiq qabul qilmang.
Agar Siz MIG 400 ni ta'siri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari sust deb hisoblasangiz, iltimos o‘zingizning shifokoringizga murojaat qiling.
Agarda Siz MIG 400 ni keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
MIG 400 qobiq bilan qoplangan tabletkalarini o‘ramiga joylangan ilova-varaqada ko‘rsatilgan dozalashga yoki shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qiling. Agar preparat qo‘llanganidan keyin og‘riqni muvofiq susayishini his etmasangiz, dozani mustaqil oshirmang - davolovchi shifokorga murojaat qiling.
Dozani oshirib yuborilganda quyidagi simptomlar bo‘lishi mumkin
- bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, karaxtlik va hushdan ketish (bolalarda shuningdek mioklonik tirishishlar) kabi markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar;
- qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish kabi me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar;
- jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari;
- arterial bosimini pasayishi;
- nafasni kuchsizlashishi (susayishi) ;
- teri va shilliq qavatlarining ko‘karishi (tsianoz).
Bu preparatga qarshi spetsifik antidot mavjud emas.
MIG 400 dozasini oshirib yuborilganiga shubha bo‘lganda, iltimos o‘z shifokoringizga murojaat qiling. Shifokor zaharlanishning og‘irlik darajasiga ko‘ra, tegishli choralarni ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Agarda Siz MIG 400 qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilganing to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar Sizda davolanish yuzasidan savollar paydo bo‘lsa, ularni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.
4. MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya TAЪSIRLARI
Hamma boshqa dori vositalari kabi, MIG 400 preparati xam, garchi ular hamma patsiyentlarda rivojlanmasada, nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkin. Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta'sirlarning paydo bo‘lganida, bu haqida shifokorga xabar bering, u preparatni keyinchalik qo‘llanishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlarning
tez-tez
ligini baholash asosiga quyidagi mezonlar olingan
juda tez 10 patsiyentdan 1 dan ko‘pida
tez-tez
10 dan 1 dan
kam
ida, ammo 100 patsiyendan 1 dan ko‘pida
ba'zida
100 dan 1 dan
kam
ida, ammo 1000 patsiyentdan 1 dan ko‘pida
kam
1000 dan 1 dan
kam
ida, ammo 10000 patsiyentdan 1 dan ko‘pida
juda
kam
10000 patsiyentdan 1 da yoki undan
kam
ida yoki noma'lum holatlar (bo‘lgan ma'lumotlar asosida
tez-tez
ligini aniqlash mumkin emas)
Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
Quyidagi nojo‘ya ta'sirlarining ro‘yxati o‘z ichiga ibuprofen bilan davolanishda bo‘lgan hamma nojo‘ya ta'sirlarni, shu jumladan revmatizm bilan og‘rigan patsiyentlarni uzoq vaqt yuqori dozalarda davolash o‘tkazilganlariniham o‘z ichiga oladi. Aniqlangan
tez-tez
ligi, xatto juda
kam
holatlargacha ibuprofen peroral dori shakli uchun qisqa muddatli davolashga yoki kunduzgi dozani maksimal 1200 mg gacha (MIG 400 preparatining 3 tabletkasiga teng) va maksimal 1800 mg gacha suppozitoriylar uchun ham taalluqlidir.
Dorilarning quyidagi salbiy nojo‘ya ta'sirlarga nisbatan ularning dozaga va patsiyentlarning shaxsiy o‘ziga xosligiga bog‘liq holda dozalarini o‘zgarishini hisobga olish lozim.
Eng ko‘p me'da-ichak yo‘llari bilan bog‘liq nojo‘ya ta'sirlari kuzatilgan.
Me'da/o‘nikki barmoq ichak yaralari (peptik yaralar), perforatsiya (yorilib ketish) yoki qon ketishlar,
ba'zida
o‘lim bilan yakunlanadigan, ayniqsa keksa yoshli patsiyentlarda (2 bo‘limga «MIG 400 qabul qilishda o‘ta ehtiyotkorlik choralari» qarang) bo‘lishi mumkin.
Ba'zida preparat qo‘llanganidan keyin ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qabziyat, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, qorinda og‘riqlar, qatronsimon ahlat, qonli qusiq, yarali stomatit (og‘iz shilliq qavatini yaralanishili yallig‘lanishi), shuningdek yarali kolitning zo‘rayishi va Kron kasalligi (2 bo‘lim «MIG 400 ni qabul qilishda o‘ta ehtiyotkorlik choralari» ga qarang) haqida ma'lumotlar bor.
Kamroq me'da shilliq qavatining yallig‘lanishi kuzatilgan. Me'da-ichak qon ketishlarini xavfi ayniqsa preparatning dozalari va qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq.
NYAQP qo‘llanishi fonida shish, arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan.
MIG 400 dori preparatiga o‘xshash vositalar yurak xurujlari (miokard infarkti) yoki insultlarni rivojlanish xavfini biroz oshirish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Yurak tomonidan buzilishlar
Juda
kam
Yurakni tez urishi, yurak yetishmovchiligi, yurak xuruji (miokard infarkti).
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda
kam
Qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz).
Birinchi belgilari isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida yuza jarohatlar, grippga o‘xshash simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketishlari, teriga qon quyilishi bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Har qanday og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vositalar bilan mustaqil davolanish mumkin emas.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Ba'zida
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ta'sirchanlik yoki toliqish kabi buzilishlar kuzatiladi.
Ko‘rish a'zolari tomonidan buzilishlar
Ba'zida
Ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a'zolari va labirint tomonidan buzilishlar
Kam
Quloqlarda shovqin (tinnitus).
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan jig‘ildonni qaynashi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin dam bo‘lishi, ich ketishi, qabziyat kabi, shuningdek alohida hollarda qizil qon tanachalari sonini
kam
ayishiga (anemiyani) olib kelishi mumkin bo‘lgan me'da-ichak yo‘llaridan biroz qon ketishlari kabi shikoyatlar bo‘lishi mumkin.
Ba'zida
Me'da/o‘nikki barmoq ichak yarasi (peptik yaralar), qon ketishi va perforatsiyani rivojlanish ehtimoli bilan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yaralanishi bilan bo‘lgan yallig‘lanish (yarali stomatit), yarali kolitning zo‘rayishi yoki Kron kasalligi kuzatiladi.
Juda
kam
Qizilo‘ngachni yallig‘lanishi (eozofagit) va me'da osti bezi yallig‘lanishi (pankreatit), ingichka va yo‘g‘on ichakda chandiqli torayishlarni hosil bo‘lishi (ichak strukturalari).
Qorinning yuqori qismida kuchli og‘riqlar, qon aralash qusish, ahlatni qorayishi paydo bo‘lganida, MIG 400 ni qabul qilishni darhol to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak.
Buyraklar va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda
kam
To‘qimalarda suyuqlikni tutilib qolishini (shishlarni hosil bo‘lishini) kuchayishi, ayniqsa gipertoniyasi yoki buyraklar faoliyati cheklangan patsiyentlarda; nefrotik sindrom (organizmda suyuqlikni to‘planishi (shishlar) va siydik bilan oqsilni ko‘p miqdorda chiqarilishi); buyraklar faoliyatini o‘tkir buzilishlari bilan kechishi mumkin bo‘lgan buyraklarning yallig‘lanish kasalliklari (interstitsial nefrit).
Buyrak to‘qimasini shikastlanishi (buyrak so‘rg‘ichlarining nekrozi) va qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi kuzatilishi mumkin.
Siydik miqdorini
kam
ayishi, organizmda suyuqlikni tutilib qolishi (shishlar) va umumiy ahvolni yomonlashishi buyrak faoliyatini, xatto buyrak yetishmovchiligigacha bo‘lgan buzilishidan dalolat berishi mumkin.
Sanab o‘tilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki zo‘rayganida MIG 400 qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Juda
kam
Qizarish va pufaklarni hosil bo‘lishi bilan bo‘lgan teri toshmasi (masalan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), sochni to‘kilishi (kal bo‘lib qolish) kabi yaqqol teri reaktsiyalari.
Alohida hollarda og‘ir teri infektsiyalari va suvchechak infektsiyasi yoki yuzning saramasli yallig‘lanishi/o‘rab oluvchi temiratki vaqtida yumshoq to‘qimalarda asoratlar bo‘lishi mumkin (shuningdek “Infektsion va parazitar kasalliklar” ga ham qarang).
Infektsion va parazitar kasalliklar
Juda
kam
Juda
kam
hollarda ayrim nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (MIG 400 ham kiradigan NYaQP), qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kelib chiqishi infektsion (masalan, nekrozlanuvchi fastsitni rivojlanishi), yallig‘lanish jarayonlarini zo‘rayishi hollari ta'riflangan.
Bosh miya qobiqlarining kuchli bosh og‘riqlari, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, ensa mushaklarining rigidligi yoki ongni xiralashuvi kabi yallig‘lanishini simptomlari (aseptik meningit) kuzatilgan. Yuqori xavf ayrim immun kasalliklari (tizimli qizil yugurik, aralash kollagenez) bilan og‘rigan patsiyentlar uchun xarakterlidir.
Infektsiyaning birinchi belgilari paydo bo‘lganida (masalan, qizarish, shish, isitma, og‘riq) yoki ular zo‘rayganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Qon tomir buzilishlari
Juda
kam
Arterial bosimni oshishi (arterial gipertoniya).
Immun tizimi tomonidan buzilishlari (o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari).
Ba'zida
Teri toshmasi va qichishish, shuningdek astmatik xurujlar bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (ayrim hollarda qon bosimni pasayishi bilan kechgan).
Bunday hollarda MIG 400 ni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Juda
kam
O‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir umumiy reaktsiyalari.
Ushbu reaktsiyalar yuzni, tilni va hiqildoqni nafas yo‘llarini torayishi bilan kechgan shish, hansirash, tezlashgan yurak urishi, qon bosimini xatto xavfli shoka qadar pasayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.
Birinchi qo‘llanganida ham mumkin bo‘lgan bu belgilardan birortasi paydo bo‘lganida, shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda
kam
Jigar faoliyatini buzilishi, jigarni shikastlanishi, ayniqsa uzoq muddatli davolashda, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigarni o‘tkir yallig‘lanishi (gepatit).
Uzoq muddat qabul qilinganida jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Ruhiy buzilishlar
Juda
kam
Psixotik reaktsiyalar, depressiya.
Bu patsiyent uchun eslatmada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta'sirlari aniqlanganda Sizdan ular to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qilishingizni so‘raymiz.
5. MIG 400 NI QANDAY SAQLASH KERAK
Dori bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
MIG 400 preparatini yig‘iladigan quticha va blisterda ko‘rsatilgan “goden do” so‘zlaridan keyin yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.
Saqlash sharoiti
Ushbu dori vositasi alohida saqlash sharoitini talab qilmaydi.
Dori preparatlarini kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Sizga endi kerak bo‘lmagan preparatni utilizatsiya masalalari yuzasidan dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
6. QO‘SHIMCHA MA'LUMOTLAR
MIG 400 preparatida nima saqlanadi
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi - ibuprofendir.
Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi
Boshqa komponentlari
Tabletka mag‘zi
Makkajo‘xori kraxmali, yuqori dispersli suvsiz kremniy dioksidi, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A turi), magniy stearati.
Plyonka qobig‘i
Gipermelloza, makrogol 4000, povidon K30, titan dioksidi (E171).
MIG 400 preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, ikki tomonlama bo‘lish uchun o‘yiqchali, plyonka qobiq bilan qoplangan uzunchoq tabletkalar. Yuqori tomonida o‘yiqchaning ikkala tomonida ham «E» o‘yilgan yozuvi joylashgan.
Tabletkani ikki teng bo‘lakka bo‘lish mumkin.
O‘ram sifatida tiniq bo‘lmagan oq, qattiq, polivinilxlorid (PVX) plyonka va pergamin bilan qoplangan alyuminiy folgadan tayyorlangan bosib chiqarish uchun mo‘ljallangan o‘ram (bolalar tomonidan ochilishi himoyalangan o‘ram) ishlatiladi. Bosib chiqarish uchun mo‘ljallangan o‘ramlar plyonka qobiq bilan qoplangan 10 va 20 tabletkadan yig‘iladigan qutilarga joylangan.
O‘ramlarning barcha o‘lchamlari savdoda bo‘lmasligi mumkin.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG (Menarini Grupp)
Ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG
Gliniker Veg 125
12489 Berlin
Germaniya
Menarini – Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.