Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nayz gel 1% 20g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Нимесулид
Страна производитель
Индия
Дозировка
1% 20 г
Производитель
Dr.Reddy's Laboratories Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nayz®
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) nimesulid, metilsalitsilat, mentol, kapsaitsin
Dori shakli
gel
Tarkibi
1 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar nimesulid - 10 mg, metilsalitsilat - 100 mg, mentol - 50 mg, kapsiatsin - 0,25 mg;
yordamchi moddalar 50 mg dietilftalat, 50 mg dietilenglikol monoetil efiri, 50 mg gidrogenlangan polioksilkastor moyi, 70 mg propilenglikol, 1 mg natriy benzoati, 1 mg dinatriy edetati, 0,4 mg butillangan gidroksitoluol, 12 mg karbamer-980, 2 mg trometamol, tozalangan suv.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat
ATX kodi M01AX17
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Nimesulid sulfonanilidlar sinfiga mansub nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir (NYaQV). Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta'sirga ega. Samarasi siklooksigenaza - 2 ni selektiv blokadasi bilan, shuningdek quyidagilar kabi qator boshqa mexanizmlar bilan bog‘liq
- trombotsitlar faollanishining faktori sintezini susaytirilishi;
- proteinkinaza S va fosfodiesterazaning IV turini bilvosita susaytirilishi natijasida rag‘batlantirilgan polimorf yadroli leykotsitlar tomonidan superoksid-anionini ishlab chiqarilishini pasayishi;
- o‘smalarning α nekroz faktori ajralishini ingibitsiya qilish orqali bradikinin va sitokinlar tomonidan induktsiyalangan giperalgeziyani oldini olish;
- gipoxlor kislotasini neytralizatsiyasi;
- α -proteinaza ingibitorlarining faolsizlanishini oldini olish;
- proteazalarni ingibitsiya qilish (shu jumladan elastazani, kollagenazani);
- bazofil va semiz hujayralardan gistamin ajralishini ingibitsiya qilish.
Mentol mahalliy qo‘zg‘atuvchi, og‘riq qoldiruvchi, chalg‘ituvchi, qichishishga qarshi, antiseptik, tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Samarasi asosan sezuvchi nerv oxirlarini qo‘zg‘atilishi bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor reaktsiyalar bilan bog‘liq teri yoki shilliq qavatlar retseptorlarini qo‘zg‘alishi og‘rik hissini, qon tomirlar o‘tkazuvchanligini va boshqa jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi endogen biologik faol moddalarni (enkefalinlar, endorfinlar, peptidlar, kininlar) hosil bo‘lishi va ajralib chiqishini rag‘batlantiradi va og‘riqsizlantiruvchi, chalg‘ituvchi va qichishishga qarshi ta'sirini ta'minlaydi. Antiseptik ta'siri mikrob hujayralarini tanlamay shikastlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Qitiqlovchi (chalg‘ituvchi) samarasi og‘riq hislarini pasayishiga yordam beradi. Mahalliy ta'siri yengil achishish va sanchiqni his qilishga o‘tuvchi qon tomirlarni torayishi, sovuqni his qilish bilan birga kechadi. Teri-vistseral reflekslar (refleks yoyi bosh miyaga tegmaydi) to‘qimalar oziqlanishini yaxshilaydi (innervatsiya zonalariga mos ravishda).To‘qimalar va ichki a'zolarda ham yuza, ham chuqur joylashgan qon tomirlar tonusini reflektor o‘zgartiradi.
Kapsaitsin og‘riq va qichishish reaktsiyalarini periferik nerv tizimi retseptorlaridan markaziyga o‘tkazilishini amalga oshiruvchi neyrotransmitter bo‘lgan R moddasi miqdorini pasaytirishi orqali ta'sir ko‘rsatadi. Kapsaitsin R moddasini sintezini va neyron bo‘ylab o‘tkazilishini bloklaydi, bu og‘riq impulsi jadalligini kamayishiga olib keladi.
Metilsalitsilat - salitsil kislotasini hosilasi. Mahalliy applikatsiyada tez terini chuqur qavatlariga o‘tadi, so‘riladi, gidrolizlanadi va salitsil kislotasini anioniga aylanadi. Siklooksigenazani tanlamasdan ingibitsiya qiladi, yallig‘lanish, og‘riq, haroratni ko‘tarilishiga javobgar prostaglandinlar sintezini pasaytiradi. O‘tkazuvchanligi oshgan kapillyarlarni normallashtiradi, mikrotsirkulyatsiya jarayonlarini yaxshilaydi, yallig‘langan to‘qimalarni shishi va infiltratsiyasini kamaytiradi, bo‘g‘imlar, mushaklar va yumshoq to‘qimalar patologiyasida og‘riq hislarini kamayishini chaqiradi. Teriga mahalliy qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Mutagenligi va kantserogenligi
Turli tadqiqotlar nimesulidni mutagen preparat emasligini ko‘rsatdi.
Shuningdek in vitro sharoitlarida preparatni limfotsitlar xromosomalariga ta'siri vaN-timidin bilan kultivatsiya qilingan odam limfotsitlari bilan o‘zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Farmakokinetikasi
Nimesulid xalqaro tadqiqotlarning ma'lumotlariga ko‘ra, 200 mg dozada bir marta mahalliy qo‘llangandan keyin qon plazmasida nimesulidni maksimal kontsentratsiyasi, qo‘llagandan keyin 24 soat o‘tgach kuzatiladi va 9,77 ng/ml ga yetadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Nimesulidni asosiy metaboliti - 4-gidroksinimesulidni plazmada hech qanday izlari aniqlanmaydi. Uzoq muddat qo‘llanganda nimesulidni kontsentratsiyasi 8-chi kuni qon plazmasida 37,25±13,25 ng/mg ni tashkil qilgan, bu o‘rtacha sutkalik dozada (sutkada 200 mg) ichga qabul qilgandagidan 100 marta kam.
Ahamiyatsiz darajadagi tizimli so‘rilishi munosabati bilan, mahalliy qo‘llashdagi boshqa faol komponentlarini farmakokinetikasi haqidagi ma'lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Og‘riq va yallig‘lanish sindromlari bilan kechuvchi tayanch-harakat apparatini o‘tkir va surunkali kasalliklari, jumladan bo‘g‘imli revmatik sindromlar va yumshoq to‘qimalarni patologiyasi. Shuningdek, lyumbalgiya, tendinitlar, tendosinovitlar, chiqishlar va bo‘g‘imlar va paylarni cho‘zilishlari, degenerativ kasalliklar va teri qoplamalari butunligini buzilishlarisiz jarohatlar.
Paylar, mushaklar, bo‘g‘imlarni jarohatdan keyingi yallig‘lanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat sirtga qo‘llash uchun.
Gel (3 sm tayoqcha uzunligiga mos keladigan miqdorda) og‘riqli sohaga ehtiyotkorlik bilan yupqa qavat qilib, kunda 3-4 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha surtiladi.
Surtish oldidan terini surtiladigan joyi yaxshilab yuviladi va quritiladi. Yupqa qavat qilib gel kerakli joyga va atrofdagi sohaga qo‘yiladi va yengil harakatlar bilan surkab singdiriladi. Bosuvchi tor kiyim kiyishdan saqlanish tavsiya etiladi. Muolajagacha va undan so‘ng qo‘lni yuvish kerak.
Odatda davolash kursi 7-15 kun davom etadi. Zarurati bo‘lganida davolashni takroriy kurslarini 3-5 kun o‘tgach o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nimesulidni mahalliy qo‘llanadigan preparatlari odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kuzatiladigan nojo‘ya samaralariga o‘rtacha yoki yaqqol mahalliy irrtativ reaktsiyalar, giperemiya, toshma, deskvamatsiya, preparat qo‘yilgan sohada achishish va u bilan bog‘liq bo‘lgan reaktsiyalar, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikni ko‘rinishlari sifatida kiradi.
Preparatni tarkibiga kiruvchi kapsaitsin 1% va ko‘proq kontsentratsiyalarda neyrotoksiklik va issiqlik giperalgeziya, achishish hissi, qizarishni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparat qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak.
Preparat qo‘llanganda tizimli nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Nimesulid, metilsalitsilat, boshqa NYaQP lar, mentol, kapsaitsin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda.
Jigar yetishmovchiligini o‘rtacha va og‘ir darajasida.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nimesulidni mahalliy qo‘llash boshqa preparatlarni metabolizmiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gelni ishlatish natijasida mahalliy irritativ reaktsiyalar paydo bo‘lganda preparat qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolash buyuriladi. Gelni shilliq qavatlarga, ko‘z, terini shikastlangan va infektsiyalangan joylari, teri kasalliklari bilan zararlangan sohalar va ochiq jarohatlarga surtish mumkin emas. Surtiish vaqtida jadal achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin, u bir necha kun davomida yo‘qoladi. Muolaja vaqtida va preparatni qoldiqlaridan qo‘llar tozalanmagunicha terini sezuvchan joylariga teginmaslik kerak. Salitsilatlar chaqirgan nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi xavfi bo‘lgan patsiyentlarda gelni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlar va laktatsiya davrida qo‘llash
Nimesulid homiladorlar va emizuvchi ayollarda ishlatilmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davridagi uni samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homilani rivojlanishiga ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Pediatriyada qo‘llanilishi
Bolalarda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar ma'lum emas.
Haydovchilarda va mexanizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilarda ishlatish samarasi
Nimesulidni ichga qabul qilayotgan patsiyentlar uni nojo‘ya ta'siri - bosh aylanishi haqida ogohlatirilgan bo‘lishlari kerak. Haydash va ishlash vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Nimesulid mahalliy qo‘llangandan keyin bosh aylanishi hollari ta'riflangan emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborish hollari ta'riflanmagan.
Chiqarilish shakli
20 g gel saqlovchi tuba, qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
vaqtidan boshlab 24 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptisiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi
«D-r Reddi`s Laboratoris Limited», Hindiston
8-2-337, Road No.3, Banjara Hills,
Hyderabad –500034, Telangana, Hindiston
Ishlab chiqarish manzili
Plot No. 41, Nasigere
Village, Kasaba Hobli, KIADB Industrial
Area, Malur- 563130, Karnataka, India.
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«D-r Reddi`s Laboratoris Limited» O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi
O‘zbekiston, 100031, Toshkent shahar, Afrosiyob ko‘chasi, 4, «S» korpusi.
Tel. (99871) 252-24-41
Faks (99871) 252-24-41
pharmacovigilance@drreddys.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.