Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nimid gel 10mg/g 30g
Nomi | Narx | |||||
Нимид гель 10 мг/г 30г (1002827##2 098) |
UZS 29 700
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Нимесулид
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
10г/г 30г
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Ishlab chiqaruvchi
Preparatning savdo nomi
Nimid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) nimesulid
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun gel
Tarkibi
Har bir gramm gel saqlaydi
faol modda 10 mg nimesulid;
yordamchi moddalar benzil spirti, propilenglikol, karbomer 940, dinatriy edetati, natriy gidroksid granulalari, Cologne Comp 530 aromatizatori, tozalangan suv.
Ta'rifi och – sariq rangli, tiniq bo‘lmagan bir xil gel.
Farmakoterapevtik guruhi
yallig‘lanishga qarshi mahalliy qo‘llash uchun nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar.
ATX kodi M02AA26.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Nimesulid — yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi xususiyatlarga egafaol modda. Nimesulid SOG – 2 (tsiklooksigenaza – 2) ni tanlab ingibitsiya qiladi va yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar sintezini bostiradi.
Nimesulid miyeloperoksidaza fermentini ajralib chiqishni ingibitsiya qiladi, fagotsitoz va xemotaksis jarayonlariga ta'sir qilmay, kislorodning erkin radikallarini hosil bo‘lishini susaytiradi, shuningdek yallig‘lanishda o‘smalar nekrozining faktorini va boshqa yallig‘lanish mediatorlarini hosil bo‘lishni susaytiradi.
Nimesulid interleykin – 6 va urokinaza sintezini bostirish xususiyatga ega bo‘lib, shu tariqa tog‘ay to‘qimalarini parchalanishiga to‘sqinlik qiladi. Metalloproteazalar (elastazalar, kollagenozlar) sintezini ingibitsiya qiladi, proteoglikanlar va tog‘ay to‘qimalarini yemirilishini bartaraf etadi. Mahalliy qo‘llanganda, gel surtilgan joyda, preparat og‘riqni, shu jumladan tinch holatdagi va harakat jarayonidagi bo‘g‘im og‘rig‘ini susayishiga va yo‘qolishiga olib keladi, ertalabki tangligini va bo‘g‘imlar shishini kamaytiradi. Gel harakatlar diapazonini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Gel teriga surilganidan keyin nimesulid sekin so‘riladi, teri osti yog‘ kletchatkasiga, mushak to‘qimasiga, bo‘g‘im kapsulasiga, sinovial suyuqlikga kiradi. Yallig‘lanish o‘chog‘ida uzoq vaqtgacha faol moddaning turg‘un yuqori kontsentratsiyasini hosil qiladi. O‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda, nimesulid mahalliy qo‘llanganda qon plazmasiga tizimli so‘rilishi ahamiyatsiz darajada ekanligi va 5 soatdan keyin qon plazmasida gidroksinimesulid – 4ning juda past kontsentratsiyalarini (100 mkg/l) aniqlanishi qayd etilgan.
Qo‘llanilishi
• Tayanch–harakat apparatining og‘riq va shishlar bilan kechadigan, yallig‘lanish va degenerativ xarakterdagi kasalliklari
• revmatik va revmatoid artrit;
• podagrik va psoriatik artrit;
• ankilozlanuvchi spondilit (Bexterev kasalligi);
• Reyter sindromi;
• osteoartrit
• bursit, miozit, tendinit, tendosinovit;
• radikulyar (ildizcha) sindromi bilan kechuvchi osteoxondroz;
• mialgiya, nevralgiya, ishias, lyumbago.
• Yumshoq to‘qimalar va tayanch – harakat apparatini jarohatdan (shikastlanishlarva uzilishlar); dan keyingi yallig‘lanishda.
• Og‘ir jismoniy zo‘riqish oqibatida og‘riqda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tubadan gel tizimchasini (uzunligi 3 sm) siqib chiqarib, so‘ngra terining eng og‘riqli sohasiga, yupqa qavat qilib bir tekisda surtish lozim. Ishqalanmasin!
Muolajani kuniga 3–4 marta bajarish kerak. Gelni terining toza va quruq yuzasiga surtish zarur.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nimid odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin gel qo‘llangan joyda, asosan davolash boshlangandan keyin, birinchi haftasi davomida qichishish, po‘st tashlash, toshmalar paydo bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda atsetilsalitsil kislotasigava boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarga individual yuqori sezuvchanlik bo‘lganida Kvinke shishi, vazomotor rinit, astma, bronxospazm ko‘rinishidagi anafilaktik reaktsiyalari to‘g‘risida xabar qilingan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dermatitlar, epidermisni shikastlanishlari va qo‘llash sohasida teri infektsiyalari; preparatga yuqori individual sezuvchanlik, aspirin astmasi, homiladorlik davri (uch oylik), 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bir nechta NYaQP ni bir vaqtda mahalliy qo‘llanganda–eshakemi, terini qizarishi, qipiqlanish ko‘rinishida mahalliy ta'sirlanishlar rivojlanishi mumkin.
Glyukokortikoidlar va revmatizmga qarshi vositalar (oltin preparatlari, aminoxinolonlar) Nimid gelining yallig‘lanishga qarshi ta'sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nimid gelini ochiq jarohatlarga surtishdan saqlangan holda, shikastlanmagan teriga surtish lozim. Preparatni ko‘zga va shilliq qavatiga tushishidan saqlanish lozim. Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘yish mumkin emas. Nojo‘ya reaktsiyalar xavfi qisqa vaqt davri davomida minimal samarali dozani surtish yo‘li bilan pasaytirilishi mumkin. Agar yaxshilanish kuzatilmasa patsiyentni tekshirish va terapiyaga o‘zgartirishlar kiritish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Preparatni, agar ona uchun foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustunbo‘lsa, qo‘llash mumkin.
Transport vositasini va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Maxalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
30 g yoki 100 g preparat, oq buraladigan qopqoqli, laminatsiya qilingan tubalarda.
Har bir tuba tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin!
Yaroqlik muddati
3 yil.
Preparat yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonadan berish tartibi
Retseptsiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Ishlab chiqarish manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan), Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.