Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Revmoksikam tab. 7,5mg №20
Nomi | Narx | |||||
Ревмоксикам таб. 7,5мг №20 (110823##2 106) |
UZS 31 700
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мелоксикам
Страна производитель
Украина
Дозировка
7,5 мг
Производитель
Фармак
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Nojo‘ya ta'sir
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorilarning o‘zaro ta'siri
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Revmoksikam Ta'sir etuvchi modda (XPN) Meloksikam
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi faol modda 100% suvsiz moddaga qayta hisoblaganda 7,5 mg yoki 15 mg meloksikam; yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokrisstall sellyuloza, natriy sitrati, povidon, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Ta'rifi dumalok shaklli, silliq yuzali, faskali va riskali, sariq rangli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nosteroid yallig‘lanishga qarshi va revmatizmga qarshi vositalar. ATX kodi M01AS06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Revmoksikam – bu enolat kislotasi sinfiga mansub nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat (NYaQP) bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi samaralarga ega. Meloksikam yallig‘lanishning barcha standart modellarida yuqori yallig‘lanishga qarshi faollik namoyon qilgan. Boshqa NYaQV lar singari, uning aniq ta'sir mexanizmi noma'lumligicha qolmoqda. Ammo barcha NYaQV lar uchun umumiy rivojlanish mexanizmi mavjud (jumladan, meloksikam) yallig‘lanish mediatorlari deb nomlanuvchi prostaglandinlar sintezini so‘ndirish.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Meloksikam peroral qo‘llanganda, me'da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, preparatning mutloq biokiraolishligi 90%ni tashkil qiladi. Meloksikam bir marotaba qo‘llangandan so‘ng, peroral qattiq dori shakllari uchun qon plazmasidagi eng yuqori kontsentratsiyasiga 5-6 soat ichida erishiladi. Ko‘p marotaba dozalashda, turg‘un kontsentratsiyalariga 3-5-sutkada erishiladi. Sutkada 1 marta dozalash qon plazmasida cho‘qqilarning nisbatan past muvofiq ravishda 7,5 mg uchun 0,4-1,0 mkg/ml va 15 mg uchun 0,8-2,0 mkg/ml oraliqdagi tebranishlarga ega bo‘lgan o‘rtacha kontsentratsiyasiga olib keladi (Cmin va Smax mos ravishda turg‘un holatda). Qon plazmasida meloksikamning o‘rtacha kontsentratsiyalariga turg‘un holatda 5-6 soat ichida erishiladi. Bir vaqtda ovqat tanavvul qilish yoki noorganik antatsidlarni qo‘llash preparat so‘rilishiga ta'sir qilmaydi. Taqsimlanish. Meloksikam qon plazmasi oqsillari, bosh o‘rinda albumin (99%) bilan bog‘lanadi. Meloksikam kontsentratsiyasi qon plazmasidagiga nisbatan ikki karra past bo‘lgan sinovial suyuqlikka kiradi. Taqsimlanish hajmi kichik, mushak orasiga yoki vena ichiga yuborilgandan so‘ng o‘rtacha 11 l ni tashkil qiladi hamda 7-20% oraliqda shaxsiy chetlanishlarni namoyon qiladi. Meloksikamning ko‘p marotabalik peroral dozalari (7,5 mg dan 15 mg gacha) qo‘llangandan so‘ng, taqsimlanish hajmi 11% dan 32% gacha oraliqda chetlanish koeffitsiyenti bilan 16 l ni tashkil qiladi. Biotransformatsiyasi. Meloksikam jigarda ekstensiv biotransformatsiyaga uchraydi. Siydikda meloksikamning to‘rtta turli metabolitlari aniqlangan bo‘lib, ular farmakodinamik nofaol hisoblanadi. Asosiy metabolit – 5’-karboksimeloksikam (dozaning 60%) kichik miqdorda ajraluvchi (dozaning 9%) oraliq metabolit - 5’-gidroksimetilmeloksikamning oksidlanishi orqali shakllanadi. in vitro tadqiqotlarida tahmin qilinadiki, CYP 2C9 metabolizm jarayonida muhim rolni ijro etadi, CYP 3A4 izoenzimlari esa kamroq darajada ahamiyatga ega. Peroksidazaning patsiyentlardagi faolligi, ehtimol, ikkita boshqa metabolitlarga ma'suldir, ular muvofiq ravishda buyurilgan dozaning 16% va 4% ni tashkil qiladi. Eliminatsiyasi. Meloksikamning chiqarilishi, asosan, metabolitlar ko‘rinishida teng qismlarda siydik va axlat orqali sodir bo‘ladi. Sutkalik dozaning 5% dan kam miqdori o‘zgarmagan holatda axlat bilan, ahamiyatsiz miqdori esa siydik bilan ajraladi. Yarim chiqarilish davri peroral, mushak orasiga va vena ichiga qo‘llangandan so‘ng 13 dan 25 soatgacha o‘zgarib turadi. Plazma klirensi bir marotabalik peroral doza, vena ichiga yoki rektal qo‘llanilgan so‘ng taxminan 7-12 ml/daq ni tashkil qiladi. Dozaning to‘g‘ri proportsionalligi Meloksikam 7,5 mg dan 15 mg gacha bo‘lgan terapevtik dozalar oralig‘ida peroral va mushak orasiga qo‘llanilgandan so‘ng, chiziqli farmakokinetikani namoyon qiladi. Bemorlarning maxsus guruhi. Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar. Yengildan o‘rtacha og‘irlik darajasidagi jigar va buyrak yetishmovchiligi meloksikamning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar ahamiyatli darajada yuqoriroq umumiy klirensga ega bo‘lgan. Qon plazmasi oqsillari bilan sust bog‘lanish terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilgan. Terminal buyrak yetishmovchiligida taqsimlanish hajmining ortishi erkin meloksikam kontsentratsiyasining ortishiga olib kelishi mumkin. 7,5 mg sutkalik dozani oshirish mumkin emas. Keksa yoshdagi patsiyentlar. Keksa yoshdagi erkak patsiyentlarda o‘rtacha farmakokinetik ko‘rsatkichlar yosh erkak ko‘ngilli larniki bilan o‘xshash. Keksa yoshdagi ayol patsiyentlarda AUC qiymatlari yuqori bo‘ladi va yarim chiqarilish davri har ikkala jinsdagi yosh shaxslardagiga nisbatan uzoqroq bo‘ladi. Plazmaning o‘rtacha klirensi muvozanat holatda keksa yoshdagi patsiyentlarda yosh insonlarga nisbatan biroz past bo‘lgan.
Qo‘llanilishi
Osteoartroz zo‘rayishini qisqa vaqtli simptomatik davolash. Revmatoid artrit va ankilozirlovchi spondilitni uzoq vaqt davomida simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Peroral qo‘llanilsin. Dori vositasining umumiy sutkalik miqdorini suv yoki boshqa suyuqlik bilan ovqatlanish vaqtida bir marotaba qabul qilish kerak. Nojo‘ya reaktsiyalarni simptomlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan eng kichik samarador dozani davolashning eng qisqa davomiy davri ichida qo‘llash yo‘li orqali kamaytirish mumkin. Patsiyentning simptomatik yengillashtirishga va davolashga nisbatan javobga bo‘lgan ehtiyojini davriy ravishda baholab turish kerak. Osteoartrozning zo‘rayishi 7,5 mg/sutka (1 tabletka 7,5 mg yoki 15 mg tabletkaning yarmi). zarur bo‘lganda, doza 15 mg/sutkagacha oshirilishi mumkin (1 tabletka 15 mg yoki 7,5 mg tabletkadan 2 ta). Revmatoid artrit, ankilozirlovchi spondilit 15 mg/sut (1 tabletka 15 mg yoki 7,5 mg tabletkadan 2 ta). Shuningdek, quyida “Patsiyentlarning maxsus toifalari” bo‘limiga ham qarang. Terapevtik samaraga muvofiq doza 7,5 mg/sutkagacha pasaytirilishi mumkin (1 tabletka 7,5 mg yoki 15 mg tabletkaning yarmi). DOZA SUTKADA 15 MG DAN OSHIRILMASIN. Patsiyentlarning maxsus toifasi Keksa yoshdagi patsiyentlar va nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlar. Keksa yoshdagi patsiyentlarga revmatoid artrit va ankilozirlovchi spondilitni uzoq muddatli davolash uchun tavsiya qilingan doza sutkada 7,5 mg ni tashkil qiladi. Nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun sutkada 7,5 mg dan buyurishni boshlash kerak. Buyrak yetishmovchiligi. Dializda bo‘lgan og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga doza sutkada 7,5 mg dan oshmasligi shart. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga (aynan – kreatinin klirensi minutiga 25 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga) dozani kamaytirish talab etilmaydi (dializ qo‘llanmagan holda og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar bo‘yicha «
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang). Jigar yetishmovchiligi. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi patsiyentlarga dozani kamaytirish talab etilmaydi (og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar bo‘yicha “
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
” bo‘limiga qarang) Bolalar Revmoksikam, 7,5 mg va 15 mg tabletkalarni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sir
lari Tadqiqotlar va epidemiologik ma'lumotlar shuni tahmin qilishga imkon beradiki, ayrim NYaQV larni qo‘llash (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddatli davolashda) qon-tomir trombotik ko‘rinishlar holatlari (masalan, miokard infarkti yoki insult) xavfining biroz ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shish, arterial gipertenziya va yurak yetishmovchiligi NYaQV bilan davolanishda kuzatilgan. Kuzatiladigan nojo‘ya samaralarning ko‘pchiligi me'da-ichak yo‘llari bilan bog‘liq. Peptik yara, perforatsiya yoki me'da-ichak qon ketishi, gohida ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda o‘lim bilan yakunlanuvchi holatlar kuzatilishi mumkin. Qo‘llanilgandan so‘ng ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, abdominal og‘riq, melena, qon qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligining zo‘rayishi kuzatilgan. Kamroq holatlarda gastrit kuzatilgan. Terining quyidagi og‘ir zararlanishlari haqida xabarlar berilgan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz. Dori vositasining nojo‘ya reaktsiyalari rivojlanish tez-tezligini baholash me'zonlari jjuda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 – <1/10); tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100); kam hollarda (≥1/10000 – <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlashning iloji yo‘q). Qon va limfa tizimi tomonidan Tez-tez emas - anemiya; Kam hollarda - qon tahlili ko‘rsatkichlarining me'yordan chetlanishi (jumladan, leykotsitlar sonining o‘zgarishi), leykopeniya, trombotsitopeniya. Agranulotsitoz holatlari haqida juda kam holatlarda xabar berilgan (“Alohida jiddiy va/yoki tez uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar” bo‘limiga qarang). Immun tizimi tomonidan Tez-tez emas - allergik reaktsiyalar; anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalardan tashqari. Noma'lum - anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar, jumladan shok. Ruxiyatning buzilishi Kam hollarda - kayfiyatning o‘zgarishi, tunda qo‘rqinchli tush ko‘rish; Noma'lum - ong chalkashishi, dezoriyentatsiya, uyqusizlik. Nerv tizimi tomonidan Tez-tez - bosh og‘rig‘i; Tez-tez emas - bosh aylanishi, uyquchanlik. Ko‘rish a'zosi tomonidan Kam hollarda - ko‘rish faoliyatining buzilishi, jumladan ko‘rishning noaniqligi, kon'yunktivit. Eshitish a'zolari va vestibulyar apparat tomonidan Tez-tez emas - bosh aylanishi; Kam hollarda - quloqlarning jaranglashi. Kardial buzilishlar Kam hollarda - yurak urishini xis etish. NYaQV bilan davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligi haqida xabar berilgan. Qon-tomir buzilishlari Tez-tez emas - arterial bosimning oshishi, quyilishlar. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan Kam hollarda - aspirin va boshqa NYaQV ga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarda astma; Noma'lum - yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari, yo‘tal. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan Juda tez-tez - ovqat hazm qilish tizimining buzilishi dispepsiya, qo‘ngil aynishi, qusish, qorin og‘rig‘i, qabziyat, meteorizm, diareya; Tez-tez emas - yashirin yoki makroskopik me'da-ichak qon ketishi, stomatit, gastrit, kekirish; Kam hollarda - kolit, gastroduodenal yara, ezofagit; Juda kam hollarda - me'da-ichak perforatsiyasi; Noma'lum - pankreatit. Me'da-ichak qon ketishi, yara yoki perforatsiyasi, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda og‘ir va potentsial darajada o‘limga olib kelishi bo‘lishi mumkin. Gepatobiliar tizim tomonidan Tez-tez emas - jigar faoliyati ko‘rsatkichlarining buzilishi (masalan transaminaza yoki bilirubinning oshishi); Juda kam hollarda - gepatit; Noma'lum - sariq kasal, jigar yetishmovchiligi. Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan Tez-tez emas - angionevrotik shish, qichishish, toshma; Kam hollarda - Stivens-Jonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, eshakemi; Juda kam hollarda - bullyoz dermatit, multishaklli eritema; Noma'lum - fotosezuvchanlik reaktsiyalari, eksfoliativ dermatit. Siydik chiqarish tizimi tomonidan Tez-tez emas - natriy va suvning ushlanishi, giperkaliyemiya, buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi (qon zardobi kreatinini va/yoki mochevinasining ortishi); Juda kam hollarda - o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, xususan xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda; Noma'lum - siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, siyish tez-tezligining buzilishi. Umumiy buzilishlar va kiritish joyidagi buzilishlar Tez-tez emas - shish, jumladan qo‘l-oyoqlarning quyi qismidagi shish; Noma'lum - grippsimon simptomlar. Tayanch-harakatlanish apparati tomonidan Noma'lum - artralgiya, bel og‘rig‘i, bo‘g‘imlar bilan bog‘liq belgilar va simptomlar. Alohida jiddiy va/yoki tez uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar Meloksikam va boshqa potentsial miyelotoksik dori vositalari bilan davolangan patsiyentlarda juda kam hollarda agranulotsitoz holatlarda haqida xabar berilgan (“
Dorilarning o‘zaro ta'siri
” bo‘limiga qarang). Preparatni qo‘llashda kuzatilmagan, lekin sinfning boshqa birikmalariga xos bo‘lgan umum qabul qilingan nojo‘ya reaktsiyalar. Ehtimol o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi organik buyrak zararlanishi interstitsial nefrit, o‘tkir tubulyar nekroz, nefrotik sindrom va papillyar nekroz holatlari haqida juda kam hollarda xabarlar berilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ta'sir qiluvchi modda yoki dori vositasining boshqa tarkibiy qismlariga yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari NYaQV, aspirin kabi o‘xshash ta'sirga ega faol moddalarga nisbatan yuqori sezuvchanlik. Meloksikamni aspirin yoki boshqa NYaQV qabul qilingandan so‘ng astma, burun poliplari, angionevrotik shish yoki eshakemi simptomlari yuzaga chiqqan patsiyentlarga buyurish mumkin emas; Homiladorlikning III uchoyligi (“Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi” bo‘limiga qarang); 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar; Anamnezida avval NYaQV bilan davolanish bilan bog‘liq bo‘lgan me'da-ichak qon ketishi yoki perforatsiya; Anamnezida faol yoki qaytalanuvchi peptik yara/qon ketish (ikki yoki undan ko‘p alohida tasdiqlangan yara yoki qon ketish holatlari); Og‘ir jigar yetishmovchiligi; Dializ qo‘llanilmagan holda og‘ir buyrak yetishmovchiligi; Anamnezida me'da-ichak qon ketishi, serebrovaskulyar qon ketish yoki qon quyulishining boshqa buzilishlari; Og‘ir yurak yetishmovchiligi; Koronar shuntlashda (KSh) perioperatsion og‘riqni davolashda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘zaro ta'sirlashish bo‘yicha tadqiqotlar faqat kattalar ishtirokida o‘tkazilgan. Giperkaliyemiya bilan bog‘liq xavflar Ayrim dori vositalari yoki terapevtik guruhlar giperkaliyemiya yuzaga kelishiga yordam berishi mumkin kaliy tuzlari, kaliy tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAF), angiotenzin II retseptorlari ingibitorlari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, quyi molekulyar yoki nofraktsion geparin, siklosporin, takrolimus va trimetoprim. Giperkaliyemiyaning boshlanishi u bilan bog‘liq omillarning mavjuligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Giperkaliyemiyaning paydo bo‘lish xavfi yuqorida keltirilgan dori vositalari meloksikam bilan birgalikda qo‘llangan holatlarda oshadi. Farmakodinamik o‘zaro ta'sirlar. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYaQP) va atsetilsalitsil kislotasi. Boshqa NYaQV lar bilan majmuada (“
Maxsus ko‘rsatmalar
” bo‘limiga qarang), jumladan atsetilsalitsil kislotasini ≥500 mg bir marotabalik dozada yoki ≥3 g umumiy sutkalik dozada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Kortikosteroidlar (masalan glyukokortikoidlar). Kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llash me'da-ichak yo‘llarida qon ketish yoki yaralarning paydo bo‘lish xavfining yuqoriligi tufayli, ehtiyotkorlikni talab qiladi. Antikoagulyantlar yoki geparin. Trombotsitlar faoliyatining susayishi va gastroduodenal shilliq qavatning shikastlanishi oqibatida qon ketish xavfi ahamiyatli ravishda ortadi. NYaQV lar varfarin kabi antikoagulyantlar samarasini oshirishi mumkin («
Maxsus ko‘rsatmalar
» bo‘limiga qarang). NYaQV lar va antikoagunlyantlarni yoki geriatrik tajriba yoki terapevtik dozalarda qo‘llaniladigan geparinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Geparinni qo‘llashning boshqa holatlarida (masalan, profilaktik dozalarda) qon ketish xavfining yuqoriligi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur. Agar ushbu majmuani qo‘llashning oldini olish imkoni yo‘qligi isbotlangan bo‘lsa, XMA (xalqaro me'yorlashtirilgan aloqalar) ni qat'iy nazorat qilish lozim. Trombolitik va antiagregant dori vositalari. Trombotsitlar faoliyatining susayishi va gastroduodenal shilliq qavatning shikastlanishi oqibatida qon ketish xavfi yuqori bo‘ladi. Serotoninni qayta qamrab olish selektiv ingibitorlari (SQQOSI). Me'da-ichakdan qon ketish xavfi yuqori. Diuretiklar, AAF ingibitorlari va angiotenzin II ingibitorlari. NYaQP diuretiklar va boshqa antigipertenziv dori vositalarining samarasini pasaytirishi mumkin. Buyrak funktsiyasi buzilgan ayrim patsiyentlarda (masalan, suvsizlanishi bo‘lgan yoki keksa yoshdagi buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlar) AAF ingibitorlari yoki angiotenzin II antagonistlari va siklooksigenazani so‘ndiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash buyrak funktsiyasining keyinchalik yomonlashuviga, jumladan odatda qaytar tabiatga ega bo‘lgan ehtimoliy o‘tkir buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun majmuani, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash zarur. Patsiyentlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari, shuningdek majmuaviy muolaja boshlangandan so‘ng va keyinchalik ham davriy ravishda buyrak funktsiyasini nazorat qilishlari zarur. Boshqa antigipertenziv dori vositalari (masalan, beta-blokatorlar). Beta-blokatorlarning antigipertenziv samarasi susayishi mumkin (qon-tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega prostaglandinlarning so‘ndirilishi oqibatida). Kaltsinevrin ingibitorlari (masalan, siklosporin, takrolimus). Kaltsinevrin ingibitorlarining nefrotoksikligi NYaQV lar tomonidan buyrak prostaglandinlari samaralarining mediatsiyasi oqibatida kuchaytirilishi mumkin. Davolanish vaqtida buyrak funktsiyasini nazorat qilish zarur. Buyrak funktsiyasini, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda qat'iy nazorat qilish tavsiya qilinadi. Deferasiroks. Meloksikam va deferasiroksni birgalikda qo‘llash me'da-ichak nojo‘ya reaktsiyalar xavfini oshirishi mumkin. Ushbu dori vositalarini birgalikda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Farmakokinetik o‘zaro ta'sirlar meloksikamning boshqa dori vositalari farmakokinetikasiga ta'siri. Litiy. NYaQP larga bo‘yicha ma'lumotlar mavjudki, ular litiyning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi darajasini oshirib, toksik qiymatgacha yetkazshi mumkin (litiyning buyrak tomonidan chiqarilishining pasayishi oqibatida). Litiy va NYaQP larning bir vaqtda qo‘llanishi tavsiya qilinmaydi. Agar majmuaviy muolaja zarur bo‘lsa, davolanish avvalida, doza tanlashda va meloksikam bilan davolanishni to‘xtatishda litiyning qon plazmasidagi miqdorini qat'iy nazorat qilish lozim. Metotreksat. NYaQV metotreksatning tubulyar ajralishini kamaytirishi mumkin, bu bilan uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshiradi. Shu sababli, metotreksatning yuqori dozasini (15 mg/hafta dan ortiq) qabul qilayotgan patsiyentlarga NYaQV ni birgalikda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. NYaQV va metotreksatning o‘zaro ta'sirlashish xavfini kichik dozada metotreksat qabul qilayotgan, xususan buyrak funktsiyasi buzilgan patsiyentlar ham inobatga olishlari kerak. Agar majmuaviy davolash zarur bo‘lsa, qon tahlili ko‘rsatkichlari va buyraklar funktsiyasini nazorat qilish lozim. NYaVP va metotreksatni qabul qilish ketma-ket 3 kun davom etayotgan bo‘lsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki metotreksatning plazmadagi miqdori oshishi va toksiklikni kuchaytirishi mumkin. Metotreksatning farmakokinetikasi (15 mg/hafta) meloksikam bilan yordamchi davolanish ta'siriga uchramagan bo‘lsada, metotreksatning gematologik toksikligi NYaQV bilan davolanishda ortishi mumkin, deb hisoblash o‘rinli (yuqorida keltirilgan ma'lumotga qarang). Pemetreksed. Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda (kreatinin klirensi 45 dan 79 ml/daq gacha) meloksikamni pemetreksed bilan birgalikda qo‘llashda, meloksikamni qabul qilish pemetreksed kiritilishidan avval, kiritilish kunida va kiritilgandan 2 kun o‘tgandan so‘ng 5 kunga to‘xtatilishi kerak. Agar meloksikamning pemetreksed bilan majmuasi zarur bo‘lsa, patsiyentlarni ayniqsa miyelosupressiya va me'da-ichak nojo‘ya reaktsiyalari paydo bo‘lishi borasida qat'iy nazoratga olish kerak. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 45 ml/daq dan past) bo‘lgan patsiyentlar uchun meloksikamni pemetreksed bilan birgalikda qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Buyrak funktsiyasi me'yorda bo‘lgan patsiyentlar uchun (kreatinin klirensi ≥80 ml/daq) 15 mg meloksikam dozasi pemetreksedning chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu esa o‘z navbatida, pemetreksed bilan bog‘liq nojo‘ya reaktsiyalarning paydo bo‘lish tez-tezligini oshirishi mumkin. Shunday qilib, buyrak funktsiyasi me'yorda bo‘lgan (kreatinin klirensi ≥80 ml/daq) patsiyentlar uchun 15 mg meloksikamni bir vaqtning o‘zida pemetreksed bilan buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Farmakokinetik ta'sirlashishi boshqa dori vositalarining meloksikam farmakokinetikasiga ta'siri. Xolestiramin. Xolestiramin buyrak ichi sirkulyatsiyaning buzilishi oqibatida meloksikamning chiqarilishini tezlashtiradi, shuning uchun meloksikamning klirensi 50% ga ortadi va yarim chiqarilish davri 13±3 soatgacha pasayadi. Ushbu o‘zaro ta'sirlashuv klinik ahamiyatga ega. Antatsidlar, simetidin va digoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganda klinik ahamiyatga ega farmakokinetik ta'sirlashuv aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolashning eng kam davomiy vaqti ichida simptomlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan eng kichik samarador dozani qo‘llash yo‘li orqali nojo‘ya reaktsiyalarni kamaytirish mumkin. Yetarli terapevtik samara bo‘lmagan holatda tavsiya qilingan maksimal sutkalik dozani oshirish mumkin emas, shuningdek qo‘shimcha tarzda NYaQV ni qo‘llash ham mumkin emas, chunki bu terapevtik afzalliklar isbotlanmagan holatda toksiklikni oshirishi mumkin. Meloksikamni NYaQP lar, jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishining oldini olish lozim. Meloksikam o‘tkir og‘riqni yengillashtirishga muhtoj bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bir necha kundan so‘ng ahvolning yaxshilanishi bo‘lmasa, davolashning klinik afzalliklarini takroran baholash lozim. Meloksikam bilan muolaja boshlashdan avval anamnezida ezofagit, gastrit va/yoki peptik yaraga, ularni to‘liq davolashni ta'minlash maqsadida, e'tibor qaratish lozim. Meloksikam bilan davolangan patsiyentlarda qaytalanish (retsidiv) ko‘rinishlarining ehtimoli tufayli va anamnezida shunday holatlar bo‘lgan patsiyentlarga muntazam ravishda e'tibor qaratish lozim. Me'da-ichak buzilishlari Boshqa NYaQV larni qo‘llashdagi kabi, potentsial letal me'da-ichak qon ketishi, yara yoki perforatsiya davolash jarayonida istalgan vaqtda, simptomlar mavjud bo‘lganda yoki simptomlar oldindan mavjud bo‘lmagan holatda yoki anamnezida jiddiy me'da-ichak kasalliklari bo‘lganda paydo bo‘lishi mumkin Me'da-ichak qon ketishi, yaralar yoki perforatsiyalar xavfi anamnezida oshqozon yarasi, ayniqsa asoratli qon ketishi yoki perforatsiyasi bo‘lgan («
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limiga qarang) va keksa yoshdagi patsiyentlarda NYaQV dozasi oshirilganda yuqoriroq bo‘ladi. Bunday patsiyentlarga eng kichik miqdordagi samarador doza bilan davolanishni boshlash lozim. Bunday patsiyentlar, shuningdek aspirin yoki me'da-ichak xavflarini oshiruvchi boshqa dori vositalarining kichik dozasini (quyida keltirilgan ma'lumotga va «
Dorilarning o‘zaro ta'siri
» bo‘limiga qarang) birgalikda qo‘llashga muhtoj bo‘lgan patsiyentlar uchun himoyaviy dori vositalari bilan majmuaviy muolajani o‘tkazish ko‘rib chiqilishi kerak (misoprostol yoki proton pompasi ingibitorlari kabi). Anamnezida me'da-ichak toksikligi bo‘lgan patsiyentlar, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar barcha noodatiy abdominal simptomlar (ayniqsa me'da-ichak qon ketishlari) haqida, bosh o‘rinda, davolanishning erta bosqichlarida xabar berishlari kerak. Radikal muolaja sifatida yoki geriatrik amaliyotda qo‘llayotgan oshqozon yarasi yoki qon ketishi xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalari, xususan geparin; varfarin kabi antikoagulyantlar yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari, jumladan atsetilsalitsil kislotasining yallig‘lanishga qarshi dozalarini (≥500 mg bir marotabalik doza yoki ≥3 g sutkalik umumiy doza) bir vaqtda qo‘llayotgan patsiyentlarga nisbatan ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur («
Dorilarning o‘zaro ta'siri
» bo‘limiga qarang). Meloksikamni qo‘llayotgan patsiyentlarda me'da-ichak qon ketishi yoki yarasi paydo bo‘lganda, preparat bilan davolashni bekor qilish kerak. NYaQPlarni anamnezida me'da-ichak kasalliklari (yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki ushbu holatlar zo‘rayishi mumkin («
Nojo‘ya ta'sir
lari» bo‘limiga qarang). Jigar tomonidan buzilishlar NYaVP (jumladan Revmoksikam) qabul qilayotgan patsiyentlarning 15% gacha nafari jigar tahlillarining bir yoki undan ko‘p qiymatlarining ortishiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday laboratoriya chetlanishlari yanada jadallashishi, o‘zgarmasligi yoki davolash davom ettirilganda vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. ALT yoki AST ning sezilarli ortishi (me'yordan taxminan uch va undan ortiq marta ko‘p) NYaQV bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar davomida patsiyentlarning 1% da kuzatilgan. Qo‘shimcha tarzda, kam hollarda og‘ir jigar reaktsiyalari, jumladan sariq kasal va tezkor letal gepatit, jigar nekrozi va jigar yetishmovchiligi haqida xabarlar berilgan. Ularning ayrimlari o‘lim bilan yakun topgan. Jigar funktsiyasining buzilish simptomlari yoki unga gumoni bo‘lgan yoki jigar tahlillarining chetlanishlari kuzatilgan patsiyentlarda Revmoksikam bilan muolaja vaqtida yanada og‘irroq jigar yetishmovchiligi simptomlari rivojlanishi bo‘yicha baholash o‘tkazish zarur. Agar klinik belgilar va simptomlar jigar kasalliklari rivojlanishi bilan taqqoslana olinsa yoki kasallikning tizimli ko‘rinishlari kuzatilayotgan bo‘lsa (masalan, eozinofiliya, toshmalar), u holda Revmoksikamni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Yurak-qon tomir buzilishlari Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki yengil darajadan o‘rta darajagacha dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarni qat'iy kuzatish tavsiya qilinadi, chunki NYaQV bilan muolaja o‘tkazishda suyuqlik ushlanishi va shish holatlari kuzatilgan. Xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda muolaja avvalida, ayniqsa meloksikam bilan davolash kursi boshida arterial bosimni klinik kuzatish tavsiya qilinadi. Ayrim NYaQV (ayniqsa yuqori dozalarda va uzoq muddat davolanganda)ni qo‘llash qon-tomirlarning trombotik ko‘rinishlari xavfining biroz ortishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin (masalan miokard infarkti yoki insult). Meloksikam uchun bunday xavfni istisno qilish uchun yetarli ma'lumotlar yo‘q. Nazorat qilib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, tasdiqlangan yurak ishemik kasalligi, periferik arterial kasallik va/yoki serebrovaskulyar kasalligi bo‘lgan patsiyentlarga faqat qa'iy tahlildan so‘nggina meloksikam bilan muolaja o‘tkazish kerak. Bunday tahlil yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari (arterial gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish kabi) bo‘lgan patsiyentlarni uzoq muddatli davolashni boshlashdan avval zarurdir. NYaQP letal yakunga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan jiddiy yurak-qon tomir trombotik asoratlar, miokard infarkti va insult xavfini oshirishi mumkin. Xavfning ortishi qo‘llanish muddatiga bog‘liq. Yurak-qon tomir kasalliklari yoki yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari bo‘lgan patsiyentlar yuqori xavfga ega bo‘lishlari mumkin. Teri tomonidan buzilishlar. Meloksikam qo‘llanganda hayot uchun xavfli og‘ir darajadagi teri reaktsiyalari kuzatilgan Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz. Patsiyentlar og‘ir zararlanish belgilari va simptomlari haqida xabardor qilinishlari hamda teri reaktsiyalarini qat'iy kuzatishlari shart. Stivens-Jonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz paydo bo‘lishning xavfi davolashning ilk haftalarida eng yuqori darajada bo‘ladi. Agar patsiyentda Stivens-Jonson sindromi va toksik epidermal nekroliz simptomlari yoki belgilari bo‘lsa (masalan, ko‘pincha pufakchalar yoki shilliq qavatning zararlanishi bilan jadallashuvchi teri toshmasi), meloksikam bilan davolashni to‘xtatish lozim. Imkon qadar tezroq tashxis qo‘yish hamda Stivens-Jonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz kabi terining og‘ir zararlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan istalgan preparatlarni qo‘llashni to‘xtatish muhim. Terining og‘ir zararlanishlarida eng yaxshi tashxis qo‘yish shu bilan bog‘liq. Agar patsiyentda meloksikam qo‘llanilganda Stivens-Jonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz aniqlansa, preparatni kelajakda istalgan vaqtda takroriy qo‘llash mumkin emas. Anafilaktik reaktsiyalar. Boshqa NYaQV larni qo‘llashdagi kabi, anafilaktik reaktsiyalar Revmoksikamga nisbatan reaktsiyasi ma'lum bo‘lmagan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Revmoksikamni aspirinli triadaga ega bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas. Ushbu simptomatik majmua nazal poliplar bilan yoki ularsiz kechadigan rinitlar haqida xabar berilgan, astmasi bo‘lgan patsiyentlarda yoki aspirin yoki boshqa NYaQV larni qo‘llagandan so‘ng og‘ir, potentsial ravishda o‘limga olib keladigan bronxospazm namoyon bo‘lgan patsiyentlarda uchraydi. Anafilaktoid reaktsiya aniqlanganda shoshilinch yordam choralari ko‘rilishi lozim. Jigar ko‘rsatkichlari va buyraklar funktsiyasi Ko‘pchilik NYaQV lar bilan davolashdagi kabi, qon zardobida transminazalar, bilirubin miqdorlari yoki jigar funktsiyasining boshqa ko‘rsatkichlari ko‘tarilishining yakka holatlari keltirib o‘tilgan, qon zardobida kreatinin va qonda mochevina azoti ko‘tarilishi va laboratoriya ko‘rsatkichlarining boshqa chetlanishlari ehtimoli bor. Ko‘pchilik holatlarda ushbu chetlanishlar ahamiyatsiz bo‘lgan va vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan. Bunday chetlanishlar ahamiyatli yoki doimiy ravishda tasdiqlanganda, meloksikamni qo‘llashni to‘xtatish va nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish lozim. Funktsional buyrak yetishmovchiligi NYaQV lar buyrak prostaglandinlarining qon-tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirini so‘ndirish yo‘li bilan kalavali filtratsiyani pasaytirish oqibatida funktsional buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu nojo‘ya samara dozaga bog‘liq hisoblanadi. Davolash avvalida yoki dozani oshirishdan so‘ng quyidagi xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda diurez va buyraklar funktsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. - keksa yosh; - AAF ingibitorlari, angiotenzin II antagonistlari, sartanlar, diuretiklar bilan birgalikda qo‘llash («
Dorilarning o‘zaro ta'siri
» bo‘limiga qarang); - gipovolemiya (istalgan genezli); - dimlangan yurak yetishmovchiligi; - buyrak yetishmovchiligi; - nefrotik sindrom; - lyupus-nefropatiya; - buyrak funktsiyasi buzilishining og‘ir darajasi (zardob albumini Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha ˂25 g/l yoki ≥10). Yakka hollarda NYaQP interstitsial nefrit, glomerulonefrit, buyrak medullyar nekrozi yoki nefrotik sindromlarga olib kelishi mumkin. Dializda bo‘lgan terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun meloksikam dozasi 7,5 mg dan oshmasligi shart. Yengil darajadan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga dozani pasaytirmaslik mumkin (kreatinin klirensi miqdori 25 ml/min dan yuqori). Natriy, kaliy va suvning ushlanishi. NYaQV lar natriy, kaliya va suvning ushlanishini kuchaytirishi va diuretiklarning natriyuretik samaralariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Undan tashqari, gipotenziv dori vositalarining antigipertenzziv samarasining pasayishi kuzatilishi mumkin («
Dorilarning o‘zaro ta'siri
» bo‘limiga qarang). Shuning uchun, natija sifatida, sezuvchan patsiyentlarda shish, yurak yetishmovchiligi yoki arterial gipertenziya tezlashishi yoki zo‘rayishi mumkin. Shuning uchun bunday xavflarga ega patsiyentlarga klinik monitoring o‘tkazish tavsiya qilinadi («
Qo‘llash usuli va dozalari
» va «
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
» bo‘limlariga qarang). Giperkaliyemiya. Giperkaliyemiyaning rivojlanishiga qandli diabet yoki kaliyemiyani oshiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash ko‘maklashishi mumkin («
Dorilarning o‘zaro ta'siri
» bo‘limiga qarang). Bunday holatlarda muntazam ravishda kaliy miqdorini nazorat qilib turish kerak. Pemetreksed bilan majmuasi Yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan, pemetreksed qabul qilayotgan patsiyentlarda meloksikam bilan davolash pemetreksed kiritilishidan kamida 5 kun oldin, kiritish kun va kiritilgandan keyin kamida 2 kunga to‘xtatib turilishi kerak (“Dorilar bilan o‘zaro ta'siri” bo‘limiga qarang) Boshqa ogohlantirishlar va xavfizlik choralari. Nojo‘ya reaktsiyalarni ko‘pincha qat'iy e'tiborga muhtoj bo‘lgan keksa yoshdagi, kuchsiz patsiyentlar yoki kuchsizlangan bemorlar yomonroq boshdan o‘tkazadi. Boshqa NYaQP lar bilan davolashdagi kabi, keksa yoshdagi bemorlarga nisbatan ehtiyotkor bo‘lish zarur, ularda buyrak, jigar va yurak faoliyatining susayish ehtimoli yuqoriroq bo‘ladi. Keksa yoshdagi patsiyentlar NYaQV larga nisbatan nojo‘ya reaktsiyalar, ayniqsa letal bo‘lishi mumkin bo‘lgan me'da-ichak qon ketishlari va perforatsiyalar paydo bo‘lishining yuqoriroq tez-tezligiga ega bo‘ladi («
Qo‘llash usuli va dozalari
» bo‘limiga qarang). Meloksikam, har qanday boshqa NYaQV singari infektsion kasalliklar simptomlarini yashirishi mumkin. Meloksikamni qo‘llash reproduktiv faoliyatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin va homiladorlikni istayotgan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki bepushtlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tayotgan ayollar uchun meloksikam qabul qilishni to‘xtatish imkonini ko‘rib chiqish lozim («Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi» bo‘limiga qarang). 7,5 mg va 15 mg dan Revmoksikam tabletkalari tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun preparatni kam uchraydigan galaktozani tug‘ma o‘zlashtirolmasligi bo‘lgan, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktoza so‘rilishining buzilishi bo‘lgan patsiyentlar qabul qilishi tavsiya qilinmaydi. Yallig‘lanish va isitmaning niqoblanishi Revmoksikamning isitmali titroq va yallig‘lanishni kamaytirish bo‘yicha farmakologik ta'siri gumon qilinayotgan noinfektsion og‘riqli holatda tashxis qo‘yilishini mushkullashtirishi mumkin. Kortikosteroidlar bilan davolash. Revmoksikam kortikosteroidli yetishmovchilikni davolashda kortikosteroidlarning ehtimoliy o‘rinbosari bo‘lolmaydi. Gematologik samaralari. Kamqonlik NYaQV lar, jumladan Revmoksikamni qabul qilayotgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Bu suyuqlikning ushlanishi, kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan yoki makroskopik yoki eritropoezga ta'siri to‘liq yoritilmagan me'da-ichak qon ketishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. NYaQV, jumladan Revmoksikam bilan uzoq muddat davolanishda, agar kamqonlik simptomlari va belgilari bo‘lsa, patsiyentlar gemoglobin yoki gemokritni nazorat qilishlari kerak. NYaQV lar trombotsitlar agregatsiyasini sekinlashtiradi va ayrim patsiyentlarda qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin. Aspirindan farqli ravishda, ularning trombotsitlar faoliyatiga ta'siri miqdoriy jihatdan kamroq, qisqa vaqtli va qaytardir. Revmoksikam qabul qilayotgan va trombotsitlar faoliyatidagi o‘zgarishlarga nisbatan nojo‘ya ta'sirlar, xususan qon quyuqlashishining buzilishi ehtimoli bo‘lgan patsiyentlar yoki antikoagulyantlarni qabul qilayotgan patsiyentlar holatini qat'iy nazorat qilish lozim. Astmasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi Astmasi bo‘lgan patsiyentlar aspiringa sezuvchan astmaga ega bo‘lishlari mumkin. Aspirinni aspiringa sezuvchan astmasi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash og‘ir bronxospazm bilan ifodalanib, u o‘limga olib kelishi mumkin. Aspirin va boshqa NYaQV o‘rtasidagi kesishma reaktsiya, jumladan bronxospazmni inobatga olgan holda, Revmoksikam® ni aspiringa sezuvchan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas va astmasi mavjud bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik. Prostaglandinlar sintezining so‘ndirilishi homiladorlik va/yoki embrion va homilaning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Epidemiologik tadqiqotlar ma'lumotlari homiladorlikning erta davrida prostaglandinlar sintezi ingibitorlari qo‘llangandan so‘ng homilaning tushib qolishi va yurak nuqsonlari hamda gastroshizislarning rivojlanish xavfining ortishini taxmin qilish imkonini beradi. Yurak nuqsonlari rivojlanishining mutloq xavfi 1% dan kam qiymatdan taxminan 1,5% gacha ortgan. Ushbu xavf doza va davolash davomiyligining ko‘paytirilishi ortidan kattalashadi deb hisoblanadi. Homiladorlikning I va II uch oyligi davomida meloksikamni qo‘llash mumkin emas, o‘ta zarur holatlar bundan mustasno. Agar ayol homilador bo‘lishga harakat qilayotgan bo‘lsa yoki homiladorlikning I va II uch oyligida meloksikamni qabul qilsa, dozalash va davolash davomiyligi minimal darajada bo‘lishi shart. Homiladorlikning III uch oyligida prostaglandinlar sintezining barcha ingibitorlari homila uchun xavf tug‘dirishi mumkin yurak-o‘pka toksikligi (arterial oqimning muddatidan avval yopilishi va o‘pka gipertenziyasi); oligogidroamnion bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligigacha rivojlanishi mumkin bo‘lgan buyrak faoliyatining buzilishi; Homiladorlikning so‘nggi muddatlarida ona va yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun ehtimoliy xavflar qon ketish vaqtining uzayishi, hatto juda kichik dozalarda ham agregatsiyaga qarshi samara ehtimoli; bachadon qisqarishlarining susayishi, bu tug‘ishning kechikishi va cho‘zilishiga olib keladi. Shuning uchun meloksikamni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Emizish davri. Revmoksikam® bo‘yicha aniq ma'lumotlar yo‘qligiga qaramay, NYaQPlar haqida shu narsa ma'lumki, ular ko‘krak sutiga kirishi mumkin. Shuning uchun uni emizayotgan ayollarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Fertillik. Meloksikam siklooksigenaza/prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qiluvchi boshqa dori vositalari kabi reproduktiv tizimga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin hamda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga tavsiya qilinmaydi. Shuning uchun homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki bepushtlik masalasida tekshiruvdan o‘tayotgan ayollar uchun meloksikamni bekor qilish imkoni ko‘rib chiqilishi kerak. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati. Preparatning avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo‘yicha maxsus tadqiqotlar mavjud emas. Lekin farmakodinamik profil va kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar asosida taxmin qilish mumkinki, meloksikam ko‘rsatilgan faoliyatga ta'sir ko‘rsatmaslikka moyil yoki ahamiyatsiz ta'sirga ega. Lekin ko‘rish faoliyatining buzilishlari, jumladan ko‘rishning noaniqligi, bosh aylanishi, uyquchanlik, vertigo yoki markaziy nerv tizimining boshqa buzilishlari kuzatilgan patsiyentlarga avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan o‘zini tutib turish tavsiya qilinadi.
Dozani oshirib yuborilishi
NYaQV dozasini o‘tkir oshirib yuborish simptomlari, odatda, letargiya, uyquchanlik, ko‘ngil aynishi, qusish va qorinning quyi qismidagi og‘riq bilan cheklanib, umuman olganda tutib turuvchi muolajada qaytar hisoblanadi. Me'da-ichak qon ketishi yuzaga kelishi mumkin. Og‘ir zaxarlanish arterial gipertenziya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigar faoliyatining buzilishi, nafas olishning susayishi, koma, tirishishlar, yurak-qon tomir yetishmovchiligi va yurakning to‘xtatishiga olib kelishi mumkin. NYaQV larni terapevtik qo‘llashda anafilaktoid reaktsiyalar haqida xabar berilgan, bu esa doza oshirib yuborilgan holatlarda ham kuzatilishi mumkin. NYaQP dozasi oshirib yuborilganda, patsiyentlarga simptomatik va tutib turuvchi choralarni qo‘llash tavsiya qilinadi. Tadqiqotlar xolestiraminning 4 ta peroral dozasini kuniga 3 mahal qabul qilish orqali meloksikam chiqarilishining tezlashishini ko‘rsatib bergan.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 7,5 mg 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi. 15 mg 1 yoki 2 blisterdan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi. Saqlash sharoitlari Original o‘ramda 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil. Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagach, qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina,
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.